Xalqimizning uy-joyga ehtiyojini to‘la qondirish uchun ipoteka tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlarini joriy etish, sohada xususiy sektorning o‘rnini oshirish borasida viloyatimiz hududida dasturli ish tashkil etishga kirishilgan.

Viloyatning boshqa tumanlari qatori YAngiqo‘rg‘onda ham uy-joyga muhtoj xotin-qizlar, migrantlar hamda navbatda turgan fuqarolar uchun ko‘p qavatli uylar qad rostlamoqda.

Tuman markazining Vodiy massiviga qurilayotgan 4 ta 4 qavatli 96 xonadonli namunaviy uylardagi xonadonlar nogironi bor va yolg‘iz onalarga, uy-joyga muhtoj oilalarga, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga ajratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, Obod mahallasida barpo etilayotgan 4 ta 5 qavatli 120 xonadonli uy-joylar og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga hamda uy-joy uchun navbatda turgan fuqarolar uchun mo‘ljallangan.

 

Arxiv