Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Norin tumani hokimi

Sultanov A'zamjon Mahmudovich ( batafsil )

 Qabul qilish kunlari: Xar haftaning Dushanba kunlari 14:00 dan 17:00 gacha

 tel: (0-369) 61-21-256

 Manzil: 160400, Namangan viloyati, Norin tumani, Xaqqulobod shaharchasi 1-uy

 E-mail: Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.

 Veb-manzil: www.norin.uz

Norin tumani hokimligining reglamenti

Norin tumani viloyatning janubiy sharqiy qismida joylashgan bo’lib. 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan 1962-1973 yillarda va 1988-89 yillarda Uchqo’rg’on tumani tarkibida bo’lgan. Tuman g’arbdan viloyatning Namangan va Uychi, shimoldan Uchqo’rg’on tumanlari, janub va sharqdan Andijon viloyatining Baliqchi va Izboskan tumanlari bilan chegaradosh. Mydoni 207.1 kv.km.

Norin tumanida Xaqqulobod shaxar, 8 ta qishloq fuqarolar yig’ini (Paxtaqishloq, Toshloq, Xo’jaobod. To’da, Marg’izor, Norinkapa, Uchtepa, Kurgontepa) va 55 ta maxalla fuqorolar yig’inlari mavjud. Norin tumani viloyatning sharqiy qismida Farg’ona tizmasini etaklarida joylashgan. G’arbiy chegaralari bo’ylab Qoradaryo oqib o’tadi, relefi past-baland tekisliklardan iborat (ball 600-800) metr tog’ etaklari paleogen davrining gil, oxaktosh, mergel jinslaridan tarkib topgan Norin xavzasi yoppasiga kondomeratdan iborat. Qoradaryo xavzasida kondomerat ustuni o’nlab metr qalinlikda qoplab o’tgan qiyosiy katta maydonda tekislik xosil qilgan. Norinning qayr tekisligi Uchqo’rg’on qishlog’idan boshlab 2-3 km kengaydi: bu yerda qumoq xamda qumloq jinslar keng tarqalgan. Tuman xududining shimolidan janubga tomon katta Andijon kanali kesib o’tadi. Tumanning janubiy g’arbiy tomonidan Qoradaryoning eski uzanidan o’tadigan Qolgandaryo barcha sizot suvlarini yig’ib Qoradaryoga quyiladi. Tuprog’i janubiy qismida botqoq torfli, Shimolda bo’z tuproq. Norin Qoradaryoga qo’shiladigan yerda o’tloqli botqoq, o’tloqli tuproqlar uchraydi. Iqlimi quruq. Kontinental yozi issiq. Qishi sovuq, yanvarning o’rtacha temperaturasi 6 gradus iyulniki 27, Yillik yog’in 190-215 mm . Vegetatsiya davri 233 kun. Tuman xududi xaydaladigan yerlardan iborat.

 
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech