Respublika attestatsiya komissiyasi tomonidan 2012 yilda viloyat hokimligining markaziy apparati rahbar va mas’ul hodimlari va 2013 yil 21-23 may kunlari shahar va tuman hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari hamda o’tgan davrda yangi ishga qabul qilingan viloyat hokimligining mas’ul xodimlarini  kompyuter texnikasi va AKT bo’yicha bilim darajalarini attestatsiyadan o’tkazildi. 

2014 yilning 15 mayidan 7 iyuniga qadar Namangan shahridagi “Nodira” nomli elektron axborot kutubxonasi binosida Respublika Attestatsiya komissiyasi tomonidan viloyatdagi 143 ta davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari hududiy tashkilotlarining 3873 nafar rahbar va mas’ul xodimlarini, shuningdek o’tgan davrda yangi ishga qabul qilingan viloyat, shahar va tuman hokimliklari xodimlarini kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish yuzasidan on-layn attestatsiyasi KSBT (kompyuter savodxonligini baxolash tizimi) orqali o’tkazildi.

2015 yil 18 maydan 20 iyungacha bo’lgan davrda Namangan shahridagi "Nodira" nomli axborot-kutubxona markazida Respublika attestatsiya komissiyasi tomonidan mahalliy hokimlik organlari, 104 ta davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining viloyat, shahar va tuman tashkilotlarining 6000 dan ziyod rahbar va mas’ul hodimlari kompyuter texnikasi va AKT bo’yicha bilim darajalarini attestatsiyadan o’tkazildi.

2016 yil 30 maydan 30 iyunga qadar Namangan shahridagi "Nodira" nomli axborot-kutubxona markazida Respublika attestatsiya komissiyasi tomonidan mahalliy hokimlik organlari, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining viloyat, shahar va tuman tashkilotlarining 6000 dan ziyod rahbar va mas’ul hodimlari kompyuter texnikasi va AKT bo’yicha bilim darajalarini attestatsiyadan o’tkazilishi rejalashtirilgan.