Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


“Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to’g’risida” 2016 yil 22 dekabrdagi PQ–2691-son qaroriga muvofiq o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish bo’yicha viloyat hokimning birinchi o’rinbosari ishlarini tashkil qiladi;

hokimlikka kiritilgan takliflarning hamda kotibiyat yuritishi sohasiga kiruvchi masalalar bo’yicha xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalari ko’rib chiqilishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatdan ishlab chiqilishini, qabul qilingan hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi;

tizimli monitoring tashkil etilishini va tegishli tarmoqlar hamda sohalarda iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi to’g’risidagi ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish bo’yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini, tarmoqlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini ta’minlaydi;

hokim va/yoki uning o’rinbosari tomonidan o’tkaziladigan majlislar, shu jumladan, har haftalik apparat yig’ilishlari va turli komissiyalar majlislari materiallari tayyorlanishini va ularda qabul qilingan qarorlar rasmiylashtirilishini ta’minlaydi;

Hokim o’rinbosari kotibiyati to’g’risidagi nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Iqtisodiyot va tadbirkorlik bo’yicha birinchi o’rinbosar kotibiyati faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi. Viloyat hokimining tegishli qaror va farmoyishlarining bajarilishini tashkil qiladi va umumiy nazoratga oladi. Ishni rejalashtiradi, kotibiyat vakolatlariga kiruvchi masalalarni hal qilish bo’yicha yo’nalishlarni va vazifalarni belgilaydi, taqsimlaydi va bajarilishini nazorat qiladi.

Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha maqsadli dasturlar ishlab chiqilishini tashkil etadi va uning ijrosini ta’minlash choralarini ko’radi.

Kotibiyatga yuklatilgan barcha vazifalarning bajarilishi bo’yicha javob beradi, majmua tashkilotlarida o’z vakolatiga kiruvchi masalalar bo’yicha viloyat hokimligi nomidan ish ko’radi, tarmoqdagi tashkilot va muassasalarda islohotlarning amalga oshirishi bo’yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish dasturlari bajarilishini, xorijiy investitsiyalarni jalb etish ishlarini kuchaytirish, viloyatning eksport imkoniyatlarini kengaytirish ishlarini tashkil etadi.

Bank-moliya tizimida islohotlarni chuqurlashtirish, viloyat davlat byudjetini ishlab chiqish va uning bajarilishini tashkil etish, pul-kredit, soliq siyosatini amalga oshirish, to’lov intizomini mustahkamlash masalalari bilan shug’ullanadi.

Xalq iste’moli mollari va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va aholini bu mahsulotlar bilan ta’minlashni tashkil etadi. Aholiga savdo, maishiy va boshqa xizmatlar ko’rsatishni rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtiradi.

Kotibiyat ishini yaxshilash va kotibiyat xodimlarining ish malakasini oshirishga oid chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Iqtisodiyot va ijtimoiy sohada davlat siyosatini amalga oshirish masalalari bilan shug’ullanadi.

Sohaga taa’luqli maqsadli dasturlarning ijrosini tashkil etadi.

Kotibiyatning ijro intizomini mustahkamlash bilan shaxsan shug’ullanadi. Ahvolni tanqidiy tahlil qilib boradi va tegishli choralar ko’rish to’g’risida takliflar kiritadi. Tizimdagi kadrlar izlash, tarbiyalash, malaka va tajribasini oshirish, o’qitish masalalari bilan doimiy shug’ullanadi.

Kotibiyatdagi tashkilotlar bilan belgilangan tartibda yig’ilishlar o’tkazib, zarur ko’rsatma, topshiriq va tavsiyalar beradi. Ishni tashkil etish uchun hisobotni va kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar bo’yicha boshqa axborotlarni qonunda belgilangan tartibda talab qilib oladi.

Xalq deputatlari viloyat kengashining domiy komissiyalari bilan hamkorlikda ish olib boradi.

Kotibiyat ishini yaxshilash va kotibiyat xodimlarining ish malakasini oshirishga oid chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Microsoft Word ko'rinishida yuklab olish (31 KB)

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech