Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


hokimlikning ish rejasi bajarilishi monitoringini tashkil etadi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati bilan o’zaro hamkorlik qiladi;

ekspertiza natijalari bo’yicha hujjatlar loyihalari haqida hokimga axborot beradi, hokim tomonidan imzolangan hujjatlarga viza qo’yadi va ularning chiqarilishini tashkil etadi;

hokim tomonidan o’tkaziladigan majlislarda, shu jumladan har haftalik apparat yig’ilishlari va turli komissiyalarning kun tartibi loyihalarini shakllantiradi, hokimga tasdiqlatadi va tegishli hujjatlar tayyorlanishini ta’minlaydi;

hokim tomonidan o’tkaziladigan majlislarni tashkil etadi, topshiriqlarni umumlashtiradi, ularning bajarilishini nazorat qiladi, hokimni ularning bajarilishi va natijalari to’g’risida belgilangan muddatlarda xabardor qiladi;

boshqaruv apparatining tarkibiy bo’linmalari bilan birgalikda hokimning ko’rib chiqishi uchun axborot-ma’lumotnoma va boshqa materiallarni, shuningdek hokimning ma’ruzalari va nutqlarini tayyorlaydi;

xalq deputatlari Kengashi hamda hokimning hujjatlari loyihalarini ekspertizadan o’tkazishni tashkil etish va sifatli tayyorlash bo’yicha hokimning o’rinbosarlari bilan o’zaro mustahkam hamkorlik qiladi;

amalga oshirilayotgan xatti-harakatlar to’g’risida jamoatchilikni darhol xabardor qilish hamda hokimlikning faoliyati matbuot, radio, televidenie va butunjahon Internet axborot tarmog’ida xolisona yoritilishi uchun boshqaruv apparatining ommaviy axborot vositalari bilan o’zaro hamkorligini ta’minlaydi;

xalq deputatlari Kengashining va hokimlikning faoliyatini yanada to’liq va xolisona yoritish maqsadida milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlar bilan o’zaro hamkorlik qiladi;

matbuot konferentsiyalari, brifinglar o’tkazish, intervyular olishni va hokimlikning rahbariyati va xodimlari bilan ommaviy axborot vositalari vakillarining boshqa uchrashuvlarini tashkil qiladi;

xalq deputatlari Kengashining va hokimlikning faoliyati masalalari yuzasidan jamoatchilik fikrini hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari nuqtai nazarini o’rganish bo’yicha tahliliy ishlarni amalga oshiradi, hokimlik rahbariyatiga axborot berish uchun matbuotda e’lon qilingan dolzarb materiallar sharhlarini tayyorlaydi;

ommaviy axborot vositalari bilan axborot-ma’lumotnomalarni e’lon qilish ishlarini amalga oshirish uchun xalq deputatlari Kengashi va hokimlik faoliyati to’g’risidagi tahliliy, statistik va boshqa materiallar ma’lumotlarining tizimlashtirilgan bankini tashkil qiladi;

Axborot-tahlil guruhi to’g’risidagi nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

 

Microsoft Word ko'rinishida ko'chirib olish (29 KB)

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech