Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


 

Ijrochi hamkor: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

Loyiha muddati: 2013 yil- 2017 yil, sentyabr

Tajriba hududlari: Jizzax, Namangan va Toshkent viloyatlari

 
  Vazifalar: Mahalliy hukumat organlari faooliyatini yaxshilash yo‘li bilan O‘zbekistonda ancha samarali, hisobdor va inklyuziv mahalliy boshqaruv tizimini rivojlantirish, ularning hisobdorligi va ochiqligini oshirish hamda mahalliy boshqaruvda fuqarolarning ishtirokini ko‘tarish.
  2010-2013 yillarda amalga oshirilgan mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha birinchi Loyihaning muvaffaqiyatlariga asoslangan holda, BMTTD loyihasi/2-bosqich viloyat va tumanlar miqyosida hukumat organlarining ma’muriy va moliya-byudjet vakolatlarini markazlashgan tizimdan markazlashmagan tizimga o‘tkazish jarayonlarini boshqarishda mahalliy hukumat organlari salohiyatini oshirish bo‘yicha hukumat olib borayotgan ishlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
 
BMTTD loyihasi birinchi bosqichining yutuqlari:
 
· “E-Hujjat” Elektron hujjat almashish tizimi (EHAT) yangilandi; Jizzax va Namangan viloyatlarining 27 ta hokimliklarida EHAD joriy etildi; hokimliklarning 300 dan ortiq xodimlari uchun AKT malakalarini takomillashtirish bo‘yicha treninglar o‘tkazilib, ularga elektron imzolar berildi;
· Fuqarolarning hokimliklar faoliyati haqidagi ma’lumotlarni bemalol olishlarini ta’minlash maqsadida Jizzax va Namangan viloyati hokimliklari qoshida, shuningdek Jizzax va Namangan shahar xokimliklarida va Zomin va Yangiqo‘rg‘on tuman hokimliklarida 6 (olti)ta zamonaviy Axborot xizmatlari markazlari ochildi;
· Jizzax va Namangan shaharlarida fuqarolarning davlat xizmatlaridan ochiq foydalanishlari uchun 2 (ikki)ta Yagona ryna markazlari tashkil etildi;
· Mahalliy boshqaruv organlarining mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirish va xarajat qismini boshqarish sohasidagi huquqlarini mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi;
· Jizzax va Namangan viloyatlari uchun Hududiy rivojlanish strategiyasi (HRS) yaratildi.
· Zomin tumani tajribasi asosida qishloq turizmini rivojlantirish modeli ishlab chiqildi.
 
BMTTD loyihasi/2-bosqichining faoliyat sohalari:
 
   Faoliyatning 1- natijasi: Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish va mahalliy hukumat va boshqaruv organlari ma’muriy salohiyatini mustahkamlash
   BMTTD loyihasi/2-bosqich davlat boshqaruvi va mahalliy rivojlanishni isloh qilish maqsadida mahalliy boshqaruvni aniqlash va isloh qilishda hukumatga ko‘maklashadi. Loyiha “Joylardagi davlat hukumati to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri bo‘yicha ish olib boradi va hukumatning turli darajalarida vakolat va vazifalarning aniq taqsimlanishi, shuningdek ularni moliyalash mexanizmi, hukumatning turli tarmoqlari o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimini yaratishga alohida e’tibor qaratadi.
   Faoliyatning 2- natijasi: barqaro rivojlanishni ta’minlash, mahalliy byudjetlarni rejalashtirish va ularning ijrosi bo‘yicha moliyani sifatli hamda ochiq-oydin boshqarish maqsadlarida mahalliy hukumat va boshqaruv organlari vakolatlarini, hisobdorlikni kuchaytirish
   Loyihaning ikkinchi bosqichida byudjetni mahalliy rejalashtirish va uning ijrosini moliyaviy boshqarish, shuningdek mahalliy darajadagi moliyaviy ochiq oydinlik masalalari bo‘yicha avval erishilgan yutuqlarni kengaytirish va mustahkamlash yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat davom ettiriladi. Mazkur faoliyat Mahalliy rivojlanish strategiyasiga muvofiq hokimliklarning qaror qabul qilishlarida fuqarolarning ishtirokiga ko‘maklashadi.
   Faoliyatning 3-natijasi: mahalliy ijro va vakillik hukumatlari faoliyatining demokratik hisobdorlik va ochiq-oydinligini oshirish, shuningdek mahalliy darajada qarorlar qabul qilishda jamoatchilikning faol ishtirokiini ta’mminlash
  Dastur barqaror mahalliy rivojlanish manfaatlari doirasida jamoatchilik va mahalliy boshqaruv organlari o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash uchun muhim vosita sanaladigan “Davlat hukumati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiq-oydinligi to‘g‘risida”gi Qonunni amalga oshirishga qaratilgan bo‘ladi. BMTTD loyihasi/2-bosqichi fuqarolarning jalb qilinishi jarayonlarini mustahkamlash va huquqiy jamiyatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Tajriba hududlarida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining faoliyati, alohida vazifalar bo‘lgan mahalliy byudjet ijrosini nazorat qilish hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturining amalga oshirilishini monitoring qilish, shuningdek, tegishli moddiy resurslar ajratish yo‘li bilan ularning salohiyatini oshirish bo‘yicha majmuaviy dasturni amalga oshirish yordamida takomillashtiriladi.
BMTTD loyihasi/2-bosqich faoliyatidan kutilayotgan natijalar:
 
· BMTTD loyihasi/1-bosqichi yutuqlarini yanada kengaytirish (mahalliy boshqaruv organlarining Axborot xizmatlari, Yagona oyna markazlari, «e-Hujjat» EHAT, qishloq turizmi va HRS);
· Mahalliy darajada xizmat ko‘rsatishning ko‘p qirrali mexanizmiga integratsiya qilish maqsadida davlat xizmatlarining vertikal funksional tahlili uslubiyotini/siyosatini ishlab chiqish;
· Huquqiy hujjatlar tuzish, vakillik va nazorat vazifalarini mustahkamlash yordamida mahalliy Kengashlarning salohiyatini oshirish;
· “Joylardagi davlat hukumati to‘g‘risida”gi Qonunga taklif-o‘zgartirishlarni ishlab chiqish;
· Davlat boshqaruv akademiyasiga uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishda ko‘maklashish;
· Mahalliy boshqaruv organlarining odil rivojlanishi, hisobdorligi, shuningdek moliyaviy boshqaruv sifati va ochiq oydinligi sohasida fuqarolarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish;
· Tajriba hududlarida mahalliy rivojlanish strategiyasi bo‘yicha muqobil amaliyotni rivojlantirish.
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech