Chop etish

 

  1. Asosiy ko‘rsatkichlar ijrosi.

Viloyatda 2018 yil yanvar-iyun oylari yakuni bilan yalpi hududiy mahsulot hajmi 4445,3 mlrd.so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 105,2 foizga ta’minlandi.

Sanoat va halq iste’moli mollari:

Viloyatda 2018 yil 1-yarim yil yakuniga ko‘ra faoliyatdagi sanoat korxonalari tomonidan 2129,5 mlrd.so‘mlik (108,8%) sanoat mahsulotlari va 1306,2 mlrd.so‘mlik (105,8%) xalq iste’moli mollari ishlab chiqarilib, soha prognozi mos ravishda 1,3 va 0,8 punktga ortig‘i bilan bajarildi.

Sanoat mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarining o‘sishi asosan kichik biznes hissasiga to‘g‘ri kelib, bunda kichik korxonalar va mikrofirmalar xajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 109,4 foizga, yordamchi sanoat xajmlari 127,3 foizga o‘sishi kuzatilgan bo‘lsa, yakka tartibdagi mexnat faoliyati xamda uy xo‘jaligi faoliyatidagi yaratilgan hajmlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,4 punktga kamayib 96,6 foizni tashkil etdi.  Jami sanoat mahsulotlarining 65,8 foizi kichik biznes sub’ektlari xissasiga to‘g‘ri keldi.

Yirik korxonalarning jami sanoat xajmlaridagi ulushi yuqoriligi bois, hisobot davrida mahsulot ishlab chiqarish xajmlarini pasaytirgan yirik korxonalar umumiy sanoat o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.

Jumladan, joriy yilning yanvar-iyun oylari yakuni bilan yirik sanoat korxonalaridan 7 tasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish xajmlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18,7 mlrd.so‘mga pasaygan. Jumladan,

- Namangan shahridagi  "Nestle Uzbekiston" QKda 5,2 mlrd.so‘mga (2017 yil yakuni bilan korxonaning Toshkent shahrida joylashgan ishlab chiqarish sexi tugatilgan. SHuningdek, yanvar-mart oylari davomida korxonaning ishlab chiqarish quvatlari rejaga ko‘ra joriy ta’mirlanganligi hisobiga ishlab chiqarish hajmlari pasaygan),

- "Karbonam" AJ" MCHJ 1,1 mlrd.so‘mga (Koxonada  ko‘ng‘ir ko‘mir va sellyuloza xom-ashyosini olish uchun aylanma mablag‘lar etishmovchiligi mavjud. Xozirda (davalcheski) tegirmon  usulda ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha shartnomalar tuzilmoqda),

- Kosonsoy tumanidagi "Kosonsoy paxta tolasi" AJda 357,9 mln.so‘mga (Korxonada o‘tgan mavsumdagiga nisbatan kam  paxta xom-ashyosi qayta ishlangan. 2017 yil xosilidan ajratilgan  xom-ashyo to‘liq qayta ishlangan.  Korxonada  2018 yil  mavsumigacha ishlab chiqarish hajmlarida pasayish kuzatiladi),

- Uychi tumanidagi  "Uychi paxta tozalash" AJda 2,3 mlrd.so‘mga (Korxonada o‘tgan mavsumdagiga  nisbatan 455 tonna kam  paxta xom-ashyosi qayta ishlangan. 2017 yil xosilidan ajratilgan xom-ashyo to‘liq qayta ishlanadi.)

- Uchqo‘rg‘on tumanidagi "Uchkurgon paxta tozalash" AJda 4,9 mlrd.so‘mga (Korxonada o‘tgan mavsumdagiga nisbatan 428 tonna kam  paxta xom-ashyosi qayta ishlangan. SHu bilan birga ishlab chiqarish jarayoni urug‘lik paxtani qayta ishlanishi xisobiga  ishlab chiqarish hajmlari kamaygan.)

Viloyatda tarmoqlar bo‘yicha engil sanoati (113,1%), oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqarish (104,8%), asosiy farmatsevtika mahsulotlari va farmatsevtika preparatlari (123,2%), elektr energiyasi, gaz, konditsiyalangan havo ta’minoti (110,2%), metalni qayta ishlash tarmoqlarida (106,8%) mahsulot xajmlari sezilarli ortgani holda, kimyo va elektr uskunalari ishlab chiqarish sanoati tarkibidagi korxonalarida ishlab chiqarish xajmlari keskin kamaygan.    

Hududlar kesimida sanoat maxsulotlari ishlab chiqarish hajmlari bo‘yicha o‘rtacha o‘sishda belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari Kosonsoy tumanida 2,6 punktga (prognoz 106,0%), To‘raqo‘rg‘on tumanida 3,9 punktga (prognoz 110,0%), Uychi tumanida 9,6 punktga (prognoz 111,0%) Uchqo‘rg‘on tumanida 5,5 punktga (prognoz 110,0%) CHortoq tumanida 3,9 punktga (prognoz 104,0%) orqada qolgan.

SHuningdek, halq iste’moli mollari ishlab chiqarish past sur’atlari Mingbuloq tumanida (101,3%), Kosonsoy tumanida (101,6%), Norin tumanida (101,7%), Uychi tumanida (101,3%), CHust tumanida (100,9%), YAngiqo‘rg‘on tumanida (100,3%),  kuzatildi. CHortoq tumanida esa xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha o‘tgan 2017 yilning shu davridan ham (98,6%) past natijaga erishilgan.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari

Viloyatda 2018 yil 1-yarim yillikda 1660,1 mlrd.so‘mlik yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 103,7 foizga bajarildi. (prognoz 103,7%)

Joriy yilning 1-yarim yillik yakuni bilan barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 9,1 ming tonna kartoshka (o‘tgan yilga nisbatan 101%), 20,6 ming tonna sabzavot (105 %), 9,9 ming tonna poliz (103%), 48,7 ming tonna meva (104%), 61,9 ming tonna go‘sht (106%), 279,3 ming tonna sut (105%) va 225,8 mln dona tuxum (102%) mahsulotlari ishlab chiqarilib, prognoz parametrlari bajarildi.

CHakana savdo.

Hisobot davrida chakana savdo aylanmasi viloyat bo‘yicha
3905,8 mlrd.so‘m yoki 104,9 foizni  tashkil etib, prognoz parametrlariga nisbatan 0,4 punktga bajarildi. (prognoz 104,5%) .  

Jumladan, yirik korxonalar tomonidan 287,7 mlrd.so‘mlik chakana savdo ishlari bajarilib, (jami chakana savdo hajmidagi ulushi 7,4 foiz) o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 104,7 foizni tashkil etgan.

SHu bilan birgalikda kichik korxonalar va mikrofirmalar tomonidan chakana savdo hajmining o‘sish sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 107,2  foiz bo‘lib, jami chakana savdo hajmidagi ulushi 19,2 foizni tashkil etdi. YAkka tartibdagi mehnat faoliyati esa mos ravishda 104,4 foiz bo‘lib, 2869,2 mlrd.so‘mni yoki jami chakana savdo hajmidagi ulushi 73,5 foizni tashkil etdi.

Hududlar bo‘yicha ko‘rilganda, chakana savdo aylanmasi Namangan shahri (o‘sish sur’ati 107,6%), Uychi tumani (102,2%), Uchqo‘rg‘on (103,2%) va CHust (110,6%) tumanlarida o‘sish sur’atlari yuqori bo‘ldi.

 

  1. Soliq va byudjet tushumlari ijrosi.

Namangan viloyat mahalliy byudjetining 2018 yil II-chorak uchun belgilangan rejasini ortig‘i bilan bajarish shuningdek, qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha viloyat tashkilotlarining rahbar va ma’sul xodimlari bilan birgalikda shahar va tumanlarda tizimli ish tashkil etib kelinmoqda.

Viloyatda daromadlar rejasini bajarilishi holatidan kelib chiqqan holda, daromadlar tushumi qiyin kechayotgan hududlarda daromadlar tushumini bir maromda tushushini ta’minlash maqsadida shahar va tumanlarga iqtisodiy tashkilot raxbarlari biriktirilib, kunlik ish tashkil etildi.

Viloyat mahalliy byudjetining 2018 yil II-choragi uchun 291,1 mlrd.so‘m, shundan iyun oyi uchun 106,1 mlrd.so‘m reja tasdiqlangan.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida rejaga nisbatan joriy yilning 1 iyul holatiga viloyat mahalliy byudjetiga 342,6 mlrd.so‘m daromad kelib tushib, 2-chorak rejasi 117,3 foizga yoki mahalliy soliqlar bo‘yicha 51,5 mlrd.so‘m qo‘shimcha daromadlar tushumi ta’minlandi.

Iyun oyining o‘zida 126,3 mlrd.so‘m mahalliy byudjet daromadlari undirilib, reja 120,0 foizga  bajarildi.

SHuningdek, hududlarga biriktirilgan viloyat, shahar va tumanlar  vakillari tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida viloyat mahalliy byudjetiga joriy yilning 1 iyul kuniga qadar 10241 ta holatda jami 24 314,6 mln.so‘m qo‘shimcha mablag‘lar aniqlanib, shundan 13 271,3 mln.so‘mi mahalliy byudjetga to‘liq undirildi.

Jumladan:

  1. YUridik va jismoniy shaxslar tomonidan o‘tgan yilning mos davriga nisbatan kam soliq to‘lagan korxonalarni kameral nazoratdan o‘tkazildi. Xususan, 2387 ta holatda 15 505,1 mln.so‘m qo‘shimcha mablag‘lar hisoblanib, bugungi kunga qadar 3 717,7 mln.so‘mi undirildi.
  2. Ishchilar sonini 1 tadan 3 tagacha ko‘rsatgan korxonalarda joyiga chiqqan holda o‘rganishlar o‘tkazilib, 1111 ta holatda qonun buzilishlari aniqlandi va buning hisobiga 916,1 mln.so‘m qo‘shimcha mablag‘lar hisoblanib, bugungi kunga qadar 414,9 mln.so‘mi undirildi.
  3. Xonadonlarda va boshqa ob’ektlar (yamalar)da davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tashkil etilgan sexlarni, xorijda ishlab chiqarilgan va norasmiy tarzda respublika hududiga olib kirilgan tovarlar bilan savdo qilayotgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha 55 ta holatda noqonuniy ravishda olib borilayotgan sexlar aniqlanib, soliq va yagona darcha oynalari tomonidan ro‘yhatga olinib, to‘liq bartaraf etildi va buning hisobiga 27,1 mln.so‘m qo‘shimcha manba yaratildi.
  4. Xufiyona faoliyatini amalga oshiruvchi sub’ektlar faoliyatini o‘rganish bo‘yicha 243 ta holatda qonun buzilishlari aniqlandi va buning hisobiga 2 886,3 mln.so‘m qo‘shimcha mablag‘lar hisoblanib, bugungi kunga qadar 382,4 mln.so‘mi undirildi.
  5. Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarni aniqlash yo‘nalishi bo‘yicha 839 ta holatda qonun buzilishlari aniqlandi va buning hisobiga 248,6 mln.so‘m qo‘shimcha manba yaratildi.
  6. YAkka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan norasmiy yollanma xodimlarni aniqlash va faoliyatlarini qonuniylashtirish bo‘yicha 426 ta holatda qonun buzilishlari aniqlandi va buning hisobiga 55,5 mln.so‘m qo‘shimcha manba yaratildi.
  7. Faoliyatini vaqtincha yoki butunlay to‘xtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlarni faoliyatini o‘rganish bo‘yicha 364 ta holatda qonun buzilishlari aniqlandi va buning hisobiga 93,5 mln.so‘m qo‘shimcha manba yaratildi.
  8. Bozorlar va savdo komplekslarida xronometrajlar o‘tkazish orqali daromadlarini oshirish bo‘yicha barcha bozorlarda o‘rganish o‘tkazilib, oy yakuni bilan 248,2 mln.so‘m qo‘shimcha manba yaratildi va undirilishi yuzasidan Namangan shahar va barcha tuman davlat soliq inspeksiyasi tomonidan nazoratga olindi.
  9. Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda soliq qarzini undirish bo‘yicha oy boshidan 1314 ta xolatda jami 5 887,5 mln.so‘m undirildi.
  10. Er va mol-mulk soliq qarzini undirish bo‘yicha 2745 ta holatda 1 438,5 mln.so‘m qo‘shimcha mablag‘lar hisoblanib, bugungi kunga qadar to‘liq undirildi.

Boqimanda qarzdorliklar bo‘yicha.

Viloyat bo‘yicha 2018 yilning 1 iyul holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning byudjetdan mavjud bo‘lgan joriy soliq qarzdorliklari 24,9 mlrd.so‘mni tashkil etib, amalga oshirilgan ishlar natijasida yil boshiga (32,5 mlrd.so‘m) nisbatan 7,6 mlrd.so‘mga kamaydi.

Soliq qarzining asosiy qismi vazirliklar kesimida tahlil qilinganda “O‘zdonmahsulot” AKda 12,5 mlrd.so‘m yoki jami soliq qarzining 50,0 foizi, 2,6 mlrd.so‘m yoki jami soliq qarzining 10,3 foizi “O‘zkimyosanoat”ga hamda 2,6 mlrd.so‘m (10,3 %) fermer xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelmoqda.

Hududlar kesimida byudjet oldida soliq qarzining 13,2 mlrd.so‘mi Namangan shahriga, 3,7 mlrd.so‘mi Uchqo‘rg‘onga hamda 2,0 mlrd.so‘mi CHortoq tumaniga to‘g‘ri keladi

III. Naqd pul tushumi rejasining bajarilishi.

Joriy yilning 1-yarim yilligi davomida bank kassalariga jami
3,2 trln.so‘m (shundan, naqd pulda 1,8 trln.so‘mi, 1,4 trln.so‘mi savdo terminali orkali) tushum kirim qilingan.

Ushbu mablag‘larning 1,8 trln.so‘mi (naqd pulda 8,6 mlrd.so‘mi, 994,0 mlrd.so‘mi plastik karta orqali) savdo xizmati va 495,8 mlrd.so‘mi (naqd pulda 214,7 mlrd.so‘mi 281,1 mlrd.so‘mi plastik karta orqali) pullik xizmat ko‘rsatish xizmatlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Ijtimoiy to‘lovlarning to‘lanishi to‘g‘risida:

2018 yilning 6 oyi davomida 1,7 trln.so‘mlik ijtimoiy to‘lovlarni to‘liq to‘lanishi ta’minlandi. SHundan, pensiya to‘lovlari 694,2 mlrd.so‘m (naqd pulda 657,4 mlrd.so‘mi, 36,8 mlrd.so‘mi plastik karta orqali),  byudjet to‘lovlari 727,0 mlrd.so‘mi (naqd pulda 216,7 mlrd.so‘m, 510,2 mlrd.so‘mi plastik karta orqali) nafaqa to‘lovlari 77,1 mlrd.so‘m (naqd pulda 7,2 mlrd.so‘m, 69,9 mlrd.so‘mi plastik karta orqali) to‘landi.

Joriy iyun oyida bank kassalariga jami 536,6 mlrd.so‘m (shundan, naqd pulda 273,0 mlrd.so‘mi, 263,6 mlrd.so‘mi savdo terminali orkali) kirim qilindi.

Ijtimoiy to‘lovlarning to‘lanishi to‘g‘risida:

Iyun oyining 292,6 mlrd.so‘mlik ijtimoiy to‘lovlarni to‘liq to‘lanishi ta’minlandi. SHundan, pensiya to‘lovlari 116,5 mlrd.so‘m (naqd pulda 110,1 mlrd.so‘mi, 6,4 mlrd.so‘mi plastik karta orqali),  byudjet to‘lovlari 162,9 mlrd.so‘mi (naqd pulda 47,9 mlrd.so‘m, 114,9 mlrd.so‘mi plastik karta orqali) nafaqa to‘lovlari 13,2 mlrd.so‘m (naqd pulda 1,3 mlrd.so‘m, 11,9 mlrd.so‘mi plastik karta orqali) to‘landi.

  1. ITakroriy ekin bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar.

Muhtaram YUrtboshimizning 2018 yil 29 may kuni “2018 yil g‘alla hosilidan bo‘shagan maydonlarda takroriy eksportbop ekinlarni ekish, parvarishlash va etishtiriladigan hosilni nes-nobud qilmasdan yig‘ib olish to‘g‘risida” o‘tkazilgan respublika videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlarini so‘zsiz ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatda bir qator ishlar amalga oshirildi.

Mazkur topshiriqqa asosan viloyat hokimining 2018 yil 7 iyundagi 438-sonli qarori qabul qilinib, birma-bir vazifalar belgilab olingan.

Jumladan, o‘zim boshchiligimda qishloq xo‘jaligi, ichki ishlar, iqtisodiyot, er resurslari va davlat kadastri, urug‘chilikni rivojlantirish boshqarmalari, markaziy bank va tijorat banklari, shuningdek masalaga aloqador boshqa tashkilotlarning mas’ullaridan iborat viloyat shtabi, tuman hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari boshchiligida tuman shtablari tashkil etilib, tizimli ravishda kunlik ish olib borilmoqda.

Bundan tashqari, har bir tumanga iqtisodiy idoralardan iborat vakillar biriktirilib, takroriy ekin ekish ishlari jadallashtirilmoqda.

Viloyatdagi 3 436 ta fermer xo‘jaliklarini 76 500 gektar g‘alla maydonidan bugungi kunga qadar 59 067 gektari (77,2%) o‘rilib, 50 588 gektar (66,1%) maydon somondan tozalanib, 38 850 gektar (50,8%) maydonda shudgorlash ishlari amalga oshirildi.

2018 yil g‘alla hosilidan bo‘shagan maydonlarga  takroriy ekinlardan jami 57 000 gektar shundan, 8 773 gektar sabzavot, 1 113 gektar kartoshka, 607 gektar poliz, 3 770 gektar kungaboqar, 30 570 gektar dukkakli, 2 080 gektar sholi, 4 809 gektar eryong‘oq, 5 277 gektar ozuqa ekinlari ekilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kungacha 27 437 gektar (48,1%) maydondan 1 431 gektar (16,3%) sabzavot, 58 gektar (5,2%) kartoshka, 430 gektar (70,8%) poliz, 1613 gektar (42,8%) kungaboqar, 16 302 gektar (53,3%) dukkakli, 1 674 gektar (80,5%) sholi, 3 447 gektar (71,7%) eryong‘oq, 2 482 gektar (47,0%) ozuqa ekinlari ekildi.

Viloyatning YAngiqo‘rg‘on va Kosonsoy tumanlarida har mavsumda g‘alla o‘rimining kech boshlanishi hisobiga kartoshka va boshqa mahsulotlarning ekilishi biroz kechikishiga sabab bo‘lmoqda.

Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, 57 000 gektarga ekilishi rejalashtirilgan takroriy ekinlardan jami 327 261 tonna hosil olinishi kutilmoqda.

SHuningdek, takroriy ekindan olinadigan mahsulotlarni qish-bahor oylariga jamg‘arish uchun sotib oluvchi buyurtmachilar bilan fermer xo‘jaliklari o‘rtasida shartnoma tuzish ishlari 100 foizga yakunlandi.

Takroriy ekin hisobidan yig‘ishtirib olinadigan hosildan 80 150 tonna eksportga, 30 480 tonna zaxiraga, 52 890 tonna qayta ishlashga, 139 097 tonna ichki iste’molga, 8 503 tonna urug‘likka etkazib berilishi bo‘yicha barcha hisob-kitoblar ishlab chiqildi.

  1. VI. YAngi ish o‘rinlari bo‘yicha.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 yilda Aholi bandligiga ko‘maklashish davlat dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 3 fevraldagi PQ–3506-son qaroriga asosan viloyat hokimining 2018 yil 18 fevraldagi 132-sonli qarori qabul qilinib, ijrosi doimiy nazorat qilib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2-3 may kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriklariga asosan viloyatda 2018 yilda aholini ish bilan ta’minlash dasturi doirasida barcha yo‘nalishlarda yil davomida jami 69 714 ta yangi ish o‘rni yaratishga doir ko‘rsatkichlarni shahar va tumanlar 4 ta sektorlari bo‘yicha manzilli dasturi ishlab chiqilib, monitoring ishlari olib borilmoqda.

Dastur bajarilishi bo‘yicha.

Joriy yilning 1-yarim yilligi yakuni bo‘yicha 9407 ta, tashrif doirasida berilgan topshiriqqa asosan qo‘shimcha 13986 ta, jami 23393 ta ish o‘rinlari tashkil etish belgilangan.

SHahar va tumanlar ishchi komissiyalar tomonidan olingan tezkor ma’lumotlarga asosan, amalda 26245 ta ish o‘rni yaratilib, dastur ko‘rsatkichlari 112,2 foizga bajarildi.

 

Асосий иқтисодий кўрсаткичлар 2018 йил 2-chorak uchun (Microsoft Excel 664 KB)

 

2018 yilning 2-choragida Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari (Microsoft Excel 698 KB)