Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Kotibiyat o’z faoliyatini viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari rahbarligida amalga oshiradi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan eng muhim ustuvor vazifalarga muvofiq viloyat,  shaharlar va tumanlarni kompleks rivojlantirish  bo’yicha takliflar ishlab chiqish;

rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini tashkil etish;

normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o’tkazish, shu jumladan ularning ayrim tarmoqlarga va umuman hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qisqa muddatli va uzoq muddatli ta’sirini kompleks baholash.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari,  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari,  O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o’rinbosarlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati, hokim va uning o’rinbosarlari topshiriqlari bo’yicha tegishli tahliliy, ma’lumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi;

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ko’rib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek xalq deputatlari viloyat (shahar) Kengashi va viloyat (shahar) hokimi tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o’tkazilishini ta’minlaydi;

O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etadi, ularning bajarilishini ta’minlash bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlarni va nazorat rejalarini ishlab chiqadi;

muammoli masalalarni hal etish hamda viloyat (shahar) va Toshkent shahrini, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda hokimga  va uning o’rinbosarlariga taqdim etadi;

ijtimoiy sohaning muhim ustuvor vazifalari, davlat dasturlari amalga oshirilishi, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bajarilishi bo’yicha tegishli tizimlangan ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;

xalq deputatlari viloyat (shahar) Kengashi sessiyalari, hududlarning faollari yig’ilishlari, hokim va uning o’rinbosarlari ishtirokida o’tkaziladigan yig’ilishlar va boshqa tadbirlar o’tkazilishini ta’minlaydi, qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini nazorat qiladi;

xalq deputatlari viloyat (shahar) Kengashi va hokimlikning komissiyalari va boshqa ishchi organlari ishlarini tashkil etadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

viloyat (shahar) hokimining mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim va dolzarb masalalari bo’yicha hisoboti xalq deputatlari viloyat (shahar) Kengashi tomonidan eshitilishini tashkillashtirishda sohaga taalluqli materiallarni tayyorlaydi;

viloyat (shahar) hokimligining ish rejasiga kotibiyat yo’nalishi bo’yiyacha masalalarga doir takliflarni kiritadi;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko’rib chiqadi;  

xalq deputatlari viloyat (shahar) Kengashi va viloyat (shahar) hokimligining faoliyati to’g’risida jamoatchilikni belgilangan tartibda xabardor qilishni tashkil etadi.

hokimlikda ko’rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur bo’lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo’linmalaridan, shaharlar va tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan  belgilangan tartibda so’rash va olish;

zarurat bo’lganda,  hokimlikda ko’rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek xalq deputatlari viloyat (shahar) Kengashi va viloyat (shahar) hokimining hujjatlari  loyihalarini tayyorlash uchun davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo’linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlari
va xodimlarini taklif etish, ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlari tashkil etish;

davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo’linmalaridan, shaharlar va tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan xalq deputatlari viloyat (shahar) Kengashi va viloyat (shahar) hokimining hujjatlari va qarorlari loyihalarini puxta qayta ishlashni belgilangan tartibda talab qilish;

hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo’linmalari, shaharlar
va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishtirokida ko’rib chiqilishi  va muhokama qilinishini tashkil etish;

davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo’linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda boshqaruv apparatiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish bilan bog’liq bo’lgan masalalar bo’yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;

davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo’linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlarning normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning, xalq deputatlari viloyat (shahar) Kengashi hujjatlari, viloyat (shahar) hokimining hujjatlari va topshiriqlari, uning o’rinbosarlari topshiriqlari bajarilishi yuzasidan  ishlarini belgilangan tartibda o’rganish.

Viloyat (shahar) hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari kotibiyati mudiri:

Kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi, o’z mutaxassislarning ishlarini tashkil qiladi hamda kotibiyatga mazkur Nizomda belgilangan va yuklangan vazifalar hamda funktsiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi;

kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini ko’rib chiqishda davlat printsiplariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo’yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

tasdiqlangan tuzilmaga va shtatlar ro’yxatiga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, mutaxassislarning kasbiy darajasini va ish malakasini oshirish, ularni rag’batlantirish va ularga jazo choralari ko’rish bo’yicha takliflarni puxta ishlab chiqadi va kiritadi;

mutaxassislar o’rtasida vazifalar taqsimotini, shuningdek bo’linmaning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlashga kiritadi, mutaxassislarning ish rejalarini tasdiqlaydi;

viloyat (shahar) hokimi yoki uning o’rinbosari o’tkazadigan yig’ilishlarda, shu jumladan har haftalik apparat yig’ilishlarida va komissiyalar majlislarida, shuningdek kotibiyatning ish yuritish sohasiga kiruvchi masalalar bo’yicha o’tkaziladigan boshqa yig’ilishlarda qatnashadi;

ish yuritishni belgilangan tartibda olib borishni ta’minlaydi, chiquvchi  xat-xabarlarni imzolaydi.

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech