Печать

2019 yil 25 iyul kuni namanganlik ziyoratchilarning dastlabki guruhi Namangan-Madina yo‘nalishi bo‘yicha Saudiya Arabistoni Podshohligiga jo‘nab ketdi.

 

Safar oldidan barcha ziyoratchilar joylardagi markazlashgan tibbiyot punktlarida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Guruhlar tarkibida ziyoratchilar bilan safar davomida haj amallarini bajarish, xavfsizlik choralariga rioya qilish, salomatlikni asrash yuzasidan tushuntirish ishlari o‘tkazildi. Ziyoratchilarga O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlari aks ettirilgan maxsus kiyim va sumkalar, “Hajnoma” kitobchasi va videotasmalar taqdim etildi.

 

Joriy yil 950 nafar namaganliklar haj amalini ado etishadi. Ularga 19 nafar guruh rahbarlari biriktirilgan.

 

Bu yil o‘zbekistonlik ziyoratchilar Madina shahrida birinchi marotaba “Masjid an-Nabaviy”dan 50 metr uzoqlikda joylashgan besh yulduzli “Pulman zamzam” mehmonxonasiga joylashadi. Makka shahrida esa Haramdan uzoq bo‘lmagan to‘rt yulduzli “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasida istiqomat qiladi. Hojilarimiz uchun 24 soat davomida zamonaviy avtobuslar bepul xizmat ko‘rsatadi.

 

Ma’lumot o‘rnida haj mavsumi uchun sarf-xarajatlar smetasi bo‘yicha har bir ziyoratchidan olinadigan mablag‘ 33 million 300 ming so‘m etib belgilandi. Ya’ni, narx 5 million so‘mga arzonlashtirildi.