Yangiqo‘rg‘on tumanining Buloqboshi MFY hududida 2 ga er maydonda issiqxonada limon etishtirishni tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda.

“Vodiy-Agro Kompleks” fermer xo‘jaligi tomonidan barpo etilayotgan ushbu issiqxona loyihasining umumiy qiymati 6,0 mld. so‘m bo‘lib, uni amalga oshirish uchun fermer xo‘jaligining 1,5 mld. so‘m o‘z mablag‘lari hamda 4,5 mld. so‘m bank krediti yo‘naltirilgan.

Joriy yil noyabrь oyida ishga tushiriladigan issiqxona, 2024 yilga kelib yillik 200 tonna, 2025 yildan esa 375 tonna limon hosili berishi ko‘zda tutilgan.

Bugungi kunda issiqxonaning kerakli texnologik jihozlari Xitoydan  olib kelib o‘rnatildi, 1,6 ga er maydoniga limon va pomidor ko‘chatlari ekildi.

 

Arxiv