Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


   Raxbar: Xakimov Azim Nasimovich

   Qabul kunlari: Xar haftaning Seshanba kuni soat 10:00 dan 12:00 gacha

   Tel:  (0-369) 227-91-96, 227-91-89

   Faks: (0-369) 227-97-24

   Ishonch telefoni: (0-369) 227-91-96

   Manzil: Namangan shahar, Marg'ilon ko'chasi 14-uy

   E-mail: Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак. ,  Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.

   Veb-manzil: www.soliq.uz

Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi to’g’risida Nizom

 I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom «Davlat soliq xizmati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga, O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to’g’risida» 2010 yil 8 yanvardagi PQ–1257-son qaroriga, Vazirlar Mahkamasining «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to’g’risida» 2000 yil 13 martdagi 87-son qaroriga hamda «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish to’g’risida» 2010 yil 21 maydagi 98-son qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi to’g’risida Nizom»ga va boshqa qonun hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan bo’lib, Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasining maqomi, vazifalari, funktsiyalari, vakolatlarini va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.

2. Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi soliq qonunchiligiga rioya etilishini, davlatning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlari himoya qilinishini ta’minlash sohasida nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish to’g’risida» 2010 yil 21 maydagi 98-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandiga muvofiq Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi o’z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi, shuningdek Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan o’z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar barcha soliq to’lovchilar – yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.

4. Namangan viloyati Davlat soliq boshqarmasi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek Davlat soliq qo’mitasi Hay’atining qarorlariga, Davlat soliq qo’mitasining buyruqlari, farmoyishlari va boshqa ichki idoraviy hujjatlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.

5. Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi o’ziga yuklangan vazifalarni davlat boshqaruvi boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qilish, statistika va moliya organlari, banklar hamda boshqa tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlikda bajaradi.

6. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish to’g’risida» 2010 yil 21 maydagi 98-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandiga muvofiq Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasining moddiy-texnika ta’minoti, shu jumladan xodimlar mehnatiga xaq to’lash ajratiladigan mablag’lar doirasida O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablag’lari, Davlat soliq qo’mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko’zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg’armasi mablag’lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi.

7. Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi yuridik shaxs hisoblanadi, O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o’z nomi yozilgan muhrga ega bo’ladi.

8. Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi mansabdor shaxslarining huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligi O’zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to’g’risida»gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 5 maydagi 180-son qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasi davlat soliq organlarida xizmatni o’tash to’g’risida Nizom», Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 21 maydagi 98-son qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi to’g’risida Nizom», mazkur Nizom hamda boshqa qonun hujjatlari bilan belilanadi.

II. Davlat soliq boshqarmasining asosiy vazifalari

9. Quyidagilar Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:

davlat soliq siyosatini amalga oshirish va soliq qonunchiligiga, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning to’g’ri hisoblanishiga, to’liq va o’z vaqtida to’lanishiga rioya qilinishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash;

soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning O’zbekiston Respublikasida Soliq kodeksiga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga, davlat maqsadli jamg’armalariga va byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’liq miqdorda tushishini ta’minlash;

soliqlarning yig’iluvchanligini oshirish chora-tadbirlarini ro’yobga chiqarish, ma’lumotlarning kompyuter bazasi yagona tizimini yuritish asosida soliq to’lovchilarni hisobga olish mexanizmlarini takomillashtirish, ularga ko’rsatiladigan axborot-maslahat xizmatlari sohasini kengaytirish va bu borada Davlat soliq qo’mitasiga takliflar kiritish, soliq sohasidagi huquq buzilishlarining oldini olish, aniqlash va ularga barham berish bo’yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish;

pul mablag’larining noqonuniy aylanishi manbalariga barham berish, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul tushumlarining o’z vaqtida va to’liq topshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;

xo’jalik yurituvchi sub’yektlar, yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatini rag’batlantirish bo’yicha qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, ularga zarur imtiyozlar va preferentsiyalar berish yuzasidan takliflar kiritish;

nazorat qiluvchi organlarning xo’jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini tekshirish masalalari bo’yicha muvofiqlashtirilishini ta’minlash, ushbu ishlarni o’tkazishda bir-birini takrorlashga suiiste’molchiliklarga yo’l qo’ymaslik;

yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta hamda eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda o’z vakolatlari doirasida qonunchilikka qat’iy rioya etilishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni amalga oshirish;

davlat soliq xizmati organlarini halol, yuqori malakali xodimlar bilan ta’minlash, korruptsiya va ishga rasmiyatchilik bilan yondashish holatlariga keskin barham berish ishlarini tizimli amalga oshirish, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni doimiy ravishda ta’minlash, bu borada Davlat soliq qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlarning ijrosini tashkil etish va ularni amalga oshirishda qatnashish.

III. Davlat soliq boshqarmasining funktsiyalari

10. Davlat soliq boshqarmasi o’ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni bajaradi:

a) davlat soliq siyosatini amalga oshirish sohasida:

soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga, davlat maqsadli jamg’armalariga va byudjetdan tashqari jamg’armalarga tushishi prognozini ishlab chiqishda qatnashadi, bu borada Davlat soliq qo’mitasiga tegishli takliflar kiritadi;

soliqqa oid qonun hujjatlarini, shu jumladan tabiiy resurslardan ehtiyotlab va samarali foydalanishni rag’batlantirishga yo’naltirilgan qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, soliqlarni va boshqa majburiy to’lovlarni unifikatsiya qilish, soliq yukini qisqartirish, soliq ma’murchiligini takomillashtirish va erkinlashtirish, xo’jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini rag’batlantirish, ularga zarur imtiyozlar va preferentsiyalar berish bo’yicha takliflar tayyorlashda qatnashadi;

soliq qonunchiligiga muvofiq soliq solish masalalari bo’yicha idoraviy-normativ huquqiy hujjatlarni belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga takliflar kiritadi;

O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga soliq hisobotlari hamda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqish, to’lash bilan bog’liq boshqa hujjatlar shakllarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash bo’yicha takliflar kiritadi;

soliq qonunchiligi bo’yicha normativ-huquqiy hujjatlar to’plamlarini nashr qilishda ishtirok etadi, Namangan viloyati davlat soliq xizmati organlarini qonun hujjatlari bilan ta’minlash chora-tadbirlarini ko’radi;

b) soliq sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning to’g’ri hisoblab chiqilishi, to’liq va o’z vaqtida to’lanishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash sohasida:

soliq to’lovchilar faoliyatini belgilangan tartibda soliq bo’yicha tekshiradi, shuningdek jamg’arib boriladigan pensiya majburiy badallarining to’g’ri hisoblab chiqilishini, xo’jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan ularning fuqarolarning yakka tartibdagi jamg’arib boriladigan pensiya hisob raqamlariga to’liq va o’z vaqtida to’lanishini tekshiradi;

Namangan viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini tekshirishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibiga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda konun hujjatlariga qat’iy rioya etilishini belgilangan tartibda nazorat qiladi;

belgilangan tartibda soliq to’lovchilardan yoki ularning mansabdor shaxslaridan tushuntirish xatlari oladi, soliq to’lovchining mol-mulki mavjudligini tekshiradi, shuningdek hududlarni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni, shu jumladan soliq to’lovchilar tomonidan daromadlar olish uchun foydalaniladigan yoxud soliq solish ob’ektini saqlash bilan bog’liq joylarni ko’zdan kechiradi (tekshiradi);

xo’jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan pul mablag’lari va moddiy boyliklarning buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini, korxonalar hududiga moddiy boyliklarni olib kirish va u yerdan olib chiqishda korxonalarda ruxsat berish tizimi ishlarining tashkil etilishi holatini tekshiradi;

soliq to’lovchining moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) davomida hisobotdagi ma’lumotlarning ishonchliligi va to’g’riligini aniqlash, davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilgan moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarida faktlarning buzib ko’rsatilishini aniqlash va ularni bartaraf qilish uchun buxgalteriya hisoblari va moliyaviy hisobotlarni tekshiradi;

yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;

soliq haqidagi qonun hujjatlarining buzilishlari to’g’risidagi arizalar, xabarlar va boshqa axborotlarni tekshiradi;

soliq qonunchiligining buzilishi holatlarini tahlil qiladi hamda solikqa doir huquq buzilishlariga ko’maklashadigan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli organlarga takliflar kiritadi;

huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda soliqqa oid huquq buzilishlariga qarshi kurashishning uzoq muddatli va joriy dasturlarini ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda qatnashadi;

solikqa oid huquq buzilishlari natijasida davlatga, yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararning belgilangan tartibda undirilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko’radi;

tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirish masalalari bo’yicha Namangan viloyati nazorat organlari faoliyatining muvofiqlashtirilishini, ushbu ishni amalga oshirishda bir-birini takrorlashga va suiiste’molchiliklarga yo’l qo’yilmasligini ta’minlaydi;

v) soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga, davlat maqsadli jamg’armalariga va byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’liq miqdorda tushishini ta’minlash sohasida:

davlat organlari va soliq to’lovchilarning majburiyatlari paydo bo’lishi to’g’risida axborot taqdim etadigan boshqa tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik qiladi;

belgilangan tartibda soliq to’lovchilar tomonidan taqdim etilgan moliya va soliq hisobotlarini, shuningdek soliq to’lovchilarning faoliyati to’g’risida davlat soliq xizmati organlarida mavjud bo’lgan boshqa hujjatlarni o’rganish va tahlil qilish asosida kameral nazoratni amalga oshiradi;

davlat daromadiga o’tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan pul mablag’larining davlat daromadiga to’liq va o’z vaqtida tushishini, shuningdek davlat organlariga berilgan mol-mulk hisobini nazorat qiladi;

yuridik shaxslar tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi uchun to’lov muddati o’tgan qarzlarni yig’adi va mablag’larning to’liq tushishini nazorat qiladi;

g) soliq to’lovchilar, soliq solish ob’ektlari hamda soliq solish bilan bog’liq bo’lgan ob’ektlarning to’liq va o’z vaqtida hisobga olinishini ta’minlash, ularni to’liq qamrash va hisobga olish mexanizmlarini takomillashtirish, Soliq to’lovchilarning identifikatsion tartib raqamlarining yagona reestrini yuritish sohasida:

soliq to’lovchilar, soliq solish ob’ektlari hamda soliq solish bilan bog’liq bo’lgan ob’ektlarning to’liq va o’z vaqtida hisobga olinishini ta’minlaydi;

yuridik shaxs bo’lmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida tijorat faoliyati uchun mo’ljallangan tovarlarni chetdan keltiruvchi jismoniy shaxslarni davlat soliq xizmati organlari tomonidan davlat ro’yxatidan o’tkazilishini ta’minlaydi;

yuridik va jismoniy shaxslarga identifikatsiyalash tartib raqamlarini bergan holda, ularni soliq to’lovchilar sifatida hisobga qo’yish to’g’risida hujjatlar berilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil qiladi;

Soliq to’lovchilarning identifikatsion tartib raqamlarining yagona reestrini shakllantiradi va yuritadi;

ma’lumotlarning yagona elektron bazasida soliq to’lovchilar bo’yicha soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning hisoblab chiqilishi va amaldagi tushumlari hisobini yuritadi;

soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar hisobini yuritadi;

banklar tomonidan tegishli axborot taqdim etilishiga ko’ra bank schyotlari bo’yicha olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik faoliyati bo’yicha - uch oy mobaynida) pul operatsiyalarini amalga oshirgan holda moliya-xo’jalik faoliyatini yuritmayotgan korxonalarni aniqlaydi;

tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga turishdan bosh tortishi mexanizmlarini o’rganadi, aniqlaydi va bartaraf etadi;

axborot xavfsizligi ta’minlanishini hisobga olgan holda, Davlat soliq qo’mitasi tomonidan tashkil etilgan barcha soliq to’lovchilar va soliq tushumlari bo’yicha ma’lumotlarning yagona elektron bazasini Namangan viloyati hududida to’liq yuritilishini ta’minlaydi;

soliq axborotlarini qabul qilib olish, ishlash, uzatish va saqlash jarayonlarini avtomatlashtirish chora-tadbirlarini ko’radi;

davlat soliq xizmati organlarida, axborot xavfsizligini ta’minlashni hisobga olgan holda joriy etilgan yagona axborot, dasturiy-texnik va telekommunikatsiya tizimini Namangan viloyati hududida to’liq yuritilishini ta’minlaydi;

davlat soliq xizmati organlari ishiga yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hamda xarajatlarni maqbullashtirish va resurs ta’minotini rivojlantirish uchun ularni texnologik jarayonlarni yuritishning zamonaviy tizimlari va boshqarishning tezkor vositalari bilan jihozlash bo’yicha Davlat soliq qo’mitasiga takliflar kiritadi;

d) soliq solish bazasini kengaytirish hamda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning yig’iluvchanligini oshirish chora-tadbirlarini ro’yobga chiqarish, soliq sohasidagi huquq buzilishlarning oldini olish, aniqlash va ularga barham berish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish sohasida:

soliqqa oid huquqbuzilishlarni sodir qilgan shaxslarni qidirib topish uchun materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga belgilangan tartibda beradi, davlatga yetkazilgan zararni belgilangan tartibda undirish chora-tadbirlarini ko’radi;

soliqlar hamda O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga, Davlat maqsadli jamg’armalariga va byudjetdan tashqari jamg’armalarga boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha to’lov muddati o’tgan qarzlarning O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq undirishga yo’naltirilgan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar tashkil etilishi va qo’llanishini ta’minlaydi;

aktsiz solig’i solinadigan tovarlarni ishlab chiqarish va ularning muomalada bo’lishidagi huquq buzilishlarini aniqlash, oldini olish va ularga barham berishni belgilangan tartibda tashkil qiladi va amalga oshiradi;

ishlab chiqarish va daromadlar miqdorlarini yashirish, sotilgan mahsulotlar, ishlar va xizmatlar hajmini kamaytirib ko’rsatish mexanizmlarini o’rganish va aniqlash, ushbu mexanizmlarning qo’llanilishini bartaraf etish bo’yicha Davlat soliq qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan tadbirlarni Namangan viloyatida amalga oshirilishini ta’minlaydi;

ma’muriy huquqbuzilishlari bo’yicha ishlarni yuritadi;

solikqa oid huquqbuzarliklarning sodir etilishi holatlarini aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida, javobgarlikdan yashirinib yurgan shaxslarni qidirib topish uchun ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan foydalanadi;

e) pul mablag’larining noqonuniy aylanishi manbalariga barham berish, naqd pul tushumining aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan banklar kassalariga o’z vaqtida va to’liq topshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash sohasida:

savdo va xizmatlar ko’rsatishni tashkil etishning qonunchilikka muvofikligi, shu jumladan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini, to’lovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish bo’yicha hisob-kitob terminallarini qo’llash, alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotish hamda markirovka qilish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

tovarlarni ulgurji sotishda qonun hujjatlarida belgilangan talablarning bajarilishini o’z vakolatlari dorasida nazorat qiladi;

naqd pul mablag’lari muomalada bo’lishining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda naqd pul aylanmasiga ega bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishini aniqlash, oldini olish va ularga barham berish tadbirlarini amalga oshiradi;

savdo, umumiy ovqatlanish va pulli xizmatlar ko’rsatish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xo’jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan savdo va naqd pul tushumini banklar kassalariga topshirish qoidalariga rioya etilishini belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirishlarni amalga oshiradi;

j) soliq qonunchiligiga rioya etish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash, soliq to’lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda yordam ko’rsatish, ularga ko’rsatiladigan axborot-maslahat xizmatlari turlarini kengaytirish sohasida:

soliqqa doir qonun hujjatlarini nashr etish, ko’paytirish va Namangan viloyatining tuman va shahar davlat soliq inspektsiyalariga yetkazish, maslahat xizmatlari ko’rsatish, soliq to’lovchilarni soliqlarni uz vaqtida hisoblab chiqish, soliq hisobotlarini va soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqish va to’lash bilan bog’liq bo’lgan boshqa hujjatlarni taqdim etishga o’qitish uchun servis-markazlar tashkil qiladi;

soliq solish masalalari bo’yicha normativ-huquqiy hujjatlarni soliq to’lovchilarga o’z vaqtida yetkazish ishlarini tashkil etadi;

yuridik va jismoniy shaxslarning soliq sohasidagi huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlari himoyalanishini ta’minlaydi;

yuridik va jismoniy shaxslarning soliq solish va soliq qonunchiligi buzilishi masalalari bo’yicha murojaatlarini belgilangan tartibda ko’rib chiqadi;

qonun hujjatlariga muvofiq soliq to’lovchi to’g’risidagi ma’lumotlarning maxfiyligiga rioya etilishini ta’minlaydi;

z) davlat soliq xizmati organlarini halol, yuqori malakali, o’z ishiga sadoqatli xodimlar bilan ta’minlash, kadrlar tarkibining sifat darajasini yaxshilash bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirish sohasida:

qo’yilgan talablarga muvofiq kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish ishlarini Namangan viloyati davlat soliq xizmati organlarida tashkil etadi;

Davlat soliq qo’mitasining ta’lim muassaslarida, shuningdek davlat oliy ta’lim muassasalarida Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda Namangan viloyati davlat soliq xizmati organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini doimiy asosda amalga oshiradi;

Namangan viloyati davlat soliq xizmati organlari xodimlarining malaka tavsifnomalarini ishlab chiqadi, ularni attestatsiyadan o’tkazadi (Davlat soliq qo’mitasi tomonidan attestatsiyadan o’tkaziladigan rahbarlar va mutaxassislar bundan mustasno), ularga o’z vakolatlari doirasida maxsus unvonlar beradi;

kadrlarni O’zbekiston Respublikasiga sodiqlik, vatanparvarlik, halollik hamda huquqiy davlat g’oyalari va asoslarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash yuzasidan uzluksiz ishlarni amalga oshiradi;

tegishli tanlovdan o’tmagan yoki lavozim vazifalarini jiddiy buzganligi uchun ilgari davlat soliq xizmati organlaridan bo’shatilgan shaxslarning Namangan viloyati davlat soliq xizmati organlariga ishga qabul qilinishiga yo’l qo’ymaslik yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;

davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan soliq to’lovchilarga nisbatan g’arazli maqsadlarda noqonuniy ta’sir ko’rsatish holatlarini aniqlaydi va ularga barham beradi;

soliq organlarida korruptsiya holatlarini aniqlashga, ularning oldini olishga va ularga barham berishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi, bu borada Davlat soliq qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlarning ijrosini tashkil etadi va ularni amalga oshirishda qatnashadi;

xizmat vazifalarini bajarayotganda davlat soliq xizmati organlari xodimlarini noqonuniy tajovuzlardan himoya qilishni ta’minlash choralarini ko’radi, bu borda Davlat soliq qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirishda qatnashadi;

har ikki yilda ko’pi bilan bir marta Namangan viloyati davlat soliq inspektsiyalarining byudjet va xo’jalik faoliyati bo’yicha xarajatlar smetalari ijrosi yuzasidan taftishni amalga oshiradi. Juda zarur bo’lganda va moliya-xo’jalik faoliyatida qonun buzilishlariga yo’l qo’yilgan holatlar to’g’risida ishonchli axborot mavjud bo’lgan taqdirda navbatdan tashqari taftishlar o’tkazilishi mumkin;

Namangan viloyati davlat soliq inspektsiyalari tomonidan moddiy va pul resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari bajarilishini ta’minlaydi, xo’jasizlik, isrofgarchilik, davlat mablag’larini va byudjetdan tashqari mablag’larni asossiz ravishda sarflash, smeta intizomini buzish hollariga barham beradi.

IV. Davlat soliq boshqarmasining vakolatlari

11. Davlat soliq boshqarmasi o’z vakolatlari doirasida quyidagi xuquqlarga ega:

a) soliq to’lovchilarning moliyaviy hujjatlarini, shartnomalarini (kontraktlarini), rejalarini, smetalarini, daromadlari to’g’risidagi deklaratsiyalarini hamda soliqlarni va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqish va to’lash, fuqarolarning yakka tartibda jamg’arib boriladigan pensiya badallarini to’lash bilan bog’liq boshqa hujjatlarini, shu jumladan elektron hujjatlarini, shuningdek eksport-import operatsiyalari bilan bog’liq hujjatlarini tekshirish (shu jumladan, soliq to’lovchi bilan bog’liq bo’lgan sub’yektlarni muqobil tekshirish);

b) soliq tekshiruvlarini amalga oshirishda:

hududni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni, shu jumladan soliq to’lovchi tomonidan daromadlar olish uchun foydalaniladigan yoxud soliq solish ob’ektlarini saqlash bilan bog’liq joylarni tekshirish;

mol-mulklarni xatlash va bajarilgan ishlarni, ko’rsatilgan xizmatlarni nazorat tartibida o’lchash;

kassalarni hamda tovar-moddiy boyliklar va hujjatlarni (shu jumladan elektron tarzdagi hujjatlarni) saqlash joylarini muhrlab qo’yish;

soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqish va to’lash bilan bog’liq hujjatlarni talab qilib olish;

hujjatlarni (nusxalarini, shuningdek asl nusxalarini), shu jumladan elektron hujjatlarni, shuningdek predmetlarni (tovarlar, buyumlar, xom ashyolar, materiallar va chala tayyor mahsulotlar namunalarini) olib qo’yish, olib qo’yilishi soliq to’lovchi faoliyatining to’xtab qolishiga olib keladigan hujjatlar bundan mustasno. Soliq to’lovchi faoliyatining to’xtab qolishiga olib keladigan hujjatlar va predmetlarni olib qo’yish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi;

soliq to’lovchidan, shuningdek rahbarlik funktsiyalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish funktsiyalarini amalga oshiradigan shaxslardan, soliq to’lovchining boshqa moddiy javobgar xodimlaridan tushuntirish xatlari olish;

tarjimonni, ekspertni jalb etish va ekspertiza tayinlash;

soliq qonunchiligining aniqlangan buzilishlari bartaraf etilishini talab qilish;

O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xatti-harakatlarni amalga oshirish;

v) savdo, tovarlar sotish va pulli xizmatlar ko’rsatish qoidalariga rioya etilishini, shuningdek naqd pul tushumining bankka o’z vaqtida topshirilishini tekshirish;

g) soliq tekshiruvlarini o’tkazishda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasida saqlanayotgan ma’lumotlardan foydalanish;

d) o’zlarida mavjud bo’lgan soliq to’lovchi to’g’risidagi axborotlar, shuningdek soliq to’lovchi tomonidan hisobga olish hujjatlari yo’qotib qo’yilgan yoki yo’q qilingan hollarda boshqa ana shunday soliq to’lovchilar to’g’risidagi ma’lumotlar asosida hisob-kitob qilish yo’li bilan byudjetga va davlat maqsadli jamg’armalariga to’lanishi kerak bo’lgan soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlar summasini mustaqil ravishda belgilash;

e) soliq majburiyati bo’yicha da’vo bildirilgan muddat mobaynida soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning hisoblab chiqilgan summasini hisoblab chiqish yoki qayta ko’rib chiqish;

j) soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni undirish funktsiyalarini amalga oshiruvchi davlat organlarini va tashkilotlarni soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning to’g’ri hisoblab chiqilganligi, to’liq undirilganligi va byudjetga hamda davlat maqsadli jamg’armalariga o’z vaqtida o’tkazilganligi yuzasidan nazorat qilish;

z) soliq tekshiruvini o’tkazishga soliq to’lovchi tomonidan to’sqinlik qilingan yoxud davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarining soliq to’lovchi tomonidan daromadlar olish uchun foydalanilayotgan yoki soliq solish ob’ektini saqlash bilan bog’liq hududlar, binolar, shu jumladan joylarni ko’zdan kechirish uchun kirishi rad etilgan hollarda soliq to’lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarni sud tartibida to’xtatib turish choralarini ko’rish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish aniqlangan hollar bundan mustasno.

Soliq kodeksining 96-moddasiga muvofiq soliq to’lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarini to’xtatib turish quyidagi hollarda davlat soliq xizmati organlarining qarorlari asosida ham amalga oshirilishi mumkin:

soliq va (yoki) moliyaviy hisobot uni taqdim etishning belgilangan muddati tugaganidan keyin o’n besh kun ichida soliq to’lovchi - yuridik shaxs tomonidan taqdim etilmaganda;

soliq to’lovchi - yuridik shaxs ko’rsatilgan manzilda bo’lmaganda;

i) qonun hujjatlarida  belgilangan tartibda:

soliqqa oid huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqish va yuridik hamda jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy sanktsiyalarni qo’llash. Soliq kodeksining 112-moddasiga muvofiq yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga moliyaviy sanktsiyalar sud tartibida qo’llaniladi, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash muddati o’tkazib yuborilganligi uchun penya hisoblash, shuningdek soliq to’lovchi sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybini tan olgan va jarimani ixtiyoriy ravishda to’lagan hollar bundan mustasno, soliq to’lovchi jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy sanktsiyalar faqat sud tartibida qo’llaniladi, penya hisoblash hollari bundan mustasno;

ma’muriy huquq buzilishlari to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqish va ma’muriy jazolar qo’llash;

k) aniqlangan soliq sohasidagi huquq buzilishlari holatlari bo’yicha tovar-moddiy boyliklarni qonun hujjatlariga muvofiq sud tartibida davlat daromadiga o’tkazish choralarini ko’rish;

l) soliq to’lovchilar tomonidan noqonuniy olingan mablag’larni davlat daromadiga undirish to’g’risida soliq to’lovchilarga nisbatan sudga da’volar taqdim etish;

m) soliq to’lovchi majburiyatlarining bajarilishi zarurligi to’g’risida va soliq bo’yicha qarzlarni majburiy tartibda undirish bo’ycha ko’rilgan chora-tadbirlar to’g’risida soliq to’lovchiga talabnoma yuborish;

n) soliq hisobotlari taqdim etilgan sanadan boshlab o’n kun mobaynida soliq to’lovchi tomonidan yozma ariza taqdim etilmagan taqdirda, ortiqcha to’langan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar summasini soliq bo’ycha qarzni, shu jumladan ular bo’yicha penya va jarimalarni to’lash hisobiga kiritish to’g’risida tegishli moliya organlariga mustaqil ravishda xulosa taqdim etish;

o) O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan hollarda hujjatlarni, agar ular chet tilda tuzilgan bo’lsa, notarial tasdiqlagan holda davlat tiliga tarjima qilishni talab qilish;

p) yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliqning joriy to’lovlarini soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib, qayta hisoblab chiqish, nazarda tutilayotgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqilgan yuridik shaxslar foydasidan olinadigan soliq summasi kamaytirib ko’rsatilgan taqdirda hisobot davrida byudjetga to’lanishi kerak bo’lgan yuridik shaxslar foydasidan olinadigan soliq summasiga nisbatan
10 foizdan ko’p miqdorda penya hisoblab yozish.

Davlat soliq boshqarmasi ushbu Nizomda va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadir.

Mazkur bandning «a»-«j» kichik bandlarida nazarda tutilgan huquqlar belgilangan vakolatlar doirasida tegishli davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga, «z»-«p» kichik bandlarida nazarda tutilgan huquqlar esa, tegishli davlat soliq xizmati organlarining boshliqlari va ularning o’rinbosarlariga beriladi.

12. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil
21 maydagi 98-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi to’g’risida Nizom»ning 12-bandiga muvofiq davlat soliq xizmati organlariga davlat statistika, axborot, arxiv, ma’lumotnoma tashkilotlari va boshqa tashkilotlar tomonidan soliq to’lovchilar to’g’risidagi ma’lumotlar berish yuzasidan xizmatlar (ishlar) bepul amalga oshiriladi.

V. Davlat soliq boshqarmasi mansabdor shaxslarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi

13. Davlat soliq boshqarmasi mansabdor shaxslarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi «Davlat soliq xizmati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, Davlat soliq qo’mitasai to’g’risidagi Nizom, mazkur Nizom, shuningdek O’zbekiston Respublikasi davlat soliq organlarida xizmatni o’tash to’g’risidagi Nizom bilan tartibga solinadi.

14. Davlat soliq boshqarmasining mansabdor shaxslari:

o’zlarining funktsional vazifalarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi, ijro intizomini buzganligi;

mazkur Nizom va O’zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaganligi;

noqonuniy xatti-harakatlar (harakatsizlik) tufayli soliq to’lovchilarga moddiy va ma’naviy zarar yetkazganligi;

o’zlarining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) tufayli xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning ishlab chiqarish hajmlarini pasaytirganligi va soliq solish bazasini kamaytirganligi;

O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq bo’lmagan qarorlar qabul qilganligi;

qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquq buzilishlari uchun O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javob beradilar.

