Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


O'zbekiston Respublikasida Davlat boshqaruvi uch turdagi hokimiyatlar tomonidan tashkil etiladi. Bular Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlaridan iborat. Qonun chiqaruvchi hokimiyat - Oliy Majlis bo'lib, u quyi va yuqori palatadan tashkil topgan. Quyi, ya'ni "Qonunchilik palatasi" 150 nafar doimiy ravishda faoliyat ko'rsatuvchi deputatlardan iborat bo'lib, asosan qonun hujjatlarini ishlab chiqish bilan shug'ullanadi. Yuqori palata esa "Senat" deyiladi va u 100 nafar senatorlardan shakllanadi. Senatorlar o'zlarining asosiy xizmat vazifalaridan ajralmagan xolda vaqti-vaqti bilan yig'ilib turadilar va Qonunchilik palatasi tomonidan yaratilgan yangi qonun hujjatlarini o'rganib chiqib, qabul qiladilar. Ijro xokimiyatiga Vazirlar Mahkamasi boshchiligida vazirliklar, idoralar, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari kiradi. Ijro hokimiyati bir so'z bilan aytganda joylarda qonunlarning ijrosini ta'minlash vazifasini bajaradi. Sud hokimiyatiga Respublika Oliy sudi boshchiligida turli soxalardagi barcha sudlar kiradi. Sudlar ijro hokimiyati xamda fuqarolar tomonidan qonunlarning buzilishiga yo'l qo'ymaslikni ta'minlaydi. 

Viloyat hokimligi viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududlarda O'zbekiston Respublikasi Qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi xamda viloyat hokimining qaror va farmoyishlari, bayonnomalari, topshiriqlari ijrosini ta'minlaydi. Viloyat hokimligi o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Maxkamasi xamda xalq deputatlari viloyat Kengashi oldida xisob beradi. Viloyat hokimligi vakolatlarining amalga oshirilishi viloyat hokimi, hokim o'rinbosarlari, mahalliy davlat boshqaruvi organlari raxbarlari, tuman va shahar hokimlari, viloyat hokimligining doimiy, muvaqqat komissiyalari, tegishli qarorlar bilan tashkil etilgan boshqa ishchi organlarning hamda viloyat hokimligi apparatining tashkiliy-amaliy ishi bilan ta'minlanadi. Viloyat hokimligi faoliyati viloyat hokimi tomonidan tashkil etiladi. Viloyat hokimi qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida xududdagi barcha organlar, korxonalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo'lgan qarorlar chiqaradi. Viloyat hokimining me'yoriy tusdagi yoki muhim axamiyatga ega bo'lgan hujjatlari qaror shaklida qabul qilinadi. Viloyat hokimining tezkor va boshqa joriy masalalar bo'yicha hujjatlari farmoyish shaklida qabul qilinadi. 

“Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to’g’risida” 2016 yil 22 dekabrdagi PQ–2691-son qaroriga muvofiq viloyat hokimligi boshqaruv apparatining vazifalari, funktsiyalari, huquqlari, mas’uliyatini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilanadi.

Boshqaruv apparati o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga va O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari Kengashining va hokimning hujjatlariga, shuningdek Namangan viloyati hokimligining boshqaruv apparati to’g’risidagi Nizomga amal qiladi.

Boshqaruv apparati hokimlik faoliyatini axborot-tahliliy, huquqiy, tashkiliy-texnik va moliyaviy-xo’jalik jihatidan ta’minlaydi, xalq deputatlari Kengashi majlislarini uning reglamentiga muvofiq tayyorlaydi, xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi, ularni amalga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ijroni muntazam ravishda tekshiradi.

Boshqaruv apparati xalq deputatlari Kengashi faoliyatiga tashkiliy, texnik va boshqa xizmatlar ko’rsatilishini ta’minlaydi

Viloyat hokimligi apparati o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va "Mahalliy davlat hokimiyati to'g'isida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to’g’risida” 2016 yil 22 dekabrdagi PQ–2691-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 29 mart 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O'zbekiston Respublikasi viloyatlari, shaharlari va tumanlari hokimliklari apparatlarida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilishni tashkil etish bo'yicha yo'riqnoma" hamda viloyat hokimligining reglamentiga amal qiladi. Fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlari bo'yicha ish yuritish "Fuqarolarning murojaatlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni asosida amalga oshiriladi.

 Matnni Microsoft Word ko'rinishida yuklab olish (32.5 KB)

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech