Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Viloyat hokimligi huzuridagi “Viloyat kompyuterlashtirish markazi” DUK O’zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida” 2002 yil 30 maydagi PF-3080-son Farmoni, 2005 yil 8 iyuldagi PQ-117-sonli “Axborot-kommunkatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi qarori hamda Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risidagi qarorlarga asosan Viloyat hokimi qarori bilan Viloyat hokimligi huzurida “Viloyat kompyuterlashtirish markazi” tashkil etildi.

Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 1 fevraldagi 24-sonli “Joylarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlar tog’risidagi qaroriga asosan markaz qayta Davlat unitar korxona sifatida shakllantirildi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid hujjatlar to'plami

Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

- Viloyatda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish ishlarini rivojlantirish va muvofiqlashtirish;

- Viloyat hokimligida hamda joylardagi davlat boshqaruvi organlarida lokal va korporativ kompyuter tarmoqlarini tashkil qilish, ularni kengaytirish va takomillashtirish, unda elektron hujjat aylanishi tizimlarini shakllantirish;

- Ish yuritish, boshqaruv va nazorat qilishning zamonaviy usullariga o’tishni ta’minlaydigan kompyuter dasturlari yaratish va viloyat hokimligi hamda joylardagi davlat boshqaruvi organlari tizimlarida joriy etish; - Viloyat hokimligining markazlashgan elektron ma’lumotlar banklarini shakllantirish, ularning xavfsizligi va barqaror ishlashini ta’minlash;

- Axborot xizmatini tashkil etish, viloyat hokimi tomonidan belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish;

- Joylarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo’yicha viloyat, shahar va tuman hokimliklariga qaror qabul qilish uchun takliflar kiritish;

Markaz tarkibi

Markaz tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar

Markaz nizomi

Aloqa:
Viloyat hokimligi huzuridagi “Viloyat kompyuterlashtirish markazi” DUK
Namangan shahar, Istiqlol ko’chasi 57-uy
Tel: (0-369) 227-22-13, 227-25-43
E-mail:  Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech