Namangan viloyati moliya bosh boshqarmasining masʼul xodimlarining tahlillariga asosan Sogʻliqni saqlash sohasiga 2019 yilda jami 795 mlrd 401 mln.soʻm, yoki oʻtgan 2018 yilga nisbatan 145,6 foizga koʻp mablagʻ moliyalashtirilishi kutilmoqda.

 

Bunda Prezidentimiz tomonlaridan ustuvor vazifa sifatida belgilangan sogʻliqni saqlash sohasini isloh qilish uning yetarli moddiy texnika taʼminoti yoʻlga qoʻyish uchun alohida eʼtiborga olinmoqda. Xususan,

Respublikani hech qaysi bir hududida mavjud boʻlmagan tuman markaziy poliklinikalarida skrining kabinetlari tashkil etilib, buning uchun UZI apparatlari va tibbiy vositalar sotib olish xarajatlariga 7,9 mlrd.soʻm mablagʻlar sarflandi.

Shu bilan birga, eng asosiysi yil davomida tibbiyot tashkilotlari uchun byudjet hisobidan qoʻshimcha 3031 ta shtat birliklari kiritilib, ushbu shtat birliklarini saqlab turish 37,7 mlrd.soʻm mablagʻlar sarflanmoqda.

Shuningdek, tezkor tibbiy xizmatni tashkil etish maqsadida tez yordam shahobchalari avtoparkini yangilab borish va belgilangan meʼyorlarga yetkazish uchun viloyat boʻyicha qoʻshimcha 19 ta Damas Ambulans avtomashinalari xarid qilinib, 1,1 mlrd.soʻm mablagʻlar sarflandi. Bundan tashqari aholini ehtiyojmand qatlamiga 1262 ta nogironlik aravachalari bilan taʼminlash uchun 1,5 mlrd.soʻm mablagʻlar yoʻnaltirildi.

Yil davomida, Prezidentimizning viloyatimizga tashriflari davomida bergan topshiriqlariga asosan hamda respublika ishchi guruhlari tomonidan hududlarda oʻrganish yakunlari boʻyicha tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga mahalliy byudjetlarning qoʻshimcha manbaalar hisobidan 13 mlrd 314 mln.soʻm mablagʻ yoʻnaltirilganligini taʼkidlash joiz.