Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


I. Makroiqtisodiy o’zgarishlar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil 15 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining yig’ilishida belgilab berilgan «2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish asasoy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlari» bo’yicha vazifalarni amalga oshirilishi, shuningdek, Hukumat tomonidan qabul qilingan tarmoq dasturlari va qarorlarida belgilangan parametrlarni viloyatda ijrosini ta’minlanishi hisobiga 2017 yil yanvar-mart yakuni bilan iqtisodiyotning barcha sohalarida barqaror o’sish sur’atlari ta’minlandi.

Xususan, iqtisodiyotni va uning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilashni jadallashtirish va ko’lamlarini kengaytirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, yo’l-transport va kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish, faol investitsiya siyosatini amalga oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, zarur ishbilarmonlik muhitini yaratish, aholining hayot darajasi va sifati izchil oshirilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida hisobot davrida yalpi hududiy mahsulot hajmining (YaHM) o’sish sur’ati 8,7 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 12,5 foizga, qishloq xo’jaligi 7,0 foizga, kapital qo’yilmalar 3,3 foizga, qurilish ishlari 12,2 foiz, chakana savdo aylanmasi 13,1 foiz va xizmatlar hajmi 13,0 foizga o’sishi ta’minlandi.

II. Moliyaviy holat.

Inflyatsiya sur’atlari. Viloyatda inflyatsiyani qisqartirish hamda narx-navoni barqarorlashtirish bo’yicha 2017 yilga mo’ljallangan chora-tadbirlar Dasturi ishlab chiqilib, ijrosi tizimli monitoring qilib borilmoqda.

Viloyat aholisi uchun markazlashgan tartibda ajratilayotgan un va o’simlik yog’ini birja savdolariga o’z vaqtida qo’yish va sotib olingan mahsulotlarni savdo korxonalari tomonidan ayniqsa, qishloq va tog’li hududlarda yashovchi aholiga muntazam yetkazib berish yo’lga qo’yilgan.

Bundan tashqari tadbirkorlar tomonidan chetdan xarid qilayotgan nooziq va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ist’emol bozorini to’ldirib kelinmoqda.

Viloyat aholisini arzon, sifatli meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash maqsadida 2,0 ming tonna sabzavot (o’sish sur’ati 106,3%), 23,4 ming tonna go’sht (106,0%), 103,4 ming tonna sut (106,3%) va 91,8 mln.dona tuxum (106,9%) ishlab chiqarilib, iste’molga yo’naltirildi.

Bankdan tashqari, pul aylanmasini qisqartirish maqsadida tijorat banklari tomonidan bugungi kunda 11 ta bankomat, 241 ta infokioska, 12373 ta terminallar o’rnatilib, 1224,1 mingta plastik kartochkalar tarqatilgan bo’lib, shundan 827,6 ming tasi ON-LAYN rejimida ishlovchi kartochkalar.

Amalga oshirilgan chora-tadbirlar hisobiga viloyatda inflyatsiya darajasi  prognoz darajasidan oshmadi.

Byudjet-soliq siyosati. Hisobot davrida mahalliy byudjet daromadlari 224,3 mlrd.so’mni, byudjet xarajatlari 380,1 mlrd.so’mni tashkil etdi.

III. Investitsiya siyosati va real sektor tarmoqlari rivojlanishi.

1. Davlat Investitsiya dasturi.

Viloyatda 2017 yil davomida 2570,9 mlrd.so’mlik kapital qo’yilmalar shundan, 150,4 mlrd.so’m byudjet mablag’lari, 267,1 mlrd.so’m byudjetdan tashqari fond mablag’lari, 608,9 mlrd.so’m hukumat kafolatidagi xorijiy investitsiya va kreditlari, 64,6 mlrd.so’m O’zbekiston Respublikasi RRQJ mablag’lari, 487,1 mlrd.so’m korxona va tashkilot mablag’lari, 246,1 mlrd.so’m bank krediti mablag’lari, 614,7 mlrd.so’m aholi va xususiy shaxslar mablag’lari hamda 132,0 mlrd.so’m to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar o’zlashtirilishi belgilangan.

2017 yil yanvar-mart oylari yakuni bilan barcha manbalar hisobidan 419,2 mlrd.so’m miqdorida investitsiya o’zlashtirilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 103,3 foizga ko’p jalb etilishi ta’minlandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 apreldagi PQ-2873-sonli qaroriga asosan, markazlashgan mablag’lar hisobidan 27 ta (7 ta rekonstruktsiya va 20 ta kapital ta’mirlash) maktabgacha ta’lim muassasalari, 20 ta (1 ta yangi qurilish, 16 ta rekonstruktsiya va 3 ta kapital ta’mirlash) umumta’lim maktablari, 1 ta bolalar musiqa va san’at maktabi hamda 6 ta sog’liqni saqlash ob’ektlari jami 54 ta ob’ektlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta’mirlash hisobiga foydalanishga topshirish hamda ushbu maqsadlar uchun 70,5 mlrd.so’m mablag’larni o’zlashtirish rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, viloyatda qishloq xo’jaligi maydonlarida sug’oriladigan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi hisobidan yangi qurilish va rekonstruktsiya hisobidan 8 ta tik drenaj meliorativ quduqlarni, 1 ta nasos stantsiya, shu bilan birga 3,4 km ob’ektlarda kollektor va drenaj tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish va bu maqsadlarga 4060,0 mln.so’m miqdorida mablag’lar sarflanishi ishlari rejalashtirilgan.

2017 yil yanvar-mart oylari yakuni bilan ob’ektlarda 77,0 mln.so’mlik qurilish ishlari bajarildi.

Shuningdek, irrigatsiya ob’ektlarini qurilishi bo’yicha 2017 yilda 7 ta ob’ektda (4 ta yildan-yilga o’tuvchi) qurilish ishlarini olib borish hamda 17,1 mlrd.so’m mablag’larni o’zlashtirish rejalashtirilgan. Yanvar-mar oylari yakuni bilan 6 ta ob’ekt qurilish ishlari uchun 1,8 mlrd.so’m (1,6 mlrd.so’m qurilish ishlari bajarilgan) mablag’lar o’zlashtirilgan.

To’raqo’rg’on tumanidagi 450 MVt quvvatidagi 2 ta blok jami 900 MVt quvvatidagi yangi issiqlik elektr stantsiyasi qurilishida “O’zbekenergo” DAK o’z mablag’lari hisobidan 0,2 mlrd.so’m miqdorida investitsiya hamda hukumat kafolati ostida 0,3 mlrd.so’m (87 ming AQSH dollari) chet el krediti o’zlashtirilishi ta’minlandi. Bugungi kunda bosh pudratchi “SirdaryoIES qurilish” unitar korxonasi tomonidan 1 va 2 kirish avtomobil yo’llari, 2 ta mashinaga mo’ljallangan yong’in xavfsizligi bo’limi, 2 ta ko’p qavatli turar-joy binolari qurilishi, 150 o’rinli oshxona qurilishda ish olib borilmoqda. Ma’muriy bino, tashqi aloqa tarmog’ini tortish ishlari va xo’jalik ehtiyoji uchun toza ichimlik suv tarmog’i qurilishi ishlari yakunlandi.

To’raqo’rg’on IES yonidagi 500/220/10 kV nimstantsiya qurilishi maydonida bosh pudratchi “Yangi-Angrenissiqlikenergomontaj” UKsi korxonasi tomonidan 2017 yil 4 aprel holatiga 2926,4 mln.so’mlik yer ishlari bajarildi va 1380,8 so’mlik loyiha-smeta hujjatlari bajarildi. Hozirgi kunda yer ishlari davom etmoqda. 

SHuningdek, barcha manbalar hisobidan 2017 yil yanvar-mart oylari yakuni bilan 175,8 ming kv.m. turar-joy, 37,3 km ichimlik suvi va 4,1 km tabiiy gaz tarmoqlari foydalanishga topshirildi. O’tgan yilning mos davriga turar-joy maydonalari 113,2 foizga va ichimlik suv tarmoqlari 122,7 foizga o’sishi ta’minlandi.

2. Hududiy investitsiya dasturi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2017 yilgi Investitsiya dasturi to’g’risida”gi PQ-2697-sonli qarori asosida, viloyat hokimining 2016 yil 29 dekabrdagi “Namangan viloyatining 2017 yilgi Investitsiya dasturi to’g’risida”gi 473-sonli qarori qabul qilingan.

Mazkur qarorga asosan markazlashgan investitsiyalar hisobidan 18,7 mlrd.so’m, nomarkazlashgan investitsiyalar hisobidan 1 trln. 77,3 mlrd.so’m jami 1 trln. 96,0 mlrd.so’m miqdorida kapital mablag’lar o’zlashtirilishi rejalashtirilgan.

Jumladan, 18,6 mlrd.so’m mahalliy byudjet, korxona va tashkilotlarning o’z mablag’lari hisobidan 400,9 mlrd.so’m, bank krediti mablag’lari hisobidan 645,6 mlrd.so’m, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hisobidan
29,3 mlrd.so’m va boshqa manbalar hisobidan 1,5 mlrd.so’m hajmida investitsiya jalb etilishi ko’zda tutilgan.

Mazkur qarorga asosan, sanoatni rivojlantirish bo’yicha 287 ta, qishloq xo’jaligini rivojlantirish sohasida 263 ta, xizmat va servisni rivojlantirish sohasida 530 ta, ijtimoiy soha hamda boshqa soha ob’ektlarini rivojlantirish borasida 51 ta, jami 1131 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu ishlar natijasida 14647 nafar ish o’rinlari yaratilishi belgilangan.

Hududiy investitsiya dasturiga asosan, 2017 yilning yanvar-mart oylari yakuni bilan korxona va tashkilotlarning o’z mablag’lari hisobidan 13,6 mlrd.so’m, bank krediti mablag’lari hisobidan 10,9 mlrd.so’m va to’g’ridan-to’g’ri horijiy investitsiyalar hisobidan 3,5 mlrd.so’m jami 31,4 mlrd.so’m miqdorida kapital mablag’lar o’zlashtirildi.

O’zlashtirilgan kapital mablag’lar hisobiga 14 ta sanoat, 62 ta xizmat ko’rsatish va servis va 8 ta qishloq xo’jaligi, jami 84 ta investitsiya loyihalari ishga tushirildi.

Aholiga zamonaviy va sifatli xizmat ko’rsatish sohasida ham sezilarli ishlar olib borilmoqda. Joriy yil 1-chorak yakuni bilan 62 ta savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shahobchalari foydalanishga topshirildi. Bu ishlarga 8,6 mlrd.so’mdan ortiq kapital mablag’lar sarflandi. Natijada 296 nafar yangi ish o’rinlari yaratildi.

Hisobot davri yakuni bilan 14 ta ishlab chiqarish ob’ektlari foydalanishga topshirildi. Ushbu loyihalarda jami 15,0 mlrd.so’m (6,7 mlrd.so’m o’z mablag’i, 8,3 mlrd.so’m bank krediti mablag’lari) miqdorida investitsiyalar o’zlashtirilib, 245 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Jumladan, Namangan shahrida 3 ta, Mingbuloq tumanida 2 ta, Kosonsoy tumanida 1 ta, Namangan tumanida 2 ta, Pop tumanida 1 ta, To’raqo’rg’on tumanida 1 ta, Uychi tumanida 2 ta, Uchqo’rg’on tumanida 1 ta va Yangiqo’rg’on tumanida 1 ta ishlab chiqarish loyihalari foydalanishga topshirildi.

SHu bilan birga, qishloq xo’jaligi sohasida hisobot yakuni bilan 8 ta  loyihalar to’la amalga oshirilib foydalanishga topshirildi. Ushbu loyihalarda jami 0,9 mlrd.so’m (0,5 mlrd.so’m o’z mablag’lari, 0,4 mlrd.so’m bank krediti) miqdorida investitsiyalar o’zlashtirilib, 26 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Bundan tashqari, Hududiy investitsiya dasturiga asosan joriy yilda 12 ta loyihalar bo’yicha 16,7 mln.dollar miqdorida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi ko’zda tutilgan. Hisobot yakuni bilan amalda dastur doirasidagi hamda qo’shimcha loyihalar bilan birgalikda 1,0 mln.doll. miqdorida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etildi.

Jumladan, Chortoq tumanidagi "Chartak Resorts" MCHJda 1,0 mln.dollar miqdorida to’g’ridan-to’g’ri horijiy investitsiyalar o’zlashtirildi.

3. “Namangan viloyatini 2017-2021 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ning ijrosi to’g’risida.

“Namangan viloyatini 2017-2021 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ga asosan 2017 yil 1-chorak davomida 4,2 mlrd.so’m mablag’larni o’zlashtirish hisobiga 11 ta loyihalarni (sanoat sohasida 3 ta, qishloq xo’jaligi sohasida 8 ta) ishga tushirib, 74 ta ish o’rni yaratish ko’zda tutilgan.

Joriy yilning 1 aprel holatiga 85 ta loyihalar amalga oshirildi. Ushbu maqsadlar uchun 43,3 mlrd so’m (shundan, 14,7 mlrd so’m bank kreditlari) sarflandi. Natijada 679 ta (9,2 martaga ko’p) yangi ish o’rinlari barpo etildi.

I-yo’nalish: Sanoat sohasida 2017 yil 1-chorakda 3 ta loyihalarni amalga oshirish va bu maqsadlar uchun jami 3250 mln.so’m investitsiya mablag’larini o’zlashtirish hamda 48 ta yangi ish o’rinlari barpo etish belgilangan.

O’tgan davda jami 33,8 mlrd so’mlik investitsiyalar (shundan, 12,0 mlrd so’m bank krediti) yo’naltirilib, 15 ta korxonalar faoliyati yo’lga qo’yildi va 357 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Shundan, 3 ta yengil sanoat, 3 ta qurilish materiallari sanoati va 5 ta oziq-ovqat sanoati korxonalarini tashkil etish va modernizatsiya qilishga alohida e’tibor berildi. Ushbu yo’nalishlarni rivojlantirish natijasida 179 ta yangi ish o’rinlari yaratilishiga erishildi.

II-yo’nalish: Xizmat ko’rsatish va servis sohasida 2017 yil 1-yarim yillik davomida 35,0 mlrd.so’mlik investitsiyalar o’zlashtirib, 144 ta savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalarini tashkil etish hisobiga 938 ta yangi ish o’rinlari yaratish belgilangan.

O’tgan davr mobaynida 8,6 mlrd so’m mablag’lar sarflanib, 62 ta (shundan, qishloq joylarda 62 ta) savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchasi  tashkil etildi va 296 ta (qishloq joylarda 296 ta ish o’rni) yangi ish o’rinlar yaratildi.

Jumladan, 1 ta moliya, 7 ta yashash va ovqatlanish, 38 ta savdo, 2 ta ko’chmas mulk bilan bog’liq, 5 ta sog’liqni saqlash, 4 ta kompyuterlarni va maishiy tovarlarni ta’mirlash, 5 ta shaxsiy xizmatlar ko’rsatish shoxobchalari foydalanishga topshirildi.

 Jumladan, Chust tumanida “Chust sport sog’lomlashtirish, tibbiy tashxis markazi” MCHJ tomonidan umumiy qiymati 2,0 mlrd.so’mlik tibbiy xizmat ko’rsatish markazi tashkil etilib, 40 ta yangi ish o’rinlari hamda Namangan tumanida “Grand savdo kompleks” MCHJ tomonidan umumiy qiymati 700 mln.so’mlik Maishiy xizmat kursatish kompleksini jihozlab ishga tushirilishi hisobiga 41 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

III-yo’nalish: Qishloq ho’jaligi sohasida 2017 yil yanvar-mart oylarida 8 ta loyihalar amalga oshirish, ushbu maqsadlar uchun 940 mln.so’m (shundan 400 mln so’mi bank krediti) mablag’lar sarflanib, 26 ta yangi ish o’rinlari barpo etish belgilangan.

Joriy yilning 1 aprel holatiga 940 mln so’m mablag’lar yo’naltirish hisobiga 8 ta investitsiya loyihasi amalga oshirildi va qariyib 26 ta yangi ish o’rinlari tashkil etildi.

Jumladan, 80 bosh qoramol, boqishga ixtisoslashgan 1 ta qoramolchilik, 0,8 gektar maydonda 2 ta baliqchilik, 5 ta asalarichilik (250 ta oila) xo’jaliklari tashkil etildi.

Jumladan, Yangiqo’rg’on tumanida “Raxmanov Alisher” fermer xo’jaligi tomonidan joriy yilning 1-choragida 80,0 bosh qoramol parvarishlash yo’lga qo’yilib, 10 nafar yangi ish o’rinlari yaratildi.

II. Sanoat.

Viloyatda 2017 yilning 1-chorak yakuni bilan 3512 dan ziyod faoliyat ko’rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan hisobot davrida 944,1  mlrd.so’mlik (112,5%) sanoat mahsulotlari, 222,7 mlrd.so’m (115,9%) xalq iste’moli mollari ishlab chiqarilib, prognoz (112,5% va 115,9%) parametrlari to’liq ta’minlandi.

Viloyatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida eng avvalo yuqori salmoqqa ega yengil sanoat, oziq-ovqat, mashinasozlik va qolgan sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantirish dasturlari bo’yicha qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, hisobot davrida yengil sanoat tarmog’ida o’sish sur’ati 11,7 foiz, oziq-ovqat sanoatida 10,7 foizni tashkil etgan holda umumiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi yengil sanoat (38,1%) va oziq-ovqat sanoati (26,5%) tarmoqlari hissasiga to’g’ri keldi.

Shu davrda aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari  355,5 ming so’m va aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish  222,7 ming so’mni tashkil etib, 2015 yilga nisbatan mos holatda 39,8 ming so’m va 27,1 ming so’mga ko’p yoki 112,6 foiz va 113,8  foizga o’sishiga erishildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 noyabrdagi “2016-2019 yillarda Namangan viloyati sanoati saloxiyatini rivojlantirish Dasturi to’g’risida”gi PQ-2439-sonli qarori ijrosi to’g’risida.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2016-2019 yillarda Namangan viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish Dasturi to’g’risida”gi PQ-2439-sonli qarorlariga asosan ishlab chiqilgan sanoat sohasini rivojlantirish dasturi jami 5,1 mlrd. dollardan ziyod investitsiya o’zlashtirishni nazarda tutgan 342 ta loyihadan iborat.

Qarorning 1-ilovasiga asosan vazirlik va idoralar tomonidan umumiy qiymati 2,9 mlrd.dollar bo’lgan 26 ta yangi yirik loyihalarni, 2-ilovasiga asosan vazirlik va idoralar tomonidan umumiy qiymati 181,3 mln.dollar bo’lgan 25 ta loyihalarda modernizatsiya ishlarini  hamda 3-ilovasiga asosan hududiy hokimliklar tomonidan umumiy qiymati 280,9 mln.dollar bo’lgan 270 ta loyihalarni amalga oshirilishi belgilangan.

Shu bilan bir qatorda dastur doirasida 2017 yilda jami 114 ta loyihani ishga tushirish natijasida 124,1 mln.dollarlik investitsiyalar o’zlashtirish va 3989 ta yangi ish o’rinlari yaratish nazarda tutilgan.

Dastur ijrosini ta’minlash yuzasidan 2017 yil 1-chorak yakuni bilan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan;

Qarorning 1-ilovasiga asosan Uchqo’rg’on tumanidagi "Uchkurgan tekstil" QK MCHJ va "Uzteks Uchkurgan" QK MCHJlar hamda Namangan shahridagi “Art sof teks” qo’shma korxonasi tomonidan jadal sur’atlarda qurilish ishlari olib borilmoqda. "Uchkurgan tekstil" QK MCHJ tomonidan kalava ip ishlab chiqarish loyihasida yakuniy qurilish ishlari olib borilmoqda.

Qarorning 2-ilovasiga asosan yil yakuni bilan 10,7 mln.dollarlik 3 ta loyiha foydalanishga topshirildi ("Namangan farm plant" MCHJ, "Verigrov Ipagi"QK, "Namangan sharbati" QK MCHJ). Misol uchun, "Verigrov Ipagi" QKda Singapurlik hamkorlar tomonidan Xitoy davlatidan 1,7 mln.dollar miqdoridagi texnologiyalar olib kelinib o’rnatildi va foydalanishga topshirildi.

Qarorning 3-ilovasiga asosan 2017 yil 1-chorak yakuni bilan loyiha qiymati 2,9 mln.dollar bo’lgan 9 ta loyihalarni foydalanishga topshirish ko’zda tutilgan bo’lib, amalda 36 ta loyihani ishga tushirish natijasida 13,7 mln.dollarlik investitsiyalar o’zlashtirilib, 862 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Tijorat banklari tomonidan Dasturdagi loyihalardan 107 tasiga 27,8 mln.dollar miqdorida kredit mablag’lari ajratildi.

Mahalliylashtirish dasturi ijrosi haqida.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 11 fevraldagi “2015-2019 yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish to’g’risida”gi PQ-2298-sonli qaroriga asosan 2017 yilda jami 9 ta hududiy tasarrufdagi korxonalarning 23 ta loyihasi bo’yicha 24,1 mlrd.so’mlik mahsulot ishlab chiqarilishi belgilab olingan.

Dastur doirasida yanvar-mart oylari yakuni bilan 4,6 mlrd.so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi belgilangan bo’lib, amalga oshirilgan ishlar natijasida 6,6 mlrd.so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi hamda 5,3 mlrd.so’mlik mahsulotlar ichki bozorlarga sotildi. Jami iqtisod qilingan valyuta miqdori 846,9 ming dollarni tashkil etdi.

Mahsulot ishlab chiqarish hajmlari korxonalar kesimida ko’rilganda,  Namangan shahridagi “Mexmash” AJda 609,0 tonna shurup, “Zamin metal sanoat” MCHJda 60,0 komplekt gaz kompressorlariga butlov buyumlar, 1800,0 komlekt smesitellar, 360,0 dona sharovoy kranlar, "Nam mator servis" MCHJda 293,0 mln. so’mlik  5 turdagi nasoslar, 40 dona elektr dvigetellar, "Elektr mexanik ta’mir ishlab chiqarish" XKda 338,8 mln. so’mlik elektr nasos agregatlari va elektr dvigetellar uchun po’lat buyumlar, "MARHABO MED FARM" MCHJda 40 ming rulon EKG apparati uchun lentalar kabi mahsulotlar ishlab chiqarilib, dastur asosida yanvar-mart oylari yakuni bilan belgilangan prognoz topshiriqlari 144,0 foizga bajarildi.

Shu bilan birga, "Musaffo Polimer" MCHJda joriy yilning 1-choragiga belgilangan 500,0 dona dush kabinalari ishlab chiqarish belgilangan bo’lib, Xitoy davlatidan xom ashyo olib kelish uchun 2016 yil 30 martda Asaka bank blok hisob raqamiga o’tkazilgan 187,7 ming dollar mablag’larini konvertatsiya qilish masalasi hal etilmaganligi sababli mahsulot ishlab chiqarilmagan.

"Namangan briliant silk" MCHJning metanit sim ishlab chiqarish loyihasiga Iqtisodiyot vazirligi hamda Davlat Raqobat qo’mitasi tomonidan  ijobiy xulosalar berilgan,  lekin bugungi kunga qadar TIASIV vazirligi tomonidan xulosa olinmagnligi hisobiga ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmagan.

"Elektr mexanik ta’mir ishlab chiqarish" XK tomonidan 5 ta mahsulotlar turi bo’yicha grafiklar bajarilgan bo’lib, K, KM, D, DS, VN markadagi nasos ehtiyot qismlariga buyurtmalar bo’lmaganligi sababli  ishlab chiqarilmagan.

"Nam mator servis" MCHJ tomonidan 6 ta mahsulotlar turi bo’yicha grafiklar bajarilgan bo’lib,   VN markadagi nasos turiga  buyurtmalar bo’lmaganligi sababli  ishlab chiqarilmagan.

 III. Xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 26 fevraldagi “2016-2020 yillarda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi to’g’risida”gi 55-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimining 2016 yil 4 martdagi 94-sonli qarori qabul qilingan.

Qarorda belgilangan parametrlarga muvofiq 2017 yil uchun xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish dasturlari shahar va tumanlar kesimida ishlab chiqilib, nazorat o’rnatildi.

Jumladan, tasdiqlangan tarmoq grafiklarga asosan 2017 yil yanvar-mart oylari davomida umumiy qiymati 8,6 mlrd.so’mlik 62 ta xizmat ko’rsatish ob’ektlarini tashkil etish belgilangan.

Hisobot davrida 62 ta savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchasi tashkil etilib, 100,0 foizga bajarildi.

Shu jumladan, 8,6 mlrd so’m mablag’ sarflash hisobiga 62 ta, shundan, 1 ta moliya, 7 ta yashash va ovqatlanish, 38 ta savdo, 2 ta ko’chmas mulk bilan bog’liq, 5 ta sog’liqni saqlash, 4 ta kompyuterlarni va maishiy tovarlarni ta’mirlash, 5 ta shaxsiy xizmatlar ko’rsatish shoxobchalari tashkil etilib, 296 ta ish o’rinlari yaratildi.

Servis sohasida yanvar-mart oylarida jami 296 ta  yangi ish o’rinlari yaratilib, shundan 296 ta  ish o’rinlari qishloq joylarida tashkil etildi.

Amalga oshirilayotgan tadbirlar hisobiga 2016 yilning yanvar-mart oylarida viloyatda jami xizmatlar xajmi 999,6 mlrd.so’mni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga  nisbatan 113,0 foiz o’sishiga erishildi (prognoz 113,9%).

Dasturda belgilangan prognoz parametrlarini ijrosini ta’minlanishi hisobiga sohaning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 35,6 foizga to’g’ri keldi.

Jumladan,  aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 809,7 mlrd.so’m (110,3 foiz), moliya xizmati 307,4 mlrd.so’m (923,3 foiz), transport xizmati 202,4 mlrd.so’m (115,2 foiz), yashash va ovqatlanish 191,5 mlrd.so’m (114,9 foiz), savdo 338,0 mlrd.so’m (110,2 foiz), ko’chmas mulk bilan bog’liq bo’lgan xizmatlar 31,6 mlrd.so’m (110,0 foiz), ta’lim xizmati 38,3 mlrd.so’m (102,9 foiz), sog’liqni saqlash xizmati 177,0 mlrd.so’m (110,5 foiz), ijara va prokat xizmati 234,7 mlrd.so’m (110,9 foiz), kompyuterlarni va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmati 382,9 mlrd.so’m (110,7 foiz), shaxsiy xizmatlar 86,1 mlrd.so’m (111,0 foiz), me’morchilik, muxandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar 4,6 mlrd.so’m (107,8 foiz) va boshqa turdagi xizmatlar 26,6 mlrd.so’m (107,1 foiz)ni tashkil etdi.

Qishloq joylarida xizmat ko’rsatish va servis sohasida 272,0 mlrd.so’mlik xizmatlar ko’rsatilib o’tgan yilning shu davriga  nisbatan 112,3 foiz o’sishiga erishildi.

Chakana savdo. Hisobot davrda chakana savdo aylanmasi viloyat bo’yicha 1330,4 mlrd.so’m va xizmatlar hajmi 999,6 mlrd.so’mni tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 113,1 foiz va 113,0 foizni tashkil etdi.

Hududlar bo’yicha ko’rilganda, chakana savdo aylanmasi To’raqo’rg’on (116,6%), Kosonsoy (114,4%) va Yangiqo’rg’on (113,8%) tumanlarida o’sish sur’atlari yuqori bo’ldi.

Aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi 500,8 ming so’m, jami xizmatlar  376,3 ming so’mni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 21,6 va 20,1 foizga ko’paydi.

IV. Qishloq xo’jaligida islohotlarni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish.

Viloyat aholisini arzon, sifatli meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 martdagi PQ-2505-sonli qaroriga asosan viloyat hokimining 2016 yil 12 martdagi 108-sonli qarori qabul qilinib, nazorat o’rnatildi.

Mazkur qaror asosida «Namangan viloyati tumanlarida 2017 yilda meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum  mahsulotlarini choraklar bo’yicha ishlab chiqarish va foydalanish bashorat ko’rsatkichlari» ishlab chiqilib, ijrosi monitoring qilib borilmoqda.

Xususan, 2017 yilda barcha xo’jaliklarda 281 ming tonna kartoshka, 771 ming tonna sabzavot, 82,3 ming tonna poliz, 264 ming tonna meva, 134,6 ming tonna uzum, chorvachilik mahsulotlaridan 135,3 ming tonna go’sht, 690,3 ming tonna sut, 485 mln. dona tuxum yetishtirilib, bu turdagi mahsulotlarni  2016 yilga nisbatan 7,0 foizdan 18,0 foizgacha ko’paytirish ko’zda tutilgan.

1-chorak yakuni bilan 1,97 ming tonna sabzavot (o’sish sur’ati 106,3 %), 23,4 ming tonna go’sht (106%), 103,4 ming tonna sut (106,3%) va 91,8 mln.dona tuxum (106,9%) ishlab chiqarilib, belgilangan prognoz parametrlari bajarildi.

Buning hisobiga viloyatda 193,5 mlrd.so’mlik yalpi qishloq xo’jaligi mahsuloti yaratilib, o’sish sur’ati 107,0 foizga ta’minlandi (prognoz 106,7%).

SHu davrda, qoramol bosh sonlari 665,3 ming boshni (104,0%) shu jumladan, sigirlar 212,6 ming boshni (101,3%), qo’y-echkilar 705,5 ming boshni (101,3%), parrandalar 3820,1 ming boshni (109,3%) va otlar 6,7 ming boshni (100,9%) tashkil etdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 yanvardagi “2017-2018 yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va chuqur qayta ishlashni rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-2716-sonli qarorini ijrosini viloyatda ijrosini ta’minlash maqsadida 2017 yilda sig’imi 24200 tonna bo’lgan 17 ta yangi muzlatkichli omborlarni qurish belgilangan.

Dasturga kiritilgan loyihalarni o’z muddatlarida amalga oshirilishini ta’minlash bo’yicha tumanlar hokimliklari va loyiha tashabbuskorlari tomonidan tarmoq jadvallari (setevoy grafik) ishlab chiqilib, tizimli monitoring olib borilmoqda.

Joriy yilning yanvar –mart oylarida 3000 tonna quvvatga ega 2ta yangi muzalatkichli omborlar qurib bitkazilib foydalanishga topshirildi, Natijada  15 ta yangi ish o’rinlari yaratildi. Jumladan, Kosonsoy tumanidagi "Axmadxonxoji" FX tomonidan sig’imi 1000 tonnalik muzlatkichli kamera qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu maqsadlarga 800 mln.so’m tashabbuskorning o’z mablag’lari sarflandi.

Yangiqo’rg’on tumanidagi "Tillaxon" XK tomonidan sig’imi 2000 tonnalik muzlatkichli kamera qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu maqsadlarga 2080 mln.so’m tashabbuskorning o’z mablag’idan xamda  2838 mln.so’m sarflanidi.

Shuningdek, qolgan loyihalarda quyidagi ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Namangan shaxridagi "Namangan Royal Paynt Treyd" MCHJ tomonidan sig’imi 1000 tonna bo’lgan muzlatkichli kamera qurulishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda Milliy banki tomonidan kredit xujjatlari ko’rib chiqilmoqda Namangan shaxridagi "Lankaver lyuks" MCHJ tomonidan sig’imi 1000 tonna bo’lgan muzlatkichli kamera qurulishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda Milliy banki tomonidan 1440 mln.so’m kredit mablag’lari ajratib berildi.

Namangan shaxridagi "Jaxon javoxiri invest" MCHJ tomonidan sig’imi 5000 tonna bo’lgan muzlatkichli kamera qurulishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda Turon banki tomonidan 3600 mln.so’m kredit mablag’lari ajratib berildi.

Kosonsoy tumanidagi "Kushon agro servis" MCHJ tomonidan sig’imi 1000 tonna bo’lgan muzlatkichli kamera qurulishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda Turon banki tomonidan 3600 mln.so’m kredit mablag’lari ajratib berildi.

Namangan tumanidagi "Oromgox Ikromi" MCHJ tomonidan sig’imi 500 tonna bo’lgan muzlatkichli kamera qurulishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda Asaka banki tomonidan kredit xujjatlari ko’rib chiqilmoqda

Namangan tumanidagi XT "Usta komil tex impeks" tomonidan sig’imi 600 tonna bo’lgan muzlatkichli kamera qurulishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda Milliy banki tomonidan kredit xujjatlari ko’rib chiqilmoqda

To’raqo’rg’on tumanidagi "Silver Maks Boss Milk" MCHJ tomonidan sig’imi 500 tonna bo’lgan muzlatkichli kamera qurulishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda Loyiha tashabbuskori tomonidan smeta xujjatlari ishlab chiqilmoqda.

Namangan tumanidagi "KTS Namangan appel" MCHJ tomonidan sig’imi 2000 tonna bo’lgan muzlatkichli kamera qurulishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda Milliy banki tomonidan kredit xujjatlari ko’rib chiqilmoqda.

Namangan tumanidagi "Kompozit panel serviz" XK tomonidan sig’imi 800 tonna bo’lgan muzlatkichli kamera qurulishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda Milliy banki tomonidan 1080 mln.so’m kredit mablag’lari ajratib berildi

Namangan tumanidagi "Gold fresh fruits"MCHJ. tomonidan sig’imi 2000 tonna bo’lgan muzlatkichli kamera qurulishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda Loyixa tashabbuskori tomonidan Texnologiya sotib olish bo’yicha muzakaro olib borilmoqda.

Uychi tumanidagi "Durbek invest" XK tomonidan sig’imi 1500 tonna bo’lgan muzlatkichli kamera qurulishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda Milliy banki tomonidan 260 mln.so’m kredit mablag’lari ajratib berildi.

Yangiqo’rg’on tumanidagi "Yangiqo’rg’on Agro invest" XK tomonidan sig’imi 2000 tonna bo’lgan muzlatkichli kamera qurulishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda Milliy banki tomonidan kredit xujjatlari ko’rib chiqilmoqda.

Yangiqo’rg’on tumanidagi "Bog’iston Invest Agro" XK tomonidan sig’imi 2000 tonna bo’lgan muzlatkichli kamera qurulishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda Loyiha tashabbuskori tomonidan Kredit xujjatlari tayyorlanmoqda.

Yangiqo’rg’on tumanidagi "Mega treding progress" XK tomonidan sig’imi 1400 tonna bo’lgan muzlatkichli kamera qurulishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda Loyiha amalga oshirish maqsadida yer tanlash ishlari amalga oshirilmoqda

 “Namangan viloyatini 2016-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi”ga muvofiq qishloq xo’jaligi yo’nalishida 2017 yil davomida umumiy qiymati 147,6 mlrd.so’mlik 263 loyihalarni amalga oshirish ko’zda tutilgan.

Xususan, 4960 bosh qoramol boqishga ixtisoslashgan 76 ta qoramochilik, 1750 bosh qo’y boqishga ixtisoslashgan 10 ta qo’ychilik, 150 bosh echki boqishga ixtisoslashgan 2 ta echkichilik, 363,0 ming bosh parranda boqishga ixtisoslashgan 23 ta parrandachilik, 358,2 gektar maydonda 25 ta baliqchilik, 1025 ta asalari oilasi boqishga ixtisoslashgan 16 ta asalarichilik, 48,0 gektar maydonda 23 ta yengil konstruktsiyali issiqxonalar, 30820 tonna sig’imga ega 30 ta muzlatkichli omborlar tashkil etish hamda 945,9 gektar maydonda 35 ta intensiv bog’dorchilik xo’jaliklari, 52,4 gektar yer maydonda 17 ta tokzorlar barpo etish bo’yicha tasdiqlangan tarmoq grafiklari asosida ish olib borilmoqda.

Hisobot davrida 940,0 mln. so’m mablag’lar sarflanishi hisobiga 8 ta loyihalar (100,0%) amalga oshirilib, 26 ta yangi ish o’rinlari (100,0%) yaratildi. Jumladan, 80 bosh qoramol boqishga ixtisoslashgan 1 ta qoramolchilik, 0,8 gektar maydonda 2 ta baliqchilik, 5 ta asalarichilik (250 ta oila) xo’jaliklari tashkil etildi.

Namangan viloyatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 19 apreldagi “2013-2017 yillar davrida Sug’oriladigan yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo’yicha chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1958-sonli qaroriga asosan 2015 yil Davlat dasturi asosan olib borilayotgan meliorativ tadbirlar  to’g’risida.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 19 apreldagi “2013-2017 yillar davrida sug’oriladigan yerlarni meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora tadbirlari to’g’risi”dagi PQ-1958-sonli qarorining viloyatdagi ijrosini ta’minlash maqsadida 2017 yilda 23113 gektar sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 17 dona loyihalarda 839,5 km uzunlikdagi kollektorlarni ta’mirlash-tiklash ishlarini olib borish rejalashtirilgan bo’lib, bundan 1 donasi yildan-yilga o’tuvchi 16 donasi yangidan boshlanuvchi ob’ektlarda, kollektor drenaj tarmoqlarini, 62 dona meliorativ tik quduqlarini, 88 dona quvurli o’tish joylarini, 10 dona suv o’lchash inshootlarini, 128 dona kuzatuv quduqlarini ta’mirlash tiklash ishlariga 8,0 mlrd so’mlik  mablag’ rejalashtirildi.

Joriy yilning 1-choragida 139,1km uzunlikda qiymati 967 mln. so’mlik ishlar rejalashtirilgan, amalda 162 km uzunlikda 1153,8 mln.so’mlik 119,0 foizga ta’mirlash va tiklash ishlari bajarildi.

Ushbu ishlarini bajarishda viloyatdagi yirik Davlat unitar korxonalari xamda ma’sulyati cheklangan jamiyat korxonalari tamonidan ta’mirlash va tiklash ishlari bajarilmoqda.

IV. Uy-joy va kommunal xo’jaligida olib borilayotgan islohotlar.

Namangan viloyatida ko’p qavatli uylar mavjud 77 ta mahalla fuqarolar yig’ini, 274 ta shirkat, 1146 ta ko’p qavatli uy joylar hamda 13 ta boshqaruv kompaniyasi mavjud. SHirkatlarni moliyaviy qo’llab-quvvatlash maqsadida 17 ta viloyat tijorat banklari xamda ularning shahar va tumandagi filiallari biriktirilgan.

O’tkazilgan xatlov natijalari va shirkatlarning aholi oldidagi hisobotlaridan kelib chiqib, 5 yillik “Qishga tayyorgarlik va obodonlashtirish Dasturi” ishlab chiqilgan. Mazkur dasturga asosan 2017 yil davomida amalga oshiriladigan ishlarni uchun jami 17,4 mlrd.so’m mablag’ sarflanishi rejalashtirilgan bo’lib, shundan 5.9 mlrd.so’mi shirkatlar hisobidan va 7.5 mlrd.so’mi tijorat banklarining imtiyozli kreditlari va 4.0 mlrd.so’mi byudjet mablag’lari hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

2016-2017-yillar kuz-qish mavsumida shirkatlar tomonidan dasturdagi ishlarni bajarish uchun jami 7 mlrd 247 mln.so’m mablag’ sarf etilgan bo’lib, shundan 5 mlrd 337 mln.so’m kredit mablag’lari, 1 mlrd 910 mln.so’m shirkatlar mablag’iga to’g’ri keladi.

Joriy 2017 yilda Namangan viloyati bo’yicha jami 227 km avtomobil yo’llari qurilishi, rekonstruktsiya qilinish va ta’mirlanishi belgilab olingan bo’lib, ushbu maqsadlarga 78,8 mlrd. so’m mablag’lar yo’naltirilishi ko’zda tutilmoqda.

Jumladan, “O’zavtoyo’l” AK balansidagi:

- umumfoydalanuvdagi avtomobil yo’llarini qurilishi va rekonstruktsiyasiga 40,0 mlrd. so’m ajratilishi belgilab olingan va 42 km yo’l qurilishi yakunlanishi rejalashtirilgan;

- davlat va xalqaro ahamiyatdagi 15 km avtomobil yo’llarini kapital ta’mirlash uchun 17,3 mlrd. so’m yo’naltirilishi belgilangan;

- mahalliy ahamiyatdagi 17 km avtomobil yo’llarini kapital ta’mirlashga –3,5 mlrd. so’m yo’naltirilishi ko’zda tutilgan.

Shuningdek,  O’zbekiston Respublikasi ­Prezidentining 14.02.2017 yildagi “2017-2018 yillarda mintaqaviy avtomobil yo’llarini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2775-sonli Qaroriga asosan 2017-2018 yillarda viloyatdagi 309 kilometr, ­jumladan, 2017 yilda - 153 kilometr, 2018 yilda - 156 kilometr xo’jaliklararo qishloq avtomobil yo’llari, shaharlar, ­shahar posyolkalari, qishloq va ovullarning ko’chalarini kapital va joriy ta’mirlash belgilangan.

Joriy 2017 yilda 153 km xo’jaliklarning ichki yo’llarini ta’mirlash uchun 18,0 mlrd. so’m mablag’ yo’naltirilishini ko’zda tutilgan, shundan Respublika yo’l jamg’armasi hisobidan 7,0 mlrd.so’m, mahalliy byudjetdan 11,0 mlrd so’m. Ushbu mablag’larni 1-yarim yillikda o’zlashtirilgan holatda yana qo’shimcha mablag’ ajratilishi masalasi ko’rib chiqilishi belgilangan.

Unga asosan ushbu ajratilgan 18,0 mlrd. so’m mablag’lar doirasida 260 km ta’mirga muhtoj 304 ta ichki yo’llar va ko’chalar tanlab olinib, birinchi bosqichda tuproqli yo’llarni shag’al qoplamaga o’tkazish uchun joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Namangan viloyat avtomobil yo’llari hududiy bosh boshqarmasi tarkibidagi yo’l korxonalari tomonidan bugungi kunga qadar (66,145 km) 40 ta tuproq qoplamali ichki yo’llar va ko’chalar shag’al qoplamaga o’tkazilgan. Bu maqsadlar uchun 3 638,0 mln.so’mlik ish xajmlari amalga oshirilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 10 iyuldagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yektlarini 2016-2017 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2545-sonli qarorini ijrosi to’g’risida

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 10 iyuldagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini 2016-2017 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2545-sonli qarori ijrosini viloyatda bajarilishini ta’minlash maqsadida sohalar kesimida rejalar belgilanib bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu jumladan, ko’mir rejasini bajarilishi bo’yicha:

Namangan viloyatiga jami 192.4 ming tonna (shundan, briket 38.9 ming tonna) ko’mir mahsulotlarini yetkazib berish belgilangan. Jumladan,

- Byudjet muassasalariga – 67.4 ming tonna (shundan, briket  21.4 ming tonna, ko’mir 46.0 ming tonna);

- Axoliga - 125.0 ming tonna (shundan, 82.5 ming tonna Angren ko’mir, 17.5 ming tonna briket, 25.0 ming tonna import ko’mir)

2017 yil 1 choragi yakuni bilan viloyatga jami 167,4 ming tonna ko’mir mahsuloti jamg’arilib tarqatildi yoki 87.0 foizga bajarilmoqda. Jumladan,

- byudjet muassalariga jami 68,3 ming tonna (101.4%), shundan 21.3 ming tonna (96.4%) briket va 46.04 ming tonna (103.8%) ko’mir mahsulotlari yetkazildi.

- Axoliga esa jami 98.3 ming tonna (78,7%) ko’mir mahsulotlari belgilangan tartibda maxalla orqali tarqatilmoqda.

Elektr energiyasi bo’yicha:

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 martdagi “2015-2019 yillarda muhandislik kommunikatsiyalari, yo’l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish Dasturi to’g’risida”gi PQ-2313-sonli qarori asosida «Namangan HETK» AJ tomonidan 2017 yilda elektr kurilmalarni rekonstruktsiya kilish uchun, 261,9 km elektr uzatish tarmoqlari va 127 dona transformator punktlarini rekonstruktsiya qilish ko’zda tutilgan bo’lib, shundan 25,03 km elektr uzatish havo tarmoqlari va 10 dona xar-xil quvvatdagi transformator punklari rekonstruktsiya qilindi. Ushbu ishlarga 988,6 mln.so’m mablag’ sarflangan.

Bundan tashqari,  namunaviy uy-joylarni qurilishi rejalashtirilgan hududlarning tashqi elektr ta’minoti uchun «Namangan HETK» AJ tomonidan 2017 yilda namunaviy uy-joylarni tashki elektr ta’minoti uchun, 27,06 km 0.4-6-10 kV.li elektr uzatish tarmoqlari va 46 komplekt transformator punktlarini qurish rejalashtirilgan. Hozirda namunaviy uy-joylarni tashqi elektr ta’minotini qurish uchun loyiha ishlari to’liq yakunlandi. 01.04.2017 y. xolatiga namunaviy uy-joylarni tashqi elektr ta’minoti 0,59 km 0,4-10 kV li elektr uzatish tarmoqlari va 2 komplekt har xil quvvatli transformator punktlari kurildi. Ushbu ishlarga 111,0 mln.so’m mablag’ sarflangan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 23 noyabr 2016 yildagi 2661-sonli qaroriga asosan “Namangan XETK” AJ bo’iycha 2017-2021 yillarda yuklamada ishlayotgan past kuchlanishli 0,4-6-10 kVli xavo telektr uzatish tarmoqlarini va transformator punktlarini rekonstruktsiya qilish va yangilarini qurish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Ushbu qarorga asosan “Namangan XETK” AJ tomonidan 2017 yilga ishlab chiqarilgan dasturga asosan quyidagi ishlar amalga oshrilishi rejalashtirilgan.

Jumladan:

2017 yil viloyatdagi past kuchlanishli 0,4-6-10 kV li elektr tarmoqlarini yangidan qurilishi, rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish dasturiga asosan 261,9 km elektr uzatish tarmoqlarini va 127 ta transformator punklarini, jami 25098,1 mln.so’mlik qurilish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shundan:

- 2017 yil viloyatdagi past kuchlanishli 0,4-6-10 kV li elektr tarmoqlarini rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish dasturiga asosan 249,1 km elektr uzatish tarmoqlarini va 113 ta transformator punktlarini qurish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

- 2017 yil viloyatdagi past kuchlanishli 0,4-6-10 kV li elektr tarmoqlarini yangidan qurish dasturiga asosan 12,78 km elektr uzatish tarmoqlarini va 14 ta transformator punktlarini qurilish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

2017 yil 1-choragida 11 komplekt xar xil kuvvatli transformator punktlari o’rnatildi. 6,15 km 0,4-10 kVli tarmoqlar rekonstruktsiya qilindi.

Chortoq tumanidagi TP-27 va Turakurgon tumanidagi TP-214 dan chiquvchi 0,4 kV li xavo tarmoklarini rekonstruktsiya qilish uchun 146 dona temir-beton tayanchlar olib chiqildi.

Favqulotda yuzaga kelgan avariyalarni o’z vaqtida bartaraf etish uchun jami 18 dona avariyalarni bartaraf etish brigadalari mavjud bulib, 18 ta avtomashinalar hamda aloqa vositalari bilan ta’minlangan.

Ichimlik suvi bo’yicha:

2017 yil 1-choragi davomida viloyatda 37,3 km  ichimlik suv tarmoqlari ishga tushirilib, belgilangan reja 111,3 foizga hamda 5,2 km  mukammal va 66 km  joriy ta’mirlash ishlari 100 foizga bajarilgan. 

Shu bilan birga shaxar va tuman filiallarida nosozliklarni baratarf etish bo’yicha 17 ta avariya guruxlari mavjud.

Iste’molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiqlik energiyasi, ichimlik suv va boshqa xizmatlar uchun qarzdorlikni keskin kamaytirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar.

Viloyatda kommunal xizmat ko’rsatuvchi korxonalarning debitor qarzdorligini o’sib ketmasligini oldini olish bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, shahar va tumanlardagi har bir MFYlar hududida kommunal to’lovlarni qabul qilish bilan shug’ullanuvchi maxsus shtablar faoliyat olib bormoqdalar. Shtablarga xizmat ko’rsatuvchi korxonalar va bankdan mas’ullar biriktirilib, to’lov terminallari bilan jihozlangan.

Buning natijasida aholiga yetkazib berilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz va boshqa kommunal xizmatlar uchun mablag’ undirish bank kassalari orqali aylanishiga erishilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 5 maydagi “2015-2019 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sig’imining qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari Dasturi to’g’risida” PQ-2343-sonli qarori bilan tasdiqlangan Dasturga muvofiq (2015 yil 8 may kuni viloyat hokimining 175-sonli qarori va dasturi qabul qilingan), viloyatda 2015-2019 yillarda:

I. Markazlashgan va mahalliy qozonxonalar.

- 29 ta markaziy qozonlarni modernizatsiya va 5 ta markaziy qozonlari rekonstruktsiya, shundan, 2017 yilda 1 ta markaziy qozonlarni modernizatsiya va 1 ta markaziy qozonlari rekonstruktsiya qilinishi belgilangan.

Shuningdek, 2015-2019 yillarda 274 ta mahalliy qozonlarni modernizatsiya va 3 ta mahalliy qozonlari rekonstruktsiya shundan, 2017 yilda 16 tasi modernizatsiya va 2 tasi rekonstruktsiya qilinishi rejalashtirilgan.

Dasturga asosan 2017 yil 1-choragida qozonxonalarni modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish belgilanmagan.

Issiqlik manbai balansidagi markaziy hamda tumanlardagi mahalliy (lokal) qozonxonalarni rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish maqsadida, Iqtisodiyot vazirligi qoshidagi “O’ztyajneftgazximproekt” loyiha instituti tomonidan qozonxonalarda bajariladigan rekonstruktsiya va modernizatsiya ishlari loyiha smeta hujjatlari tayyorlanib, Arxitektura qurilish qo’mitasi, Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitasi, Iqtisodiyot vazirlining ijobiy xulosalari olingan va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Yangi quriladigan, rekonstruktsiya qilinadigan ishlab chiqarish quvvatlari loyihalari texnik iqtisodiy asoslarini, texnika va texnologiyalarini ekspertizadan o’tkazib baholash” agentligiga iyul oyiga qadar topshirilgan. Agentlikdan tomonidan ekspertizadan o’tkazilgan hujjatlar Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etilgan.

Ushbu ob’ektlarning loyiha smeta-hujjatlari (582,5 mln.so’m), ekspertiza xizmati (40,5 mln.so’m) va Agentlikka o’rganish va xulosa berish (11,0 mln.so’m) ishlariga jami 634 mln so’m pul mablag’lari o’tkazilib berilgan.

Loyihaning umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga asosan, barcha ob’yektlar uchun 192,5 mlrd.so’m yoki 73,0 mln dollarni tashkil etdi.
Agentligining xulosasi olingandan so’ng, loyiha hujjatlari Vazirlar Mahkamasiga topshirilishi rejalashtirilgan.

(Viloyat hokimining 2012 yil 27 sentyabrdagi 316-sonli qaroriga asosan ijtimoiy soha ob’ektlariga xizmat ko’rsatuvchi “Issiqlik manbai” ICHK tasarrufidagi yakka tartibdagi qozonxonalar ijtimoiy soha ob’ektlari balansiga topshirildi. Hozirgi kunga kelib “Issiqlik manbai” ICHK balansida 7 dona markaziy va 61 ta mahalliy qozonxonalar mavjud.)

II. Ijtimoiy sohalardagi qozonxonalar.

Viloyatdagi  577 ta ijtimoiy muassasalarda 1266 ta  isitish qozonlari (xalq ta’limi tizimidagi 409 ta muassasalarida 1076 ta, sog’liqni saqlash tizimidagi 157 ta muassasalarida 179 ta, o’rta maxsus va kasb ta’limidagi  11 ta muassasalarida 11 ta), shundan 2017 yilda 116 ta muassasada 298 ta isitish qozonlari almashtirilishi (xalq ta’limi muassasalarida 261 ta, sog’liqni saqlash muassasalarida 35 ta, o’rta maxsus va kasb ta’limi muassasalarida 2 ta) belgilangan. Mazkur ishlar uchun 3,1 mlrd.so’m mablag’ ajratish ko’zda tutilgan.

2017 yil 1-choragida ijtimoiy soxa ob’ektlarida qozonxonalarni almashtirish belgilanmagan.

(Ijtimoiy soha muassasalarida 2015 yilda 3,0 mlrd so’m mablag’lar sarflanib, 361 ta (100,0%), 2016 yilda 3,9 mlrd.so’m sarflanib, 288 ta (99%)  qozonlar o’rnatilgan).

III. Nasos va elektrodvigatellar o’tnatilishi.

Qishloq xo’jaligidagi 110 ta nasos, 198 ta elektrodvigatellar, shundan, 2017 yilda 23 ta nasos, 45 ta elektrodvigatellar almashtirilishi hamda mazkur ishlar uchun 9,7 mlrd.so’m mablag’ ajaritish ko’zda tutilgan.

Dasturga asosan 2017 yil 1-choragida nasos va elektrodvigatellar almashtirish belgilanmagan.

(Nasos stantsiyalari, energetika va aloqa boshqarmasi tomonidan 2015 yilda 15 dona elektrodvigatellar almashtirish uchun 1,9  mlrd.so’m, 2016 yilda 39 dona elektrodvigatellar hamda 18 dona nasoslar uchun 1,9 mlrd.so’m mablag’ sarflangan.)

V. Tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlanishi.

Tashqi savdo aylanmasi. Viloyatda 2017 yil 1-chorak yakuni bilan 102,0 mln. dollarlik (2016 yil mos davriga nisbatan 88,1%) tashqi savdo amallari bajarilib, shundan eksport 34,9 mln.dollarni (174,1%), import 67,1 mln.dollarni (70,1%) tashkil etdi.

Viloyatda eksport faoliyatini yurituvchi korxonalarning safi barqaror o’sib bormoqda. 2016 yil 1 aprel holatiga eksport amallarini bajaruvchi korxonalar soni 78 tani tashkil etgan bo’lsa, hisobot davrida ularning soni 43 taga ortib, 121 tani tashkil etgan.

Shuningdek, o’tgan davrda 86 dan ortiq turdagi tovar va xizmatlar eksporti amalga oshirilib, 6 turdagi yangi mahsulotlar eksporti o’zlashtirildi.

Yangi turdagi mahsulotlar: tuxum, junli odeyal, novvot, vata matrats, olma kontsentrati, yong’oq va yeryong’oq yog’i.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qo’shma korxonalar faoliyati

Hukumat tomonidan xorijiy investorlarga yaratilgan keng ko’lamli sharoilar natijasida 2017 yilning 1 aprel holatiga viloyatdagi xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni 101 tani tashkil etdi.

Ro’yxatdan o’tgan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalardan 92 tasi faoliyat ko’rsatmoqda, 9 tasi vaqtincha ishlamayapti va 2 tasi faoliyati to’xtadi. O’tgan davr mobaynida yangi 4 ta xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar tashkil etildi.

Qo’shma korxonalarning 68 tasi sanoat, 8 tasi savdo, 4 tasi sog’likni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish, 2 tasi qishloq va o’rmon xo’jaligi, 2 tasi yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar, 1 tasi tashish va saqlash hamda 7 tasi boshqa tarmoqlarda faoliyat ko’rsatmoqda.

Hisobot davri yakuni bilan qo’shma korxonalarning eksport xajmi 7,9 mln.dollarni tashkil etib, 2016 yilning shu davriga nisbatan 2,1 barobariga o’sdi yoki viloyat jami eksportdagi ulushi 22,6 foizga yetdi.

Qo’shma korxonalarning import hajmi 13,4 mln.dollarni tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 2,7 marotabaga ortdi.

VI. Kichik biznesni rivojlantirish.

Umumiy holat. Viloyatda kichik biznesni rivojlantirish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida iqtisodiyotdagi kichik biznes sub’ektlarining o’rni va ulushini yildan-yilga ortib borishga erishilmoqda. Xususan, 2017 yil 1-chorak yakuni bilan kichik biznes sub’ektlarining viloyat yalpi hududiy mahsulotidagi ulushi 68,2 foizni tashkil etdi.

Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari bo’yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar hajmida kichik biznes sub’yektlarining salmog’i muttasil oshib bormoqda.

Viloyatda 2017 yil 1 aprel holatiga jami 16650 ta kichik biznes sub’ektlari (fermer xo’jaliklarisiz) ruyxatga olingan bo’lib, bu ko’rsatkich 2015 yilga nisbatan 107,2 foizga ortdi.

2016 yilning yanvar-mart oylarida kichik biznes sub’ektlari tomonidan 288,0 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlar ishlab chiqilgan bo’lsa, hisobot davrida ushbu ko’rsatkich 329,7 mlrd.so’mni tashkil etdi (o’sish sur’ati 110,0%).

Kichik biznesning iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushini tahlil qilinganda sohaning sanoat sohasidagi ulushi 61,1 foizni, qishloq xo’jaligidagi ulushi 97,4 foizni, qurilish ishlarida 96,6 foizni, chakana savdoda 95,6 foizni, jami xizmatda 71 foizni, kapital qo’yilmalarda 52,3 foizni tashkil etdi.

VII. Ijtimoiy sohani rivojlantirish.

Bandlik. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2016 yil 3 dekabrdagi SQ-63-III-sonli va Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashining 20 noyabrdagi 27/5-4-sonli  qarorlari  bilan tasdiqlangan  tasdiqlangan “2017 yilda ish o’rinlari tashkil etish va aholini ish bilan ta’minlash dasturi” asosida 2017 yil 1-chorak mobaynida 10205 ta ish o’rni yaratilishi belgilanib, haqiqatda 10520 ta ish o’rinlari yaratildi, yoki reja 103,1 foizga bajarildi.

Shundan, maqsadli dasturlarga muvofiq tashkil etilgan ish o’rinlari 1510 tani tashkil etdi.

Jumladan,

Sanoatda 898 ta;

Xizmat ko’rsatish va servis sohalarida 502 ta;

qishloq xo’jaligida 110 ta,

qurilish va infratuzilma ob’ektlarini amalga oshirishda 587 ta,

faoliyat ko’rsatmayotgan korxonalar faoliyatini tiklash, bo’sh turgan davlat ob’yektlarini ijaraga berish yoki xususiylashtirishda 413 ta;

yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirishda 1864 ta;

qishloq xo’jaligida, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va qurilishdagi mavsumiy va vaqtincha ishlarda 1788 ta;

Aholini shaxsiy yordamchi va dehqon xo’jaligida o’z-o’zini band qilish va oilaviy tadbirkorlikda 5732 ta ish o’rinlari tashkil etdi.

Yaratilgan ish o’rinlarining 3776 tasi xotin-qizlarga,  yoshlarga 4409 ta, shu jumladan 2315 tasi kasb-xunar kolleji bitiruvchilariga, 2151 tasi chet eldan qaytgan migrantlarga ajratildi.   

Dastur asosida shahar va tumanlar Bandlikka ko’maklashish markazlariga 2017 yil 1-chorak davomida 4,5 ming nafar ishsizlar ish so’rab murojaat etishi kutilgan bo’lsa, o’tgan davrda 4722 nafar fuqarolar murojaat qildi. Ularning 25301 nafari (rejaga nisbatan 103,1%) ishga joylashtirildi, 201 nafari (502,5%) kasbga o’qitish va qayta tayyorlash kurslariga, 260 nafari (104,0%) xaq to’lanadigan jamoat ishlariga yuborildi.

2017 yil 1-chorak mobaynida 19 ta (105,5%) bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmarkalari o’tkazildi. Yarmarkalarda 2,5 minga yaqin fuqarolar jalb qilinib, 1,6 ming nafariga ishga joylashish uchun yo’llanmalar berildi. Jami yarmarkalarda 1086 ta korxona  va tashkilotlar o’zlaridagi 8085 ta bo’sh ish o’rinlari bilan ishtirok etdi.

Viloyatda shahar va tumanlar hokimliklari qarori asosida 2017 yilda ijtimoiy muhofazaga  muhtoj va  ish topishda qiynalayotgan  shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qo’yilgan (kvotalangan) ish o’rinlariga 63 nafar  fuqarolar ishga  joylashtirildi.

Sog’liqni saqlash. Viloyatda sog’liqni saqlash tizimidagi davolash profilaktika muassasalari faoliyatlarida O’zbekiston Respublika Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi»gi to’g’risidagi PF-2107-sonli, «O’zbekiston Respublikasi Sog’likni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chukurlashtirish Davlat dasturi» to’g’risidagi 3923-sonli Farmonlari  talablari asosida islohotlarni  chuqurlashtirishga qaratildi.

Aholini sifatli tibbiy yordamga bo’lgan ehtiyojini qondirish borasida 211 ta qishloq vrachlik punktlari va 12098 bemor o’rinli 125 (shundan 94 tasi kichik biznesda) ta shifoxonalarda 5146 nafar  vrachlar va 26538 nafar o’rta tibbiyot xodimlari mehnat qilmoqdalar.

Har 10 ming kishiga to’g’ri keladigan vrachlar soni 17,3 nafarni, o’rta tibbiyot xodimlari soni esa 95,6 nafarni tashkil etmoqda.

- 2017 yilning yanvar-mart oylarida viloyatda 2 ta- Namangan shahrida 1 ta hamda Uychi tumanida 1 tadan onalar o’limi sodir bo’ldi.

- 1 yoshgacha bo’lgan bolalar o’limi 223 tani tashkil etib, xar ming tirik tug’ilgan bolaga nisbatan intensiv ko’rsatkichi 17,9  ga  teng bo’ldi. (2016 yilda 151 nafar, intensiv ko’rsatkichi 11,7). Bolalar o’limi 2016 yilni shu davriga  qaraganda 72 nafarga ortgan, har ming tirik tug’ilgan bolaga nisbatan intensiv ko’rsatkich Namangan shahrida (20,6),  Namangan  (20,1), Pop (19,6), To’raqo’rg’on (18,6), Uychi (21,0), Chust (21,4), va Yangiqo’rg’on (19,5), tumanlarida viloyat ko’rsatkichidan yuqori bo’ldi.

- 5 yoshgacha bo’lgan bolalar o’limi 267 tani tashkil etib, intensiv ko’rsatkichi 21,5  ga  teng bo’ldi. (2016 yilda 193 nafar, intensiv ko’rsatkichi 14,9). Bu ko’rsatkich  2016 yilga nisbatan  74 nafarga ko’payishiga asosiy qismi Namangan shahri (23 nafar), Kosonsoy (7 nafar), Norin (6 nafar), Pop (6 nafar), To’raqo’rg’on (10 nafar), Uychi (9 nafar), Uchqo’rg’on (4 nafar), Chortoq (5 nafar) va Yangiqo’rg’on (12 nafar)  tumanlar xissasiga to’g’ri keldi.

2017 yil yanvar-mart oyi yakunlarida Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy ko'rsatkichlari (Microsoft Excel 30 KB)

Microsoft Word ko'rinishida ko'chirib olish (228 KB)

 

Arxiv

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech