Chop etish
  1. Makroiqtisodiy o’zgarishlar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan 2016 yil 15 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining yig’ilishida belgilab berilgan «2016 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yo’nalishlari» bo’yicha vazifalarni amalga oshirilishi, shuningdek, Hukumat tomonidan qabul qilingan tarmoq dasturlari va qarorlarida belgilangan parametrlarni viloyatda ijrosini ta’minlanishi hisobiga 2016 yil 1-chorak yakuni bilan iqtisodiyotning barcha sohalarida barqaror o’sish sur’atlari ta’minlandi.

Xususan, iqtisodiyotni va uning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilashni jadallashtirish va ko’lamlarini kengaytirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, yo’l-transport va kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish, faol investitsiya siyosatini amalga oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, zarur ishbilarmonlik muhitini yaratish, aholining hayot darajasi va sifati izchil oshirilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida hisobot davrida yalpi hududiy mahsulot hajmining (YaHM) o’sish sur’ati 9,0 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 12,5 foizga, qishloq xo’jaligi 8,0 foizga, kapital qo’yilmalar 27,1 foizga, qurilish ishlari 10,4 foiz, chakana savdo aylanmasi 11,7 foiz va pullik xizmat ko’rsatish hajmi 13,8 foizga o’sishi ta’minlandi.

Shuningdek, YaHMdagi sanoatning ulushi 20,4 foizni (2015 yil 1-choragida 17,0%), qishloq xo’jaligi 4,6 foizni (5,2%), qurilish 6,6 foizni (7,6%), transport va aloqa 12,2 foizni (13,1%) va boshqalar 39,7 foizni (38,3%) tashkil etgan. Kichik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi esa 68,2 foizga (69,4%) va xizmatlar ulushi 64,4 foizga to’g’ri kelgan.

  1. Investitsiya siyosati va real sektor tarmoqlari rivojlanishi.
  2. Davlat Investitsiya dasturi.

Mazkur qarorga asosan viloyatda 2016 yil davomida 2458,8 mlrd.so’mlik kapital qo’yilmalar shundan, 125,9 mlrd.so’m byudjet mablag’lari, 2,4 mlrd.so’m mahalliy byudjet mablag’lari, 216,6 mlrd.so’m byudjetdan tashqari fond mablag’lari, 722,4 mlrd.so’m hukumat kafolatidagi xorijiy investitsiya va kreditlari, 101,7 mlrd.so’m O’zbekiston Respublikasi RRQJ mablag’lari, 412,6 mlrd.so’m korxona va tashkilot mablag’lari, 250,3 mlrd.so’m bank krediti mablag’lari, 470,2 mlrd.so’m aholi va xususiy shaxslar mablag’lari hamda 156,7 mlrd.so’m to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar o’zlashtirilishi belgilangan.

Hisobot yakunida barcha manbalar hisobidan 348,0 mlrd.so’m miqdorida investitsiya o’zlashtirilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 27,1 punktga ko’p jalb etilishi ta’minlandi.

Markazlashgan mablag’lar hisobidan 6 ta (1 ta rekonstruktsiya va 5 ta kapital ta’mirlash) kasb-hunar kollejlari, 1 ta (1 ta rekonstruktsiya) akademik litsey, 21 ta (18 ta rekonstruktsiya va 3 ta kapital ta’mirlash) umumta’lim maktablari hamda 11 ta sog’liqni saqlash ob’ektlari hamda yangi qurilish va rekonstruktsiya qilish hisobiga foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

2016 yil yanvar-mart oylari yakuni bilan markazlashgan mablag’lar hisobidan sog’liqni saqlash sohasi bo’yicha rekonstruktsiya hisobiga 11 ta (6,5 mlrd.so’m) sog’liqni saqlash muassasalari, rekonstruktsiya hisobiga 1 ta, kapital ta’mirlash hisobiga 5 ta jami 6 ta (2,4 mlrd.so’m) kasb-hunar kollejlari, rekonstruktsiya hisobiga 1 ta (0,2 mlrd.so’m) akademik litsey, rekonstruktsiya hisobiga 15 ta va kapital ta’mirlash hisobiga 3 ta jami 18 ta (6,8 mlrd.so’m) umumta’lim maktablarida 15,9 mlrd so’mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi va bu maqsadlar uchun jami 16,6 mlrd.so’m mablag’ o’zlashtirildi.

Bundan tashqari, viloyatda «Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi» hisobidan jami 17 ta jumladan, 13 ta maktablar uchun sport zal qurish hamda 2 ta Bolalar va o’smirlar sport maktabi va 2 ta bolalar musiqa va san’at maktabini rekonstruktsiya ishlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga, viloyatda qishloq xo’jaligi maydonlarida sug’oriladigan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi hisobidan yangi qurilish va rekonstruktsiya hisobidan 7 ta tik drenaj meliorativ quduqlarni shu bilan birga 6 km ob’ektlarda kollektor va drenaj tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish va bu maqsadlarga 1640 mln.so’m miqdorida mablag’lar sarflanishi ishlari rejalashtirilgan.

2016 yil yanvar-mart oylari yakuni bilan ob’ektlarda 265,4 mln.so’mlik qurilish ishlari bajarildi.

Shu bilan birga, muhim strategik ahamiyatga ega bo’lgan yirik loyihalardan uzunligi 122,7 km bo’lgan Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo’l qurilishi ob’ektida juda katta hajmdagi qurilish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, loyiha bo’yicha 169,1 mlrd.so’m miqdorida investitsiya o’zlashtirilib, 168,0 mlrd.so’mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi. Ob’ektda o’zlashtirilgan mablag’lardan 0,2 mlrd.so’m byudjet, 25,4 mlrd.so’m “O’zbekiston Temir yo’llari” DAK o’z mablag’lari, Davlat kafolati ostidagi xorijiy investitsiyalar 133,8 mlrd.so’m hamda 9,7 mlrd.so’m O’zbekiston Respublikasini Rivojlantirish jamg’armasi hisobiga to’g’ri keldi.

To’raqo’rg’on tumanidagi 450 MVt quvvatidagi 2 ta blok jami 900 MVt quvvatidagi yangi issiqlik elektr stantsiyasi qurilishida “O’zbekenergo” DAK o’z mablag’lari hisobidan 1,3 mlrd.so’m miqdorida investitsiya hamda hukumat kafolati ostida 1,2 mlrd.so’m (410 ming AQSH dollari) chet el krediti o’zlashtirilishi ta’minlandi. Bugungi kunda bosh pudratchi “Sirdaryo IES qurilish” unitar korxonasi tomonidan 1 va 2 kirish avtomobil yo’llari, 2 ta mashinaga mo’ljallangan yong’in xavfsizligi bo’limi, direktsiya uchun ma’muriy bino, xo’jalik ehtiyoji uchun suv tarmog’i qurilishi, 2 ta ko’p qavatli turar-joy binolari qurilishi, 150 o’rinli oshxona qurilish va tashqi aloqa tarmog’i tortish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, barcha manbalar hisobidan 155,3 ming kv.m. turar-joy, 30,4 km ichimlik suvi va 4,3 km tabiiy gaz tarmoqlari foydalanishga topshirildi.

Viloyatda to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyalar hisobidan 4 ta loyiha doirasida jumladan, Mingbuloq konida geologik qidiruv ishlarni olib borish va tajriba-sinov uglevodorod qazib olish (20,0 mln.doll.), "Art Soft Teks" MCHJ korxonasi negizida tayyor tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi to’qimachilik kompleksi tashkil etish (6,5 mln.doll.), "Nestle Uzbekiston" MCHJ qo’shma korxonasidaishlab chiqarishni modernizatsiya va texnik qayta jihozlash (0,5 mln.doll.) hamda Uchqo’rg’on tumanida to’qimachilik kompleksi tashkil etish (10,0 mln.doll.) loyihalariga jami 37,0 mln.doll. mablag’lar jalb etilishi rejalashtirilgan.

Hozirda mazkur loyihalar doirasi to’g’ridan-to’g’ri horijiy investitsiyalar o’zlashtirish bo’yicha quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan,

  1. Mingbuloq konida geologik qidiruv ishlarini olib borish va tajriba-sinov uglevodorod qazib olish loyihasi asosida 2016 yilda 20, 0 mln.dollar xorijiy investitsiya o’zlashtirilishi rejlashtirilgan. Bugungi kunga kelib, mazkur loyiha bo’yicha investitsiya o’zlashtirilmadi. 2016 yilga belgilangan ishlar yuzasidan tashkiliy ishlar olib borildi. Ushbu loyiha bo’yicha O’zbekiston Respublikasi tomonidan amalga oshiriladigan ishlar to’la bajarilishi ta’minlandi. Xitoy Halq Respublikasi investorlari tomonidan loyihani moliyalashtirish masalasini hal etilishi yuzasidan ishlar olib borilmoqda.
  2. "Nestle Uzbekiston" MCHJ QK korxonasida ishlab chiqarishni modernizatsiya va texnik qayta jihozlash loyihasi bo’yicha 2016 yilda 500,0 ming.dollar xorijiy investitsiyalarni o’zlashtirish ko’zda tutilgan.

Bugungi kunda loyihani amalga oshirish bo’yicha xorijiy davlatlardan kam energiya sarf eadigan, bizda yetishtiriladigan sutni tarkibiga to’g’ri keladigan, ishlab chiqarish darajasi yuqori texnologiya sotuvchi xorijiy sotuvchi qidirilmoqda. Ishlab chiqarish texnologiyalarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish binosi tayyor xolatga keltirilgan.

  1. “Art Soft Teks” MCHJ negizida tayyor tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi to’qimachilik kompleksi tashkil etish loyihasi bo’yicha 2016 yilda 6,5 mln.dollar to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya jalb etilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda loyihani amalga oshirish bo’yicha Namangan viloyati hokimining qaroriga asosan 18,0 gektar yer maydoni ajratilgan bo’lib, hozirda qurilish ishlarini amalga oshirish uchun ishlab chiqarish maydonida transformatorlar o’rnatildi. Loyihaning TIA va ishchi loyihasi hamda loyihani amalga oshirish tarmoq jadvali ishlab chiqildi. Tarmoq jadvaliga asosan horijiy xamkor Turkiyaning “Metot konstruktsion” kompaniyasining 12961,2 ming yevro to’g’ridan-to’g’ri horijiy investitsiya hisobidan qurilish ishlarini olib borish rejalashtirilgan.

Shuningdek, 11538,8 ming yevro ekvivalenti miqdoridagi AT Agrobank krediti hisobidan Yevropaning Germaniya va Shvetsariya davlatlaridan ishlab chiqarish texnologiyalari olib kelish rejalashtirilgan. Bugungi kunda ushbu davlatlar bilan asbob-uskunalar yetkazib berish bo’yicha shartnomalar tuzilgan.

Loyihani amalga oshirilishi natijasida yiliga 3,0 tonna kalava ip va 16,1 mln.komplekt sochiq maxsulotlari ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilib, 400 nafar yangi ish o’rinlari yaratiladi. Ishlab chiqarilgan maxsulotning 70 foizi esportga yo’naltiriladi.

  1. "Uzteks-Uchqo’rg’on" MCHJ QK korxonasi negizida to’qimachilik bo’yicha ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi bo’yicha 2016 yil davomida 10,0 mln.dollar to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya jalb etilishi rejalashtirilgan. 2016 yil 1-chorak yakuni bilan korxona tomonidan 1,0 mln.dollar miqdoridagi to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar o’zlashtirildi.

Shuningdek, Hududiy investitsiya dasturiga asosan 2016 yilning yanvar-mart oylari yakuni bilan korxona va tashkilotlarning o’z mablag’lari hisobidan 21,6 mlrd.so’m, bank krediti mablag’lari hisobidan 14,5 mlrd.so’m, to’g’ridan-to’g’ri horijiy investitsiyalar hisobidan 7,1 mlrd.so’m hamda boshqa manbalar hisobidan 16,1 mlrd.so’m jami 59,3 mlrd.so’m miqdorida kapital mablag’lar o’zlashtirilib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 112,1 foizga o’sishi ta’minlandi.

O’zlashtirilgan kapital mablag’lar hisobiga 29 ta sanoat, 105 ta xizmat ko’rsatish va servis va 60 ta qishloq xo’jaligi, jami 194 ta investitsiya loyihalari ishga tushirildi.

Aholiga zamonaviy va sifatli xizmat ko’rsatish sohasida ham sezilarli ishlar olib borilmoqda. Joriy yil 1-chorak yakuni bilan 105 ta savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shahobchalari foydalanishga topshirildi. Bu ishlarga 8,8 mlrd.so’mdan ortiq kapital mablag’lar sarflandi. Natijada 482 nafar yangi ish o’rinlari yaratildi.

Hisobot davri yakuni bilan 29 ta ishlab chiqarish ob’ektlari foydalanishga topshirildi. Ushbu loyihalarda jami 7,8 mlrd.so’m (3,8 mlrd.so’m o’z mablag’i, 4,0 mlrd.so’m bank kreditimablag’lari) miqdorida investitsiyalar o’zlashtirilib, 311 ta yangi ish o’rinlari yaratildi. Jumladan, Namangan shahrida 21 ta, Mingbuloq tumanida 2 ta, Pop tumanida 1 ta, Uychi tumanida 3 ta, Uchqo’rg’on tumanida 1 ta va Yangiqo’rg’on tumanida 1 ta ishlab chiqarish loyihalari foydalanishga topshirildi.

Shu bilan birga, qishloq xo’jaligi sohasida hisobot yakuni bilan 60 ta loyihalar to’la amalga oshirilib foydalanishga topshirildi. Ushbu loyihalarda jami 2,8 mlrd.so’m (2,4 mlrd.so’m o’z mablag’lari, 0,4 mlrd.so’m bank krediti) miqdorida investitsiyalar o’zlashtirilib, 172 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Bundan tashqari, Hududiy investitsiya dasturiga asosan joriy yilda 15 ta loyihalar bo’yicha 17,3 mln.dollar miqdorida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi ko’zda tutilgan. Xisobot yakuni bilan amalda dastur doirasidagi hamda qo’shimcha loyihalar bilan birgalikda 2,4 mln.doll. miqdorida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etildi.

Jumladan, Chortoq tumanidagi "Chartak Resorts" MCHJda 2,2 mln.dollar hamda qo’shimcha loyiha hisobiga To’raqo’rg’on tumanidagi "PACKING INDUSTRIES " MCHJda 200,0 ming dollar, jami 2,4 mln.dollar miqdorida to’g’ridan to’g’ri horijiy investitsiyalar o’zlashtirildi.

  1. Hududiy investitsiya dasturi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2016 yilgi Investitsiya dasturi to’g’risida”gi PQ-2458-sonli qarori asosida viloyat hokimining 2016 yil 5 martdagi “Namangan viloyatining 2016 yil Hududiy investitsiya dasturi to’g’risida”gi 96-sonli qarori qabul qilingan.

Mazkur qarorga asosan markazlashgan investitsiyalar hisobidan 16,8 mlrd.so’m, nomarkazlashgan investitsiyalar hisobidan 564,2 mlrd.so’m jami 581,0 mlrd.so’m miqdorida kapital mablag’lar o’zlashtirilishi rejalashtirilgan.

Jumladan, 2,4 mlrd.so’m mahalliy byudjet, korxona va tashkilotlarning o’z mablag’lari hisobidan 240,9 mlrd.so’m, bank krediti mablag’lari hisobidan 189,8 mlrd.so’m, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hisobidan 49,9 mlrd.so’m hajmida investitsiya jalb etilishi ko’zda tutilgan.

Mazkur qarorga asosan, sanoatni rivojlantirish bo’yicha 77 ta, qishloq xo’jaligini rivojlantirish sohasida 451 ta, xizmat va servisni rivojlantirish sohasida 621 ta, ijtimoiy soha hamda boshqa soha ob’ektlarini rivojlantirish borasida 30 ta, jami 1179 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu ishlar natijasida 8578 nafar ish o’rinlari yaratilishi belgilangan.

2016 yilning yanvar-mart oylari yakuni bilan korxona va tashkilotlarning o’z mablag’lari hisobidan 21,6 mlrd.so’m, bank krediti mablag’lari hisobidan 14,5 mlrd.so’m, to’g’ridan-to’g’ri horijiy investitsiyalar hisobidan 7,1 mlrd.so’m hamda boshqa manbalar hisobidan 16,1 mlrd.so’m jami 59,3 mlrd.so’m miqdorida kapital mablag’lar o’zlashtirilib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 112,1 foizga o’sishi ta’minlandi.

O’zlashtirilgan kapital mablag’lar hisobiga 29 ta sanoat, 105 ta xizmat ko’rsatish va servis va 60 ta qishloq xo’jaligi, jami 194 ta investitsiya loyihalari ishga tushirildi.

Aholiga zamonaviy va sifatli xizmat ko’rsatish sohasida ham sezilarli ishlar olib borilmoqda. Joriy yil 1-chorak yakuni bilan 105 ta savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shahobchalari foydalanishga topshirildi. Bu ishlarga 8,8 mlrd.so’mdan ortiq kapital mablag’lar sarflandi. Natijada 482 nafar yangi ish o’rinlari yaratildi.

Hisobot davri yakuni bilan 29 ta ishlab chiqarish ob’ektlari foydalanishga topshirildi. Ushbu loyihalarda jami 7,8 mlrd.so’m (3,8 mlrd.so’m o’z mablag’i, 4,0 mlrd.so’m bank kreditimablag’lari) miqdorida investitsiyalar o’zlashtirilib, 311 ta yangi ish o’rinlari yaratildi. Jumladan, Namangan shahrida 21 ta, Mingbuloq tumanida 2 ta, Pop tumanida 1 ta, Uychi tumanida 3 ta, Uchqo’rg’on tumanida 1 ta va Yangiqo’rg’on tumanida 1 ta ishlab chiqarish loyihalari foydalanishga topshirildi.

Shu bilan birga, qishloq xo’jaligi sohasida hisobot yakuni bilan 60 ta loyihalar to’la amalga oshirilib foydalanishga topshirildi. Ushbu loyihalarda jami 2,8 mlrd.so’m (2,4 mlrd.so’m o’z mablag’lari, 0,4 mlrd.so’m bank krediti) miqdorida investitsiyalar o’zlashtirilib, 172 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Bundan tashqari, Hududiy investitsiya dasturiga asosan joriy yilda 15 ta loyihalar bo’yicha 17,3 mln.dollar miqdorida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi ko’zda tutilgan. Xisobot yakuni bilan amalda dastur doirasidagi hamda qo’shimcha loyihalar bilan birgalikda 2,4 mln.doll. miqdorida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etildi.

Jumladan, Chortoq tumanidagi "Chartak Resorts" MCHJda 2,2 mln.dollar hamda qo’shimcha loyiha hisobiga To’raqo’rg’on tumanidagi "PACKING INDUSTRIES " MCHJda 200,0 ming dollar, jami 2,4 mln.dollar miqdorida to’g’ridan to’g’ri horijiy investitsiyalar o’zlashtirildi.

  1. Sanoat.

Viloyatda 2016 yil 1 aprel holatiga faoliyat ko’rsatayotgan sanoat korxonalari soni 3154 tani tashkil etib, ular tomonidan hisobot davrida 823,6 mlrd.so’mlik (112,5%) sanoat mahsulotlari, 504,0 mlrd.so’mlik (116,9%) xalq iste’moli mollari ishlab chiqarilib, prognoz (111,8% hamda 114,5% ) parametrlari ta’minlandi.

Viloyatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida eng avvalo yuqori salmoqqa ega yengil sanoat, oziq-ovqat, mashinasozlik va qolgan sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantirish dasturlari bo’yicha qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, hisobot davrida yengil sanoat tarmog’ida o’sish sur’ati 10,7 foiz, oziq-ovqat sanoatida 18,0 foizni tashkil etgan holda umumiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi yengil sanoat (43,3%) va oziq-ovqat sanoati (25,0%) tarmoqlari hissasiga to’g’ri keldi.

Shu davrda aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari 315,8 ming so’m va aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish 193,2 ming so’mni tashkil etib, 2015 yilning shu davriga nisbatan mos holatda 112,3 ming so’m va 92,1 ming so’mga ko’p bo’ldi.

Namangan viloyatini “2016-2018 yillarda sanoat saloxiyatini rivojlantirish Dasturi” doirasida joriy yilda      umumiy qiymati 483,3 mlrd.so’mlik 260 ta loyixalarni amalga oshirish va natijada 10000 ta yangi ish o’rinlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Amalga oshirilishi belgilangan loyixalarni tarmoqlar kesimida ko’rilganda, yengil sanoat yo’nalishida 320,8 mlrd.so’mlik 88 ta loyiha (6094 ta ish o’rni), oziq-ovqat yo’nalishida 30,2 mlrd.so’mlik 56 ta loyiha (666 ta), qurilish materiallari sanotida 59,1 mlrd.so’mlik 61 ta loyiha (1368 ta), mashinasozlik va metallni qayta ishlash soxasida 16,3 mlrd.so’mlik 14 ta loyiha (377 ta), mebel va qog’oz sanoatida 5,2 mlrd.so’mlik 17 ta (165 ta), kimyo va neftkimyo soxasida 32,0mlrd.so’mlik 21 ta loyiha (1152 ta) xamda farmatsevtika sanoatida 19,3 mlrd.so’mlik3 ta (178 ta) loyixalar amalga oshirilishi ko’zda tutilgan.  

Dasturga ko’ra joriy yilning yanvar-mart oylari davomida loyixa qiymati 5,5 mlrd.so’mlik 29 ta loyixalarni amalga oshirish va 311 ta yangi ish o’rinlari yaratish belgilangan bo’lib, amalda 29 ta loyixalar ishlab chiqarishga tadbiq etildi va 311 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Foydalanishga topshirilgan loyixalarga loyixa tashabbuskorlari tomonidan 3,8 mlrd.so’m va 1,7 mlrd.so’m bank kredit mablag’lari jalb etildi.

Amalga oshirilgan loyixalarni tarmoqlar kesimida ko’rilganda yengil sanoat yo’nalishida 1,4 mlrd.so’mlik 11 ta loyiha (114 ta ish o’rni), oziq-ovqat yo’nalishida 1,6 mln.so’mlik 10 ta loyiha (79 ta), qurilish materiallari sanoatida 550,0 mln.so’mlik 3 ta (55 ta), ximiya va neftximiya soxasida 100,0 mln.so’mlik 1 ta (4 ta) loyihalar foydalanishga topshirildi.

Misol uchun, Namangan shaxrida "Registon qurilish invest" MCHJda temir beton mahsuloti ishlab chikarishni modernizatsiya kilish(20 ta yangi ish o’rinlari), "Zafar tikuv servis" MCHJda noto’qima mato ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish (22 ta), Yangiqo’rg’on tumanida "Xamkor Unversal servis" XKda shlakoblok mahsuloti ishlab chikarishni tashkil etish (30 ta) kabi loyixalar foydalanishga topshirildi.

Mahalliylashtirish dasturi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 11 fevraldagi “2015-2019 yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish to’g’risida”gi PQ-2298-sonli qaroriga asosan 2016 yilda jami 6 ta hududiy tasarrufdagi korxonalarning 8 ta loyihasi bo’yicha 7,4 mlrd.so’mlik mahsulot ishlab chiqarilishi belgilab olingan.

Dastur doirasida 1-chorak davomida 1,4 mlrd.so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi belgilangan bo’lib, amalga oshirilgan ishlar natijasida 1,6 mlrd.so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi hamda 1,8 mlrd.so’mlik mahsulotlar ichki bozorlarga sotildi. Shu bilan birga, iqtisod qilingan valyuta miqdori 379,1 ming dollarni tashkil etdi.

Mahsulot ishlab chiqarish hajmlari korxonalar kesimida ko’rilganda;

Namangan shahridagi «Namangan rezina plast» SHKda 3,6 ming kv.m konveer lentalari, «Namterm» SHKda 9 ta Shkaf “SHRU-M”, va «Nam lider lityo servis» MCHJda 2510 dona non qoliplari, Namangan tumanidagi «China Namangan Indastriy» MCHJda 75,0 tonna elektrod mahsulotlari hamda Uychi tumanidagi «Extra Primer Bat» MCHJda 420,0 dona avtomobillar uchun akkumulyatorlar kabi mahsulotlar ishlab chiqarilib, dastur asosida 1-chorakka belgilangan prognoz topshiriqlari 109,7 foizga bajarildi.

  1. Xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish.

Hisobot davrida jami xizmatlar hajmi 816,9 mlrd.so’mni tashkil etib, 2015 yilning mos davriga nisbatan 114,7 foiz o’sdi. Yoki, sohaning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 64,4 foizga to’g’ri keldi.

Jumladan, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 135,6 foiz (prognoz 114,7%), kompyuterli programmalashtirish xizmatlari konsultatsion xizmatlar bilan birga 108,5 foiz (108,0%), transport xizmati 115,8 foiz (115,5%), moliya va bank xizmatlari 125,2 foiz (124,9%), qurilish xizmatlari 115,8 foiz (113,5%), texnologiya uskunalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish 118,4 foiz (112,2%), qishloq xo’jaligi texnikalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish xizmati 114,1 foiz (106,2%), turizm xizmati 115,0 foiz (105,2%), savdo xizmati 114,1 foiz (114,1%), maishiy xizmatlar 115,9 foiz (115,1%), ta’lim xizmatlari 112,4 foiz (111,4%), sog’liqni saqlash xizmatlari 120,2 foiz (120,5%), qishloq xo’jaligi soxasidagi xizmatlar 115,4 foiz (113,5%) va boshqa xizmatlar 114,8 foiz (108,8%)ga bajarildi.

Xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish maqsadida 2016 yil yanvar-mart oylari davomida «Mikrokredit bank» tomonidan 744,0 mln.so’m kredit mablag’lari yo’naltirildi.

“Namangan viloyatini 2016-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi”ga muvofiq xizmatlar va servis yo’nalishida 2016 yil yanvar-mart oylari davomida umumiy qiymati 8,6 mlrd.so’mlik 98 ta savdo va maishiy xizmat ko’rsatish ob’ektlarini tashkil etish belgilangan.

Joriy yilning 1 aprel holatiga 8,8 mlrd so’m mablag’ sarflash hisobiga 105 ta, jumladan, 59 savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari, 1 ta kompyuter dasturlashtirish xizmati, 7 ta qishloq xo’jaligi texnikalarini ta’mirlash va texnika xizmati, 22 ta maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, 1 ta moliya xizmati, 4 ta sog’liqni saqlash xizmati va boshqa 11 ta turdagi xizmatlar ko’rsatish shoxobchalari tashkil etilib, 482 ta ish o’rinlari yaratildi.

  1. Chakana savdo.  

Hisobot davrda chakana savdo aylanmasi viloyat bo’yicha 1074,4 mlrd.so’m (111,7%), pullik xizmatlar hajmi 430,4 mlrd.so’mni (113,8%) tashkil etib, prognoz parametrlari (109,3% va 112,0%) ta’minlandi.

Aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi 411,9 ming so’m, pullik xizmat 165,0 ming so’mni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 10,3 va 13,3 foizga ko’paydi.

III. Qishloq xo’jaligida islohotlarni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish.

Viloyat aholisini arzon, sifatli meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 4 yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan viloyat hokimining 2016 yil 9 yanvardagi 7-sonli qarori qabul qilinib, nazorat o’rnatildi.

Mazkur qaror asosida «Namangan viloyati tumanlarida 2016 yilda meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlarini choraklar bo’yicha ishlab chiqarish va foydalanish bashorat ko’rsatkichlari» ishlab chiqilib, ijrosi monitoring qilib borilmoqda.

Xususan, 2016 yilda barcha xo’jaliklarda 249,4 ming tonna kartoshka, 675,2 ming tonna sabzavot, 82,8 ming tonna poliz, 246,1 ming tonna meva, 118,2 ming tonna uzum, chorvachilik mahsulotlaridan 124,2 ming tonna go’sht,  636,2 ming tonna sut, 420,9 mln. dona tuxum yetishtirilib, bu turdagi mahsulotlarni 2015 yilga nisbatan 7,0 foizdan 20,0 foizgacha ko’paytirish ko’zda tutilgan.

1-chorak yakuni bilan 1,7 ming tonna sabzavot (o’sish sur’ati 115,4%), 22,1 ming tonna go’sht (106,2%), 97,2 ming tonna sut (106,3%) va 85,8 mln.dona tuxum (129,0%) ishlab chiqarilib, belgilangan prognoz parametrlari bajarildi.

Buning hisobiga viloyatda 168,7 mlrd.so’mlik yalpi qishloq xo’jaligi mahsuloti yaratilib, o’sish sur’ati 108,0 foizga ta’minlandi (prognoz 105,8%).

Shu davrda, qoramol bosh sonlari 640,0 ming boshni (111,0%) shu jumladan, sigirlar 209,9 ming boshni (102,9%), qo’y-echkilar 696,2 ming boshni (102,2%), parrandalar 3494,0 ming boshni (108,8%) va otlar 6,6 ming boshni (100,8%) tashkil etdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 martdagi “2016-2020 yillarda xom ashyo bazasini rivojlantirish, meva-sabzavot va go’sht-sut mahsulotlarini qayta ishlashni chuqurlashtirish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni va eksportini ko’paytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2505-sonli qarori ijrosini viloyatda ijrosini ta’minlash maqsadida 2016 yilda sig’imi 2025 tonna bo’lgan 6 ta yangi muzlatkichli omborlarni qurish va 1500 tonna quvvatga ega 1 ta mavjud omborxonani modernizatsiya qilish belgilangan.

Dasturga kiritilgan loyihalarni o’z muddatlarida amalga oshirilishini ta’minlash bo’yicha tumanlar hokimliklari va loyiha tashabbuskorlari tomonidan tarmoq jadvallari (setevoy grafik) ishlab chiqilib, tizimli monitoring olib borilmoqda.

Joriy yilning yanvar-mart oylari davomida To’raqo’rg’on tumanidagi “Namanganulgurjisavdoinvest” MCHJ tomonidan sig’imi 1000 tonna bo’lgan muzlatkichli kamera qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu maqsadlarga 500 mln so’m tashabbuskorning o’z mablag’lari sarflandi.

Shuningdek, qolgan loyihalarda quyidagi ishlar amalga oshirildi. Jumladan,

  1. Pop tumani, Navro’z MMTP hududidagi “Ko’ktoy baliq” FX tomonidan 100 tonna sig’imga ega muzlatkichli kamera qurish uchun tuman hokimligi balansidagi bino-inshootini “nol” hajmda berish bo’yicha tuman va respublika ichki komissiyasiga ko’rib chiqish bo’yicha tavsiyasi berilgan. SHu kunga qadar mavjud bino-ishootlariga qurilish montaj ishlari olib borilayotgan bo’lib, tashabbuskorning 50,0 mln. so’m mablag’lari sarflangan.
  2. Uchqo’rg’on tumani, Qo’g’ay O’lmas QFY, Shaxrixonchek MFYda joylashgan “Saidikrom ota” FX tomonidan 25 tonnalik sovutkichli kamera qurish uchun loyiha tashabbuskorining o’z mablag’i hisobidan 10 mln so’m sarflanib, dimontaj ishlari bajarilib, 67,5 kv.m hamda 40 kv.m ishlab chiqarish binolari sendvich pannelini montaj qilishga tayyor holatga keltirildi. Tijorat bankdan 100 mln so’m kredit mablag’larini olish uchun hujjatlar tayyorlanib, garov ta’minoti hal etilmoqda.
  3. Chortoq tumani, Muchum QFY hududidagi "Yorqin Agrofirmasi" MCHJ tomonidan 100 tonnalik sovutkichli omborxona tashkil etish uchun 300 kv.m.dan iborat yer maydoni ajratib berilgan bo’lib, qurilish ishlari olib borilmoqda. Amalga oshirilgan ishlarga tashabbuskorning o’z mablag’i hisobidan 100 mln.so’m mablag’lar sarflangan. Hozirda Xitoy davlatidan uskuna va jixozlar olib kelish bo’yicha shartnomalar imzolangan.
  4. Chortoq tumani, Bog’iston QFY hududidagi "Bog’iston Meva Quritish" oilaviy korxonasi tomonidan sig’imi 100 tonnalik sovutkichli omborxona qurish bo’yicha yer maydonlari ajratilgan va hozirda loyiha smeta hujjatlari tayyorlanmoqda.
  5. Chust tumani, Chust SHFYdagi "Chust Shersuvor" MCHJ tomonidan 700 tonna sig’imga ega muzlatkichli kamera qurish uchun Sobiq Qishloq xo’jaligi mahsulotlari saqlash va qayta ishlash korxonasiga qarashli bo’lgan muzlatkichli omborxonani “nol” xarid qiymatida berilgan bo’lib, jamiyat tomonidan shu kunga qadar mavjud bino-ishootlarni rekonstruktsiya qilish ishlariga 400,0 mln. so’m mablag’ sarflangan. Ushbu ob’ekt ma’muriy bino, 1000 tonna qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash sig’imiga ega omborxona va boshqa yordamchi binolardan iborat. Hozirda tashabbuskor tomonidan Xalq banki tuman bo’limi tomonidan 1200 mln so’m kredit mablag’larini olish uchun barcha kredit hujjatlari tayrlanib, garov ta’minoti hal etilgan. Bugungi kunda kredit hujjatlar bank komissiyasi tomonidan ko’rib chiqilmoqda.

Uskuna va jixozlar sotib olish uchun Xitoy davlatidagi "Urumchi subash import end eksport trayd gov" LTD kompaniyasi bilan shartnomalar imzolangan.

  1. Chortoq tumani, Chortoq shaharchasidagi "Biznes Kontrol Aziya" MCHJ tomonidan mavjud 1500 tonnalik muzlatkichli sig’imlarni modernizatsiya qilish uchun Sobiq qishloq xo’jaligi mahsulotlari saqlash va qayta ishlash korxonasiga qarashli bo’lgan muzlatkichli omborxonani “nol” xarid qiymatida berilgan. Jamiyat tomonidan mavjud 1800 kv.m. maydondagi bino-ishootlarni modernizatsiya qilish ishlari olib borilayotgan bo’lib, ushbu ishlarga 470 mln. so’m mablag’ sarflangan.

“Namangan viloyatini 2016-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi”ga muvofiq qishloq xo’jaligi yo’nalishida 2016 yil davomida umumiy qiymati 133,8 mlrd.so’mlik 471 loyihalarni amalga oshirish ko’zda tutilgan.

Xususan, 5644 bosh qoramol boqishga ixtisoslashgan 136 ta qoramochilik, 1160 bosh qo’y boqishga ixtisoslashgan 7 ta qo’ychilik, 900 bosh echki boqishga ixtisoslashgan 11 ta echkichilik, 1065,0 ming bosh parranda boqishga ixtisoslashgan 41 ta parrandachilik, 411,0 gektar maydonda 50 ta baliqchilik, 2970 ta asalari oilasi boqishga ixtisoslashgan 50 ta asalarichilik, 26,5 gektar maydonda 29 ta yengil konstruktsiyali issiqxonalar, 3325 tonna sig’imga ega 8 ta muzlatkichli omborlar tashkil etish hamda 791,3 gektar maydonda 84 ta intensiv bog’dorchilik xo’jaliklari, 208,5 gektar yer maydonda 48 ta tokzorlar barpo etish bo’yicha tasdiqlangan tarmoq grafiklari asosida ish olib borilmoqda.

Hisobot davrida 2,8 mlrd so’m mablag’lar sarflanishi hisobiga 60 ta loyihalar (115,3%) amalga oshirilib, 177 ta yangi ish o’rinlari (118,0%) yaratildi. Jumladan, 127 bosh qoramol boqishga ixtisoslashgan 4 ta qoramolchilik, 85,0 ming bosh parranda boqishga ixtisoslashgan 2 ta parrandachilik, 2,0 gektar maydonda 2 ta baliqchilik, 35 ta asalarichilik (1810 ta oila) xo’jaliklari tashkil etilib, 1,2 gektar maydonda 2 ta issiqxona, 9 ta fermer xo’jaliklari tomonidan 18,6 gektar maydonda intensiv bog’lar va 6 ta fermer xo’jaliklari tomonidan 24,5 gektar maydonda yangi tokzorlar barpo etildi.

Namangan viloyatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 19 apreldagi “2013-2017 yillar davrida Sug’oriladigan yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo’yicha chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1958-sonli qaroriga asosan 2015 yil Davlat dasturi asosan olib borilayotgan meliorativ tadbirlar to’g’risida.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 19 apreldagi “2013-2017 yillar davrida sug’oriladigan yerlarni meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora tadbirlari to’g’risi”dagi PQ-1958-sonli qarorining viloyatdagi ijrosini ta’minlash maqsadida 2015 yilda 18805 gektar sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 24 dona loyihalarda 1036,6 km uzunlikdagi kollektorlarni ta’mirlash-tiklash ishlarini olib borish rejalashtirilgan bo’lib, bundan 6 donasi yildan-yilga o’tuvchi 18 donasi yangidan boshlanuvchi ob’ektlarda, kollektor drenaj tarmoqlarini, 24 dona meliorativ tik quduqlarini, 162 dona quvurli o’tish joylarini, 16 dona suv o’lchash inshootlarini, 178 dona kuzatuv quduqlarini ta’mirlash tiklash ishlariga 7 mlrd 700 mln.so’mlik mablag’ o’zlashtirildi.

2016 yilda 26385 gektar sug’oriladigan yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash maqsadida 20 dona loyixalarda 1040,7 km uzunlikdagi kollektorlarni ta’mirlash-tiklash ishlarini olib borish rejalashtirilgan bo’lib, bundan 1 tasi yildan-yilga o’tuvchi 19 tasi yangidan boshlanuvchi ob’ektlarda, kollektor drenaj tarmoqlarini, 53 dona meliorativ tik quduqlarini, 93 dona quvurli o’tish joylarini, 4 dona suv o’lchash inshootlarini, 104 dona kuzatuv quduqlarini ta’mirlash tiklash ishlariga 7 mlrd 500 mln.so’mlik mablag’larni sarflash rejalashtirildi.

Joriy yilning 1-choragida 336,5 km uzunlikda qiymati 2 mlrd 196 mln. so’mlik ishlar rejalashtirilgan, amalda 372,6 km uzunlikda 2,4 mlrd.so’mlik 109,0 foizga ta’mirlash va tiklash ishlari bajarildi.

Ushbu ishlarini bajarishda viloyatdagi yirik Davlat unitar korxonalari xamda mas’lyati cheklangan jamiyat korxonalari tamonidan ta’mirlash va tiklash ishlari bajarib kelinmoqda.

  1. Tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlanishi.

Tashqi savdo aylanmasi. Viloyatda 2016 yil 1-chorak yakuni bilan
130,5 mln. dollarlik (2015 yil 1-chorak yakuniga nisbatan 152,8%) tashqi savdo amallari bajarilib, shundan eksport 39,2 mln.dollarni (101,6%), import 91,3 mln.dollarni (195,1 %) tashkil etdi.

Jumladan “Namangan momiq sochiqlar” MCHJda 1460,0 ming dollar (153,7%), "Aisha home textile" QK 619,7 ming dollar (123,9%), “Samo tekstil servis” MCHJda 502,5 ming dollar (167,5%), "Gamma farm teks" MCHJda 280,3 ming dollar (107,8%), "Tubo-textile" MCHJda 263,2 ming dollar (125,3%) va “Nafis teks group” MCHJ 178,5 ming dollar korxonalari tomonidan eksport prognozi ortig’i bilan bajarilgan.

Viloyatda eksport faoliyatini yurituvchi korxonalarning safi barqaror o’sib bormoqda. 2015 yil 1-chorak yakuni bilan eksport amallarini bajaruvchi korxonalar soni 28 tani tashkil etgan bo’lsa, 2016 yil 1-chorak yakuni bilan ularning soni 14 taga ortib, 42 tani tashkil etgan.

Hisobot davrida viloyatdagi eksportyor korxonalar soni ortishi bilan bir qatorda yangi turdagi mahsulotlarni eksportga chiqarish ham yo’lga qo’yilgan. Xususan 2016 yildan boshlab viloyatdagi “Zuhro yulduz dizayn” MCHJ (25,3 ming doll.), “Rauf Aziz” MCHJ (19,7 ming doll.), “Nestle agro” MCHJ (26,9 ming doll.), “Panda sanoat savdo” MCHJ (19,8 ming doll.), “Dambog’ poyabzali savdo” MCHJ (3,2 ming doll.), “Sofiya sof tekstil” QK (0,6 ming doll.), “Terri jar tekstil” MCHJ (82,7 ming doll.) bo’z mahsulotlari kabi yangi turdagi maxsulotlarni eksportga chiqarish yo’lga qo’yilgan.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qo’shma korxonalar faoliyati

Hukumat tomonidan xorijiy investorlarga yaratilgan keng ko’lamli sharoilar natijasida 2016 yilning 1 aprel holatiga viloyatdagi xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni 67 tani tashkil etdi. Qo’shma korxonalarning 27 tasi yengil sanoat mahsulotlari, 10 tasi qurilish materiallari, 10 tasi oziq-ovqat va meva-sabzavot mahsulotlari qayta ishlash, 5 tasi charm-poyabzal mahsulotlari va 6 tasi boshqa turdagi sohalarda faoliyat ko’rsatmoqda.

Hisobot davrida viloyatdagi qo’shma korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko’rsatilgan xizmatlar xajmi 129,7 mlrd.so’mni (o’sish 145,7 %) tashkil etib, mintaqada ishlab chiqarilgan jami maxsulotdagi ulushi 15,8 foizga yetdi (2015 yil 1-chorakda 15,6 foiz).

Hisobot davri yakuni bilan qo’shma korxonalarning eksport xajmi 12,2 mln.dollarni tashkil etib, 2015 yilning shu davriga nisbatan 101,7 foizga o’sdi yoki viloyat jami eksportdagi ulushi o’tgan yilning mos davriga nisbatan 31,2 foizga yetdi.

Qo’shma korxonalarning import hajmi 66,0 mln.dollarni tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 4 marotabaga ortdi. Bunda, asosan Uchqo’rg’on tumanidagi “Uzteks Uchqo’rg’on” QK va “Uchqo’rg’on tekstil” QKlar tomonidan 60,0 mln.dollardan ziyod mashina va jihozlar korxonaga import qilingan.

  1. Kichik biznesni rivojlantirish.

Umumiy holat. Viloyatda kichik biznesni rivojlantirish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida iqtisodiyotdagi kichik biznes sub’yektlarining o’rni va ulushini yildan-yilga ortib borishga erishilmoqda. Xususan, 2016 yil 1-chorak yakuni bilan kichik biznes sub’yektlarining viloyat yalpi hududiy mahsulotidagi ulushi 68,2 foizni tashkil etdi.

Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari bo’yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar hajmida kichik biznes sub’yektlarining salmog’i muttasil oshib bormoqda.

Viloyatda 2016 yil 1 aprel holatiga jami 16002 ta kichik biznes sub’yektlari (fermer xo’jaliklarisiz) ruyxatga olingan bo’lib, bu ko’rsatkich 2015 yilning mos davriga nisbatan 103,3 foizga ortdi.

2015 yilning yanvar-mart oylarida kichik biznes sub’yektlari tomonidan 190,5 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlar ishlab chiqilgan bo’lsa, 2016 yilning 1-chorak yakuni bilan ushbu ko’rsatkich 267,7 mlrd. so’mni tashkil etdi.

Kichik biznesning iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushini tahlil qilinganda sohaning sanoat sohasidagi ulushi 32,5 %ni, qishloq xo’jaligidagi ulushi 98,3 %, qurilish ishlarida 95,5%, chakana savdoda 47,3%, pullik xizmatda 51,9 %ni tashkil etdi.

2016 yilning yanvar-mart oylarida kichik korxonalar tomonidan eksportga chiqarilgan mahsulotlar hajmi 2015 yilning mos davriga nisbatan 109,6 foizga ortib 30,6 mln.dollarni tashkil etdi. Buning natijasida viloyat eksportidagi kichik biznes sub’yektlarining ulushi mos ravishda 43,7 foizdan 78,2 foizga ko’paydi.

Kichik biznes sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan import amallari 86,8 mln.dollarni tashkil etib, 2015 yilning shu davriga nisbatan 2,6 marotabaga ortishi hamda viloyat jami importdagi ulushi 95,0 foizga yetdi.

Hisobot davrida kichik biznes sub’yektlari tomonidan 7285 ta yangi ish o’rinlari yaratilib, kichik biznes sohasida band bo’lganlar soni 799,9 ming kishiga yetdi.

VIII - Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi to’g’risida.

IX - Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida Namangan viloyatidagi korxonalar tomonidan tuzilgan ichki kooperatsiya shartnomalarining 2016 yil yanvar-mart oylari yakuni bilan 9,4 mlrd.so’mlik mahsulotlar yetkazib berilib, belgilangan reja (9,3 mlrd.so’m) 101,5 foizga bajarildi.

Jumladan, “Maxsus metall sanoat” MCHJ 8,4 mlrd. so’mlik gaz ballonlari, “Mexmash” AJ tomonidan hisobot davrida 505,8 mln. so’mlik metal buyumlar yetkazib berilgan va shuning hisobiga korxonalar o’rtasida kooperatsion aloqalar o’rnatilgan.

Yarmarka davomida tuzilgan eksport shartnomlariga asosan hisobot davrida 6,4 mln.dollarlik tovarlar eksportga chiqarilib, belgilangan reja (4,7 mln.dollar) 136,6 foizga bajarilishi ta’minlangan.

Xususan, “Namangan momiq sochiqlari” MCHJ tomonidan 1,5 mln. dollarlik sochiq mahsulotlari, “To’raqo’rg’on Shirinlik Agro” XK tomonidan 2,8 mln dollarlik quritilgan meva-sabzavotlar, “Aisha Xom tekstil” QK tomonidan 619,7 ming dollarlik momiq sochiq mahsulotlari eksportga chiqarilgan.

  1. Ijtimoiy sohani rivojlantirish.

Bandlik. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2015 yil 3 dekabrdagi SQ-63-III-sonli va Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashining 20 noyabrdagi 27/5-4-sonli Qarorlari bilan tasdiqlangan tasdiqlangan “2016 yilda ish o’rinlari tashkil etish va aholini ish bilan ta’minlash dasturi” asosida 2016 yil 1 –chorak yakuni bilan 12606 ta ish o’rni yaratilishi belgilanib, haqiqatda 12808 ta ish o’rinlari yaratildi, yoki reja 101,6 foizga bajarildi.

Shundan, maqsadli dasturlarga muvofiq tashkil etilgan ish o’rinlari 064 tani tashkil etdi.

Jumladan,

Sanoatda 387 ta;

Xizmat ko’rsatish va servis sohalarida 846 ta;

Qishloq xo’jaligi, jumladan, chorvachilik, parrandachilik, bog’dorchilik, baliqchilik, asalarichilik, sabzavotchilik, uzumchilikda 221 ta,

Ishlamasdan turgan korxonalarni faoliyatini tiklashda 338 ta;

Bundan tashqari

Tijorat banklarining kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil etish uchun ajratiladigan kreditlar hisobida 2849 ta;

Yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirishda 4436 ta;

Uy mehnatini tashkil qilishda 1490 ta;

Dehqon va fermer xo’jaliklarini tashkil tiklashda 1969 ta ish o’rinlari tashkil etdi.

Yaratilgan ish o’rinlarining 5297 tasi xotin-qizlarga, yoshlarga 5264 ta,shu jumladan 3253 tasi kasb-xunar kolleji bitiruvchilariga, 2280 tasi chet eldan qaytgan migrantlarga ajratildi.      

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 9 fevraldagi “Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturini tasdiqlash xaqida”gi PQ-2487-sonli qarorini viloyatda ijrosini ta’minlash bo’yicha

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 9 fevraldagi “Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturini tasdiqlash xaqida”gi PQ-2487-sonli qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida 2016 yil 15 fevral kuni viloyat hokimligining 63-sonli qarori bilan 1-ilova viloyat Dasturi, 2-ilova “Sog’lom ona va bola yili” viloyat Dasturini to’laqonli va belgilangan muddatlar ijrosini ta’minlash bo’yicha viloyat komissiyasi, 3-ilova viloyat Dasturini ijrosini tahlil qilish va muvofiqlashtiruvchi monitoring guruhi tarkibi tasdiqlandi.

Jumladan,

“Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida belgilab berilgan   11 ta yo’nalish asosida keng jamoatchilikni jalb etgan holda 87-banddan iborat viloyat dasturi ishlab chiqildi.

Mazkur dastur ijrosini ta’minlash maqsadida jami 520,2 mlrd so’m va ekvivalentda 12,6 mln AQSH dollari, shundan 224,8 mlrd so’m va ekvivalentda 0,167 mln AQSH dollari Davlat byudjeti va Davlat maqsadli jamg’armalari mablag’lari, 256,5 mlrd so’m va ekvivalentda 1,6 mln AQSH dollari bajaruvchilar va homiylar mablag’lari, 22,7 mlrd so’m tijorat banklarining kreditlari, 16,2 mlrd so’m va ekvivalentda 10,7 mln AQSH dollari xalqaro tashkilotlar, moliyaviy institutlar mablag’lari va grantlar hisobidan amalga oshirish rejalashtirildi.

Joriy yilning yanvar-mart oylari yakuni bilan dasturning barcha bandlarining ijrosi bo’yicha tegishli tartibda ish tashkil etildi. Shundan dasturning 27 banlari bo’yicha barcha manbaalar hisobidan 85,0 mlrd.so’m mablag’ o’zlashtirilishiga erishilib, rejaga nisbatan 16,4 foizni tashkil etdi.

Jumladan,

9-band bo’yicha: Viloyatning barcha tumanlarida qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo’yicha 911 ta yakka tartibdagi uy-joylar qurilishini to’liq yakunlash bo’yicha zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirilmoqda. Hisobot davrida davrida 54,8 mlr.so’mlik (28,7%) qurilish ishlari amalga oshirildi.

Tender savdolaridan o’tgan 809 ta uy-joylarda qurilish ishlariga boshlangan. Jumladan, 520 ta poydevor ishlari, 195 ta g’isht urish ishlari va 110 ta plita bosish ishlari tasdiqlangan kalendar reja asosida kechiktirilmagan holda qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

11-band bo’yicha: Qishloq joylarni sifatli ichimlik suvi ta’minlash bo’yicha 3 ta ob’ekt yakuniy manziliy ro’yxat tayyorlanib, tender tanlov savdolari o’tkazildi. Bugungi kunda ob’ektlarda 527,3 mln. so’mlik qurilish montaj ishlari bajarilib, pudratchilarga 654,6 mln.so’m mablag’ moliyalashtirib berildi.

13-band bo’yicha: 2016 yil Investitsiya dasturi doirasida davolash-profilaktika muassasalarida rekonstruktsiya va kapital ta’mirlash ishlarini olib borish uchun 11 ta davolash-profilaktika muassasalariga 35 mlrd 965 mln 674 ming so’m ajratilib, xisobot davrida 11,8 mlrd.so’mlik (34,0%) qurilish montaj ishlari amalga oshirildi.

Indikator 2016 yil 1 chorak