Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Raxbar: Saydullayev Akramjon Baxramovich

Qabul kunlari: Xar haftaning Seshanba kuni soat 16:00 dan 18:00 gacha

Telefon: (0369) 227-90-20, 227-96-24

Faks: (0369) 227-90-20

Manzil: Namangan viloyati, Namangan shaxri, Xiva kuchasi № 1-uy

E-mail:  Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.

Veb-manzilwww.uznature.uz

Viloyat tabiatni muhofaza qilish qo'mitasining nizomi

 

Viloyat tabiati haqida

Respublika Xukumatining 1988 yil 5 apreldagi 134-sonli qarori asosida 1989 yil Respublika Tabiatni muxofaza qilish qo’mitasi tizimida Namangan viloyat tabiatni muhofaza  qilish qo’mitasi tashkil topdi.
Qo’mitada 90 nafar xodimlar xizmat qiladi. Shundan 1 tasi fan nomzodi, 70 nafardan ziyodi oliy ma’lumotli mutaxassislarni tashkil qiladi.
Qo’mitada 61 nafar davlat inspektorlari bulib, ular viloyat ekologiyasini musaffoligini ta’minlash, ekologik muvozanatni tiklash, viloyat xududida faoliyat ko'rsatayotgan korxona, tashkilot, muassasa xamda barcha xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda atrof-tabiiy muxitni muhofaza qilish soxasida Respublika Xukumati tomonidan qabul qilingan Qonun va qarorlarni ijrosi yuzasidan nazorat ishlari olib boradi. Shuningdek viloyatda tabiiy boyliklardan oqilona va tejamli foydalanish ustidan nazoratni olib borish, viloyat axolisini ekologik madaniyatini oshirish bo'yicha ishlar amalga oshiriladi. 1992 yil 9 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonun tabiiy  muhit sharoitlarini saqlashning,  tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy,  iqtisodiy va tashkiliy  asoslarini  belgilab beradi.  Qonunning maqsadi inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlar uyg’un muvozanatda rivojlanishini, ekologiya  tizimlari,  tabiat  komplekslari  va  ayrim ob’ektlar muhofaza qilinishini  ta’minlashdan,  fuqarolarning  qulay  atrof muhitga ega bo’lish huquqini kafolatlashdan iboratdir.

Tabiatni muhofaza qilishdan maqsad:

-inson salomatligi uchun, ekologik muvozanatni saqlash uchun, respublikani samarali va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish manfaatlari yo’lida tabiatdan oqilona va uni ishdan  chiqarmaydigan qilib foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
-jonli tabiatning turlari va genetik fondi boyligini saqlab qolish;
-ekologiya tizimlari,  landshaftlar va noyob tabiat ob’ektlari xilma-xilligini saqlab qolish;
-ekologiya xavfsizligini ta’minlash;
-tabiat ob’ektlari   bilan  bog’liq  madaniy  merosni  asrab qolishdir.
O'zbekiston Respublikasining "Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi Nizomiga asosan Namangan viloyat Tabiatni muhofaza qilish qo’mitasining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Tabiatni muhofaza qilish, undan oqilona foydalanish va tabiiy resurslarni qayta tiklash sohasida davlat nazoratini olib borish;
Tabiatni muhofaza qilish faoliyatini tarmoqlararo va kompleks boshqarishni amalga oshirish;
Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni saqlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish va joriy qilish;
atrof tabiiy muxit xolatini qulay bo'lishini ta’minlash, ekologik vaziyatni sog'lomlashtirishdan iborat.
Namangan viloyati O'zbekistonning sharqiy qismida Farg'ona vodiysining shimolida joylashgan. Umumiy maydoni 718,1 ming gektar bulib, uning 27 foizida dexqonchilikda foydalaniladi, 3 foiz maydoni O'rmonzorlardan iborat. 21 foiz xududini esa yaylov tashkil qiladi.

Tog'li xududdagi baxor mavsumi

Namangan viloyati Farg'ona vodiysining juda katta maydonini egallagan tog'lar orasida bo'lgani uchun uning tabiati uziga xos va O'zbekistondagi eng yumshoq iqlimli mintaqa xisoblanadi. Yozi o'ta issik emas, qishi xam unchalik sovuq bo'lmasdan, qisqa xamdir.  Iqlimi paxta va boshka issiqsevar qishlok xo'jalik ekinlari yetishtirishga juda mos. Namanganning mashxur olmalaridan tashqari bu yerda olxuri, anor, anjir, uzum, xurmo va boshka sarxil mevalar yetishtiriladi. Yog'ingarchilik kam bulganligi uchun  Namanganda ko'proq sug'oriladigan dexqonchilik bilan mashg'ul bo'linadi.

O'simlik dunyosi

2200 ming axoli yashaydigan viloyat tarkibiga 11 ta tuman kiradi. Ma’muriy markazi – Namangan shaxri. Shaxar dengiz satxidan 450 metr balandlikdagi Qir-adirlikda joylashgan. Namangansoy, Shimoliy Farg'ona va Yangiariq kanallari shaxar iqlimining uziga xos barometri xisoblanadi. Viloyat ijtimoiy-iqtisodiy xayotida viloyat xududida Norin va Qoradaryolarining qushilishi tufayli xosil buladigan Sirdaryoning ahamiyati kattadir. Bundan tashkari Podshoota, Chortoqsoy, Namangansoy, Kosonsoy, G'ovasoy, Chodaksoylardan oqib tushayotgan suvlar viloyat xalq xo'jaligi va axoli turmushida muhim rol o'ynaydi. Viloyatda suv zahiralaridan oqilona foydalanish maksadida Kosonsoy, Chortoksoy va Eskier suv omborlari qurilgan, bundan tashkari viloyat xududida 15 tadan katta-kichik ko'llar mavjud.

Norin daryosining Sirdaryoga qo'shilish joyi

Viloyat xududida Imomota, Kengulsoy, Chust, Abdullabur, Baliqkul, Buloqboshi, Begovotsoy, Kosonsoy madanli suvi, Oqbuloq, Shirinbuloq va Ona kuz yoshlari kabi 90 ga yaqin buloqlar mavjud bo'lib, ularning zilol suvlari xaqiqiy obihayot xisoblanadi. Chust tabiiy yodgorligi xududida daraxtlarning 5 turi, 24 turdagi butalar, 10 xil yarimbutalar, 98 xildagi ko'p yillik o'simliklar, 160 xildagi boshqa o'simliklar o'sadi.

Yangiqo'rg'on tuman Zarkent katta arig'i

Umuman olganda viloyat xududida O'zbekiston Respublikasining «Qizil kitobi»ga kiritilgan 17 xildagi o'simliklar o'sadi. Ular orasida Angren tanga uti, Toshbuzar nevrolma, Sharipov lolasi, Odilov piyozi va bir kator boshka turlar fakat ushbu xududlarga xos xisoblanadi.

Sudralib yuruvchilar turkumi

Xayvonot olamining 38 xili  O’zbekiston Respublikasining «Qizil kitobi»ga kiritilgan bulib, ulardan qorakuz, turkiston muylovdori, xonbalik, turkiston lakkasi, Menzbir suguri,  silliq gekkon, laylak, Ko'k va oq kuton, qorabovur, lochin va burgutlar ushbu hudud uchun xosdir.

Xayvonot va o'simlik dunyosi

Viloyat hududida yer osti boyliklari xam xilma-xil bulib, oltin, kumush, uran, yarimetallar, neft, qalayining zahiralari aniqlanib, bu kabi tabiiy boyliklardan inson manfaati yo’lida  foydalanilmoqda.

Namangan viloyat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar

   Axoli zich joylashgan Namangan shahrida ekologik toza sharoitni yaratish maqsadida Namangan shaxri hududidan 3- paxta tozalash zavodi, Namangan Yog' korxonasi shahardan tashqariga ko'chirildi va ularning o'rnida atrof muxitga salbiy ta’sir ko’rsatmaydigan madaniy-maishiy ob'ektlar qurib ishga tushirildi. Viloyatda ekologik xolatni barkarorlashtirish, atrof tabiiy muhitni muxofaza qilish borasida o'tgan yillarda bir qator ishlarni amalga oshirildi. Jumladan, viloyatda ochik suv xavzalari xamda yer osti suvlarini ifloslanishidan saqlash maqsadida Respublika axamiyatiga molik bulgan «Norin» (5685 gektar maydon), viloyat axamiyatidagi «Iskovot-Peshkurgon» va «Olmos-Varzik» (24180 gektar maydon) yer osti chuchuk ichimlik suvlari xosil bulgan mintaqalar xamda Norin va Qoradaryo daryolarining suvni muhofaza qilish zonalari loyixachilar tomonidan urganib chiqildi va muxofaza zonalari ajratilib ushbu hududlarga (daryolarning muhofaza zonasidagi 5582,9 ga, qirg'ok mintaqadagi 613,3 ga maydonlar) «Aloxida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar» maqomi berildi.
   Viloyatda atrof tabiiy muxitni ifloslantiruvchi manbalarni tanlab olib ular ustidan muntazam atrof muxitga ta’sirini urganish ishlarini qo’mitaning analitik nazoratga ixtisoslashtirilgan inspeksiyasi xodimlari tomonidan olib borilyapti.
Qo’mita tomonidan viloyatda atrof tabiiy muxitni muhofaza qilish, atmosfera xavosi, ochik suv xavzalari, yer va usimlik va xayvonot dunyosini muxofaza qilish ishlarini kuchaytirish, ekologik targibot va tashvikot ishlarini olib borish maksadida viloyatdagi atrof tabiiy muxitni muxofaza kilish ishlariga bevosita alokador bulgan tashkilotlar viloyat Ichki ishlar boshkarmasi, viloyat Gidrometerologiya markazi, viloyat Qishloq va suv xo'jaligi boshqarmasi, viloyat xududiy Kommunal foydalanish birlashmasi, viloyat Prokuraturasi kabi mutassadi tashkilotlar bilan xamkorlikdagi «profilaktik tadbirlar rejasi» ishlab chikilib shu asosida reydlar tashkil qilinyapti.
   2011 yil va 2012 yilning birinchi choragi davomida ushbu tadbirlar rejasiga asosan o'tkazilgan reydlar natijalarini taxlil qilinsa, Ochiq suv xavzalarining qirg'oqlariga, maxalla hududlaridagi belgilanmagan joylarga joylashtirilgan 2399 tonnadan ziyod turli xildagi maishiy va sanoat chiqindilarini maxsus chiqindixonalarga oldirildi. Suvlarga salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin bulgan 15 ta turli xildagi ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish ob'ektlari ekologik xavfsiz joylarga ko'chirildi va ochiq suv xavzalarining qirg'oq mintakalari ta’minlandi, 16 gektar qirg'oq buylariga ekib yuborilgan qishlok xo'jalik ekinlari buzdirib tashlandi.
Qo’mitaning tabiatni muhofaza qilish mahalliy jamg’armasi mablag'laridan viloyatdagi tabiatni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan tadbirlar bilan mablag'lar bilan ta'minlab kelinyapti. Masalan 2010 yilda 45 mln. 215 ming 300 sum, 2011 yilda 59 mln. 924 ming 200 sum, 2012 yil 1-chorakda 712 ming 500 sum mikdorida mablaglar tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini bajarish uchun sarflandi.
   Yurtboshimiz I.A.Karimov: ”Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir, uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo’lib, tsivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko’p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog’liqdir”, - deb ta’kidlaydi. Zero, jamiyatimiz barcha a’zolarining yuksak ma’suliyatlaridan biri - bu tabiat boyliklarini saqlash va ulardan oqilona foydalanish, tabiatni muhofaza qilish vazifasidir.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach, tabiatni boshqarish tizimi tubdan takomillashtirildi. Tabiiy muhitni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning xuquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslari tarkib topdi.
   O’zbekistonda yuksak ekologik madaniyat darajasiga, har bir fuqaro tomonidan mamlakatning noyob tabiati xalqimizning tarixiy merosining ajralmas qismi ekanligi va kelajak avlodlar uchun uni asrab-avaylash zaruratining anglanishiga erishishda barcha manfaatdor davlat organlari va jamoat birlashmalari, fuqarolarning sa’y-harakatlarini izchil uyg’unlashtirish ham ushbu yo’nalishda muhim ahamiyat kasb etadi.
   Bir so’z bilan aytganda, mamlakatimizda tabiatni muhofaza qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan bo’lib, belgilangan ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirishda barcha jamoat tashkilotlari, davlat organlari va keng jamotchilikning faolligini oshirish zarur bo’ladi.
Bugungi kunda mintaqalarda, jumladan, Namangan viloyatida ham atrof muhitni muhofaza qilish bo’yicha ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Namangan shahrida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari diqqatga sazovordir.
   O’zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi Qonuniga asosan tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish uchun barcha turdagi ta’lim muassasalarida ekologiya o’quvining majburiyligini ta’minlanishi va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari va Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan 2005 yilning 7 noyabrida imzolangan “Respublikada ekologik ta’limni rivojlantirish va ekolog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish istiqbollari Dasturi va Kontseptsiyasi haqida”gi qo’shma qarordan kelib chiqqan holda viloyatda ta’lim muassasalariga ekologiya sohasidagi ta’lim yo’nalishlari uchun o’quv adabiyotlari, ko’rgazmali qurollar bilan ta’minlashga va o’quv muzeylari, ekologik amaliyotlarini tashkil etishda tashkiliy-uslubiy yordam ko’rsatilib borilmoqda. Ayniqsa, uzluksiz  ekologik ta’lim tizimini rivojlantirish va takomillashtirish borasidagi ekologik ta’lim bo’yicha milliy axborot-resurs markazini barpo etish, ekologik ta’limni rivojlantirish dasturi doirasida o’quv kurslari, seminarlar, treninglar tashkil etish,  ekologik ta’lim va barqaror rivojlanish uchun ta’lim bo’yicha Respublika anjumanlarini o’tkazib borilishi va ularda qabul qilingan tavsiyalarning bajarilishi qoniqarli bajarilmoqda.
   Hozirgi zamonning dolzarb muammolarini yechishda yosh avlodga yekologik ta’lim va tarbiyani, ekologik madaniyatni shakllantirish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Ekologik madaniyat deganda tabiat va jamiyat o’rtasidagi bog’lanishlarni to’g’ri tushunish, tabiatga zarar keltirmaslik, undan normal foydalanishni tushunamiz. Aholining ekologik madaniyati – bu tabiatni muhofaza qilish, boyliklaridan oqilona foydalanish, ekologik hissiyot, tabiatga mehrli bo’lish, faol hayotiy pozitsiyada turish, mukammal ekologik bilimga ega bo’lishdan iboratdir.
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech