Chop etish

“Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to’g’risida” 2016 yil 22 dekabrdagi PQ–2691-son qaroriga muvofiq o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish bo’yicha hokim o’rinbosari ishlarini tashkil qiladi;

hokimlikka kiritilgan takliflarning hamda kotibiyat yuritishi sohasiga kiruvchi masalalar bo’yicha xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalari ko’rib chiqilishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatdan ishlab chiqilishini, qabul qilingan hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi;

tizimli monitoring tashkil etilishini va tegishli tarmoqlar hamda sohalarda iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi to’g’risidagi ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish bo’yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini, tarmoqlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini ta’minlaydi;

hokim va/yoki uning o’rinbosari tomonidan o’tkaziladigan majlislar, shu jumladan, har haftalik apparat yig’ilishlari va turli komissiyalar majlislari materiallari tayyorlanishini va ularda qabul qilingan qarorlar rasmiylashtirilishini ta’minlaydi;

Hokim o’rinbosari kotibiyati to’g’risidagi nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Kotibiyat faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, vakolatiga kiruvchi masalalarni hal qilish bo’yicha yo’nalishlarni va vazifalarni belgilaydi.

Kotibiyatga yuklatilgan vazifalar bo’yicha shaxsan javob beradi. Kapital qurilishda iktisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, qurilish sub’ektlari o’rtasida bozor munosabatlarini joriy etish, pudrat, loyixa ishlari va qurilish materiallari bozorini shakllantirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Tasarrufidagi idoralarda yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlarni tuzadi. Investitsiya dasturlariga muvofiq ravishda qurilishlar manzilli ro’yxatini shakllantirish, byudjet mablag’lari hisobiga barpo etilgan ob’ektlarning o’z vaqtida ishga tushirilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.

Qurilish kompleksida pudrat loyixa ishlariga bo’lgan davlat buyurtmasini tender asosida joylashtirish, shuningdek uning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi.

Hududda yer va shaharsozlik davlat kadastrlarini shakllantirish va yuritish bo’yicha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Qurilishlarni bosh reja asosida amalga oshirilishini ta’minlaydi, shuningdek shaharlar, aholi punktlari qurilishida me’yor va qoidalarga rioya qilinishini nazorat qiladi.

Kommunal xizmat ko’rsatish sohasida islohatlarning chuqurlashtirilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi, kommunal xizmatlar raqobat bozorini shakllantirilishiga imkoniyat yaratadi. Muhandislik ta’minoti xizmatlari doimiy ishlab turishini tashkil etadi.

Transport va aloqa sohasida davlat xizmatlarini ko’rsatish chora-tadbirlarini amalga oshiradi, transport va kommunikatsiya komplekslarida infratuzilmani shakllantiradi, ijro etuvchi hokimiyat tuzilmalariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimlarini joriy etishga ko’mak beradi.

Yo’llar ta’minotiga, transport inshoatlarini rivojlantirish va aholini ichimlik suvi hamda tabiy gaz bilan ta’minlash, shuningdek aholi punktlarini obodonlashtirishni ta’minlash bo’yicha dasturni bajarishga yunaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Resurslarni tejovchi texnologiyalar va mexanizmlar joriy etilishini, yoqilg’i-energetika resurslarni tejalishini ta’minlovchi dasturlarni amalga oshirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Hokimlik soatiga ma’lumotlar tayyorlaydi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Hukumat qarorlari hamda viloyat hokimining mazkur tarmoq bo’yicha qabul qilgan qarorlari va topshiriqlarini bajarilishi va nazorati uchun shaxsan javobgardir.

Microsoft Word ko'rinishida ko'chirib olish (30 KB)