15. Davlat soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan o’z xizmat vakolatlarini oshirib yuborish, shuningdek o’zlariga yuklangan funktsional vazifalarni bajarmaslik O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka olib keladi.

16. Soliq nazoratini amalga oshirishda davlat soliq boshqarmasi mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari tufayli yetkazilgan zararlar qonunda belgilangan tartibda qoplanishi kerak.

VI. Moddiy ta’minot

17. Davlat soliq boshqarmasi mansabdor shaxslarining ish haqi lavozim maoshidan, maxsus unvonlar, uzoq xizmat muddati uchun ustamalardan, boshqa qo’shimcha haqlardan iborat bo’ladi hamda u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to’lanadi.

18. Quyidagilar davlat soliq boshqarmasi xodimlarini moddiy rag’batlantirishning asosiy turlari hisoblanadi:

byudjetga to’lovlar tushumlari prognozi bajarilganligi va ortig’i bilan bajarilganligi hamda soliq bo’yicha qarzlar miqdori pasaytirilganligi uchun oy, chorak, yarim yillik ish yakunlari bo’yicha mukofotlash;

alohida muhim topshiriqlar bajarilganligi uchun yakka tartibda mukofotlash;

xodimlarning lavozim maoshiga ish uchastkasining murakkabligi va muhimligi hamda mehnatda yuqori natijalarga erishganligi uchun ustamalar to’lash;

xizmat vazifalarini bajarish chog’idagi alohida xizmatlari uchun va pensiyaga chiqishi munosabati bilan qimmatbaho sovg’alar bilan mukofotlash;

davlat soliq xizmati organlari xodimlarining lavozim maoshlariga ularning funktsional vazifalarini bajarishlarini, bilimlari darajasini, soliq to’lovchilar bilan ish olib borish qobiliyatlarini har yili test sinovlaridan o’tkazish asosida belgilanadigan maxsus rag’batlantiruvchi ustamalar.

19. Yil choragida respublika mintaqalarida manbalar bo’yicha byudjetga daromadlar tushumi prognozlari sifatli bajarilganligi va byudjetga to’lovlar bo’yicha o’z vaqtida to’lanmagan to’lovlar miqdorlari kamaytirilganligi uchun davlat soliq boshqarmasi, shuningdek shaharlar va tumanlar davlat soliq inspektsiyalari boshliqlari va ularning o’rinbosarlarini rag’batlantirish hamda ularga nisbatan moddiy javobgarlik choralarini qo’llash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

20. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil
21 maydagi 98-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi to’g’risida Nizom»ning 23-bandiga muvofiq davlat soliq xizmati organlarining bosh boshqarmalari, bo’limlari va boshqa bo’linmalari xodimlarini bir oydagi ish yakunlari bo’yicha mukofotlash ularga biriktirilgan soliqlar manbalari bo’yicha byudjetga soliqlar to’lovlari tushumlari prognozi, byudjetga hamda davlat maqsadli jamg’armalariga boshqa majburiy to’lovlar bajarilganligi va ortig’i bilan bajarilganligi uchun, soliq bo’yicha qarzlar darajasi pasaytirilganligi uchun hamda ular faoliyatini tavsiflovchi boshqa asosiy ko’rsatkichlar bajarilganligi uchun davlat soliq xizmati tegishli organlarining rahbarlari qarorlari bilan, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

21. Byudjetdan ajratiladigan mablag’lar hisobiga shakllantiriladigan mehnatga haq to’lash fondi mablag’lari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining  Moddiy yordam, ijtimoiy muhofaza, soliq  organlarini rivojlantirish hamda ko’zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg’armasi mablag’lari davlat soliq xizmati organlari xodimlariga to’lovlar manbalari hisoblanadi.

VII. Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi faoliyatini tashkil qilish

22. Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasiga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi.

23. Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig’i:

davlat soliq boshqarmasining faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda davlat soliq boshqarmasiga yuklatilgan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi uchun javob beradi;

o’ziga yuklangan vazifalar amalga oshirilishini ta’minlaydi, o’ziga bo’ysunuvchi bo’linmalar faoliyatini tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

o’z o’rinbosarlarining, boshqarma tarkibiy tuzilmalari, o’ziga bo’ysunuvchi hududiy davlat soliq xizmati organlari rahbarlari va xodimlarining javobgarlik darajasini belgilaydi;

belgilangan vakolatlar doirasida O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Davlat soliq qo’mitasining ichki idoraviy hujjatlari asosida va ularni bajarish yuzasidan Namangan viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan buyruqlar chiqaradi, topshiriqlar va ko’rsatmalar beradi;

Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi va davlat soliq inspektsiyalarining shtatlar jadvalini tasdiqlaydi;

xodimlarning cheklangan soni va mehnatga xaq to’lash fondi doirasida Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi va davlat soliq inspektsiyalari tuzilmasiga belgilangan tartibda o’zgartirishlar kiritish huquqiga ega bo’ladi;

Davlat soliq qo’mitasi Raisi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat soliq inspektsiyasi to’g’risidagi namunaviy nizom asosida Namangan viloyatining davlat soliq inspektsiyalari to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;

Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi hamda inspektsiyalari xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

alohida o’rnak ko’rsatgan xodimlarni faxriy unvonlarga va Respublika mukofotlariga belgilangan tartibda taqdim etish uchun Davlat soliq qo’mitasiga tavsiya qiladi;

O’zbekiston Respublikasining davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari bilan bilan bo’ladigan munosabatlarda Namangan viloyati davlat soliq xizmati organlari nomidan ish olib boradi.

Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig’i unga berilgan vakolatlar doirasida boshqa huquqlarga ham egadir.

24. Soliqqa oid qonun hujjatlarini qo’llashning eng murakkab va munozarali masalalari bo’yicha qarorlar tayyorlash, yuqori malakali maslahatlashuvlar o’tkazish uchun Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasida maslahat-ekspert kengashi tashkil etiladi.

Davlat soliq boshqarmasining Maslahat ekspert kengashi to’g’risidagi Nizom O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan tasdiqlanadi. Maslahat ekspert kengashiga davlat soliq boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari rahbarlik qiladi.

25. Davlat soliq boshqarmasiga aholi o’rtasida tushuntirish va profilaktika ishlarini amalga oshirish uchun o’zining bosma organini ta’sis etish va nashr qilish huquqi berilgan.

26. Davlat soliq boshqarmasida ajratilgan byudjet mablag’lari limiti hamda Davlat soliq qo’mitasining moddiy yordam, ijtimoiy muhofaza, soliq organlarini rivojlantirish va ko’zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg’armasi mablag’lari hisobidan Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilangan tartibda ajratilgan mablag’lar doirasida, davlat soliq xizmati organlari faoliyatining izchilliligini ta’minlash uchun zarur bo’lgan foydalanish, avtotransport, axborot-hisoblash va boshqa bo’linmalar tashkil etishi mumkin.

VIII. Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi kengashi

27. Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasida davlat soliq boshqarmasining boshlig’i, boshliqning birinchi o’rinbosari, boshliq o’rinbosarlari va davlat soliq boshqarmasining davlat soliq boshqarmasi faoliyatining asosiy yo’nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo’linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda kengash tashkil etiladi.

Kengashning soni va shaxsiy tarkibi davlat soliq boshqarmasi boshlig’ining taqdimiga binoan Davlat soliq qo’mitasi tomonidan tasdiqlanadi.

28. Davlat soliq boshqarmasining kengashi:

Namangan viloyati davlat soliq xizmati organlari faoliyatining, shu jumladan Davlat soliq qo’mitasi hay’ati qarorlarini va Davlat soliq qo’mitasi topshiriqlarini bajarish bilan bog’liq eng muhim masalalarni hal etadi;

davlat soliq boshqarmasi faoliyatining soliq qonunchiligiga rioya etilishini yanada ta’minlash, davlatning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlarini himoya qilish bo’yicha belgilab berilgan hamda ushbu Nizomda nazarda tutilgan asosiy yo’nalishlarini amalga oshiradi;

davlat soliq boshqarmasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish, tayyorlash va qayta tayyorlash masalalarini hal etadi;

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O’zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasi  qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo’yicha ijro intizomini mustahkamlash, davlat soliq boshqarmasi rahbarlari va xodimlarining ularni o’z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy javobgarligini oshirish masalalarini hal etadi.

Kengash shuningdek davlat soliq boshqarmasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko’rib chiqish huquqiga ega.

29. Kengash majlisiga davlat soliq boshqarmasi vakolatiga kiradigan masalalar bo’yicha  boshqa vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar vakillari taklif etilishi mumkin.

Kengash agar uning majlisida tarkibining yarmidan ko’pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo’ladi. Ko’rib chiqilayotgan masalalar bo’yicha qarorlar oddiy ko’pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

30. Kengash qarorlari davlat soliq boshqarmasi boshlig’ining buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Kengash raisi va a’zolari o’rtasida kelishmovchiliklar mavjud bo’lgan taqdirda Kengash raisi paydo bo’lgan kelishmovchiliklar to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Kengash a’zolari ham o’z fikr-mulohazalarini O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga xabar qilishlari mumkin.

IX. Davlat soliq inspektsiyalari

31. Davlat soliq inspektsiyalariga O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi Raisi tomonidan belgilangan tartibda tayinlanadigan boshliqlar boshchilik qiladi.

32. Davlat soliq inspektsiyalari boshliqlari o’zlariga yuklatilgan vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlaydi, o’zlariga bo’ysunuvchi bo’linmalar faoliyatini tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.

X. Yakuniy qoidalar

33. Davlat soliq boshqarmasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 

 Microsoft Word ko'rinishida ko'chirib olish (149 KB)

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech