Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Bugun 25 aprel kuni Germaniyaning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi, Naytxart Xyofer-Vissing Namangan viloyatiga tashrif buyurdi. Viloyat hokimligida viloyat hokimi, X.Bozarov martabali mehmon Naytxart Xyofer-Vissing bilan o’zaro muloqot olib bordi.

Suhbat avvalida X. Bozarov Namanganning boy tarixi, uning buyuk o’tmishidan hikoya qiluvchi nodir yodgorliklari, moziy va bugunni bog’lab turuvchi qadim obidalari hamda  istiqlol yillarida hududda olib borilayotgan   yuksalishlar  haqida so’z  yuritdi.

Shuningdek, suhbat davomida, Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, ayniqsa, yosh avlodga ko’rsatilayotgan g’amxo’rlik, xalq farovonligi yo’lida olib borilayotgan sa’y-harakatlar va bu borada viloyatda bajarilayotgan samarali ishlar xususida alohida to’xtalib o’tdi viloyat  rahbari.

Jumladan, viloyatning iqtisodiy salohiyati, transport-kommunikatsiya    tarmoqlari,  qishloq xo’jaligi, tibbiyot va ta’lim sohasida izchil  olib borilayotgan ishlarga  urg’u berildi.  Xususan,  xalqimizning yaratuvchanlik va bunyodkorlik salohiyatini ifodalovchi  "Angren - Pop"  elektrlashtirilgan temir yo’lining strategik ahamiyati borasida ham fikr yuritildi va  loyiha doirasida bunyod etilayotgan  tunnelning  xalqaro amaliyotda qabul qilingan me’yor va standartlar talablariga muvofiqligini Germaniyaning «DB International GmbH»kompaniyasi mutaxassislari tomondan nazorat qilib borilayotganligi qayd etildi.     

Samimiy ruhda kechgan uchrashuvda, X.Bozarov  Germaniya bilan ijtimoiy- iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan hamkorlik yuzasidan mulohaza yuritib, -Viloyatimizdagi xo’jalik yurituvchi sub’yektlar bilan Germaniya o’rtasida so’nggi yillarda 12,0 mln.dollardan ortiq tashqi savdo amallari bajarildi va shundan eksport – 2,5 mln.dollarni hamda import –  9,5 mln. dollarni tashkil etdi –deya ta’kidladi. Muloqotda O’zbekiston va Germaniya o’rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari  ham diqqat markazda bo’ldi.

Germaniya elchisi o’z so’zida bugungi kunda nafaqat respublikada balki, viloyatimizdagi yuksalishlarni ham e’tirof etdi va samimiy qabul uchun viloyat hokimiga minnatdorchilik bildirdi. Uchrashuv so’ngida X. Bozarov mehmonga esdalik sovg’alarini topshirdi.

Shundan so’ng Naytxart Xyofer-Vissing viloyatimizning diqqatga sazovor joylari, Namangan Davlat Universiteti, NamDU qoshidagi 2-akademik litsey,  “ZZZ” ko’z kasalliklari shifoxonasi,  ko’p tarmoqli Bolalar shifoxonasi hamda O’zbekiston “Nestle” qo’shma korxonasida ham bo’lib, muassasalardagi ish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech