Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Chortoq tumani hokimi

 Xaydarov Oybek Xabibillaevich (batafsil)

 Qabul qilish kunlari: Xar haftaning Dushanba kuni soat 10:00 dan 13:00 gacha

 tel: (0-369) 41-22-584, 41-21-308

 E-mail: Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.

 Veb-manzil: www.chortoq.uz

 Manzil: 161000, Namangan viloyati, Chortoq shahri

Chortoq tuman hokimligining reglamenti

IX-X asrlarda yashagan arab sayyoxlardan Ibn Xordadbek va Istaxriy tomonidan bitilgan yozma manbalarda Chortoq so’zini "to’rt taxt" deb tilga olingan. Z. M. Bobur uzining "Boburnoma”sida Chortoq so’ziga tuxtalib, bu so’z uzaro aloqani mustahkamlash vositasi ekaniga ishora qiladi. "Muxammad Maxsu Mir edi. Kandahorni onga berib edi. Xiriga keltirganda ulug’ to’y qilib yaxshi Chortoq bog’ladi". Bu yerda Chortoq atamasi to’rt burchakli chodir, to’rt gumbaz ma’nolarini bildirishi ifoda etilgan.

Tumanning umumiy maydoni 377.8 kv. km. Axolisi 164.0 ming nafarga yetgan. Markazi Chortoq shahri.

Chortoq tumanining rel’efi asosan tog’ oldi adirlik xudud xarakteriga ega. Yer yuzasi shimoldan janubga va g’arbdan sharqqa tomon pasayib boradi. Dengiz satxidan o’rtacha balandligi 405-460 m. Iklimi tez o’zgaruvchan. Yoz oylarida xavo xarorati keskin kutarilib, quruq-nam va issiq bo’ladi. Tog’  va tog’ oldi zonalarida esa xavo salqin,. namligi yuqori bulqb, bu joylarda ko’plab dam olish maskanlari joylashgan.

Tumanda 55 ta umumta’lim maktablari, 31 ta maktabgacha ta’lim muassasalari, 1 ta akademik litsey va 9 ta kasb-xunar kollejlari faoliyat ko’rsatmoqda. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchilar uchun tumanda 1 ta o’yingoh, 24 ta sport zallari va bir qator sport inshootlari faoliyat ko’rsatmoqda.

Chortoq shahri asosan sug’oriladigan dexkonchilik va bog’dorchilik regionidir. Uning xududidan katta Namangan va Shimoliy Farg’ona kanallari o’tadi. Qulay iqlim iqtisodiyotning agrar tarmog’ini, sog’lomlashtirish muassasalari xamda turizmni rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratadi. Ekologik jixatdan sifatli qishloq xujaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash sanoatini rivojlantirish imkoni mavjud.

Ko’p tarmoqli "Chortoq sanatoriysi", “Gulshan”, “Erkin”, “Matlubot” va “Chortoq bolalar” sihatgohlarida respublikamizning turli viloyatlaridan davolanish uchun keladilar.

Zaminida neft, gaz, oxaktosh, gil tuprok kabi qazilma boyliklari, mineral suv buloqlari mavjud. Tog’oldi xududlaridagi toshlardan qurilish materiallari sifatida keng foydalaniladi. Tuprog’idan sifatli pishiq g’isht tayyorlanadi.

Mustaqillik yillarida qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishi strukturasi tubdan uzgardi. Ekinlarni joylashtirishda ilmiy asoslangan usullar joriy etilmoqda.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech