Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


  1. Makroiqtisodiy o’zgarishlar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan 2016 yil 15 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining yig’ilishida belgilab berilgan «2016 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yo’nalishlari» bo’yicha vazifalarni amalga oshirilishi, shuningdek, Hukumat tomonidan qabul qilingan tarmoq dasturlari va qarorlarida belgilangan parametrlarni viloyatda ijrosini ta’minlanishi hisobiga 2016 yil 1-yarim yillik yakuni bilan iqtisodiyotning barcha sohalarida barqaror o’sish sur’atlari ta’minlandi.

Xususan, hisobot davrida yalpi hududiy mahsulot hajmining (YaHM) o’sish sur’ati 9,2 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 12,7 foizga, qishloq xo’jaligi 8,6 foizga, kapital qo’yilmalar 9,8 foizga, qurilish ishlari 12,0 foiz, chakana savdo aylanmasi 13,2 foiz va pullik xizmat ko’rsatish hajmi 12,9 foizga o’sishi ta’minlandi.

Shuningdek, YaHMdagi sanoatning ulushi 14,5 foizni (2015 yil 1-yarim yilligida 14,4%), qishloq xo’jaligi 13,7 foizni (13,6%), qurilish 9,4 foizni (9,4%), transport va aloqa 14,3 foizni (14,3%) va boshqalar 36,9 foizni (37,1%) tashkil etgan. Kichik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi esa 70,0 foizga (69,5%) va xizmatlar ulushi 57,6 foizga to’g’ri kelgan.

  1. Investitsiya siyosati va real sektor tarmoqlari rivojlanishi.
  2. Davlat Investitsiya dasturi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2016 yilgi Investitsiya dasturi to’g’risida”gi PQ-2458-sonli qaroriga asosan hisobot davrida markazlashgan mablag’lar hisobidan rekonstruktsiya hisobiga 11 ta sog’liqni saqlash muassasalari, 1 ta kasb-hunar kolleji, 1 ta akademik litsey va 18 ta umumta’lim maktablari hamda kapital ta’mirlash hisobiga 5 ta  kasb-hunar kollejlari, 3 ta umumta’lim maktablari qurilish-montaj ishlari uchun 48,0 mlrd.so’mdan ortiq mablag’lar o’zlashtirilib, 47,2 mlrd so’mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi.

Natijada, rekonstruktsiya hisobiga 4 ta umumta’lim maktablari (Namangan shahridagi 44-,50-, va 55-sonli hamda Chortoq tumanidagi 39-sonli umumta’lim maktablari) hamda Yangiqo’rg’on tumanidagi iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji foydalanishga topshirilishi ta’minlandi.

Bundan tashqari, “Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi” hisobidan jami 17 ta jumladan, 13 ta maktablar uchun sport zal, 2 ta bolalar va o’smirlar sport maktabi va 2 ta bolalar musiqa va san’at maktabi ob’yektlarida qurilish ishlari olib borildi. Mazkur ob’yektlarda 16 mlrd.so’m mablag’lar o’zlashtirilib, 15,5 mlrd.so’mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi. 1-yarim yillik yakuni bilan 8 ta maktablar uchun sport zallar foydalanishga topshirildi.

2016 yil yanvar-iyun oylarida 511,5 ming kv.m turar joylar  qurilib, 1-yarim yillik reja 108,0 foizga bajarildi. shuningdek, 105,4 km ichimlik suvi va 11,7 km tabiiy gaz tarmoqlari tortilib, 1-yarim yillik rejaga nisbatan 104,8 va 365,6 foiz o’sishga erishildi.

2016 yilning 6 oyi davomida 124,0 mln.dollarlik xorijiy investitsiyalar o’zlashtirilib, shundan 7,0 mln.dollari to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hisobiga to’g’ri keldi (Misol uchun: Chortoq tumanidagi "Chartak Resorts" MCHJda 2,5 mln.dollar, Uchqo’rg’on tumanidagi “UCHKURGAN TEXTILE” MCHJda 1,5 mln.dollar).

Joriy yilda viloyatimizning 11 ta tumanlaridagi 27 ta massivlarida 911 ta namunaviy uy-joylar qurilishi belgilangan. Ob’yektlarning umumiy qiymati 156 mlrd so’mni tashkil etib, 1-yarim yillikda bajarilgan qurilish montaj ishlari 93,4 mlrd.so’mni tashkil etib, 87,8 mlrd.so’m mablag’ moliyalashtirib berilgan. 2016 yil yanvar-iyun oylari yakuni bilan 420 ta namunaviy uy-joylar foydalanishga topshirildi. Mustaqillik bayrami arafasida 911 ta na’munaviy uylarning barchasini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.   

Amalga oshirilgan ishlar hisobiga 2016 yil 6 oy yakuni bilan 1183,4 mlrd.so’mlik kapital mablag’lar o’zlashtirilib, 2015 yilning mos davriga nisbatan 109,8 foizga o’sishga erishildi yoki belgilangan prognoz 0,8 punktga ortdi (prognoz 109,0%). Bajarilgan qurilish ishlari hajmi  esa 590,1 mlrd.so’mni tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 112,0 foizga o’sishga yoki belgilangan prognoz bajarilishiga erishildi.

  1. Hududiy investitsiya dasturi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2016 yilgi Investitsiya dasturi to’g’risida”gi PQ-2458-sonli qarori asosida viloyat hokimining 2016 yil 5 martdagi “Namangan viloyatining 2016 yil Hududiy investitsiya dasturi to’g’risida”gi 96-sonli qarori qabul qilingan.

Mazkur qarorga asosan markazlashgan investitsiyalar hisobidan 16,8 mlrd.so’m, nomarkazlashgan investitsiyalar hisobidan 564,2 mlrd.so’m jami 581,0 mlrd.so’m miqdorida kapital mablag’lar o’zlashtirilishi rejalashtirilgan.

Jumladan, 2,4 mlrd.so’m mahalliy byudjet, korxona va tashkilotlarning o’z mablag’lari hisobidan 240,9 mlrd.so’m, bank krediti mablag’lari hisobidan 189,8 mlrd.so’m, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hisobidan 49,9 mlrd.so’m hajmida investitsiya jalb etilishi ko’zda tutilgan.

Mazkur qarorga asosan, sanoatni rivojlantirish bo’yicha 77 ta, qishloq xo’jaligini rivojlantirish sohasida 451 ta, xizmat va servisni rivojlantirish sohasida 621 ta, ijtimoiy soha hamda boshqa soha ob’yektlarini rivojlantirish borasida 30 ta, jami 1179 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu ishlar natijasida 8578 nafar ish o’rinlari yaratilishi belgilangan.

2016 yilning yanvar-iyun oylari yakuni bilan korxona va tashkilotlarning o’z mablag’lari hisobidan 89,6 mlrd.so’m, bank krediti mablag’lari hisobidan 61,5 mlrd.so’m, to’g’ridan-to’g’ri horijiy investitsiyalar hisobidan 12,2 mlrd.so’m hamda boshqa manbalar hisobidan 18,4 mlrd.so’m jami 183,4 mlrd.so’m miqdorida kapital mablag’lar o’zlashtirilib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 109,1 foizga o’sishi ta’minlandi.

O’zlashtirilgan kapital mablag’lar hisobiga 77 ta sanoat, 230 ta xizmat ko’rsatish va servis hamda 282 ta qishloq xo’jaligi, jami 589 ta investitsiya loyihalari ishga tushirildi.

Aholiga zamonaviy va sifatli xizmat ko’rsatish sohasida ham sezilarli ishlar olib borilmoqda. Joriy yil 1-yarim yil yakuni bilan 230 ta savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shahobchalari foydalanishga topshirildi. Bu ishlarga 35,4 mlrd.so’mdan (28,7 mlrd.so’m o’z mablag’i, 6,7 mlrd.so’m bank krediti mablag’lari) ortiq kapital mablag’lar sarflandi. Natijada 1136 nafar yangi ish o’rinlari yaratildi.

Hisobot davri yakuni bilan 77 ta ishlab chiqarish ob’yektlari foydalanishga topshirildi. Ushbu loyihalarda jami 41,7 mlrd.so’m (16,3 mlrd.so’m o’z mablag’i, 24,2 mlrd.so’m bank krediti mablag’lari) miqdorida investitsiyalar o’zlashtirilib, 972 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Shu bilan birga, qishloq xo’jaligi sohasida hisobot yakuni bilan 282 ta  loyihalar to’la amalga oshirilib foydalanishga topshirildi. Ushbu loyihalarda jami 71,7 mlrd.so’m (44,6 mlrd.so’m o’z mablag’lari, 27,2 mlrd.so’m bank krediti) miqdorida investitsiyalar o’zlashtirilib, 1830 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Bundan tashqari, Hududiy investitsiya dasturiga asosan joriy yilda 15 ta loyihalar bo’yicha 17,3 mln.dollar miqdorida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi ko’zda tutilgan. Xisobot yakuni bilan amalda dastur doirasidagi hamda qo’shimcha loyihalar bilan birgalikda 4,4 mln.dollar miqdorida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etildi.

Jumladan, Namangan shahardagi "Verigrow Ipagi" MCHJ shaklidagi XK 150 ming.dollar, Chortoq tumanidagi "Chartak Resorts" MCHJda  2,5 mln.dollar hamda qo’shimcha loyiha hisobiga To’raqo’rg’on tumanidagi "PACKING INDUSTRIES " MCHJda 200,0 ming dollar, Uchqo’rg’on tumanidagi “UCHKURGAN TEXTILE” MCHJda 1,5 mln.dollar jami 4,4 mln.dollar miqdorida to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyalar o’zlashtirildi.

  1. Transport va aloqa, yo’l infratuzilmasi.

2016 yilda yo’l dasturiga kiritilgan 31 ta umumfoydalanuvdagi avtomobil yo’llarida 25,0 km avtomobil yo’llarini rekonstruktsiya va ta’mirlash ishlariga 81,9 mlrd.so’mlik ish hajmlari bajarilishi rejalashtirilgan.

2016 yil 1-yarim yili yakuni bilan barcha ob’yektlarda 4,5 mlrd.so’mlik ish hajmlari bajarildi.

Shundan, dasturdagi umumfoydalanuvdagi 8 ta mahalliy ahamiyatdagi 23,0 km avtomobil yo’llariga jami 6,5 mlrd.so’m mablag’ ajratilgan bo’lib, amalda hisobot yakuni bilan 1,0 mlrd so’m qurilish ishlari bajarildi.

Xalqaro ahamiyatdagi 4 ta ob’yektlarda yanvar-iyun oylari yakuni bilan 7,6 mlrd so’m miqdorida ish hajmlari bajarilishi belgilangan bo’lib, amalda 3,1 mlrd. so’mlik ish hajmlari bajarilib, 1-yarim yil yakuni rejasining 41,1 foizi bajarildi.

Davlat va mahalliy ahamiyatidagi yo’llarda 2015 yilda bajariladigan ob’yektlar Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 1 maydagi 108-sonli qarori bilan tasdiqlandi.

Hisobot yakunida mazkur ob’yektlarda 1,4 mlrd.so’mlik qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilib, belgilangan grafik 56,6 foizga bajarildi.

Shu bilan birga, muhim strategik ahamiyatga ega bo’lgan yirik loyihalardan uzunligi 122,7 km bo’lgan Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo’l qurilishi ob’yektida juda katta hajmdagi qurilish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, loyiha bo’yicha 391,5 mlrd.so’m miqdorida investitsiya o’zlashtirilib, 371,2 mlrd.so’mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi. Ob’yektda o’zlashtirilgan mablag’lardan 64,6 mlrd.so’m byudjet, 127,3 mlrd.so’m “O’zbekiston Temir yo’llari” DAK o’z mablag’lari, Davlat kafolati ostidagi xorijiy investitsiyalar 197,8 mlrd.so’m hamda 1,7 mlrd.so’m O’zbekiston Respublikasini Rivojlantirish jamg’armasi hisobiga to’g’ri keldi.

To’raqo’rg’on tumanidagi 450 MVt quvvatidagi 2 ta blok jami 900 MVt quvvatidagi yangi issiqlik elektr stantsiyasi qurilishida “O’zbekenergo” DAK o’z mablag’lari hisobidan 1,3 mlrd.so’m miqdorida investitsiya hamda hukumat kafolati ostida 1,2 mlrd.so’m (410 ming AQSH dollari) chet el krediti o’zlashtirilishi ta’minlandi. Bugungi kunda bosh pudratchi “Sirdaryo IES qurilish” unitar korxonasi tomonidan 1 va 2 kirish avtomobil yo’llari, 2 ta mashinaga mo’ljallangan yong’in xavfsizligi bo’limi, direktsiya uchun ma’muriy bino, xo’jalik ehtiyoji uchun suv tarmog’i qurilishi, 2 ta ko’p qavatli turar-joy binolari qurilishi, 150 o’rinli oshxona qurilish va tashqi aloqa tarmog’i tortish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, barcha manbalar hisobidan 511,4 ming kv.m. turar-joy, 105,4 km ichimlik suvi va 11,7 km tabiiy gaz tarmoqlari foydalanishga topshirildi.

III. Sanoat.

Viloyatda 2016 yilning yanvar-iyun oylari yakuni bilan 3200 dan ziyod faoliyat ko’rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan hisobot davrida 1546,6 mlrd.so’mlik (112,7%) sanoat mahsulotlari, 966,1 mlrd.so’m (113,0%) xalq iste’moli mollari ishlab chiqarilib, prognoz (112,6% va 113,0%) parametrlari to’liq ta’minlandi.

Viloyatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida eng avvalo yuqori salmoqqa ega yengil sanoat, oziq-ovqat, mashinasozlik va qolgan sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantirish dasturlari bo’yicha qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, hisobot davrida yengil sanoat tarmog’ida o’sish sur’ati 11,6 foiz, oziq-ovqat sanoatida 15,2 foizni tashkil etgan holda umumiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi yengil sanoat (36,6%) va oziq-ovqat sanoati (29,0%) tarmoqlari hissasiga to’g’ri keldi.

Shu davrda aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari  591,7 ming so’m va aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish  369,6 ming so’mni tashkil etib, 2015 yilning shu davriga nisbatan mos holatda 82,9 ming so’m va 36,1 ming so’mga ko’p yoki 110,6 foiz va 110,8 foizga o’sishiga erishildi.

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 noyabrdagi “2016-2019 yillarda Namangan viloyati sanoati saloxiyatini rivojlantirish Dasturi to’g’risida”gi PQ-2439-sonli qarori ijrosi to’g’risida.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 noyabrdagi “2016-2019 yillarda Namangan viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish Dasturi to’g’risida”gi PQ-2439-sonli qarori doirasida umumiy qiymati 5,0 mlrd.dollarlik 254 ta loyihalarni amalga oshirish va 16 mingdan ortiq ish o’rinlari yaratish belgilangan.

Joriy yilda Dastur doirasida umumiy qiymati 30,9 mln.dollar bo’lgan 57 ta loyihalar amalga oshirish rejalashtirilgan.

Mazkur loyihalarning 5 tasi vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladigan hamda 52 tasi esa hududiy hokimliklar tomonidan amalga oshiriladigan loyihalardan iborat.

O’tgan davr mobaynida viloyat tijorat banklari tomonidan Dasturga asosan 40ga yaqin loyihalarga 10,6 mln.dollar miqdorida kredit mablag’lari ajratildi.

Qaror doirasida yanvar-iyun oylari yakunibilan qiymati 3,1 mln.dollar bo’lgan 17 ta loyihalarni (231 ta ish o’rni) amalga oshirish belgilangan bo’lib, amalda 12,0 mln.dollarlik 30 ta loyihalarni foydalanishga topshirildi va buning natijasida 772 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Misol uchun Namangan shahridagi “Maxsus metall sanoat” MCHJda qiymati 1,6 mln.dollar bo’lgan yuqori bosimda ishlovchi gaz ballon mahsulotlari loyihasi, "Afruz Kamol Nabi" MCHJda loyiha qiymati 1,5 mln.dollar bo’lgan meva-sabzavotlarni quritish loyihasi,  Kosonsoy tumanida "O’rikzor quvonchi" XK tomonidan qiymati 114,8 ming dollar bo’lgan ayollar va bolalar oyoq kiyimlarini yangi modellarini ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi, Uychi tumanidagi "Abdurahmon Asqarovich" MCHJ tomonidan kunga boqar yog’ini ishlab chiqarish va qadoqlash tizimini  modernizatsiyalashtirish loyihalaridir.

  1. “Namangan viloyatini 2016-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ning ijrosi to’g’risida.

“2016-2018 yillarda sanoat salohiyatini rivojlantirish Dasturi” doirasida joriy yilda umumiy qiymati 488,9 mlrd.so’mlik 281 ta loyixalarni amalga oshirish va natijada 8755 ta yangi ish o’rinlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Amalga oshirilishi belgilangan loyihalarni tarmoqlar kesimida ko’rilganda, yengil sanoat yo’nalishida 336,9 mlrd.so’mlik 93 ta loyiha (5019 ta ish o’rni), oziq-ovqat yo’nalishida 26,7 mlrd.so’mlik 58 ta loyiha (665 ta), qurilish materiallari sanoatida 68,8 mlrd.so’mlik 68 ta loyiha (1456 ta), mashinasozlik va metallni qayta ishlash sohasida 9,9 mlrd.so’mlik 16 ta loyiha (246 ta), mebel va qog’oz sanoatida 9,5 mlrd.so’mlik 23 ta (248 ta), kimyo va neftkimyo sohasida 17,3 mlrd.so’mlik 20 ta loyiha (952 ta) hamda farmatsevtika sanoatida 19,6 mlrd.so’mlik 3 ta (164 ta) loyihalar amalga oshirilishi ko’zda tutilgan.  

Dasturga ko’ra joriy yilning 1-yarim yilligida loyiha qiymati 37,5 mlrd.so’mlik 74 ta loyihalarni amalga oshirish va 919 ta yangi ish o’rinlari yaratish belgilangan bo’lib, amalda 77 ta loyihalar ishlab chiqarishga tadbiq etildi va 972 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Foydalanishga topshirilgan loyihalarga 16,3 mlrd.so’m tashabbuskorlarning o’z mablag’i, 24,2 mlrd.so’m bank kreditlari hamda 1,2 mlrd.so’m xorijiy investitsiya mablag’lari jalb etildi.

Amalga oshirilgan loyihalarni tarmoqlar kesimida ko’rilganda yengil sanoat yo’nalishida 6,9 mlrd.so’mlik 17 ta loyiha (217 ta ish o’rni), oziq-ovqat yo’nalishida 4,6 mlrd.so’mlik 20 ta loyiha (159 ta), qurilish materiallari sanoatida 6,1 mlrd.so’mlik 26 ta (295 ta), farmatsevtika sanoatida 19,2 mlrd.so’mlik 2 ta (158 ta) loyihalar foydalanishga topshirildi.

Misol uchun, Namangan shahrida "Natural Frut Jus" MCHJda Meva sharbati ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish (27 ta yangi ish o’rinlari), "Zafar tikuv servis" MCHJda noto’qima mato ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish (22 ta), Mingbuloq tumanida "Raqobat Metal" MCHJ tomonidan metallni qayta ishlash (15 ta), Yangiqo’rg’on tumanida "Hamkor Universal servis" XKda shlakoblok mahsuloti ishlab chiqarishni tashkil etish (30 ta) kabi loyihalar foydalanishga topshirildi.

  1. Mahalliylashtirish dasturi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 11 fevraldagi “2015-2019 yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish to’g’risida”gi PQ-2298-sonli qaroriga asosan 2016 yilda jami 6 ta hududiy tasarrufdagi korxonalarning 8 ta loyihasi bo’yicha 7,4 mlrd.so’mlik mahsulot ishlab chiqarilishi belgilab olingan.

Dastur doirasida yanvar-iyun oylari yakuni bilan 4,0 mlrd.so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi belgilangan bo’lib, amalga oshirilgan ishlar natijasida 4,4 mlrd.so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi hamda 5,2 mlrd.so’mlik mahsulotlar ichki bozorlarga sotildi. SHu bilan birga, iqtisod qilingan valyuta miqdori 1024,4 ming dollarni tashkil etdi.

Mahsulot ishlab chiqarish hajmlari korxonalar kesimida ko’rilganda;

Namangan shahridagi «Namangan rezina plast» SHKda 10,4 ming kv.m konveer lentalari, «Namterm» SHKda 19 ta Shkaf “SHRU-M” va  «Nam lider lityo servis» MCHJda 7520 dona non qoliplari, Namangan tumanidagi «China Namangan Indastriy» MCHJda 112,0 tonna elektrod mahsulotlari hamda Uychi tumanidagi «Extra Primer Bat» MCHJda 740 dona avtomobillar uchun akkumulyatorlar kabi mahsulotlar ishlab chiqarilib, dastur asosida yanvar-iyun oylari yakuni bilan belgilangan prognoz topshiriqlari 109,2 foizga bajarildi.

  1. Xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish.

Hisobot davrida jami xizmatlar hajmi 1815,9 mlrd.so’mni tashkil etib, 2015 yilning mos davriga nisbatan 115,9 foiz o’sdi.

Jumladan, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 112,0 foiz, moliya xizmati 122,7 foiz, transport xizmati 115,1 foiz, yashash va ovqatlanish 117,9 foiz, savdo 119,6 foiz, ko’chmas mulk bilan bog’liq bo’lgan xizmatlar 116,8 foiz, ta’lim xizmati 100,6 foiz, sog’liqni saqlash xizmati 106,4 foiz, ijara va prokat xizmati 115,2 foiz, kompyuterlarni va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmati 115,3 foiz, shaxsiy xizmatlar 114,2 foiz, me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar 113,5 foiz va boshqa turdagi xizmatlar 107,6 foizni tashkil etdi.

Xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish maqsadida 2016 yil yanvar-iyun oylari davomida «Mikrokredit bank» tomonidan 1940,0 mln.so’m kredit mablag’lari yo’naltirildi.

“Namangan viloyatini 2016-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ga muvofiq xizmatlar va servis yo’nalishida 2016 yilning yanvar-iyun oylari davomida 18,8 mlrd.so’mlik investitsiyalar o’zlashtirib, 188 ta savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalarini tashkil etish hisobiga 933 ta yangi ish o’rinlari yaratish belgilangan.

Hisobot davrida 230 ta savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shahobchasi  tashkil etilib, topshiriq 122,3 foizga bajarildi.

Jumladan, 113 savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari, 1 tadan kompyuter dasturlashtirish, moliya, turizm xizmatlari 15 ta qishloq xo’jaligi texnikalarini ta’mirlash va texnika xizmati, 59 ta maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, 13 ta sog’liqni saqlash xizmati, 5 ta transport xizmati va boshqa 22 ta turdagi xizmatlar ko’rsatish shoxobchalari tashkil etilib, 1136 ta ish o’rinlari yaratildi.

Hisobot davrda chakana savdo aylanmasi viloyat bo’yicha 2433,5 mlrd.so’m (113,2%), pullik xizmatlar hajmi 812,7 mlrd.so’mni (112,9%) tashkil etib, prognoz parametrlari (113,2% va 112,5%) ta’minlandi.  

Hududlar bo’yicha ko’rilganda, chakana savdo aylanmasi Namangan shahri (o’sish sur’ati 115,2%), Kosonsoy (118,1%),  Pop (118,4%), To’raqo’rg’on (119,1%) va Uchqo’rg’on tumanlarida (125,5%), pullik xizmat ko’rsatish hajmi Mingbuloq (116,6%), Namangan (115,7%) va Pop (115,5%) tumanlarida o’sish sur’atlari yuqori bo’ldi.

Aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi 931,0 ming so’m, pullik xizmat 333,9 ming so’mni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 122,4 va 112,6 foizga ko’paydi.

  1. Qishloq xo’jaligida islohotlarni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish.

Viloyat aholisini arzon, sifatli meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 4 yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan viloyat hokimining 2016 yil 9 yanvardagi 7-sonli qarori qabul qilinib, nazorat o’rnatilgan.

Xususan, 2016 yilda barcha xo’jaliklarda 249,4 ming tonna kartoshka, 675,2 ming tonna sabzavot, 82,8 ming tonna poliz, 246,1 ming tonna meva, 118,2 ming tonna uzum, chorvachilik mahsulotlaridan 124,2 ming tonna go’sht, 636,2 ming tonna sut, 420,9 mln. dona tuxum yetishtirilib, bu turdagi mahsulotlarni 2015 yilga nisbatan 7,0 foizdan 20,0 foizgacha ko’paytirish ko’zda tutilgan.

Joriy yilning 1-yarim yillik yakuni bilan 197,2 ming tonna sabzavot (o’sish sur’ati 110,3%), 90,6 ming tonna kartoshka (109,6%), 45,5 ming tonna meva (110,6%), 9,1 ming tonna poliz (110,4%), 1,6 ming tonna uzum (108,1%), 57,0 ming tonna go’sht (107,2%), 256,8 ming tonna sut (107,3%) va
186,3 mln.dona tuxum (121,9%) ishlab chiqarilib, belgilangan prognoz parametrlari bajarildi.

Buning hisobiga viloyatda 1327,2 mlrd.so’mlik yalpi qishloq xo’jaligi mahsuloti yaratilib, o’sish sur’ati 108,0 foizga ta’minlandi yoki prognoz (107,6%)ga nisbatan 0,4 punktga ko’p bo’ldi.

Shu davrda, qoramol bosh sonlari 640,0 ming boshni (111,0%) shu jumladan, sigirlar 209,9 ming boshni (102,9%), qo’y-echkilar 696,2 ming boshni (102,2%), parrandalar 3494,0 ming boshni (108,8%) va otlar 6,6 ming boshni (100,8%) tashkil etdi.

  1. “Namangan viloyatini 2016-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ga muvofiq qishloq xo’jaligi yo’nalishida 2016 yilning yanvar-iyun oylari yakuni bilan 260 ta loyihalar amalga oshirish, ushbu maqsadlar uchun 59,3 mlrd.so’m (shundan 27,2 mlrd so’mi bank krediti) mablag’lar sarflanib, 1702 ta yangi ish o’rinlari barpo etish belgilangan.

Joriy yilning 1 iyul holatiga 71,7 mlrd.so’m mablag’lar sarflanishi hisobiga 282 ta loyihalar amalga oshirildi. Natijada 1820 ta yangi ish o’rinlari barpo etildi.

Jumladan, 41 ta qoramolchilik, 15 ta parrandachilik, 36 ta baliqchilik, 40 ta asalarichilik  xo’jaliklari tashkil etilib, 9 ta issiqxona, 74 ta fermer xo’jaliklari tomonidan intensiv bog’lar hamda 45 ta fermer xo’jaliklari tomonidan uzumchilik  barpo etildi.

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 martdagi “2016-2020 yillarda xom ashyo bazasini rivojlantirish, meva-sabzavot va go’sht-sut mahsulotlarini qayta ishlashni chuqurlashtirish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni va eksportini ko’paytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2505-sonli qarori ijrosini viloyatda ijrosini ta’minlash maqsadida 2016 yilda sig’imi 2025 tonna bo’lgan 6 ta yangi muzlatkichli omborlarni qurish va 1500 tonna quvvatga ega 1 ta mavjud omborxonani modernizatsiya qilish belgilangan.

Dasturga kiritilgan loyihalarni o’z muddatlarida amalga oshirilishini ta’minlash bo’yicha tumanlar hokimliklari va loyiha tashabbuskorlari tomonidan tarmoq jadvallari (setevoy grafik) ishlab chiqilib, tizimli monitoring olib borilmoqda.

Shuningdek, Dasturdan tashqari umumiy sig’imi 7200 tonna bo’lgan 4 ta loyihalarni amalga oshirish ko’zda tutilgan.

Ushbu loyihalarni o’z muddatlarida amalga oshirilishini ta’minlash bo’yicha tumanlar hokimliklari va loyiha tashabbuskorlari tomonidan tarmoq jadvallari (setevoy grafik) ishlab chiqilib, tizimli monitoring olib borilmoqda.

Joriy yilning yanvar-iyun oylari davomida To’raqo’rg’on tumanidagi “Namanganulgurjisavdoinvest” MCHJ tomonidan sig’imi 1000 tonna bo’lgan muzlatkichli kamera qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu maqsadlarga 500 mln so’m tashabbuskorning o’z mablag’lari sarflandi.

Chortoq tumani, Muchum QFY hududidagi “Yorqin Agrofirmasi” MCHJ tomonidan 50 tonnalik muzlatkichli kamera qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu maqsadlarga 200 mln so’m tashabbuskorning o’z mablag’lari sarflandi.

Uchqo’rg’on tumani, Qo’g’ay O’lmas QFY, Shaxrixonchek MFYda joylashgan “Saidikrom ota” FX tomonidan 25 tonnalik sovutkichli kamera qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu maqsadlarga o’z mablag’i hisobidan 10 mln so’m bank krediti xisobidan 65 mln so’m mablag’ sariflandi.

Shuningdek, qolgan loyihalarda quyidagi ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Pop tumani, Navro’z MMTP hududidagi “Ko’ktoy baliq” FX tomonidan 100 tonna sig’imga ega muzlatkichli kamera qurish uchun tuman hokimligi balansidagi bino-inshootini “nol” hajmda berish bo’yicha tuman va respublika ichki komissiyasiga ko’rib chiqish bo’yicha tavsiyasi berilgan.

Chortoq tumani, Bog’iston QFY hududidagi “Bog’iston Meva Quritish” oilaviy korxonasi tomonidan sig’imi 100 tonnalik sovutkichli omborxona qurish bo’yicha tuman hokimligiga murojat etilgan.

Hozirda tuman hokimligi tomonidan yer maydoni ajratib berish masalasi ko’rib chiqilmoqda.

Chust tumani, Chust SHFYdagi "Chust Shersuvor" MCHJ tomonidan 700 tonna sig’imga ega muzlatkichli kamera qurish uchun Sobiq Qishloq xo’jaligi mahsulotlari saqlash va qayta ishlash korxonasiga qarashli bo’lgan muzlatkichli omborxonani “nol” xarid qiymatida berilgan bo’lib,  jamiyat tomonidan shu kunga qadar mavjud bino-inshootlarni rekonstruktsiya qilish ishlariga 400,0 mln. so’m mablag’ sarflangan. Ushbu ob’yekt ma’muriy bino, 1000 tonna qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash sig’imiga ega omborxona va boshqa yordamchi binolardan iborat.

Uskuna va jihozlar sotib olish uchun Xitoy davlatidagi “Urumchi subash import end eksport trayd gov” LTD kompaniyasi bilan shartnomalar imzolangan.

Tashabbuskor tomonidan Xalq banki tuman bo’limi tomonidan 1200 mln so’m kredit mablag’larini olish uchun barcha kredit hujjatlari taqdim etilib, garov ta’minoti hal etilgan.

Chortoq tumani, Chortoq shaharchasidagi “Biznes Kontrol Aziya” MCHJ tomonidan mavjud 1500 tonnalik muzlatkichli sig’imlarni modernizatsiya qilish uchun Sobiq qishloq xo’jaligi mahsulotlari saqlash va qayta ishlash korxonasiga qarashli bo’lgan muzlatkichli omborxonani “nol” xarid qiymatida berilgan. Jamiyat tomonidan mavjud 1800 kv.m. maydondagi bino-inshootlarni modernizatsiya qilish ishlari olib borilayotgan bo’lib, ushbu ishlarga 471 mln. so’m mablag’ sarflangan. Tijorat bankdan 100 mln so’m kredit mablag’larini olish uchun loyihachi tomonida hujjatlar tayyorlanmoqda.

Dasturdan tashqari tashkil etiladigan sovutkichli kameralar.

Namangan tumani “Jahongirmirzo” SHSHXT F/X  tomonidan 500 tonnalik muzlatkichli ombor qurish belgilangan bo’lib, hozirda loyiha tashabbuskori tomonidan yerni tekislash va beton quyish qurilish ishlari olib borilmoqda. Loyihachi tomonidan bank krediti olish uchun garov masalasi hal etilmoqda.

Kosonsoy tumanidagi “Obod universal mega” MCHJ loyiha tashabbuskori tomonidan sobiq “Kushon fresh fish” MCHJga qarashli 500 tonna quvvatga ega muzlatkichli omborni sotib olish uchun shartnomalar imzolanib, Turon bankka 300 mln.so’m kredit mablag’larini olish uchun hujjat taqdim etilgan.

To’raqo’rg’on tumani Oqtosh shaharchasidagi “Metal construction” MCHJ  tomonidan 4000 tonnalik muzlatkichli ombor qurish belgilangan bo’lib, hozirda loyiha tashabbuskorining o’z mablag’lari hisobidan 2800 mln so’m sarflanib, qurilish, uskuna va jihozlarni montaj qilish ishlari yakunlanmoqda. Ushbu loyihani joriy yilning avgust oyida foydalanishga topshirish ko’zda tutilgan.

Kosonsoy tumanidagi “Ahmadxonxoji” fermer xo’jaligi tomonidan 900 tonna sig’imga ega muzlatkichli ombor tashkil etish uchun o’z balansida turgan  bino-inshootlarni modernizatsiya qilish ishlariga 150 mln.so’m mablag’ sarflangan.

Hozirda Qishloq xo’jalik korxonalarini qayta tuzish agentligi tomonidan Jahon bankining 300 ming AQSH dollarlik kredit mablag’lari olish maqsadida Asaka bankka ariza berilib, hujjatlar tayyorlanmoqda.

Bugungi kunda tashabbuskor tomonidan Xitoy davlati bilan shartnoma tuzish choralari ko’rilmoqda.

To’raqo’rg’on tumanidagi “Turon Agro Fresh” MCHJ tomonidan 1800 tonnalik muzlatkichli ombor tashkil etish bo’yicha yer maydoni ajratib berish masalasi ko’rib chiqilmoqda

Kosonsoy tumani Guluston-1 MFY da xududidagi “Kushon Agro Servis” MCHJ  tomonidan 400 tonnalik muzlatkichli ombor qurish belgilangan bo’lib, loyiha uchun bino mavjud. Loyiha tashabbuskori  Koreya Respublikasiga shartnoma imzolangan. Hozirgi kunda  bank krediti uchun tashabbuskor tomonidan garov ta’minoti xal etilmoqda.

Yangiqo’rg’on tumani Istiqlol MFYdagi “Tillaxon” XK tomonidan 2000 tonnalik muzlatkichli ombor qurish belgilangan bo’lib, hozirgi kunda loyiha tashabbuskori tomonidan o’zida mavjud bino inshooti ta’mirlanmoqda.

Xitoy davlatidagi "Xinjiang silk road international trade" co. Ltd kompaniyasi bilan muzlatgichga shartnoma imzolangan. Bank krediti uchun xujjatlar loyihachi tomonidan tayyorlanmoqda.

Yangiqo’rg’on tumani Istiqlol MFYdagi "Yangiqo’rg’on agro invest" MCHJ tomonidan 2000 tonnalik muzlatkichli ombor qurish belgilangan bo’lib, hozirgi kunda loyiha tashabbuskori tomonidan o’zida mavjud bino inshooti ta’mirlanmoqda.

Hozirda tashabbuskor Polsha davlati bilan xolodilnik va qayta ishlash uskunalarini sotib olish  uchun shartnoma imzolagan xozirda kunda tashabbuskor tomonidan kredit hujjatlari tayyorlanmoqda.

Namangan viloyatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 19 apreldagi “2013-2017 yillar davrida Sug’oriladigan yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo’yicha chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1958-sonli qarori bo’yicha olib borilayotgan meliorativ tadbirlar  to’g’risida

Investitsiya dasturi doirasida Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tomonidan shakllantirilib, 15496,6 mln.so’m kapital mablag’ (limiti) rejalashtirilgan. Manziliy ro’yxatga jami  11 ta qurilish ob’yektlari kiritilgan bo’lib,  ularning 7 tasi yildan-yilga o’tgan, 4 tasi yangi boshlanadigan ob’yektlardir. Joriy yilda jami 15,4 km uzunlikdagi kanallarni qayta qurish, 1,6 km uzunlikdagi soy qirg’oqlarini mustahkamlash, 0,9 m3/s suv chiqarish qobiliyatiga ega bo’lgan nasos stantsiyasini hamda 1,6 km uzunlikdagi bosimli truboprovodni qayta qurish, shuningdek  171,42 mln.m3 hajmga ega bo’lgan suv omborlarida  qayta qurish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. 

Joriy yilning 1 iyul holatiga grafik rejasi 11011,6 mln.so’m bo’lib, amalda 11077,3 mln.so’mga yoki grafik rejaga nisbat 101,0 foizga, yillik rejaga nisbatan 71,0 foizga bajarilgan.

2016 yilda 2 dona loyihada,  jami shartnoma summasi 1,4 mlrd.so’mlik, ya’ni Uychi tumanidagi Sassiqsoy kollektorini rekonstruktsiya qilish ishlari bo’yicha 1363 gektar maydonlarni va viloyatda jami 7 dona meliorativ quduqlarni rekonstruktsiya qilish ishlari rejalashtirilgan. Natijada 755 gektar maydonlarning  meliorativ holati yaxshilanib, yer osti sizot suvlari sathi bir me’yorda ushlab turishga erishiladi.

Joriy yilning 1 iyul holatiga grafik rejasi 1184,9 mln.so’m bo’lib, amalda 1225,1 mln.so’mga yoki grafik rejaga nisbat 103,4 foizga, yillik rejaga nisbatan 90 foizga bajarilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 19 apreldagi  “2013-2017 yillar davrida sug’oriladigan yerlarni meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora tadbirlari to’g’risi”dagi PQ-1958-sonli qaror hamda  Qishloq va suv xo’jaligi vazirligining 2013 yil  23 apreldagi №87-sonli buyrug’ini ijrosini ta’minlash maqsadida 2016 yilda 26385 gektar sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 20 dona loyihalardagi 1040,7 km uzunlikdagi kollektorlarni ta’mirlash-tiklash ishlari rejalashtirilgan bo’lib, shundan 1 donasi yildan-yilga o’tuvchi 19 donasi yangidan boshlanuvchi ob’yektlardir. Shuningdek, 53 dona meliorativ tik quduqlarini, 94 dona quvurli o’tish joylarini, 4 dona suv o’lchash inshootlarini, 104 dona kuzatuv  quduqlarini ta’mirlash tiklash rejalashtirilgan. Ushbu ishlarga 2016 yil uchun jami 7500,000 mln.so’m mablag’ ajratildi.

Joriy yilning 1 iyul holatiga 781,8 km uzunlikdagi 5148,1 mln.so’mlik ishlar rejalashtirilib, amalda 821,5 km uzunlikda (105,0%) 5718,0 mln.so’mlik (111,0%) ta’mirlash va tiklash ishlari bajarildi. Yillik reja 79,0 foizga ta’minlandi.

Viloyatda 2016 yil rejasiga ko’ra suvni tejovchi zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, ya’ni  tomchilatib sug’orish tizimini joriy etish bo’yicha 660 gektar maydonlarida tashkil qilish belgilangan bo’lib, 400 gektar maydonlarida tomchilatib sug’orish texnologiyalari ishga tushirildi.

Egatga polietilen plyonka to’shab sug’orish usulini joriy etish jami 1000 gektar maydonlarida joriy etish belgilangan bo’lib, amalda 1020 gektar maydonlarida tashkil qilindi.

Egiluvchan quvurlar orqali sug’orish usulini joriy etish 6000 gektar maydonda joriy qilish belgilangan bo’lib, amalda 6000 gektar maydonlarida tashkil qilindi.

  1. Uy-joy va kommunal xo’jaligida olib borilayotgan islohotlar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 10 fevraldagi «Uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini takomillashtirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-3-sonli qarorini viloyatda bajarilishini ta’minlash maqsadida 2005 yil 15 fevralda viloyat hokimining 40-sonli qarori qabul qilinib, tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

Viloyatda jami 1136 ta ko’p qavatli uylar mavjud shundan, 1028 tasi uylar va undagi 32644 ta xonadonlar 259 ta xususiy uy joy mulkdorlari (XUJMSH) shirkatlari faoliyat olib bormoqda. Ularning boshqaruvidagi ko’p qavatli uy-joylarining sonini maqbullashtirilishi natijasida viloyat bo’yicha 1 ta shirkatga o’rtacha 4 tadan to’g’ri kelmoqda.

Viloyatda 57 ta avariya-dispetcherlik xizmatlarini amalga oshiruvchi (ADS) faoliyat ko’rsatmoqda. Ular bilan jami 238 ta shartnoma tuzgan. Viloyatda 13 ta xususiy mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshiruvchi xususiy boshqaruv kompaniyalari bilan 208 ta shirkatlar shartnoma imzolaganlar.

2016-2017 yillar kuz-qish mavsumida jami 607 ta ko’p-qavatli uylardan 278 tasida  joriy ta’mirlash ishlari to’la yakunlandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2016-2017 yil kuz-qish davrida barqaror ishlashiga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2016 yil 27 iyundagi PQ-2545-sonli qaroriga Mavsumi uchun jami 203,2 ming tonna ko’mir jamg’arilishi, shundan, xalq ta’limi muassasalariga 29,3 ming tonna (shundan 13,2 ming tonna briket), kasb-hunar ta’limi tizimiga 7,6 ming tonna (shundan 4,1 ming tonna briket), sog’liqni saqlash muassasalariga 8,6 ming tonna (shundan 4,1 ming tonna briket)  hamda gazlashmagan va tabiiy gaz yetib bormaydigan 182,4 ming aholi xonadonlariga 130.0 ming tonna  ko’mir jamg’arilishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunda rejalashtirilgan ishlar 7,3 foizga  bajarilgan.

Aholiga ajratilgan 130,0 ming tonna ko’mirning QFYlar, MFYlar va xonadonlar kesimida taqsimoti shakllantirilgan. Qish mavsumida uzluksiz ko’mir bilan ta’minlash bo’yicha “O’zbekko’mir” OAJ qoshidagi “Namangan Distribyutor plyus” Unitar korxonasining 7 ta (Namangan, To’raqo’rg’on, Norin, Pop, Uchqo’rg’on, Chust va Chortoq tumanlarda) shoxobchalar mavsumga tayyor holga keltirilib, hozirgi kunga ko’mir mahsulotlari yetkazib beriladi.

2016-2017 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish buyicha 1,1 km gaz tarmoqlari, 5,2 km suv tarmoqlari, 4,9 km issiqlik, 1069,9 km elektr tarmoqlari, 34 ta bolalar bog’chalari, 408 ta elektr transformator punktlarini mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan. Bugungi kunda,0 kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha 1,1 km gaz tarmoqlari, 2,7 km suv tarmoqlari, 740,3 km elektr tarmoqlari, 314 ta elektr transformator punktlarida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilgan.

Shuningdek, joriy ta’mirlash bo’yicha esa 607 ta ko’p qavatli uylarni, 37 ta qozonxonalarni, 41 ta qozonlarni, 66 km  suv tarmoqlarini, 6494,7 km elektr tarmoqlarini, 40 ta maktablarni, 26 ta bolalar bog’chalarini, 42 ta kasalxonalarni, 1820 kv.m maktablarni singan oynalarini almashtirish, 1552 ta transformator punktlari ta’mirlash va 4962 ta GTPlarni taftishdan o’tkazish ko’zda tutilgan.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida belgilangan rejaga asosan 35,3 mingta gaz ballon  va yetkazib berilishi rejalashtirilgan 19 tonna suyultirilgan gazdan 10,5 tonnasi aholiga imtiyozli narhda yetkazib berilgan.

VII. Tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlanishi.

Tashqi savdo aylanmasi. Viloyatda 2016 yil 1-yarim yillik yakuni bilan 225,9 mln. dollarlik (2015 yilning mos davriga nisbatan 135,3%) tashqi savdo amallari bajarilib, shundan eksport 98,1 mln.dollarni (120,9%), import 127,9 mln.dollarni (149,0 %) tashkil etdi.

2016 yil uchun viloyat hududiy tasarrufdagi xo’jalik sub’ektlariga jami 191,6 mln.dollar miqdorida hududiy eksport prognozi belgilanib (2015 yil prognozga nisbatan 1,5 marta), shundan 27,0 mln.dollari sanoat mahsulotlari, 136,6 mln. dollari meva-sabzavot mahsulotlari va 28,0 mln.dollari xizmatlar hisobiga to’g’ri keladi.

Joriy yilning 1-yarim yilligi uchun 72,8 mln.dollar eksport prognozi belgilangan bo’lib, hisobot davrida hududiy tasarrufdagi xo’jalik sub’ektlari tomonidan 40,1 mln.dollarlik mahsulot va xizmatlar eksporti amalga oshirildi.

Jumladan, amalga oshirilgan eksportning 13,1 mln.dollari sanoat mahsulotlari (prognozga nisbatan 93,2%), 16,9 mln.doll. meva-sabzavot mahsulotlari (40,6%) va 10,1 mln.dollari xizmatlar (59,1%) hisobiga to’g’ri keldi.

Hisobot davrida hududiy tasarrufdagi 56 ta yangi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari eksport faoliyatiga jalb etildi va ular tomonidan 18,5 mln.dollarlik mahsulotlar eksportga chiqarildi.

Shuningdek, o’tgan davrda 16 ta hududiy eksportyor korxonalar tomonidan  931,8 ming dollarlik 21 turdagi yangi mahsulotlar eksporti o’zlashtirildi.

(Yangi turdagi mahsulotlar: ishchi qo’lqoplar, dastro’mol, arqon, milliy ro’mol (durra), gipsokarton list, quruq gips aralashmasi, erkaklar poyabzali, shpatlevka, shtukaturka, qurilish yelimi, qandolatchilik mahsulotlari, maxsus ish kiyimlari, tesma, vata prima, paypoq, propolis, galstuk, meva-sabzavot ko’chatlari va urug’lari).

Hisobot davrida viloyatdagi 4 ta korxona tomonidan Rossiya, Qozog’iston, Turkmaniston, Qirg’iziston va Bolgariya davlatlarida 6 ta savdo uylari ro’yxatdan o’tkazildi.

(Ma’lumot uchun: "Namangan momiq sochiqlari" MCHJ (Bolgariya), "Afruz-Kamol-Nabi" MCHJ (Rossiyaning Moskva va Sankt Peterburg shahri, Qozog’iston), "Iftixor kiyim sanoat" MCHJ (Qirg’iziston), "Kernel textile" MCHJ (Turkmaniston)).

Joriy yil yakuniga qadar viloyatdagi 7 ta korxona tomonidan Rossiya, Qozog’iston, Turkmaniston va Xitoy davlatlarida 9 ta yangi savdo uylari ochilishi ko’zda tutilmoqda.

(Ma’lumot uchun: “Firdavs tekstil servis” MCHJ (Turkmaniston), “Asadbek Oydina Savdo” MCHJ (Turkmaniston), "Vodiy yog’och savdo" xus.kor. (Rossiya), “Baraka meva sanoat servis” MCHJ (Rossiya), “Asror tekstil sanoat” MCHJ (Rossiya), “Barkasteks” QK (Rossiya), “Olmos farm tekst” MCHJ (Qozog’iston, Rossiya, Xitoy)).

VIII. Kichik biznesni rivojlantirish.

Umumiy holat. Viloyatda kichik biznesni rivojlantirish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida iqtisodiyotdagi kichik biznes sub’ektlarining o’rni va ulushini yildan-yilga ortib borishga erishilmoqda. 2016 yilning 1 yarim yillik yakuni bilan kichik biznes sub’ektlarining viloyat yalpi hududiy mahsulotidagi ulushi 70,0 foizni tashkil etdi.

Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari bo’yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar hajmida kichik biznes subyektlarining salmog’i muttasil oshib bormoqda.

Viloyatda 2016 yilning 1 iyul holatiga jami 16099 ta kichik biznes sub’ektlari (fermer xo’jaliklarisiz) ruyxatga olingan bo’lib, bu ko’rsatkich 2016 yilning mos davriga nisbatan 102,7 foizga ortdi.

Namangan viloyatida joriy yil 1-yarim yillik yakuni bilan 14491 kichik biznes sub’ektlari faoliyat ko’rsatmoqda, ular tomonidan 852,0  mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlari, 1011,6 mlrd.so’mlik qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Faoliyat ko’rsatayotgan kichik biznes sub’yektlarini 3260 tasi sanoat sohasida, 1572 tasi qishloq xo’jaligida, 6640 tasi xizmat ko’rsatish soxasida ish olib bormoqda. Umumiy ish bilan band bo’lganlarini 82,9 foizi yoki 800 mingtasi ushbu sohaga to’g’ri keladi.

Joriy yilning o’zida 981 ta kichik biznes sub’ektlari  tashkil etildi va ular tomonidan 17369 ta ish o’rinlari yaratildi.

  1. Ijtimoiy sohani rivojlantirish.

Bandlik. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2015 yil 3 dekabrdagi SQ-63-III-sonli va Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashining 20 noyabrdagi 27/5-4-sonli  qarorlari  bilan tasdiqlangan  tasdiqlangan “2016 yilda ish o’rinlari tashkil etish va aholini ish bilan ta’minlash dasturi” asosida 2016 yil 1-yarim yillik yakuni bilan  32310 ta ish o’rni yaratilishi belgilanib, haqiqatda 32506 ta ish o’rinlari yaratildi, yoki reja 100,6 foizga bajarildi.

Shundan, maqsadli dasturlarga muvofiq tashkil etilgan ish o’rinlari 9125 tani tashkil etdi.

Jumladan, sanoatda 1295 ta, xizmat ko’rsatish va servis sohalarida 1801 ta, qishloq xo’jaligi, jumladan, chorvachilik, parrandachilik, bog’dorchilik, baliqchilik, asalarichilik, sabzavotchilik, uzumchilikda 1798 ta, ishlamasdan turgan korxonalarni faoliyatini tiklashda 894 ta, Bundan tashqari, tijorat banklarining kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil etish uchun ajratiladigan kreditlar hisobida 6568 ta, yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirishda 8223 ta, uy mehnatini tashkil qilishda 4200 ta, dehqon va fermer xo’jaliklarini tashkil  tiklashda 4390 ta ish o’rinlari tashkil etdi.

Yaratilgan ish o’rinlarining 13262 tasi xotin-qizlarga, yoshlarga 13833 ta, shu jumladan 9402 tasi kasb-hunar kolleji bitiruvchilariga, 6224 tasi chet eldan qaytgan migrantlarga ajratildi.                

“Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturi to’g’risida.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 9 fevraldagi “Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturini tasdiqlash xaqida”gi PQ-2487-sonli qarorini ijrosini ta’minlash  maqsadida 2016 yil 15 fevral kuni viloyat hokimligining 63-sonli qarori bilan 1-ilova viloyat Dasturi, 2-ilova “Sog’lom ona va bola yili” viloyat Dasturini to’laqonli va belgilangan muddatlar ijrosini ta’minlash bo’yicha viloyat komissiyasi, 3-ilova viloyat Dasturini ijrosini tahlil qilish va muvofiqlashtiruvchi monitoring guruhi tarkibi tasdiqlandi.

Jumladan, “Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida belgilab berilgan 11 ta yo’nalish asosida keng jamoatchilikni jalb etgan holda 87-banddan iborat viloyat dasturi ishlab chiqildi.

Mazkur dastur ijrosini ta’minlash maqsadida jami  520,2 mlrd so’m va ekvivalentda 12,6 mln AQSH dollari, shundan 224,8 mlrd so’m va ekvivalentda 0,167 mln AQSH dollari Davlat byudjeti va Davlat maqsadli jamg’armalari mablag’lari, 256,5 mlrd so’m va ekvivalentda 1,6 mln AQSH dollari bajaruvchilar va homiylar mablag’lari,  22,7 mlrd.so’m tijorat banklarining kreditlari, 16,2 mlrd so’m va ekvivalentda 10,7 mln AQSH dollari xalqaro tashkilotlar,  moliyaviy institutlar mablag’lari va grantlar hisobidan amalga oshirish rejalashtirildi.

Joriy yilning yanvar-iyun oylari yakuni bilan dasturning barcha bandlarining ijrosi bo’yicha tegishli tartibda ish tashkil etildi. Shundan dasturning 27 bandlari bo’yicha barcha manbalar hisobidan 254,7 mlrd.so’m mablag’ o’zlashtirilishiga erishilib, rejaga nisbatan 47,3 foizni tashkil etdi.

2016 yilning 1-yarim yilligi yakunida Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari

Microsoft Word ko'rinishida ko'chirib olish (192 KB)

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech