ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, shuningdek xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishi holatini o’rganish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

belgilangan tartibda hokimlik ish rejasi loyihasini shakllantiradi, uning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi;

boshqaruv apparati rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni rag’batlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo’llash to’g’risidagi takliflarni hokimning ko’rib chiqishi uchun belgilangan tartibda kiritadi;

tasdiqlangan lavozimlar nomenklaturasiga muvofiq kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish, mutaxassislarni tayinlash va lavozimidan ozod qilish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshiradi, ko’rib chiqilayotgan nomzodlarni har tomonlama o’rganishni va ular bo’yicha ishonchli materiallar tayyorlanishini ta’minlaydi;

kelgusida davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari hududiy bo’linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlik lavozimlariga ko’tarish uchun boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish ishlarini tashkil etadi;

davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari hududiy bo’linmalarining, viloyat hokimligining boshqaruv kadrlari faoliyatining tizimli monitoringini olib boradi;

boshqaruv kadrlarini hisobga olish, ularning shaxsiy hujjatlar yig’majildlarini shakllantirish va yuritish ishlarini tashkil qiladi;

zaxiraga kiritilgan boshqaruv kadrlarining kasbiy bilimlarini doimiy takomillashtirish, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonini tashkil qiladi;

hokimlarning mutasaddilik qiladigan o’rinbosarlari bilan birgalikda hokimlik apparati kadrlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish bo’yicha takliflar tayyorlaydi;

davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari hududiy bo’linmalarining, markaziy apparat boshqaruv kadrlari va ularning zaxirasi to’g’risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirishni va doimiy yangilab borishni ta’minlaydi;

tashkiliy-kadrlar masalalari bo’yicha hokimning qarorlari va boshqa huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, hokim rahbarligida o’tkaziladigan yig’ilishlar, majlislar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish chora-tadbirlarini ko’radi;

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari saylovlarini, O’zbekiston Respublikasi referendumlarini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tegishli saylov komissiyalariga yordam ko’rsatadi;

xalq deputatlari Kengashining, uning komissiyalarining va boshqa ishchi organlarning faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlaydi, deputatlarga ularning o’z vakolatlarini amalga oshirishda ko’maklashadi;

fuqarolarning mahalla yig’inlari raislari (oqsoqollari) saylovlarini tashkil etish va o’tkazishda hududiy davlat organlariga ko’maklashadi;

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati bilan o’zaro hamkorlik qiladi;

Tashkiliy-nazorat guruhi to’g’risidagi nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Microsoft Word ko'rinishida ko'chirib olish (26 KB)