Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Kosonsoy tumani hokimi v.b.

 

 Yuldashev Javlonbek Nabijanovich(batafsil)

 Qabul kunlari: Xar haftaning Dushanba kuni soat 10:00 dan 13:00 gacha

 tel: (0-369) 65-21-210, 65-24-044

 Manzil: 160300, Namangan viloyati, Kosonsoy shahri, A.Navoiy ko'chasi 7-uy

 E-mail: Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.

 Veb-manzil: www.kosonsoy.uz

 
Kosonsoy tumani 1926 yilning 26 sentyabrida tashkil topgan. Tuman Farģona vodiysining shimoliy qismida joylashgan bơlib, shimolda Qirģiziston Respublikasining Jalolobod viloyati Ala-buqa tumani bilan, sharqdan Namangan viloyati Yangiqurģon tumani bilan, Ģarbdan Chust tumani bilan va janubda Namangan shahri va Tơraqơrģon tumanlari bilan chegaradosh bơlib, Qirģiziston Respublikasi bilan umumiy chegara uzunligi 47,5 km. Shundan 16 km toģlik, 22 km tekislik va 9 km ekin maydonlaridan iborat. Kosonsoy tumani markazi Kosonsoy shahri bơlib, tuman hududida 7 ta qishloq fuqarolar yiģinlari va 63 ta mahalla fuqarolar yiģinlari mavjud. Shundan 16 ta mahalla fuqarolar yiģinlari tuman markazida, 47 tasi esa qishloqlarda joylashgan. Kosonsoy tumani relefi asosan tekislik-toģ mintaqalilik xarakteriga ega. Yer yuzasi shimoldan janubga va ģarbdan sharqqa tomon pasayib boradi. Dengiz sathidan ơrtacha balandligi 650-950 m. Tumanning umumiy maydoni 512 kv.km, doimiy aholisi 177,8 shundan shaharda 111,9 ming kishi, qishloqda 65,9 ming kishi istiqomat qilmoqda. Tuman markazi Kosonsoy shahri bơlib, unda aholi soni 51,2 ming kishini tashkil etadi. Tumandan 15 dan ortiq millat vakillari yashaydi. Aholining umumiy miqdorida ơzbeklarning salmoģi 37,3 foiz, tojiklar 60,9 foiz, ruslar 0,06 foiz, qirģizlar 0,9 foiz, tatarlar 0,1 qolgan 0,6 foizini boshqa millatlar tashkil etadi. Aholining zichligi 1 kv. kilometrga 347 kishi tơģri keladi. Kosonsoy tumani asosan suģoriladigan dehqonchilik regionidir. Tuman qishloq xơjaligini asosiy tarmoq - paxtachilik va ģallachilik tashkil etadi. Shuningdek, boģdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilik sohalari ham keng rivojlanib bormoqda.Tuman hududida 3 ta suv ombori: Kosonsoy, Yertikan va Qorasuv suv omborlari mavjud. Kosonsoy suv omborining maydoni 840 ga, tơģon balandligi 64 m, uzunligi 290 m bơlib, 165 mln.m.kub suv tơplash imkoniyatiga ega. Viloyatning Kosonsoy va Chust tumanlarida ekin maydonlarini suģoriladigan suv bilan ta'minlaydi. Qulay iqlim iqtisodiyotning agrar tarmoģini hamda soģlomlashtirish muassasalarini hamda sayohatchilikni rivojlantirishga keng imkoniyatlarni yaratadi. Ekologik jihatdan sifatli qishloq xơjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash sanoatini rivojlantirish imkoni mavjud. Kosonsoy nafaqat betakror tabiati, balki bir necha ming yillik tarixi, qadimiy ơtroq dehqonchilik madaniyatiga xos xususiyatlarni hamda ơzbek va tojik xalqlarning kơp asrlik boy milliy qadriyatlarini ơzida mujassam etgan yurt sifatida nom qozongan.

Kosonsoy tumani hududida kơplab arxeologik yodgorliklar mavjud bơlib, ular turli tarixiy davrlarga tegishli tepaliklar majmuini tashkil etadi. Bu borada qadimgi Koson shahri joylashgan "Muģqal'a" yodgorligidan tashqarii Tergachi qishloģida "Noģortepa", Gơrmiron qishloģida Eski qabriston, Ravot qishloģida "Navjartepa", "Dukortepa" kabi tepalar ơtmishning guvohi bơlgan va xalqimizning uzoq kơhna tarixidan xikoya qiluvchi arxeologik yodgorliklar hisoblanadi. Kosonsoy Respublikamizning eng xushmanzara gơshalaridan bơlgani uchun xalqning dam olishi, hordiq chiqarishiga alohida e'tibor beriladi. Tumandagi "Kosonsoy", "Obi xayot", "Faxriylar" sihatgohlari kabi ơnlab oromgohlarda har yili davlatimizning turli hududlaridan minglab hamyurtlarimiz hordiq chiqarib, dardlariga darmon topmokdalar; "Kosonsoy" ma'danli shifobaxsh suvi, ayniqsa, ularga asqotmoqda. Bu ơrinda mamlakatimizning turli dam olish oromgohlari orasida ơzining inson dardiga shifo beruvchi, toza havosi, sơlim tabiati va turli tuman shifobaxsh davolash usullari bilan ma'lum va mashhur bơlgan "Kosonsoy" sanatoriyasida Respublikamiz mehnatkashlarining eng sevimli sihatgohiga aylangan. Kosonsoy tumani ơzining buyuk allomalari bilan bashariyat tamadduni rivojiga kata hissa qơshgan. Xususan, tumanning turli hududlarida tavallud topgan juda kơp diniy va dunyoviy allomalar, davlat arboblari hamda mashhur kishilar yetishib chiqqan. Abdulloh Abdulhamid Sa'dning "Ơrta Osiyo olimlari" qomusi kitobida kơhna Kosondan X-XVI asrlarda yetishib chiqqan ơn bitta kosoniy taxallusli fiqx donishmandlari, muhandis hamda adabiyotshunos olimlar zikr etilgan. Jumladan, mashhur hadisshunos Ahmad Sulaymon ibn Nasr, Muhammad al-Kosoniy, fiqx donishmandi, qorilik san'ati islom dunyosi ulamolaridan Abu Bakr al-Kosoniy va boshqa kơplab kosoniy olim va ulamolar ơtmish Sharq xalqlari ma'naviyati, ma'rifati va tarixida juda muhim mavqega ega bơlganlar. Tumanda juda kơplab tarixiy yodgorliklari va muqaddas qadamjolari, me'morlik obidalari va ziyoratgohlari mavjud bơlib,vodiydagi eng mashhur yodgorliklardan bơlgan, XVIII asrda bunyod qilingan "Jome' masjidi", eski Koson shahri ơrnidagi Muģqal'a xarobalari yaqinidagi "Sadpiri Komil" qabristoni, Shayxon qishloģidagi XVIII asrga mansub "Yusufxon tơra maqbarasi", "Chinor bobo", "Mahdumi A'zam ziyoratgohi", "Sulton Malik Merbaxsh" maqbaralari shular jumlasidandir.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech