Uychi tumani hokimi

 

Musayev Shuxrat Mirsodiqovich (batafsil)

Qabul qilish kunlari: Xar haftaning Dushanba kuni soat 10:00 dan 13:00 gacha

 Manzil: 160800, Namangan viloytai, Uychi tumani, Uychi shaharchasi, Amir Temur ko'chasi 62-uy

tel: (3-069)48-21-744, 48-21-744

 

E-mail: Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.

 Veb-manzil: www.uychi.uz

 
Uychi tumani 1935 yil iyun oyida tashkil topgan. Tumanning umumiy maydoni 309,8 kv km. Aholisi 184 ming 47 nafar. Tuman markazi Uychi shaharchasi bo'lib, u Namangan-Uchqo'rg'on avtomagistral yo'lida joylashgan. Tuman geografik joylashishi bo'yicha sharqdan Uchqo'rg'on tumani bilan, janubdan Norin va Namangan tumanlari bilan, g'arbdan Namangan shahri bilan, shimoldan Chortoq tumani bilan hamda shimoliy-sharq tomondan 14,2 km masofada Qirg'iziston Respublikasi bilan chegaralanadi. Tuman xududida 7 ta qishloq 3 ta shaxarcha bo'lib, qishloqlarda 130,6 ming, shaxarchalarda esa 53,4 ming kishi yashab kelmoqda. Aholining asosiy qismini o'zbeklar tashkil etadi. 1 kv. kmga 572 kishi to'g'ri kelmoqda, o'zbeklar 182,4 ming kishi, Qirg'izlar 1,3 ming kishi, ruslar 57 kishi, tatarlar 112 kishi, tojiklar 38 kishi, qrim tatarlar 61 kishi, ukrainlar 5 kishi, moldavanlar 4 kishi, qozoqlar 7 kishi, va boshqa millatlar 22 kishini tashkil etadi. Aholi soni jihatidan Uychi tumani, viloyatda tumanlar o'rtasida ikkinchi o'rinda turadi. Tumandagi 5 ta asosiy sanoat korxonalari mavjud bo'lib, ular tomonidan asosan ipak, b'yaz, paxta tolasi, noto'qimamato, temir beton buyumlari va har hil turdagi xalq iste'mol mollari ishlab chiqariladi. 2007 yilda tumanda fermer xo'jaliklari soni 686 taga yetdi. Bundan tashqari tumanda 1 ta parrandachilikka ixtisoslashtirilgan xissadorlik jamiyati mavjud.