Chop etish

To'raqo'rg'on tumani hokimi

 Mansurov Axror Axmadaliyevich (batafsil)

 Qabul qilish kunlari: Xar haftaning Seshanba kuni soat 09:00 dan 12:00 gacha

 tel: (0-369) 442-29-49, 442-11-87

 Manzil: 160700, Namangan viloyati, To'raqo'rg'on tumani, To'raqo'rg'on shahri, To'raqo'rg'on ko'chasi 16-uy

 E-mail:   Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.

 Veb-manzil:  www.turakurgan.uz

To'raqo'rg'on tumani hokimligining reglamenti

To’raqo’rg’on tumani Namangan viloyatining eng to’ng’ich tumanlaridan biri hisoblanib, 1936 yil 17 fevralda tashkil topgan. Tuman Namangan viloyatining g’arbiy qismida joylashgan bo’lib, tuman shimolda Kosons`oy tumani bilan, g’arbda Chust, janubda Mingbuloq va sharqda esa Namangan tumani hamda qisman Namangan shahri bilan chegaradoshdir. Tumanning geografik o’rni va rel'yefi asosan past balandliklar va qir-adirlardan iborat. Uning asosini qishloq xo’jaligi tashkil etgani uchun qishloq xo’jaligi tumani hisoblanadi. Iqlimi mo’’tadil. Dengiz satxidan 547 m. balandlikda joylashgan. Territoriyasi 309 kv.km bo’lib, aholisi so’ngi ma’lumotlarga ko’ra 193330 nafarni shundan doimiy yashovchi axoli soni 191104 nafarni tashkil etayapdi. Tumanda ayni kunda 19 dan ortiq millat vakillari istiqomat qiladi. Iqlimi keskin kontinental bo’lib, janubiy, ya’ni tekislik mintaqasida cho’l-subtropik iqlimga mansub. Bu xududlar issiq mineral buloqlarga boy. Ayniqsa Shahand suvlari shifobaxshligi bilan shuhrat qozongan. Tuman markazi To’raqo’rg’on shahri bo’lib, unda aholi soni 21.0 ming kishini shaxarchalarda 90.5 ming kishi, 79.6 ming kishi qishloq joylari axolisi sonini tashkil etadi. Tumanda 19 dan ortiq millat vakillari yashaydi. Aholining umumiy miqdorida o’zbeklarning salmog’i 99,1 foiz, tojiklar 0,08 foiz, ruslar 0,06 foiz, qirg’izlar 0,5 foiz, tatarlar 0,1 foiz va qolgan 0,16 fozini boshqa millatlar tashkil etadi. Aholining zichligi 1 kv. kilometrga 601 kishi to’g’ri keladi. Tuman hududida 2 ta daryo Norin va qoradaryo oqib o’tadi. Bu daryolar qo’shilib, O’rta Osiyoning asosiy suv havzalaridan biri Sirdaryoni hosil qiladi. qulay iqlim iqtisodiyotning agrar tarmog’ini hamda sog’lomlashtirish muassasalarini hamda sayohatchilikni rivojlantirishga keng imkoniyatlarni yaratadi. Ekologik jihatdan sifatli qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash sanoatini rivojlantirish imkoni mavjud. Tumanda hali ishga tushirilmagan noyob qazilma boyliklarning zahiralari mavjuddir. Ularning asosiy qismi To’raqo’rg’on tumanining janubiy sharqiy qismi Axsi xududida joylashgan. qadimiy Axsikent shahri va Munchoqtepadan qazib olingan noyob topilmalar ming-ming yil avvalgi ajdodlarimizning yuksak madaniyatidan, aql-zakovatidan dalolat beradi. Bu bebaho meroslar ayni paytda To’raqo’rg’on o’lkashunoslik muzeylarining oltin fondiga aylangan.