Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Devonining, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bevosita hokimga yo’llangan yozma topshiriqlari to’g’risida o’z vaqtida axborot berilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi va hokimning rezolyutsiyasiga muvofiq uning ijrosini tashkil etadi;

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Devoni, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshiriqlari bajarilishini nazorat qilish va tahlil etishni ta’minlaydi, topshiriqlarning bajarilishi va natijalari to’g’risida hokimga axborot beradi;

hokimning joriy ish rejalarini shakllantirishda ishtirok etadi va ularning ijrosini tashkil qiladi;

hokimning nomiga tushgan xat-xabarlarni tahlil qiladi, puxta ekspertizadan o’tkazadi, zaruriyat bo’lganda, boshqaruv apparatining tarkibiy bo’linmalari bilan birgalikda tegishli topshiriqlarni (fishkalarni) tayyorlaydi, tegishli materiallar haqida hokimga axborot beradi va imzolangan topshiriqlarning belgilangan tartibda ijrochilarga yuborilishini tashkil etadi;

jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining hokim tomonidan qabul qilinishini tashkil etadi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning og’zaki, yozma va elektron murojaatlarini, virtual qabulxonalarga kelib tushgan murojaatlarning ko’rib chiqilishi natijalari bo’yicha qabul qilingan topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;

hokim tomonidan yuklangan va funktsional vazifalarda nazarda tutilgan boshqa funktsiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.

 

Microsoft Word ko'rinishida yuklab olish (24 KB)

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech