Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Viloyat hokimligi huzuridagi “Viloyat kompyuterlashtirish markazi” DUK O’zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida” 2002 yil 30 maydagi PF-3080-son Farmoni, 2005 yil 8 iyuldagi PQ-117-sonli “Axborot-kommunkatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi qarori hamda Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risidagi qarorlarga asosan Viloyat hokimi qarori bilan Viloyat hokimligi huzurida “Viloyat kompyuterlashtirish markazi” tashkil etildi.

Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 1 fevraldagi 24-sonli “Joylarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlar tog’risidagi qaroriga asosan markaz qayta Davlat unitar korxona sifatida shakllantirildi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid hujjatlar to'plami

Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

-Markaz faoliyatining asosiy maqsadi – joylarda kompyuterlashtirish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda jamoatchilikni ushbu xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish, shuningdek Muassisning manfaatida daromad olish hisoblanadi.

 

-Mahalliy davlat hokimiyati organlarida ishlarni rejalashtirish,  tahlil va nazorat qilish, qabul qilinayotgan qarorlarning samarali amalga oshirilishini monitoring qilish, hisobotlarni elektron shakllantirishni o‘z ichiga olgan “elektron hokimiyat” kompleks axborot tizimini joriy etish;

mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarini rivojlantirish, ularni boshqa davlat organlarining tizimlari bilan integratsiya qilish;

mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini joylardagi “davlat xizmatlari markazlari” orqali ko‘rsatilishini texnik jihatdan ta’minlash;

mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborotlashtirish ob’ektlarida axborot xavfsizligiga tahdidlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga qarshi kurashish, axborot xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan nazorat va monitoringni amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy-texnik choralarni amalga oshirish;

hududlardagi davlat organlari o‘rtasida o‘zaro elektron axborot almashinuvini tashkil etish;

davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarining hududiy bo‘linmalariga axborot
-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida dasturlash va telekommunikatsiya yo‘nalishlari bilan bir qatorda, zamonaviy xizmatlarni (autsorsing, konsalting,  biznes jarayonlari va boshqaruvni maqbullashtirish) ko‘rsatish.

 

-Viloyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish ishlarini rivojlantirish;

joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, idoraviy va idoralararo elektron hujjat aylanishi tizimlarini shakllantirish;

ish yuritish, boshqaruv va nazorat qilishning zamonaviy usullariga o‘tishni ta’minlaydigan kompyuter dasturlari yaratish va viloyat hokimligi, hamda joylardagi davlat boshqaruvi organlari tizimlarida joriy etish;

ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish;

mahalliy hokimiyat organlarining markazlashgan elektron ma’lumotlar banklarini shakllantirish, ularning xavfsizligi va barqaror ishlashini ta’minlash;

joylarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha viloyat, shahar va tuman hokimiyatlariga qaror qabul qilish uchun takliflar kiritish;  

viloyat hokimligi rasmiy veb saytini takomillashtirish va doimiy faol ishlashini ta’minlash;

viloyatda rasmiy veb-sahifalar yaratish, xosting xizmati ko‘rsatish va “UZ” milliy zonasida domen nomlarini ro‘yxatga olish;

yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmalariga asosan dasturiy ta’minot mahsulotlari, axborot tizimlari va resurslari yaratish, joriy etishda ko‘maklashish, axborot tizimlari va axborot resurslarini viloyatda joriy etish bo‘yicha distribyutorlik ishlarini tashkil etish;  

qonunchilikda belgilangan tartib asosida viloyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda tashkilot va korxonalarning rahbar va mutaxassis xodimlarini o‘qitish uchun kompyuter savodxonligi o‘quv kurslarini tashkil etish;

respublikada axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish va viloyat manfaatlarini ifodalash;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa xizmatlarni ko‘rsatish;

amaldagi konunchilikka zid bo‘lmagan boshqa faoliyatlar (“Tadbirkorlik faoliyati erkinlikligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunining 19-moddasiga asosan).

 

Markaz tarkibi

Markaz tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar

Markaz nizomi

Aloqa:
Viloyat hokimligi huzuridagi “Viloyat kompyuterlashtirish markazi” DUK
Namangan shahar, Istiqlol ko’chasi 57-uy
Tel: (0-369) 227-22-13, 227-25-43
E-mail:  Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech