Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


   Raxbar: Rajabov Vahobjon To'rajonovich

   Qabul kunlari: Xar haftaning Seshanba kuni soat 10:00 dan 12:00 gacha

   Tel: (0-369) 232-61-15

   Faks: (0-369) 232-19-84

   Manzil: Namangan sh, 3-kichik tuman, Do'stlik sho'x ko'chasi

   E-mail:  Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.

   Veb-manzil: www.uzedu.uz

NAMANGAN VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI TO’G’RISIDA

N I Z O M

1. Xalq ta’limi boshqarmasi xalq ta’limi davlat boshqaruv organi hisoblanadi va O’zbekistonning «Ta’lim to’g’risida» Qonuni asosida faoliyat ko’rsatadi hamda viloyat hokimligiga bo’ysunadi. Boshqarma maktabgacha, umumiy o’rta, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, pedagogika fanini rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirilishini ta’minlaydi. Boshqarma idoraviy bo’ysunishi va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, ta’lim muassasalarida «Ta’lim to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga asoslangan holda ish olib borish, bajarilishiga rioya qilish ustidan nazoratni va ularga uslubiy rahbarlik amalga oshiradi.

2. Viloyat hokimligi xalq ta’limi boshqarmasi shahar, tuman hokimliklari xalq ta’limi bo’limlariga tegishli hududiy darajalarda davlat ta’lim muassasalari tizimiga yagona rahbarlikni amalga oshiradi. Boshqarma viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori, tuman xalq ta’limi bo’limi mudiri lavozimlariga tayinlanadigan yangi rahbarlarni hokimliklar tavsiyasiga asosan ko’rib chiqadi, lavozimiga loyiq deb topilgan nomzodlarni vazirlik tasdig’iga tavsiya etadi va vazirlikning buyrug’i asosida boshqarma buyrug’i bilan lavozimiga tayinlanadi yoki suhbatdan o’tkazib rozilik bildiradi. O’z tasarrufidagi barcha ta’lim muassasalari tashkilot rahbarlarini mahalliy hokimiyatlar tavsiyasiga asosan lavozimga tayinlaydi. Shuningdek, boshqarma hay’at majlisi qarori bilan tasdiqlangan rahbarlar nomenklaturasiga kiruvchi boshqa rahbarlarni ham tayinlaydi. Mazkur boshqaruv organlari boshqarmaga qarashli muassasalar, korxonalar hamda tashkilotlar bilan birgalikda boshqarmaning yagona tizimini tashkil etadi. Boshqarma va xalq ta’limi boshqaruvining mahalliy organlari ta’lim muassasalarida davlat tomonidan belgilangan talablar va normativlar bajarilishini ta’minlaydi, idoraviy bo’ysunishi hamda mulkchilik shaklidan qat’iy nazar ta’lim muassasalariga uslubiy yordam ko’rsatadi.

3. Boshqarma o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, vazirlik hay’at majlisi qarorlari va buyruqlari, viloyat hokimi qaror va farmoyishlari, boshqa meoyoriy hujjatlarga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.

 umuminsoniy qadriyatlar, tarixiy tajriba, xalqning ko’p asrlik ilmiy va madaniy anoanalari, jamiyatning kelgusi taraqqiyotini hisobga olgan holda Respublikaning intellektual va ilmiy salo’iyatini rivojlantirish, o’zining jamiyat, oila va davlat oldidagi masouliyatini anglaydigan, har tomonlama yetuk, erkin shaxsni shakllantirish maqsadida ta’lim sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;

4. Boshqarmaning boshqa vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

- ta’lim strategiyasini ishlab chiqish, uning rivojlanish istiqbolini belgilash va rejalashtirish, ta’lim tizimining xalq xo’jaligi boshqa sohalari bilan o’zaro munosabati tartibini takomillashtirish;

- ta’lim mazmunini muntazam yangilab turish hamda ta’limning jahon andozalariga, aholining milliy, ma’naviy ehtiyojlariga javob beradigan yangi mazmuni ishlab chiqilishini ta’minlash;

- kasb ta’limi olish va yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlardagi faoliyatga tayyorlanish uchun yoshlarning umumiy o’rta ta’lim olishini ro’yobga chiqarish;

- o’quvchi yoshlarning bosqichma-bosqich o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga o’tishlarini viloyat hokimligining o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda ta’minlaydi, shahar, tuman hokimlik xalq ta’limi bo’limlariga uslubiy yordam ko’rsatadi;

- bolalar va o’smirlarni ijtimoiy-huquqiy ji’atdan ‘imoya qilish chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish;

- O’zbekiston Respublikasi Hukumatining ta’limni rivojlantirish, ilmiy pedagog xodimlar tayyorlash va ulardan foydalanishni takomillashtirish, ta’lim sohasi xodimlarining jamiyatdagi ijtimoiy maqomini ko’tarishni amalga oshirish sohasidagi kadrlar siyosatini ro’yobga chiqarish;

- o’quv-tarbiya jarayoni sifatiga davlat ba’osini berish, davlat tasarrufida bo’lgan va davlatga qarashli bo’lmagan ta’lim muassasalarida yuqori malakali ishchilar va mutaxassislar tayyorlash;

- ta’limning moddiy negizini rivojlantirish va texnika bilan qayta jihozlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish, zamonaviy ta’limni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan turli buyumlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish yo’nalishlarini belgilash;

- ta’lim muasalalarida xalqaro, davlatlararo darajalarda O’zbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda ifodalash;

- ta’lim muassasalarida, ularning idoraviy bo’ysunishidan qat’iy nazar, o’quv-tarbiyaviy va uslubiy ishlarni muvofiqlashtirish, vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar bilan birgalikda ta’lim sifatini oshirish, bolalar va yoshlar tarbiyasi bo’yicha tadbirlarni ishlab chiqish.

5. Boshqarma o’ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi majburiyatlarni bajaradi:

- viloyat Istiqbolni belgilash va davlat statistika boshqarmasi, boshqa manfaatdor boshqarmalar va idoralar bilan birgalikda ta’lim tizimini hamda uning muayyan bo’g’inlarini rivojlantirishning ilmiy asoslangan uzoq muddatli istiqbolini ishlab chiqadi;

- shahar, tuman xalq ta’limi bo’limlari bilan birgalikda ta’lim tizimini rivojlantirish strategiyasini belgilaydi, ularni ro’yobga chiqarishda davlat va jamoat tuzilmalarining o’zaro hamkorligini ta’minlaydi;

- viloyat Moliya boshqarmasi, xalq ta’limi boshqaruvi organlari, manfaatdor boshqarmalar va idoralar bilan birgalikda ta’limni rivojlantirish, ilmiy xizmat ko’rsatishga, shuningdek, «Ta’lim», «Uy-joy qurilishi», «Fan va ilmiy xizmat ko’rsatish» tarmoqlari bo’yicha davlat byudjeti mablaьlari ‘ajmiga oid takliflarni ishlab chiqadi;

- shartnoma munosabatlari negizida ta’limni mablaь bilan ta’minlashning qo’shimcha manbalarini shakllantiradi, boshqarmaning va ta’lim boshqaruvi boshqa organlarining markazlashtirilgan jamg’armalari ham shular jumlasiga kiradigan: Tadbirkorlik ishlarini yuritadi. Qo’shma korxonalar, davlatdan tashqari ta’lim muassasalari ochadi; Sarmoyadan tashqari mablaь ishlab topishning turli yullaridan foydalanadi;

- boshqarmaga qarashli bo’lgan tashkilotlar, muassasalar va korxonalar faoliyatining meoyoriy negizini ishlab chiqadi va takomillashtiradi;

- ta’lim muassasalarida o’quv-tarbiya jarayoniga ilmiy-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;

- ta’lim va tarbiya tizimining har bir bo’g’ini uchun, shu jumladan, davlat ixtiyorida bo’lmagan ta’lim muassasalari uchun ta’lim mazmuni va sifatiga qo’yiladigan asosiy talablarni belgilaydi;

- ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari, o’quv-uslubiy markazlar va kabinetlar, pedagog jamoalar uchun o’quv-uslubiy materiallar va darsliklarning tezlik bilan ishlab chiqilishiga, barcha turdagi ta’lim muassasalarida o’quv-tarbiya jarayonini tashkil qilishga, yangi istiqbolli yondashishlarini ishlab chiqishga, ilmiy-pedagog xodimlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muammolarini hal qilishga keng jalb etilishini ta’minlaydi;

- xalq ta’limi vazirligi bilan kelishgan holda xodimlarni rivojlangan davlatlarda malaka oshirishga yuborish;

- pedagog xodimlarga ta’lim berish, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning oqilona muddatlarini amaldagi tartibda belgilaydi. Manfaatdor boshqarmalar, idoralar bilan birgalikda xalq xo’jaligi sohalarining malakali ishchilar va mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojini aniqlaydi, ularni tayyorlaydi va qayta tayyorlaydi;

- ta’lim muassasalarida umumiy ta’lim, fundamental, umumixtisos, ijtimoiy fanlarni o’qitishning yo’lga qo’yilishiga, mehnat, ahloqiy, huquqiy, iqtisodiy, ekologik va jismoniy tarbiya berilishiga, kasb-hunarga yo’naltirishning tashkil etilishiga o’quv-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;

- Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizomlarga binoan davlat ixtiyorida bo’lmagan ta’lim muassasalariga litsenziya berish, attestatsiya va akkreditatsiyadan o’tkazaish, davlat tasarrufida bo’lganlarini esa attestatsiyadan o’tkazish masalalarini muvofiqlashtiradi;

- vazirlik bilan kelishgan holda o’qitishning zamonaviy texnik vositalarini o’quv jarayoniga joriy qilish bo’yicha tadbirlarni ishlab chiqadi va ularni ro’yobga chiqaradi, bu ishlarga o’quv-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi. Viloyat hokimligi xalq ta’limi boshqarmasi qoshida ‘ududiy teleradiostudiya tashkil qiladi;

- vazirlik tasdiqlagan qoidalarga asosan bolalarni umumta’lim muassasalariga, ularning idoraviy bo’ysunishidan qat’iy nazar qabul qiladi;

 - boshqarma nashrlari orqali ta’lim sohasi bo’yicha ilmiy-texnik va pedagogik axborotlarni yoyadi, manfaatdor boshqarmalar, idoralar bilan birgalikda yangi pedagogik texnologiyalar, ilg’or ish tajribalarining ommalashtirilishi va joriy qilinishini ta’minlaydi hamda ilmiy-uslubiy jurnallar, gazetalar, boshqarma bo’yicha qarorlar, buyruqlar, yo’riqnomalar to’plamlarini axborotnoma shaklida nashr etadi;

- mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda aholining maktabgacha ta’limga bo’lgan ehtiyojini qondirish, maktabgacha yoshdagi bolalarning to’laqonli, jismoniy va aqliy rivojlanishi uchun sharoit yaratish tadbirlarini amalga oshiradi hamda bolalar va o’smirlarga mo’ljallangan maktabdan tashqari va o’quv-tarbiya muassasalarining moddiy-texnik negizini mustaxkamlaydi, ularning tarmoьini rivojlantiradi, o’sib kelayotgan avlodning ijodiyoti va soьlom dam olishi, ularning qiziqishlari va ehtiyojlari qondirilishini, qobiliyat va isteododlari har tomonlama rivojlanishini ta’minlovchi muassasalar kompleksini yaratadi;

- davlat ta’lim muasssasalari va davlatga qarashli bo’lmagan ta’lim muassasalarida yetim va ota-ona g’amxo’rligisiz kolgan bolalarni to’la davlat ta’minoti asosida boqish, o’qitish, tarbiyalash va kasbga tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratadi;

- mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni o’qitish, tarbiyalash va ularni boqish, kasbga tayyorlash, ularning ijtimoiy-maishiy va moddiy ta’minoti, tibbiy xizmat ko’rsatish va soьlomlashtirishni takomillashtiradi, ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalar, maktablar va maktab-internatlar tarmoьini rivojlantiradi;

- o’ziga qarashli ta’lim muassasalarining Ustavlarini tasdiqlaydi;

- ta’lim masalalari bo’yicha jamoatchilik fikrini o’rganishni tashkil etadi, viloyatda ta’limning a’volini qiyosiy tahlil qiladi, uning rivojlanish tendentsiyasini belgilaydi;

- ta’lim muassasalarining moddiy negizini mustahkamlash va texnika bilan qayta jihozlash, ta’lim ob’ektlari qurish hamda ularni qayta qurishning kompleks dasturlari ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun asosida bajarilishini nazorat qiladi;

- o’ziga qarashli ta’lim muassasalarida kurilishni loyi’alash ishlari, ularning smetalari ekspertizasini amalga oshirish va kurilish, taomirlash ishlarining sifati, talablarga javob berishini nazorat qilib boradi;

- bevosita boshqarmaga bo’ysunuvchi muassasalar, tashkilotlar, korxonalarning moliya-xo’jalik faoliyatiga viloyat hokimligi moliya boshqarmasi bilan hamkorlikda rahbarlikni amalga oshiradi;

- sog’liqni saqlash boshqarmasi bilan birgalikda bolalar va o’quvchi yoshlar salomatligini mustahkamlash hamda muxofaza qilishni ta’minlovchi shartlarga rioya etilishi, tadbirlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

- viloyat manfaatdor boshqarmalari, idoralari, uyushmalari bilan birgalikda o’quvchilar, talabalar sport musobaqalari, sayyo’lar slyotlarini, texnik ijodiyot ko’nikmalari, maktab olimpiadalarini, pedagog kadrlar o’rtasida sport musobaqalarini, yosh talantlarni aniqlash, o’stirish va shaxsni kamol toptirishga yo’naltirilgan o’quv-tarbiya tusidagi boshqa tadbirlarni tashkil etadi hamda o’tkazadi;

- ta’limning mu’im masalalari bo’yicha kengashlar, seminarlar va konferentsiyalarni belgilangan tartibda o’tkazadi;

- ta’lim xodimlari viloyat konferentsiyalari o’tkazilishini belgilangan tartibda tashkil etadi;

- mehnat va o’qishdagi yuqori ko’rsatkichlari, o’quvchi yoshlarni o’qitish, tarbiyalash va homiylik qilishda faol ishtirok etganliklari uchun boshqarma tizimidagi pedagog kadrlar, o’quvchilar va talabalarni, boshqarmalar, idoralarning xodimlarini belgilangan tartibda Hukumat mukofotlariga hokimliklar bilan birgalikda takdim etadi hamda tarmoq mukofotlari bilan takdirlaydi;

- viloyat hokimi farmoyishi bilan viloyat miqyosida pedagog-kadrlar, homiylarni takdirlash ishlarini amalga oshiradi;

- fuqarolarning taklif, ariza, shikoyatlarining o’z vaqtida ko’rib chiqilishini tashkil etadi, fuqarolarning xatlarida maolum qilingan «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunining buzilish ‘ollarini bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar ko’radi.

6. Boshqarma oldida turgan vazifalarni hal etish, zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish uchun quyidagi huquqlar beriladi;

- mulkchilik shakli va kimga bo’ysunishidan qat’iy nazar, ta’lim organlari va muassasalari tomonidan «Ta’lim to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», Respublika Hukumatining ta’lim masalalari bo’yicha qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

- ta’limning ayrim masalalarini hal etish, ta’lim muassasalari ishini takomillashtirish, ularning o’quv-moddiy negizini musta’kamlash, davlat ta’lim muassasalari xodimlari, o’quvchilar va talabalarning belgilangan ijtimoiy muxofazasini ta’minlash bo’yicha takliflarni ko’rib chiqish uchun Respublika Xalq ta’limi vazirligiga takdim etish;

- ta’lim tizimi va uning muayyan bo’ьinlarini rivojlantirishning dolzarb va istiqbolli muammolarini ishlab chiqish uchun muvaqqat ilmiy jamoalar tashkil etishi;

- o’ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun viloyat Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo’mitasidan, joylardagi ta’lim boshqaruv idoralaridan statistik, reja va hisobot maolumotlarini olish;

- tuman va shahar xalq ta’limi bo’limi organlarining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunga zid bo’lgan buyruq va ko’rsatmalarining amal qilishini to’xtatish, zarur hollarda ularni bekor qilishi haqida tegishli hokimlikka taklif kiritish;

- o’ziga qarashli muassasalar tomonidan qabul kilingan mehnat to’g’risidagi Qonunlarga xilof ravishda xodimlarni jazolash va ishdan bo’shatish ‘aqidagi buyruqlarini bekor qilish;

- hay’at majlisida ta’lim boshqaruvi organlari, ta’lim muassasalari rahbarlarining boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar bo’yicha hisobotlarini eshitish;

- xalq ta’limi va fan xodimlari kasaba uyushmasi viloyat Kengashi, Mehnat va a’olini ijtimoiy ‘imoyalash bosh boshqarmasi bilan birgalikda Respublika Hukumatining qarorlari bilan nazarda tutilgan imtiyoz va kompensatsiyalarining boshqarma tizimida to’g’ri qo’llanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

- O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, bank va boshqa kredit muassasalarda valyuta schyotlariga ega bo’lish;

- ta’lim muassasalari bo’yicha o’z vakolati doirasida amaldagi Qonunlarning qo’llanilishi bo’yicha tushuntirishlar berish hamda ta’lim tizimida huquqiy ishlarni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

- o’z apparatining mansabdor shaxslarini, o’zining va boshqa tizimlarning yordam berishga jalb qilinadigan xodimlarini boshqarma vakolatiga tegishli bo’lgan masalalar bo’yicha materiallar bilan tanishish uchun ta’lim boshqaruv organlariga, o’quv - ta’lim muassasalariga, tashkilotlar va korxonalarga yuborish;

- o’quv dasturlari, darsliklar, o’quv qo’llanmalari va uslubiy materiallar haqida xulosalar tayyorlash, ilg’or tajriba va pedagogika fani yutuqlaridan foydalanish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqib, vazirlikka tavsiya qilish.

7. Viloyat hokimligi xalq ta’limi boshqarmasiga Xalq ta’limi vazirligi buyruьi hamda viloyat hokimining qaroriga muvofiq lavozimga tayinlanadigan boshliq boshchilik qiladi.

8. Boshqarma boshlig’i:

- boshqarmaga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, boshqarma faoliyatining alo’ida sohalariga, xalq ta’limi organlariga va boshqarma tizimidagi ta’lim muassasalari, tashkilotlar va korxonalarga rahbarlik qilish uchun boshliq o’rinbosarlarining, boshqarma markaziy apparati bo’linmalari rahbarlarining javobgarligi darajasini belgilaydi;

- O’zbekiston Respublikasining amaldagi Qonun hujjatlari, Xalq ta’limi vazirligining yuborgan hujjatlari asosida ularni bajarish yuzasidan buyruqlar, yo’riqnomalar chiqaradi hamda boshqarma tizimida bajarilishi majburiy bo’lgan ko’rsatmalar beradi va ularning ijrosini tekshiradi. Uning vakolatiga kiruvchi masalalar bo’yicha buyruqlari va yo’riqnomalari xalq ta’limining barcha organlari, viloyatning ta’lim muassasalari hamda tasarrufidagi ta’lim muassasalari, idoralarning bajarishlari majburiydir;

-  zarur bo’lgan holda boshqa boshqarmalar, idoralarning rahbarlari bilan birgalikda qo’shma buyruq, qarorlar chiqaradi.

9. Boshliq o’rinbosarlari boshqarma boshlig’ining taqdimnomasi bo’yicha viloyat hokimligi va vazirlikdan suhbatdan o’tgandan keyin boshqarma buyrug’i bilan tayinlanadi.

10. Boshqarma o’z ishini yakkaboshchilik va kollegiallik asosida tashkil qiladi.

11. Boshqarmada hay’at tashkil qilinadi, uning shaxsiy tarkibi viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadi.

12. Hay’atning tegishli hujjatlari, qarorlar boshqarma boshliьining buyruqlari bilan ‘ayotga joriy qilinadi. Boshliq bilan hay’at aozolari o’rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan taqdirda, boshliq yuzaga kelgan kelishmovchilik ‘aqida viloyat hokimligini xabardor qilgan holda o’z qarorini ‘ayotga joriy qiladi. Hay’at aozolariga ham o’z fikrlarini viloyat hokimligiga maolum qilish huquqi beriladi.

13. Boshqarma Markaziy apparati tuzilmasi, xodimlari soni va mehnatga haq to’lash fondi viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlanadi va belgilanadi. Boshqarma boshlig’i xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq to’lash fondi doirasida tuzilmaga o’zgartirish kiritish va boshqarma markaziy apparatining shtat jadvalini tasdiqlash huquqiga egadir.

14. Boshqarma yuridik shaxs hisoblanadi, O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va o’z nomi lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida yozilgan muhrga, tamg’aga, viloyat markaziy bankining tegishli bo’linmalarida byudjet hamda hisob-kitob raqamlariga ega bo’ladi.

MIcrosoft Word ko'rinishida ko'chirib olish (68 KB)

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech