Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


  1. Makroiqtisodiy o‘zgarishlar.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti tomonidan 2016 yil 15 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining yig‘ilishida belgilab berilgan ?016 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yo‘nalishlari» bo‘yicha vazifalarni amalga oshirilishi, shuningdek, Hukumat tomonidan qabul qilingan tarmoq dasturlari va qarorlarida belgilangan parametrlarni viloyatda ijrosini ta’minlanishi hisobiga 2016 yil yanvar-dekabr yakuni bilan iqtisodiyotning barcha sohalarida barqaror o‘sish sur’atlari ta’minlandi.

Xususan, iqtisodiyotni va uning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilashni jadallashtirish va ko‘lamlarini kengaytirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, yo‘l-transport va kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish, faol investitsiya siyosatini amalga oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, zarur ishbilarmonlik muhitini yaratish, aholining hayot darajasi va sifati izchil oshirilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida hisobot davrida yalpi hududiy mahsulot hajmining (YaHM) o‘sish sur’ati
9,3 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 14,8 foizga, qishloq xo‘jaligi 6,9 foizga, kapital qo‘yilmalar 2,5 foizga, qurilish ishlari 10,4 foiz, chakana savdo aylanmasi 14,1 foiz va xizmatlar hajmi 16,0 foizga o‘sishi ta’minlandi.

  1. Moliyaviy holat.

Inflyatsiya sur’atlari. Viloyatda inflatsiyani qisqartirish hamda narx-navoni barqarorlashtirish bo‘yicha 2016 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar Dasturi ishlab chiqilib, ijrosi tizimli monitoring qilib borilmoqda.

Viloyat aholisi uchun markazlashgan tartibda ajratilayotgan un va o‘simlik yog‘ini birja savdolariga o‘z vaqtida qo‘yish va sotib olingan mahsulotlarni savdo korxonalari tomonidan ayniqsa, qishloq va tog‘li hududlarda yashovchi aholiga muntazam yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan.

Bundan tashqari tadbirkorlar tomonidan chetdan xarid qilayotgan nooziq va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ist’emol bozorini to‘ldirib kelinmoqda.

Viloyat aholisini arzon, sifatli meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash maqsadida 721,7 ming tonna sabzavot (o‘sish sur’ati 110,3%), 125,0 ming tonna go‘sht (108,9%), 637,4 ming tonna sut (109,7%) va 423,3 mln.dona tuxum (118,2%) ishlab chiqarilib, iste’molga yo‘naltirildi.

Bankdan tashqari, pul aylanmasini qisqartirish maqsadida tijorat banklari tomonidan bugungi kunda 11 ta bankomat, 241 ta infokioska, 12057 ta terminallar o‘rnatilib, 1215,9 mingta plastik kartochkalar tarqatilgan bo‘lib, shundan 812,9 ming tasi ON-LAYN rejimida ishlovchi kartochkalar.

Amalga oshirilgan chora-tadbirlar hisobiga viloyatda inflatsiya darajasi  prognoz darajasidan oshmadi.

Byudjet-soliq siyosati. Hisobot davrida mahalliy byudjet daromadlari 1587,9 mlrd.so‘mni, byudjet xarajatlari 1640,3 mlrd.so‘mni tashkil etdi.

  1. Investitsiya siyosati va real sektor tarmoqlari rivojlanishi.
  2. Davlat Investitsiya dasturi.

Viloyatda 2016 yil davomida 2215,0 mlrd.so‘mlik kapital qo‘yilmalar shundan, 246,7 mlrd.so‘m byudjet mablag‘lari, 2,4 mlrd.so‘m mahalliy byudjet mablag‘lari, 330,6 mlrd.so‘m byudjetdan tashqari fond mablag‘lari, 310,0 mlrd.so‘m hukumat kafolatidagi xorijiy investitsiya va kreditlari, 101,4 mlrd.so‘m O‘zbekiston Respublikasi RRQJ mablag‘lari, 576,9 mlrd.so‘m korxona va tashkilot mablag‘lari, 142,3 mlrd.so‘m bank krediti mablag‘lari, 481,2 mlrd.so‘m aholi va xususiy shaxslar mablag‘lari hamda 117,0 mlrd.so‘m to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi belgilangan.

2016 yil yanvar-dekabr oylari yakuni bilan barcha manbalar hisobidan 2362,6 mlrd.so‘m miqdorida investitsiya o‘zlashtirilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,5 punktga ko‘p jalb etilishi ta’minlandi.

Markazlashgan mablag‘lar hisobidan 6 ta (1 ta rekonstruksiya va 5 ta kapital ta’mirlash) kasb-hunar kollejlari, 1 ta (1 ta rekonstruksiya) akademik litsey, 21 ta (18 ta rekonstruksiya va 3 ta kapital ta’mirlash) umumta’lim maktablari hamda 11 ta sog‘liqni saqlash ob’yektlari hamda yangi qurilish va rekonstruksiya qilish hisobiga foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

2016 yil yanvar-dekabr oylari yakuni bilan markazlashgan mablag‘lar hisobidan sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha rekonstruksiya hisobiga 11 ta (34,8 mlrd.so‘m) sog‘liqni saqlash muassasalari, rekonstruksiya hisobiga 1 ta, kapital ta’mirlash hisobiga 5 ta jami 6 ta (6,2 mlrd.so‘m) kasb-hunar kollejlari, rekonstruksiya hisobiga 1 ta (1,0 mlrd.so‘m) akademik litsey,  rekonstruksiya hisobiga 18 ta va kapital ta’mirlash hisobiga 3 ta jami 21 ta (19,9 mlrd.so‘m) umumta’lim maktablarida 61,9 mlrd so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi.

Mazkur ishlar natijasida, rekonstruksiya hisobiga Namangan shahridagi 1050 o‘quvchi o‘rinli 44-maktab, 1128 o‘quvchi o‘rinli 50-maktab, 1226 o‘quvchi o‘rinli 55-maktab), Kosonsoy tumanidagi 260 o‘quvchi o‘rinli 12 maktab, Norin tumanidagi 480 o‘quvchi o‘rinli 2-maktab, Pop tumanidagi 240 o‘quvchi o‘rinli 3-maktab filiali va 240 o‘quvchi o‘rinli 19-maktab filiali, Uychi tumanidagi 180 o‘quvchi o‘rinli 7-maktab, Chortoq tumanidagi 96  o‘quvchi o‘rinli 39-maktab filiali, Chust tumanidagi 220 o‘quvchi o‘rinli 34-maktab va 96 o‘quvchi o‘rinli 44-maktab, Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 176 o‘quvchi o‘rinli 62-maktab hamda Yangiqo‘rg‘on tumanidagi iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji 60 o‘quvchi o‘rinli ustaxona foydalanishga topshirilishi ta’minlandi.

Bundan tashqari, viloyatda «Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi» hisobidan jami 17 ta jumladan, 13 ta maktablar uchun sport zal, 2 ta Bolalar va o‘smirlar sport maktabi va 2 ta bolalar musiqa va san’at maktabi ob’yektlarida qurilish ishlari olib borildi. Mazkur ob’yektlarda 21 mlrd 578,8 mln.so‘m mablag‘lar o‘zlashtirilib, qurilish-montaj ishlari to‘liq bajarildi.

Shu bilan birga, viloyatda qishloq xo‘jaligi maydonlarida sug‘oriladigan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi hisobidan yangi qurilish va rekonstruksiya hisobidan 7 ta tik drenaj meliorativ quduqlarni shu bilan birga 6 km ob’yektlarda kollektor va drenaj tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va bu maqsadlarga 1361,2 mln.so‘m miqdorida mablag‘lar sarflanishi ishlari rejalashtirilgan. 2016 yil yakuni bilan ob’yektlarda 1361,2 mln.so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

Shu bilan birga, muhim strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik loyihalardan uzunligi 122,7 km bo‘lgan Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishi ob’yektida juda katta hajmdagi qurilish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, loyiha bo‘yicha 632,3 mlrd.so‘m miqdorida investitsiya o‘zlashtirilib, 596,7 mlrd.so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi. Ob’yektda o‘zlashtirilgan mablag‘lardan 16,8 mlrd.so‘m byudjet, 145,4 mlrd.so‘m “O‘zbekiston Temir yo‘llari” DAK o‘z mablag‘lari, Davlat kafolati ostidagi xorijiy investitsiyalar 414,0 mlrd.so‘m (142,1 mln. AQSh dollari) hamda 56,1 mlrd.so‘m O‘zbekiston Respublikasini Rivojlantirish jamg‘armasi hisobiga to‘g‘ri keldi.

To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 450 MVt quvvatidagi 2 ta blok jami 900 MVt quvvatidagi yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilishida 13,7 mlrd.so‘m, shundan “O‘zbekenergo” DAK o‘z mablag‘lari hisobidan 6,6 mlrd.so‘m miqdorida investitsiya hamda hukumat kafolati ostida 7,1 mlrd.so‘m (2,2 mln. AQSh dollari) chet el krediti o‘zlashtirilishi ta’minlandi. Bugungi kunda bosh pudratchi “Sirdaryo IES qurilish” unitar korxonasi tomonidan 1 va 2 kirish avtomobil yo‘llari, 2 ta mashinaga mo‘ljallangan yong‘in xavfsizligi bo‘limi, 2 ta ko‘p qavatli turar-joy binolari qurilishi, 150 o‘rinli oshxona qurilishida ish olib borilmoqda.  Direksiya uchun ma’muriy binosi, tashqi aloqa tarmog‘ini tortish ishlari va xo‘jalik ehtiyoji uchun suv tarmog‘i qurilishi ishlari yakunlandi.

To‘raqo‘rg‘on IESni 2-navbati bo‘yicha 500/220/10 kVli Nimstansiyani loyiha-qidiruv ishlariga 1380,8 mln.so‘m va qurilish maydonida bosh pudratchi “Yangi-Angrenissiklikenergomontaj” unitar korxonasi tomonidan 1727,3 mln. so‘mlik jami 3108,1 mln.so‘mlik mablag‘ o‘zlashtirildi. 

Shuningdek, barcha manbalar hisobidan 1146,7 ming kv.m. turar-joy, 253,8 km ichimlik suvi va 37,0 km tabiiy gaz tarmoqlari foydalanishga topshirildi.

  1. Hududiy investitsiya dasturi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi Investitsiya dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2458-sonli qarori asosida viloyat hokimining 2016 yil 5 martdagi “Namangan viloyatining 2016 yil Hududiy investitsiya dasturi to‘g‘risida”gi 96-sonli qarori qabul qilingan.

Mazkur qarorga asosan markazlashgan investitsiyalar hisobidan 11,1 mlrd.so‘m, nomarkazlashgan investitsiyalar hisobidan 564,2 mlrd.so‘m jami 575,3 mlrd.so‘m miqdorida kapital mablag‘lar o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan.

Jumladan, 2,2 mlrd.so‘m mahalliy byudjet, korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan 240,9 mlrd.so‘m, bank krediti mablag‘lari hisobidan 250,3 mlrd.so‘m, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan 49,9 mlrd.so‘m hajmida investitsiya jalb etilishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur qarorga asosan, sanoatni rivojlantirish bo‘yicha 77 ta, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish sohasida 451 ta, xizmat va servisni rivojlantirish sohasida 621 ta, ijtimoiy soha hamda boshqa soha ob’yektlarini rivojlantirish borasida 30 ta, jami 1179 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu ishlar natijasida 8578 nafar ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.

2016 yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bilan korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan 273,9 mlrd.so‘m, bank krediti mablag‘lari hisobidan 250,9 mlrd.so‘m, to‘g‘ridan-to‘g‘ri horijiy investitsiyalar hisobidan 59,6 mlrd.so‘m hamda boshqa manbalar hisobidan 25,0 mlrd.so‘m jami 615,1 mlrd.so‘m miqdorida kapital mablag‘lar o‘zlashtirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 106,9 foizga o‘sishi ta’minlandi.

O‘zlashtirilgan kapital mablag‘lar hisobiga 377 ta sanoat, 718 ta xizmat ko‘rsatish va servis hamda 460 ta qishloq xo‘jaligi, jami 1555 ta investitsiya loyihalari ishga tushirildi.

Aholiga zamonaviy va sifatli xizmat ko‘rsatish sohasida ham sezilarli ishlar olib borilmoqda. Joriy yil yakuni bilan 718 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchalari foydalanishga topshirildi. Bu ishlarga
95,5 mlrd.so‘mdan (81,0 mlrd.so‘m o‘z mablag‘i, 14,4 mlrd.so‘m bank krediti mablag‘lari) ortiq kapital mablag‘lar sarflandi. Natijada 3853 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Hisobot davri yakuni bilan 377 ta ishlab chiqarish ob’yektlari foydalanishga topshirildi. Ushbu loyihalarda jami 309,4 mlrd.so‘m (115,7 mlrd.so‘m o‘z mablag‘i, 189,1 mlrd.so‘m bank krediti mablag‘lari) miqdorida investitsiyalar o‘zlashtirilib, 9160 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi sohasida hisobot yakuni bilan 460 ta  loyihalar to‘la amalga oshirilib foydalanishga topshirildi. Ushbu loyihalarda jami 118,6 mlrd.so‘m (77,2 mlrd.so‘m o‘z mablag‘lari, 41,4 mlrd.so‘m bank krediti) miqdorida investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2943 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

  1. “Namangan viloyatini 2016-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ning ijrosi to‘g‘risida.

“Namangan viloyatini 2016-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ga asosan 2016 yil davomida 535,9 mlrd.so‘m va 1,5 mln dollar miqdorida mablag‘larni o‘zlashtirish hisobiga 1555 ta loyihalarni (sanoat sohasida 377 ta, xizmat ko‘rsatish sohasida 718 ta, qishloq xo‘jaligi sohasida 460 ta) ishga tushirib, 15390 ta ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.

Joriy yilning 1 yanvar holatiga 1555 ta loyihalar amalga oshirildi. Ushbu maqsadlar uchun 518,8 mlrd so‘m (shundan, 244,9 mlrd so‘m bank kreditlari) va 2,2 mln dollar sarflandi. Natijada 15956 ta (103,7%) yangi ish o‘rinlari barpo etildi.

 I-yo‘nalish: Sanoat sohasida 2016 yilda 377 ta loyihalarni amalga oshirish va bu maqsadlar uchun jami 318,7 mlrd.so‘m va 1,5 mln dollar investitsiya mablag‘larini o‘zlashtirish hamda 8755 ta yangi ish o‘rinlari barpo etish belgilangan.

O‘tgan davda jami 304,8 mlrd so‘mlik investitsiyalar (shundan, 189,1 mlrd so‘m bank krediti) yo‘naltirilib, 377 ta korxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi va 9160 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Shundan, 106 ta yengil sanoat, 98 ta qurilish materiallari sanoati va 91 ta oziq-ovqat sanoati korxonalarini tashkil etish va modernizatsiya qilishga alohida e’tibor berildi. Ushbu yo‘nalishlarni rivojlantirish natijasida 7279 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishildi.        

Yangi tashkil etilgan korxonalarimizdan 250 tasi 2016 yilning o‘zida 314,7 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqib, 13,0 mln dollarlik mahsulotlar eksportga yo‘naltirildi.

II-yo‘nalish: Xizmat ko‘rsatish va servis sohasida 2016 yil davomida 59,0 mlrd.so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirib, 718 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish hisobiga 3747 ta yangi ish o‘rinlari yaratish belgilangan.

O‘tgan davr mobaynida 95,5 mlrd so‘m mablag‘lar sarflanib, 718 ta (shundan, qishloq joylarda 621 ta) savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi  tashkil etildi va 3853 ta (qishloq joylarda 3279 ta ish o‘rni) yangi ish o‘rinlar yaratildi.

Tashkil etilgan shoxobchalardan, 347 tasi savdo va umumiy ovqatlanish, 190 tasi maishiy xizmatlar, 41 tasi sog‘liqni saqlash, 22 tasi qishloq xo‘jaligi texnikasini ta’mirlash va texnik xizmatni ko‘rsatish, 15 tasi transport, 10 tasi aloqa va axborotlashtirish, 6 tasi qurilish, 4 tasi turizm, 4 tasi moliya va 79 tasi boshqa turdagi xizmatlarga to‘g‘ri keldi.

Jumladan, viloyatda transport, aloqa va axborotlashtirish, turizm, savdo va umumiy ovqatlanish, moliya va bank xizmatlari sohalari yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Jumladan, viloyatda 15 dan ziyod zamonaviy mehmonxona tashkil etildi. Pop tumanidagi “Chodak Palas” mehmonxonasining ish boshlashi bilan 15 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi. Yoki Namangan shahrida aholiga davolash-diagnostika xizmati ko‘rsatishga ixtisoslashgan “Jahon savdo duri” korxonasining tashkil etilishi 10 kishini ish bilan ta’minlash imkonini berdi.

III-yo‘nalish: Qishloq ho‘jaligi sohasida 2016 yil yanvar-dekabr oylarida 460 ta loyihalar amalga oshirish, ushbu maqsadlar uchun 115,0 mlrd.so‘m (shundan 40,2 mlrd so‘mi bank krediti) mablag‘lar sarflanib, 2888 ta yangi ish o‘rinlari barpo etish belgilangan.

Joriy yilning 1 yanvar holatiga 118,6 mlrd so‘m mablag‘lar yo‘naltirish hisobiga 460 ta investitsiya loyihasi amalga oshirildi va qariyib 3,0 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

Jumladan, 136 ta qoramolchilik, 8 ta echkichilik, 55 ta asalarichilik, 52 ta baliqchilik, 37 ta parrandachilik, 78 ta bog‘dorchilik, 46 ta uzumchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklar, 34 ta issiqxonalar, 8 ta muzlatkichli omborlar tashkil etildi.

  1. Sanoat.

Viloyatda 2016 yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bilan 3384 dan ziyod faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan hisobot davrida 3411,2  mlrd.so‘mlik (114,8%) sanoat mahsulotlari, 2193,4 mlrd.so‘m (113,9%) xalq iste’moli mollari ishlab chiqarilib, prognoz (112,7% va 112,0%) parametrlari to‘liq ta’minlandi.

Viloyatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida eng avvalo yuqori salmoqqa ega yengil sanoat, oziq-ovqat, mashinasozlik va qolgan sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantirish dasturlari bo‘yicha qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, hisobot davrida yengil sanoat tarmog‘ida o‘sish sur’ati 14,5 foiz, oziq-ovqat sanoatida 11,2 foizni tashkil etgan holda umumiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi yengil sanoat (35,7%) va oziq-ovqat sanoati (28,4%) tarmoqlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Shu davrda aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari  1298,1 ming so‘m va aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish  834,6 ming so‘mni tashkil etib, 2015 yilga nisbatan mos holatda 93,9 ming so‘m va 87,6 ming so‘mga ko‘p yoki 107,8 foiz va 111,7  foizga o‘sishiga erishildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 noyabrdagi “2016-2019 yillarda Namangan viloyati sanoati saloxiyatini rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2439-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 noyabrdagi “2016-2019 yillarda Namangan viloyati sanoati saloxiyatini rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2439-sonli qarori doirasida umumiy qiymati 5,1 mlrd.dollarlik 342 ta loyihalarni amalga oshirish va 18 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratish belgilangan.

Qarorning 1-ilovasiga asosan vazirlik va idoralar tomonidan umumiy qiymati 2,9 mlrd.dollar bo‘lgan 26 ta yangi yirik loyihalarni, 2-ilovasiga asosan vazirlik va idoralar tomonidan umumiy qiymati 181,3 mln.dollar bo‘lgan 25 ta loyihalarda modernizatsiya ishlarini  hamda 3-ilovasiga asosan hududiy hokimliklar tomonidan umumiy qiymati 280,9 mln.dollar bo‘lgan 270 ta loyihalarni amalga oshirilishi belgilangan.

Shu bilan bir qatorda dastur doirasida joriy yilda jami 117 ta loyihani ishga tushirish natijasida 64,5 mln.dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirish va 2416 ta yangi ish o‘rinlari yaratish nazarda tutilgan.

Dastur ijrosini ta’minlash yuzasidan joriy yil yakuni bilan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan;

Qarorning 1-ilovasiga asosan Uchqo‘rg‘on tumanidagi "Uchkurgan tekstil" QK MChJ va "Uzteks Uchkurgan" QK MChJlar hamda Namangan shahridagi “Art sof teks” qo‘shma korxonasi tomonidan jadal sur’atlarda qurilish ishlari olib borilmoqda. "Uchkurgan tekstil" QK MChJ tomonidan kalava ip ishlab chiqarish loyihasini  “Navro‘z” bayramiga topshirish ko‘zda tutilgan.

Qarorning 2-ilovasiga asosan yil yakuni bilan 10,7 mln.dollarlik 3 ta loyiha foydalanishga topshirildi ("Namangan farm plant" MChJ, "Verigrov Ipagi"QK, "Namangan sharbati" QK MChJ). Misol uchun, "Verigrov Ipagi" QKda Singapurlik hamkorlar tomonidan Xitoy davlatidan 1,7 mln.dollar miqdoridagi texnologiyalar olib kelinib o‘rnatildi va foydalanishga topshirildi.

Qarorning 3-ilovasiga asosan 2016 yil yakuni bilan jami 112 ta loyihani ishga tushirish natijasida 42,2 mln.dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2273 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Tijorat banklari tomonidan Dasturdagi loyihalardan 93 tasiga 23,9 mln.dollar miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi.

Mahalliylashtirish dasturi ijrosi haqida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 11 fevraldagi “2015-2019 yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2298-sonli qaroriga asosan 2016 yilda jami 8 ta hududiy tasarrufdagi korxonalarning 10 ta loyihasi bo‘yicha 15,6 mlrd.so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi belgilab olingan.

Dastur doirasida yanvar-dekabr oylari yakuni bilan 15,6 mlrd.so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi belgilangan bo‘lib, amalga oshirilgan ishlar natijasida 25,4 mlrd.so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi hamda
25,5 mlrd.so‘mlik mahsulotlar ichki bozorlarga sotildi. Shu bilan birga, iqtisod qilingan valyuta miqdori 4312,3 ming dollarni tashkil etdi.

Mahsulot ishlab chiqarish hajmlari korxonalar kesimida ko‘rilganda: Namangan shahridagi “Mexmash” AJda 1610 tonna shurup, “Namangan rezina plast” ShKda 32,7 ming kv.m konveyer lentalari, “Namterm” ShKda 35 ta Shkaf “ShRU-M”, va  “Nam lider lityo servis” MChJda 13916 dona non qoliplari hamda Uychi tumanidagi “Extra Primer Bat” MChJda 1330 dona avtomobillar uchun akkumulyatorlar kabi mahsulotlar ishlab chiqarilib, dastur asosida yanvar-sentabr oylari yakuni bilan belgilangan prognoz topshiriqlari 162,6 foizga bajarildi.

Dasturga 2017-2019 yillarda mahalliy xom ashyo negizida mahsulot ishlab chiqarishni yanada kengaytirish maqsadida hududlar potensialini o‘rgangan xolda 32 ta korxonaning 93 ta loyihasini dasturiga kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Hozirda mazkur loyihalardan 2 tasi Vazirlar mahkamasining VM 231-sonli (08.07.2016) hamda VM 334-sonli (30.09.2016)  qarori bilan dasturga kiritildi.

Shuningdek, O‘zbeksiton Respublikasi Prezidentining 2016 yil 26 dekabrdagi PQ 2698-sonli qaroriga asosan 2017-2019 yillarda amalga oshirish uchun mahalliylashtirish dasturiga 23 ta yangi loyihalar kiritildi.

 III. Xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 maydagi “2012-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasida hizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida”gi PQ-1754-sonli qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimining 2012 yil 15 mayda 184-sonli qarori qabul qilingan.

Qarorda belgilangan parametrlarga muvofiq 2016 yil uchun xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish dasturlari shahar va tumanlar kesimida ishlab chiqilib, nazorat o‘rnatildi.

Jumladan, tasdiqlangan tarmoq grafiklarga asosan 2016 yil yanvar-dekabr oylari davomida umumiy qiymati 102,2 mlrd.so‘mlik 718 ta xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini tashkil etish belgilangan.

Hisobot davrida 718 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi tashkil etilib, 100,0 foizga bajarildi.

Shu jumladan, 95,5 mlrd so‘m mablag‘ sarflash hisobiga 718 ta, shundan, 347 savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari, 190 ta maishiy xizmatlari, 4 ta moliya xizmatlari, 41 ta sog‘liqni saqlash xizmatlari, 4 ta turizm xizmatlari, 10 ta aloqa va axborotlashtirish xizmatlari, 15 ta transport xizmatlari, 6 ta qurilish xizmatlari, 1 ta texnologik jixozlarni ta’mirlash va texnik xizmatni ko‘rsatish xizmatlari, 22 ta Qishloq xo‘jaligi texnikasini ta’mirlash va texnik xizmatni ko‘rsatish xizmatlari  va boshqa 78 ta turdagi xizmatlar ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etilib, 3853 ta ish o‘rinlari yaratildi.

Namangan shahridagi "Globus qurilish montaj" MChJ tomonidan 2500,0 mln.so‘m mablag‘ hisobiga savdo va umumiy ovqatlanish shaxobchasi tashkil etish hisobiga 18 ta ish o‘rin hamda "Do‘stlik" MChJ tomonidan sport sog‘lomlashtirish maskani tashkil etish hisobiga 10 ta ish o‘rinlari yaratildi. Shu bilan bir qatorda Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 4 maydagi “Qishloq jaylaridagi aholiga servis xizmati ko‘rsatishni yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” 139-sonli qarori ijrosi bo‘yicha joriy yilning yanvar-sentabr oylarida 13 ta ob’yektlarda 3476,0 mln.so‘mlik (120,0%) qurilish montaj ishlari bajarilib, Mingbuloq, Kosonsoy, Namangan, Norin, Pop, To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Uchqo‘rg‘on, Chortoq, Chust va Yangiqo‘rg‘on tumanlaridagi 13 ta ob’yektlar foydalanishga topshirildi.

Servis sohasida yanvar-dekabr oylarida jami 3853 ta (reja 102,8 %) yangi ish o‘rinlari yaratilib, shundan 3279 ta (102,0 %) ish o‘rinlari qishloq joylarida tashkil etildi.

Amalga oshirilayotgan tadbirlar hisobiga 2016 yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatda jami xizmatlar xajmi 3912,0 mlrd.so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga  nisbatan 116,0 foiz o‘sishiga erishildi (prognoz 114,7%).

Dasturda belgilangan prognoz parametrlarini ijrosini ta’minlanishi hisobiga sohaning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 35,6 foizga to‘g‘ri keldi.

Jumladan, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 309,7 mlrd.so‘m (108,2 foiz), moliya xizmati 307,4 mlrd.so‘m (123,6 foiz), transport xizmati 766,5 mlrd.so‘m (118,8 foiz), yashash va ovqatlanish 77,9 mlrd.so‘m (115,3 foiz), savdo 1385,0 mlrd.so‘m (117,6 foiz), ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlar 139,3 mlrd.so‘m (118,8 foiz), ta’lim xizmati 151,2 mlrd.so‘m (102,5 foiz), sog‘liqni saqlash xizmati 74,9 mlrd.so‘m (107,9 foiz), ijara va prokat xizmati 93,8 mlrd.so‘m (115,8 foiz), kompyuterlarni va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmati 154,5 mlrd.so‘m (115,6 foiz), shaxsiy xizmatlar 319,3 mlrd.so‘m (114,6 foiz), me’morchilik, muxandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar 28,0 mlrd.so‘m (113,9 foiz) va boshqa turdagi xizmatlar 104,3 mlrd.so‘m (106,7 foiz)ni tashkil etdi.

Qishloq joylarida xizmat ko‘rsatish va servis sohasida 978,4 mlrd.so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilib o‘tgan yilning shu davriga  nisbatan 113,1 foiz o‘sishiga erishildi.

Chakana savdo. Hisobot davrda chakana savdo aylanmasi viloyat bo‘yicha 5173,5 mlrd.so‘m va xizmatlar hajmi 3912,0 mlrd.so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 114,1 foiz va 116,0 foizni tashkil etdi.

Hududlar bo‘yicha ko‘rilganda, chakana savdo aylanmasi Namangan (118,1%), Norin (115,0%) va Uychi (114,8%) tumanlarida o‘sish sur’atlari yuqori bo‘ldi.

Aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi 1968,7 ming so‘m, pullik xizmat 755,3 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 24,3 va 17,7 foizga ko‘paydi.

  1. Qishloq xo‘jaligida islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish.

Viloyat aholisini arzon, sifatli meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 4 yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan viloyat hokimining 2016 yil 9 yanvardagi 7-sonli qarori qabul qilinib, nazorat o‘rnatilgan.

Mazkur qaror asosida “Namangan viloyati tumanlarida 2016 yilda meva-sabzavot, kartoshka, poliz, uzum, go‘sht, sut va tuxum  mahsulotlarini choraklar bo‘yicha ishlab chiqarish va foydalanish bashorat ko‘rsatkichlari” ishlab chiqilib, ijrosi monitoring qilib borilmoqda.

Xususan, 2016 yilda barcha xo‘jaliklarda 249,4 ming tonna kartoshka, 675,2 ming tonna sabzavot, 77,0 ming tonna poliz, 246,1 ming tonna meva, 118,2 ming tonna uzum, chorvachilik mahsulotlaridan 124,2 ming tonna go‘sht, 636,2 ming tonna sut, 420,9 mln. dona tuxum yetishtirilib, bu turdagi mahsulotlarni 2015 yilga nisbatan 7,0 foizdan 20,0 foizgacha ko‘paytirish ko‘zda tutilgan.

2016 yil yakuni bilan 721,7 ming tonna sabzavot (o‘sish sur’ati 110,3%), 263,2 ming tonna kartoshka (109,2%), 247,2 ming tonna meva (110,3%), 77,1 ming tonna poliz (109,1%), 126,9 ming tonna uzum (110,2%), chorvachilik mahsulotlaridan 125,0 ming tonna go‘sht (108,9%), 637,4 ming tonna sut (109,7%) va 423,3 mln.dona tuxum (118,2%) ishlab chiqarilib, belgilangan prognoz parametrlari bajarildi.

Shu davrda, qoramol bosh sonlari 680,1 ming boshni (106,3%) shu jumladan, sigirlar 212,7 ming boshni (101,4%), qo‘y-echkilar 702,4 ming boshni (100,9%), parrandalar 3839,8 ming boshni (112,4%) va otlar 6,7 ming boshni (100,9%) tashkil etdi.

Buning hisobiga viloyatda 3508,2 mlrd.so‘mlik yalpi qishloq xo‘jaligi mahsuloti yaratilib, o‘sish sur’ati 106,9 foizga ta’minlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 martdagi “2016-2020 yillarda xom ashyo bazasini rivojlantirish, meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlashni chuqurlashtirish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni va eksportini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2505-sonli qarori ijrosini viloyatda ijrosini ta’minlash maqsadida 2016 yilda sig‘imi 2025 tonna bo‘lgan 6 ta yangi muzlatkichli omborlarni qurish va 1500 tonna quvvatga ega 1 ta mavjud omborxonani modernizatsiya qilish belgilangan.

Dasturga kiritilgan loyihalarni o‘z muddatlarida amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha tumanlar hokimliklari va loyiha tashabbuskorlari tomonidan tarmoq jadvallari (setevoy grafik) ishlab chiqilib, tizimli monitoring olib borildi.

2016 yilning yanvar-dekabr oylari davomida jami 2525 tonna quvvatga ega 6 ta yangi muzalatkichli omborlar qurilib, 1500 tonna quvvatga ega 1 ta kameralar modernizatsiya qilindi yoki reja 500 tonna quvvat bilan ortig‘i bilan bajarildi. Natijada 44 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Jumladan,

  1. To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Namanganulgurjisavdoinvest” MChJ tomonidan sig‘imi 1000 tonna bo‘lgan muzlatkichli kamera qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu maqsadlarga 500 mln so‘m tashabbuskorning o‘z mablag‘lari sarflandi.
  2. Chortoq tumani, Muchum QFY hududidagi “Yorqin Agrofirmasi” MChJ tomonidan 50 tonnalik muzlatkichli kamera qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu maqsadlarga 200 mln so‘m tashabbuskorning o‘z mablag‘lari sarflandi.
  3. Uchqo‘rg‘on tumani, Qo‘g‘ay O‘lmas QFY, Shaxrixonchek MFYda joylashgan “Saidikrom ota” FX tomonidan 25 tonnalik sovutkichli kamera qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu maqsadlarga o‘z mablag‘i hisobidan 10 mln so‘m bank krediti xisobidan 65 mln so‘m mablag‘ sariflandi.
  4. Pop tumani, G‘urumsaroy ShFYda joylashgan “YaTT Ergashev Olimjon” tomonidan 600 tonnalik sovutkichli kamera qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu maqsadlarga o‘z mablag‘i hisobidan 500 mln so‘m mablag‘ sariflandi.
  5. Chortoq tumani, Chortoq shaxarchasidagi “Biznes konrol Aziya” MChJ tomonidan 1500 tonnalik muzlatkichli kamera qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu maqsadlarga 600 mln so‘m tashabbuskorning o‘z mablag‘lari sarflandi.
  6. Chortoq tumani, X.Olimjon agrofirma hududidagi “Ne’matjon Ikromjon dilfuza” FX tomonidan sig‘imi 100 tonnalik muzlatkichli ombor qurish belgilangan bo‘lib, hozirda loyiha tashabbuskori tomonidan omborxona bino-inshootlarini tamirlash ishlariga 50 mln.so‘m mablag‘ sariflandi. TIF “Milliy bank” Chortoq tuman filialidan 300 mln so‘m kredit mablag‘lari ajratilib, dastgohlar o‘rnatilgan.
  7. Chust tumani, Chust ShFYdagi “Chust Shersuvor” MChJ tomonidan 700 tonna sig‘imga ega muzlatkichli kamera qurish uchun Sobiq Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari saqlash va qayta ishlash korxonasiga qarashli bo‘lgan muzlatkichli omborxonani “nol” xarid qiymatida berilgan bo‘lib, jamiyat tomonidan shu kunga qadar mavjud bino-ishootlarni rekonstruksiya qilish ishlariga 400,0 mln. so‘m mablag‘ sarflangan. Ushbu ob’yekt ma’muriy bino, 1000 tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash sig‘imiga ega omborxona va boshqa yordamchi binolardan iborat.

Uskuna va jixozlar sotib olish uchun Xitoy davlatidagi “Urumchi subash import end eksport trayd gov” LTD kompaniyasi bilan shartnomalar imzolangan. Xalq banki tuman bo‘limi tomonidan 1200 mln so‘m kredit mablag‘lari ajratilib, dastgohlar va soqutish uskunalari o‘rnatilgan.

Namangan viloyatida “Hududlarni 2016-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ga muvofiq qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida 2016 yil davomida 460 ta loyihalarni amalga oshirish belgilangan bo‘lib, 2888 ta yangi ish o‘rinlarini barpo etish belgilangan. Ushbu maqsadlarga barcha manbaalar hisobidan 115,0 mlr so‘m, shundan 40,2 mlrd.so‘mi tijorat bank kreditlari va 74,8 mlrd so‘mi tashabbuskorlar mablag‘larining investitsiyalari yo‘naltirilishi belgilangan.

2016 yil yakuni bilan umumiy qiymati  115,0 mlrd.so‘mlik 460 ta, shundan 150 ta chorvachilik, 37 ta parrandachilik, 52 ta baliqchilik, 55 ta asalarichilik, 78 ta bog‘dorchilik, 42 ta sabzavotchilik va 46 ta uzumchilik loyihalarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

2016 yilning 31 dekabr holatiga 118,6 mlrd.so‘m mablag‘lar sarflanishi hisobiga 460 ta loyihalar amalga oshirildi. Natijada 2943 ta yangi ish o‘rinlari barpo etildi. Ushbu loyihalarga tijorat banklari tomonidan 41,4 mlrd.so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajaratildi.

Jumladan, 5861 bosh qoramol, qo‘y, echki boqishga ixtisoslashgan 150 ta qoramolchilik, 1023,6 ming bosh parranda boqishga ixtisoslashgan 37 ta parrandachilik, 527 gektar maydonda 52 ta baliqchilik, 55 ta asalarichilik (3950 ta oila) xo‘jaliklari tashkil etilib, 24,8 gektar maydonda 34 ta issiqxona, 78 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 733 gektar maydonda intensiv bog‘lar, 46 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 204,0 gektar maydonda yangi tokzorlar barpo etildi hamda sig‘imi 2500 tonna quvvatga ega 8 ta muzaltkichli omborlar qurildi.

  1. Uy-joy va kommunal xo‘jaligida olib borilayotgan islohotlar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 yanvardagi “2016 yilda aholi yashash massivlarini qurish Dasturi va qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi industrial bazasini kengaytirish va mahalliylashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida ”gi PQ-2483-sonli qaroriga asosan viloyatda 2016 yilda 27 ta massivlarda 911 ta namunaviy loyihadagi uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan.

Joriy yilda qurilgan 911 ta uy-joylar uchun pudratchilar tomonidan “Qishloq qurilish invest” MChJ IK Namangan filiali bilan 156 mlrd.so‘mga pudrat shartnomalari tuzilib, xozirgi kunda pudratchilar tomonidan qurilish-montaj ishlari to‘la bajarilib, ushbu ishlarga 148,0 mlrd.so‘m miqdorida mablag‘lar moliyalashtirilib berildi.

Bugungi kunda barcha uylarda asosiy qurilish ishlari yakunlanib, obodonlashtirish hamda hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Kosonsoy tumanida 64 ta, Mingbuloq tumanida 46 ta, Namangan tumanida 308 ta, Pop tumanida 84 ta, To‘raqo‘rg‘on tumanida 110 ta, Norin tumanida 34 ta, Uychi tumanida  67 ta, Uchqo‘rg‘on tumanida 50 ta, Chortoq tumanida 32 ta va Yangiqo‘rg‘on tumanida 42 ta jami 911 dona uy-joylar foydalanishga topshirildi. Shuningdek foydalanishga topshirilgan 911 ta uy-joylardan 877 tasiga (96%) uy egalari ko‘chib kirib yashamoqda.

Shuningdek, 2016 yilda 27 ta qishloq massivlariga 4,6 mlrd so‘m mablag‘ sarflanishi hisobiga tortilishi rejalashtirilgan 49,98 km ichimlik suvi tarmoqlari to‘liq tortildi.  25,0 km uzunlikdagi elektr va 27,77 km uzunlikdagi gaz tarmoqlari tortish ishlari to‘la yakunlandi.

26 ta massivlarda 10,0 mlrd.so‘m mablag‘ jalb etilishi hisobiga 21,787 km yo‘l qurilishi ishlari bajarilishi lozim bo‘lib, xozirgi kunga qadar 21,787 km yullar shag‘allanib, ikkita massivdagi ichki avtomobil yullari asfalt qilindi.

Bundan tashqari 2016 yil dasturi bo‘yicha 9 ta tumanlarda 13 ta infratuzilma ob’yektlari qurilishi rejalashtirilgan bulib, bugungi kunga kadar ob’yektlarda 100 foiz kurilish-montaj ishlari bajarildi.

Jumladan, Kosonsoy tumani “Buloq” massivida 1 ta maishiy xizmat ko‘rsatish ob’yekti, Namangan tumani “Orzu” massivida 2 ta savdo do‘koni va 1 ta bolalar sport maydonchasi, Norin tumani “Sirmoq” massivida 1 ta sport majmuasi, Pop tumani “Chodak” massivida 1 ta maishiy xizmat ko‘rsatish ob’yekti, To‘raqo‘rg‘on tumani “Isvaxon” massivida 1 ta savdo do‘koni, 1 ta maishiy xizmat ko‘rsatish ob’yekti, Uychi tumani “Gulbog‘” massivida 1 ta savdo do‘koni, Uchqo‘rg‘on tumani “Mustaqillik” massivida 1 ta savdo do‘koni, Chust tumani “Gulzor” massivida 1 ta savdo do‘koni va 1 ta maishiy xizmat ko‘rsatish ob’yekti hamda Yangiqo‘rg‘on tumani “Qizilqiyoq” massivida 1 ta savdo do‘konlari qurildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 10 iyuldagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yektlarini 2016-2017 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2545-sonli qarorini ijrosi to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 10 iyuldagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yektlarini 2016-2017 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2545-sonli qarori ijrosini viloyatda bajarilishini ta’minlash maqsadida sohalar kesimida rejalar belgilanib bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan,

Ko‘mir rejasini bajarilishi bo‘yicha:

Namangan viloyatiga jami 192.4 ming tonna (shundan, briket 38.9 ming tonna) ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berish belgilangan. Jumladan,

- Byudjet muassasalariga – 67.4 ming tonna (shundan, briket  21.4 ming tonna, ko‘mir 46.0 ming tonna);

- Axoliga - 125.0 ming tonna (shundan, 82.5 ming tonna Angren ko‘mir, 17.5 ming tonna briket, 25.0 ming tonna import ko‘mir)

2017 yil 10 yanvar holatiga  viloyatga jami 153,1 ming tonna ko‘mir mahsuloti jamg‘arilib tarqatildi yoki 79.2 foizga bajarilmoqda. Jumladan,

- byudjet muassalariga jami 68,3 ming tonna (101.4%), shundan 21.3 ming tonna (96.4%) briket va 46.04 ming tonna (103.8%) ko‘mir mahsulotlari yetkazildi.

- Axoliga esa jami 84,7 ming tonna (67,8%) ko‘mir mahsulotlari belgilangan tartibda maxalla orqali tarqatilmoqda.

Tabiiy gaz bo‘yicha:

Viloyatda 407 ming iste’molchiga gaz ta’minoti yetkazib beriladi. Shundan 187 ming xonadon suyultirilgan gaz bilan va 220 ming xonadon tabiiy gaz bilan ta’minlangan.

  1. Suyuk gaz ta’minoti bo‘yicha:

2017 yil yanvar oyida 3117 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazish rejalashtirilgan.

Hozirgi kunda «O‘ztransgaz» AK tomonidan   10 yanvar holatiga 815,2 ming tonna suyultirilgan gaz axoliga yetkazildi yoki ajratilgan fondga nisbatan 26,2 foizga bajarilmokda.

Elektr energiyasi bo‘yicha:

2016-2017 yilla kuz-qish mavsumida 1069.9  km uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari, 408 ta dona transformator punktlarida mukammal ta’mirlash ishlarini bajarish rejalashtirilib, joriy yilnin 9 dekabr xolatiga 1069.9 km (100%) eletr tarmoqlari va 409 dona TP larni (100%) ta’mirlash ishlari bajarildi.

Bundan tashqari, 5062.5 km elektr uzatish tarmoqlarini va 1562 dona transformator punktlarini joriy ta’mirlash rejalashtirilib, amalda elektr uzatish tarmoklari 6394.7 km (126.3%) va 1562 dona transformatorlarni (100%) joriy ta’mirlash ishlari yakunlangan. 

Mavjud transformatorlarga 64 tonna moy jamg‘arildi.

Iste’molchilarga elektr energiyasi yetqazib berishda o‘ta yuklanish bilan ishlagan rejadagi 30 dona transformatorlarni katta quvvatlisiga almashtirish, tarmoq transformatorlarni katta quvvatlisiga almashtirish xisobiga aholi va tadbirkorlik sub’yektlari uchun 5400 kVA qo‘shimcha quvvat yaratilib elektr ta’minoti mustaxkamlanadi.

26 dona xar xil quvvatdagi tarmoq transformatorlari zahirasini yaratish belgilangan.

Shuningdek, elektr energiyasi tejash buyicha 100 ming dona tejamkor lampalarni urnatish buyicha bergan topshirigizga asosan  xozirgi kunda 90 ming dona lampalar urnatildi va bu ishlar davom etmoqda.

Favqulotda yuzaga kelgan avariyalarni o‘z vaqtida bartaraf etish uchun jami 18 dona avariyalarni bartaraf etish brigadalari mavjud bulib, 18 ta avtomashinalar hamda aloqa vositalari bilan ta’minlandi.

Ichimlik suvi bo‘yicha:

2016-2017 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash maqsadida joriy yilda ichimlik suv tarmoqlarining 5,2 km  mukammal va 66 km  joriy ta’mirlash ishlari 100 foizga bajarildi. 

10 tn. koagulyant zaxirasi hamda  3,5 tn. suyuq xlor zaxiralari yaratish belgilangan.

Shu bilan birga shaxar va tuman filiallarida nosozliklarni baratarf etish bo‘yicha 17 ta avariya guruxlari mavjud

Ijtimoiy soxalarga pech yoqilg‘ini ta’minlanishi bo‘yicha:

  1. Kasb xunar kollejlar boshqarmasining viloyatdagi barcha tizimlaridagi qozonlar uchun mavsum davomida 180 tonna pech yoqilg‘isini yetkazib berish rejalashtrilgan bo‘lib, xaqiqatda 144,0 tonna yoki 80 foiz ta’minlangan.
  2. Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi barcha muassasalardagi qozonlar uchun mavsum davomida 286.7 tonna pech yoqilg‘isi bilan ta’minlash belgilangan. Joriy yilning 6 yanvar xolatiga 50,0 tonna jamgarilib
    17,5 foizga bajarilmokda.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 5 maydagi “2015-2019 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sig‘imining qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari Dasturi to‘g‘risida” PQ-2343-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 5 maydagi PQ-2343-sonli qarori bilan tasdiqlangan Dasturga muvofiq (2015 yil 8 may kuni viloyat hokimining 175-sonli qarori va dasturi qabul qilingan), viloyatda 2015-2019 yillarda:

Markazlashgan va mahalliy qozonxonalar.

- 29 ta markaziy qozonlarni modernizatsiya va 5 ta markaziy qozonlari rekonstruksiya, shundan, 2016 yilda 1 ta markaziy qozonlarni modernizatsiya va 1 ta markaziy qozonlari rekonstruksiya qilinishi belgilangan.

Shuningdek, 2015-2019 yillarda 274 ta mahalliy qozonlarni modernizatsiya va 3 ta mahalliy qozonlari rekonstruksiya shundan, 2016 yilda 17 tasi modernizatsiya va 1 tasi rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan.

Issiqlik manbai balansidagi 2 ta (Do‘stlik-1, Do‘stlik-2) markaziy hamda tumanlardagi 14 ta mahalliy (lokal) qozonxonalarni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish maqsadida, Iqtisodiyot vazirligi qoshidagi “O‘ztyajneftgazximproyekt” loyiha instituti tomonidan qozonxonalarda bajariladigan rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari loyiha smeta hujjatlari tayyorlanib, Arxitektura qurilish qo‘mitasi, Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirlining ijobiy xulosalari olingan va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan ishlab chiqarish quvvatlari loyihalari texnik iqtisodiy asoslarini, texnika va texnologiyalarini ekspertizadan o‘tkazib baholash” agentligiga iyul oyiga qadar topshirilgan. Agentlikdan tomonidan ekspertizadan o‘tkazilgan hujjatlar Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etilgan.

Ushbu ob’yektlarning loyiha smeta-hujjatlari (582,5 mln.so‘m), ekspertiza xizmati (40,5 mln.so‘m) va Agentlikka o‘rganish va xulosa berish (11,0 mln.so‘m) ishlariga jami 634 mln so‘m pul mablag‘lari o‘tkazilib berilgan.

Loyihaning umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga asosan, barcha ob’yektlar uchun 192,5 mlrd.so‘m yoki 73,0 mln dollarni tashkil etdi. Agentligining xulosasi olingandan so‘ng, loyiha hujjatlari Vazirlar Mahkamasiga topshirilishi rejalashtirilgan.

(Viloyat hokimining 2012 yil 27 sentabrdagi 316-sonli qaroriga asosan ijtimoiy soha ob’yektlariga xizmat ko‘rsatuvchi “Issiqlik manbai” IChK tasarrufidagi yakka tartibdagi qozonxonalar ijtimoiy soha ob’yektlari balansiga topshirildi. Hozirgi kunga kelib “Issiqlik manbai” IChK balansida 7 dona markaziy va 61 ta mahalliy qozonxonalar mavjud.)

Ijtimoiy sohalardagi qozonxonalar.

Viloyatdagi  577 ta ijtimoiy muassasalarda 1266 ta  isitish qozonlari (xalq ta’limi tizimidagi 409 ta muassasalarida 1 076 ta, sog‘liqni saqlash tizimidagi 157 ta muassasalarida 179 ta, o‘rta maxsus va kasb ta’limidagi 11 ta muassasalarida 11 ta), shundan 2016 yilda 127 ta muassasada 288 ta isitish qozonlari almashtirilishi (xalq ta’limi muassasalarida 249 ta, sog‘liqni saqlash muassasalarida 37 ta, o‘rta maxsus va kasb ta’limi muassasalarida 2 ta) belgilangan.

Hozirga qadar:

- xalq ta’limi muassalaridagi 246 ta (98%),

- sog‘liqni saqlash muassasalarida 37 ta (100%),

- o‘rta maxsus va kasb ta’limi muassasalarida 2 ta (100%) isitish qozonlari almashtirildi.

Ushbu ishlarga 3,9 mlrd.so‘m ajratilgan bo‘lib, grafik asosida 3,87 mlrd so‘m mablag‘lar yo‘naltirilgan.

(2015 yil davomida ijtimoiy soha muassasalariga 3,0 mlrd so‘m mablag‘lar sarflanib, 361 ta (100,0%) qozonlar o‘rnatilgan).

Nasos va elektrodvigatellar o‘tnatilishi.

Qishloq xo‘jaligidagi 110 ta nasos, 198 ta elektrodvigatellar, shundan, 2016 yilda 18 ta nasos, 38 ta elektrodvigatellar almashtirilishi belgilanib, Toshkent “Suvsanoatmash” AJ bilan 302,0 mln.so‘mga 18 dona nasos hamda “Tashelektrodvigatel” MChJ bilan 1948,2 mln.so‘mga 38 dona elektrodvigatellar uchun shartnoma tuzilgan. Hozirga qadar, 18 dona (100 %) nasos hamda 31 dona (82%) elektrodvigatel olib kelinib o‘rnatilgan.

 (2015 yilda Nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmasi balansidagi 15 dona turli quvvatdagi elektrodvigatellar almashtirish uchun 1,9 mlrd.so‘m mablag‘ sarflangan.)

  1. Tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlanishi.

Tashqi savdo aylanmasi. Viloyatda 2016 yil yakuni bilan 507,6 mln. dollarlik (2015 yil yakuniga nisbatan 150,8%) tashqi savdo amallari bajarilib, shundan eksport 222,2 mln.dollarni (133,4%), import 285,4 mln.dollarni (167,8 %) tashkil etdi.

Jumladan “Namangan momiq sochiqlar” MChJda 5171,4 ming dollar "Aisha home textile" QK 3855,6 ming dollar (283,8%), "Tubo-textile" MChJda 2706,4 ming dollar (315,2%), "Azam teks savdo servis" MChJda 1971,4 ming dollar (282,2%), “Samo tekstil servis” MChJda 1561,2 ming dollar (152,5%), "Iftixor kiyim sanoat" MChJda 1409,2 ming dollar (164,9%), "Istiqlol dizayn markazi" MChJda 1105,6 ming dollar va “Nafis teks group” MChJ 495,7 ming dollar korxonalari tomonidan eksport prognozi ortig‘i bilan bajarilgan.

Viloyatda eksport faoliyatini yurituvchi korxonalarning safi barqaror o‘sib bormoqda. 2015 yil yakuni bilan eksport amallarini bajaruvchi korxonalar soni 108 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yilda ularning soni 32 taga ortib, 140 tani tashkil etgan.

Shuningdek, o‘tgan davrda 80 dan ortiq turdagi tovar va xizmatlar eksporti amalga oshirilib, 41 turdagi yangi mahsulotlar eksporti o‘zlashtirildi.

Yangi turdagi mahsulotlar: qandolatchilik mahsulotlari, tuxum, qog‘oz, dublyonka teri, qovul (kapers), propolis, galstuk, fitosanitar buyumlar, avtoransport vositalari uchun gaz ballonlari, lak-bo‘yoq mahsulotlari (emulsiya bo‘yoq), charm kamarlar, plastmassa buyumlari (ko‘za, kiyim ilgich, chiqindi qutisi, suyuqlik idishi, vanna, chelak), rezinotexnika buyumlari (avtomobil uchun rezina gilamcha), keramik buyumlar (shar va plita), kaolin qumi, gipsokarton list, quruq gips aralashmasi, erkaklar poyabzali, maxsus ish kiyimlari, shpatlevka, shtukaturka, qurilish yelimi, ishchi qo‘lqoplar, dastro‘mol, arqon, milliy ro‘mol (durra), tesma, tirik jonivorlar (maymun), paypoq, rezina poyabzal, meva-sabzavot ko‘chatlari va urug‘lari va boshqalar.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qo‘shma korxonalar faoliyati

Hukumat tomonidan xorijiy investorlarga yaratilgan keng ko‘lamli sharoilar natijasida 2017 yilning 1 yanvar holatiga viloyatdagi xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni 67 tani tashkil etdi. Qo‘shma korxonalarning 26 tasi yengil sanoat mahsulotlari, 9 tasi qurilish materiallari, 11 tasi oziq-ovqat va meva-sabzavot mahsulotlari qayta ishlash, 5 tasi charm-poyabzal mahsulotlari, 5 tasi savdo va xizmat ko‘rsatish, 4 tasi mashinasozlik va 7 tasi boshqa turdagi sohalarda faoliyat ko‘rsatmoqda.

Hisobot davrida viloyatdagi qo‘shma korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar xajmi 554,6 mlrd.so‘mni (o‘sish 113,9 %) tashkil etib, mintaqada ishlab chiqarilgan jami maxsulotdagi ulushi 16,3 foizga yetdi (2015 yilda 15,7foiz).

Hisobot davri yakuni bilan qo‘shma korxonalarning eksport xajmi 45,9 mln.dollarni tashkil etib, 2015 yilning shu davriga nisbatan 144,5 foizga o‘sdi yoki viloyat jami eksportdagi ulushi 20,7 foizga yetdi.

Qo‘shma korxonalarning import hajmi 130,8 mln.dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 marotabaga ortdi. Bunda, asosan Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Uzteks Uchqo‘rg‘on” QK va “Uchqo‘rg‘on tekstil” QKlar tomonidan 110,0 mln.dollardan ziyod mashina va jihozlar korxonaga import qilingan.

  1. Kichik biznesni rivojlantirish.

Umumiy holat. Viloyatda kichik biznesni rivojlantirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida iqtisodiyotdagi kichik biznes sub’yektlarining o‘rni va ulushini yildan-yilga ortib borishga erishilmoqda. Xususan, 2016 yil yakuni bilan kichik biznes sub’yektlarining viloyat yalpi hududiy mahsulotidagi ulushi 80,3 foizni tashkil etdi.

Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar hajmida kichik biznes subektlarining salmog‘i muttasil oshib bormoqda.

Viloyatda 2017 yil 1 yanvar holatiga jami 16524 ta kichik biznes sub’yektlari (fermer xo‘jaliklarisiz) ruyxatga olingan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2015 yilga nisbatan 105,0 foizga ortdi.

2015 yilning yanvar-dekabr oylarida kichik biznes sub’yektlari tomonidan 1477,0 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlar ishlab chiqilgan bo‘lsa, 2016 yil yakuni bilan ushbu ko‘rsatkich 2667,6 mlrd.so‘mni tashkil etdi.

Kichik biznesning iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushini tahlil qilinganda sohaning sanoat sohasidagi ulushi 78,2 %ni, qishloq xo‘jaligidagi ulushi 99,1 %, qurilish ishlarida 97,4%, chakana savdoda 95,7%, pullik xizmatda 63,8 %ni tashkil etdi.

Viloyatda 2016 yilda kichik korxonalar tomonidan eksportga chiqarilgan mahsulotlar hajmi 2015 yilning mos davriga nisbatan 148,9 foizga ortib, 207,8 mln.dollarni tashkil etdi. Buning natijasida viloyat eksportidagi kichik biznes sub’yektlarining ulushi mos ravishda 83,8 foizdan 93,5 foizga ko‘paydi.

Kichik biznes sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan import amallari 260,6 mln.dollarni tashkil etib, 2015 yilga nisbatan 2,0 marotabaga ortishi hamda viloyat jami importdagi ulushi 91,3 foizga yetdi (2015 yilda jami importdagi ulushi 74,5 %ni tashkil etgan).

Hisobot davrida kichik biznes sub’yektlari tomonidan 37884 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, kichik biznes sohasida band bo‘lganlar soni 837,5 ming kishiga yetdi.

VIII - Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi to‘g‘risida.

IX - Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida Namangan viloyatidagi korxonalar tomonidan tuzilgan ichki kooperatsiya shartnomalarining 2016 yil yakuni bilan 63,2 mlrd.so‘mlik mahsulotlar yetkazib berilib, belgilangan reja (63,1 mlrd.so‘m) 100,2 foizga bajarildi.

Yarmarka davomida tuzilgan eksport shartnomlariga asosan hisobot davrida 37,9 mln.dollarlik tovarlar eksportga chiqarilib, belgilangan reja (37,8 mln.dollar) 100,1 foizga bajarilishi ta’minlangan.

Xususan, “To‘raqo‘rg‘on Shirinlik Agro” XK tomonidan 20,4 mln dollarlik quritilgan meva-sabzavotlar, “Namangan momiq sochiqlari” MChJ tomonidan 5,1 mln. dollarlik sochiq mahsulotlari, “Aisha Xom tekstil” QK tomonidan 3,9 mln dollarlik momiq sochiq mahsulotlari eksportga chiqarilgan.

VII. Ijtimoiy sohani rivojlantirish.

Bandlik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2015 yil 3 dekabrdagi SQ-63-III-sonli va Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashining 20 noyabrdagi 27/5-4-sonli  qarorlari  bilan tasdiqlangan  tasdiqlangan “2016 yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholini ish bilan ta’minlash dasturi” asosida 2016 yil yakuni bilan 75674 ta ish o‘rni yaratilishi belgilanib, haqiqatda 75849 ta ish o‘rinlari yaratildi, yoki reja 100,2 foizga bajarildi.

Shundan, maqsadli dasturlarga muvofiq tashkil etilgan ish o‘rinlari 27259 tani tashkil etdi.

Jumladan,

  1. Sanoatda 8809 ta;
  • Xizmat ko‘rsatish va servis sohalarida 3600 ta;
  • qishloq xo‘jaligi, jumladan, chorvachilik, parrandachilik, bog‘dorchilik, baliqchilik, asalarichilik, sabzavotchilik, uzumchilikda 2935 ta,
  • Ishlamasdan turgan korxonalarni faoliyatini tiklashda
    6011 ta;

Bundan tashqari,

  • tijorat banklarining kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil etish uchun ajratiladigan kreditlar hisobida 18250 ta;
  • yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirishda 16034 ta;
  • uy mehnatini tashkil qilishda 7073 ta;
  • dehqon va fermer xo‘jaliklarini tashkil tiklashda 7233 ta ish o‘rinlari tashkil etdi.

Yaratilgan ish o‘rinlarining 35316 tasi xotin-qizlarga,  yoshlarga 34321 ta,shu jumladan 24108 tasi kasb-xunar kolleji bitiruvchilariga, 15972 tasi chet eldan qaytgan migrantlarga ajratildi.   

Dastur asosida shahar va tumanlar Bandlikka ko‘maklashish markazlariga 2016 yil davomida 26,5 ming nafar ishsizlar ish so‘rab murojaat etishi kutilgan bo‘lsa, o‘tgan 12 oylikda 26017 nafar fuqarolar murojaat qildi. Ularning 25301 nafari (yillik dasturga nisbatan 106,1%) ishga joylashtirildi, 463 nafari (105,2%) kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash kurslariga, 2004 nafari (100,4%) xaq to‘lanadigan jamoat ishlariga yuborildi.

2016 yilda 85 ta (103,7%) bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalari o‘tkazildi. Yarmarkalarda 17,8 minga yaqin fuqarolar jalb qilinib, 10,3 ming nafariga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi. Jami yarmarkalarda 4768 ta korxona  va tashkilotlar o‘zlaridagi 35615 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

Viloyatda shahar va tumanlar hokimliklari qarori asosida 2016 yilda ijtimoiy muhofazaga  muhtoj va  ish topishda qiynalayotgan  shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qo‘yilgan (kvotalangan) ish o‘rinlariga 5752 nafar (100%) fuqarolar ishga  joylashtirildi.

Sog‘liqni saqlash. Viloyatda sog‘liqni saqlash tizimidagi davolash profilaktika muassasalari faoliyatlarida O‘zbekiston Respublika Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi»gi to‘g‘risidagi PF-2107-sonli, «O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chukurlashtirish Davlat dasturi» to‘g‘risidagi 3923-sonli Farmonlari  talablari asosida islohotlarni  chuqurlashtirishga qaratildi.

Aholini sifatli tibbiy yordamga bo‘lgan ehtiyojini qondirish borasida 211 ta qishloq vrachlik punktlari va 11315 bemor o‘rinli 122 (shundan 90 tasi kichik biznesda) ta shifoxonalarda 5087 nafar  vrachlar va 25763 nafar o‘rta tibbiyot xodimlari mehnat qilmoqdalar.

Har 10 ming kishiga to‘g‘ri keladigan vrachlar soni 19,0 nafarni, o‘rta tibbiyot xodimlari soni esa 98 nafarni tashkil etmoqda.

- 2016 yilda viloyatda 5 ta- Namangan shahrida 2 ta hamda Kosonsoy, Namangan va Pop tumanlarida 1 tadan onalar o‘limi sodir bo‘ldi.

- 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi 617 tani tashkil etib, intensiv ko‘rsatkichi 10,2  ga  teng bo‘ldi. (2015 yilda 641 nafar, intensiv ko‘rsatkichi 10,8). Bolalar o‘limi 2015 yilni shu davriga  qaraganda -24 nafarga kamaygan, har ming tirik tug‘ilgan bolaga nisbatan intensiv ko‘rsatkich Namangan shahrida (14,6),  Mingbuloq (12,7), Namangan (11,2), Kosonsoy (10,5) va Uychi (10,3) tumanlarida viloyat ko‘rsatkichidan yuqori bo‘ldi.

- 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi 815 tani tashkil etib, intensiv ko‘rsatkichi 13,4  ga  teng bo‘ldi. (2015 yilda 808 nafar, intensiv ko‘rsatkichi 13,7). Bu ko‘rsatkich  2015 yilga nisbatan  7 nafarga ko‘payishiga asosiy qismi Namangan shahri (17,1), Kosonsoy (16,8), Namangan (16,0) va Mingbuloq (14,7)  tumanlar xissasiga to‘g‘ri keldi.

Yuqoridagi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida fertil yoshidagi ayollarning sog‘lig‘ini mustaxkamlash, bolalarda respirator infeksiyalar va diareya kasalliklarini oldini olish, sog‘lom turmush tarzi dasturlarini xayotga tadbiq etish choralari ko‘rilmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 9 fevraldagi “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturini tasdiqlash haqida”gi PQ-2487-sonli qarorini viloyatda ijrosi to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 9 fevraldagi “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturini tasdiqlash xaqida”gi PQ-2487-sonli qarorini ijrosini ta’minlash  maqsadida 2016 yil 15 fevral kuni viloyat hokimligining 63-sonli qarori bilan 1-ilova viloyat Dasturi, 2-ilova “Sog‘lom ona va bola yili” viloyat Dasturini to‘laqonli va belgilangan muddatlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha viloyat komissiyasi, 3-ilova viloyat Dasturini ijrosini tahlil qilish va muvofiqlashtiruvchi monitoring guruhi tarkibi tasdiqlandi.

Jumladan, “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida belgilab berilgan 11 ta yo‘nalish asosida keng jamoatchilikni jalb etgan holda 87-banddan iborat viloyat dasturi ishlab chiqildi.

Mazkur dastur ijrosini ta’minlash maqsadida jami  520,0 mlrd so‘m va ekvivalentda 12,6 mln AQSh dollari, shundan 224,8 mlrd so‘m va ekvivalentda 0,167 mln AQSh dollari Davlat byudjeti va Davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari, 256,5 mlrd so‘m va ekvivalentda 1,6 mln AQSh dollari bajaruvchilar va homiylar mablag‘lari,  22,7 mlrd so‘m tijorat banklarining kreditlari,     16,2 mlrd so‘m va ekvivalentda 10,7 mln AQSh dollari xalqaro tashkilotlar,  moliyaviy institutlar mablag‘lari va grantlar hisobidan amalga oshirish rejalashtirildi.

Joriy yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bilan dasturning barcha bandlarining ijrosi bo‘yicha tegishli tartibda ish tashkil etildi. Shundan dasturning 27 banlari bo‘yicha barcha manbaalar hisobidan 468,9 mlrd.so‘m va ekvivalentda 144,8 mln AQSh dollari, shundan 204,9 mlrd so‘m va ekvivalentda 63,1 mln AQSh dollari Davlat byudjeti va Davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari, 106,7 mlrd so‘m va ekvivalentda 33,6 mln AQSh dollari bajaruvchilar va homiylar mablag‘lari, 175,7 mlrd so‘m va ekvivalentda 50,8 mln AQSh dollari tijorat banklarining kreditlari, 0,5 mlrd so‘m va ekvivalentda 0,14 mln AQSh dollari xalqaro tashkilotlar,  moliyaviy institutlar mablag‘lari va grantlar hisobidan amalga oshirilib rejaga nisbatan 90,1 foizni tashkil etdi.

Jumladan, Tibbiyot muassasalarining, jumladan perinatal va skrining markazlarning moddiy-texnika bazasini va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash, oilaviy poliklinikalar va kishlok vrachlik punktlarining ish samaradorligini oshirish, patronaj tibbiyot hamshiralarining sonini ko‘paytirishni ta’minlash, akusher-ginekologlar va bolalar shifokorlari malakasini oshirish maqsadida:

- Viloyatdagi 12 ta tuman tibbiyot muassasalarining bolalar bo‘limlari va tug‘ruqxona majmualarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash bo‘yicha muassasalarga 36004,0 mln.so‘m ajratilib to‘liq rekonstruksiya qilindi.

- 2016 yil oktabr oyida 56 stomatologik uskunalar barcha tuman markaziy poliklinikalariga va barcha shaxar oiaviy poliklinikalariga jami 256 mln 688 ming so‘mga olib kelindi.1 FGDS shaxar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasiga 47  mln so‘mga berildi. RIA va GIATM NFga 171 mln so‘mlik IVL apparati va Viloyat onkologiya dispanseriga 172 mln. 243 ming so‘lik raqamli ko‘chma rentgen aparati keltirildi.

- RI va GIATM NFning ChRBda mavjud bo‘lgan nosoz tibbiy apparaturalardan 3 ta arrabella , 1 ta kyuvez, 2 elektron tarozi, 1 pulsoksimetr, 1ta Drayger, 1 ta infuzamat  apparati ta’mirlandi

- 2016 yil oktabr oyida Chaqaloqlar reanimatsiya bo‘limida muddatiga yetmay chala tugilgan 62 ta chaqaloqlarni reanimatsion chora-tadbirlar ko‘rsatilib, og‘ir xolatdan chiqarildi.

- 2016 yil 12 oyi davomida jami bemorlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 3089 nafarni tashkil etdi. Ularning 1563 nafari ginekologik va 1526 nafari ko‘rak bezi xastaliklari bilan murojat etganlarni tashkil etadi.

- 2016 yil 20 sentabr xolatiga  viloyat tug‘ruqxonalarida tug‘ilgan chaqaloqlarning virusli gepatit Vga qarshi 99.6% va BSJga (silga qarshi) 99.5%  nafari emlandi. 2 oylik bolalar orasida OPVga poliomiyelitga qarshi 100,0% hamda 1 yoshli bolalar KPK bilan 99.0%, 6 yoshli bolalar KPKga 99.9% emlandi.

- 2016 yil 2016 yil 11 oyida profilaktik flyuorografik tekshiruvlar rejalashtirilgan tug‘ish yoshidagi ayollarning 52163 nafari (97,5%), 18 yoshgacha bolalarning 81112 nafari (89.9%)   profilaktik flyuorografik tekshiruvdan o‘tkazildi.

- 2016 yil 20 dekabriga kadar  OIV infeksiyasi bilan yashayotgan shaxslarning hayoti sifatini yaxshilash maqsadida 646 nafar bemorlar: shundan 359 nafar kattalar, 287 nafar bemorlar bolalar ARVterapiya usulida davolanmoqda.

- 853 mln 740 ming 800 so‘m mablag‘ sarflanib, 816658 nafar bolalar laboratoriya yo‘li bilan tekshiruvdan o‘tkazildi. 36201 nafar bolalarda  gijja kasalligi aniqlandi. Shundan 0.8% geminolipedoz, 3.6% enterobioz, 0.01% askaridoz aniqlandi. Bemorlarning 96.8% sog‘lomlashtirildi. Xaftalik davomida 332622 nafar 210 yosh bolalarga “Vermoreks” (mebendazol) dori vositasi profilaktika maqsadida ichirildi.  Xaftalik davomida 332622 nafar 210 yosh bolalarga “Vermoreks” (mebendazol) dori vositasi profilaktika maqsadida ichirildi.  Rotavirus infeksiyasiga qarshi 99.7%  emlandi pnevmokokkga 99.3% emlandi,  pentavalent 99,0%  emlandi.

- 1 yoshgacha bolalar orasida rotavirus va pnevmokokkli infeksiyaga qarshi immunizatsiyalash bo‘yicha Rotavirus infeksiyasiga qarshi 99.7% emlandi pnevmokokkga 99.3% emlandi,  pentavalent 99,0%  emlandi.

- VBKTTM gemotologiya bo‘limida 2016 yil 20 sentabriga kadar 48 nafar bemorlar “Utkir leykoz” kasalligi bilan davolanib chikib uz salomatligini tikladilar. 20 nafar bemor “Talassemiya” xastaligi bilan davolanib ularga standart asosida davo choralari olib borildi. 40 nafar Gemofiliya bilan bemorlar davolandi. 8.4 mln sumlik Oktanat, 642 ming sumlik Doksirubitsin dori vositalari sarflandi.

- Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar orasida gemorragik kasalliklar profilaktikasi maqsadida barcha tug‘ruq komplekslarini Vitamin K ta’minlash. RIA va GIATM Namangan filiali tomonidan vitamin K rutin qo‘llash maqsadida 400 ta chaqaloqqa qo‘llanildi. Pop tumanida chaqaloqlarga vitamin K ishlatilishi yo‘lga qo‘yildi.  Pop tumanida 1000 dona vitamin K 2 mln 96 ming so‘m mablag‘ga sotib olindi.

- 2016 yil  11  oy davomida  22084  nafar xomiladorlar (2015 y  11 oyda  23923 ta) skrining kurigidan o‘tganligi qayd etildi. Bulardan  17805 nafar xomiladorlar (2015 y  11 oyda 19071 ta) ultratovush tekshiruvidan o‘tkazildi. UTT tekshiruvidan o‘tkazilgan xomiladorlarning 363 (2,0%) nafarida (2015 y 11 oyda 400 ta) rivojlanishning tug‘ma nuqsonlari aniqlangan. RTN aniqlangan  363 nafar xomiladorlarning  290  nafari (79.8%) turli anomaliya (2015 y  11 oyda  321 ta)  va  73 nafari (20,1%)  akusherlik patologiyani (2015 y 11 oyda 79 ta) tashkil qiladi. Tug‘ma nuqson aniqlangan  363 nafar xomiladorlarni  358 nafari  (98,6%) to‘xtatishga yuborildi.  Tuxtatishga yuborilgan  358 nafar xomiladorlardan  353  nafari (98,6%) nafarida (2015 y 11 oy 389 ta) xomiladorlik to‘xtatildi va xabarnomalari olindi. Shuningdek skrining ko‘rigidan o‘tgan 3612 nafar (22,5%) xomilador AFP|XG ga qon topshirdi (2015 y 11 oyda 2352 ta). Ulardan 1608 nafari  (44,5%)  xavfli guruxga qayd etilib nazoratga olindi (2015 y  11 oyda  984 ta). 135 nafar (123 nafar xomiladorlar, 12 nafar TYoA) TORCH infeksiyaga tekshirildi va xavfli guruxlar ajratilib  davolanishga yuborildi. 

- Erta turmush qurishni oldini olish va erta turmush qurishning asoratlari borasida 1493 ta ma’ruza, 217 davra suhbati, 5431 suhbat tashkillashtirilib, 125642 nafar qatnashchi qamrab olindi. Tadbirlarning 419 tasi kollejlarda, 615 tasi maktablarda, 3 ta oliy o‘quv yurtlarida, 5496 tasi maxallalarda va 608 ta boshqa joylarda tashkillashtirildi. Ommaviy axborot vositalari orqali televideniye 3ta, radio77 ta chiqishlar, 8 ta maqola, 6287ta buklet va 6239 ta varaqalar tarqatildi xamda 172 videoroliklar namoshiy etildi.

Shu bilan bir qatorda dasturga muvofiq,

- Viloyatning olis qishloq joylarida “Go‘zallik saloni”, modalar atelesi, elektromaishiy texnikalar va oyoq kiyim ta’mirlashni o‘z ichiga qamrab olgan 13 ta namunaviy maishiy xizmat komplekslari foydalanishga topshirildi.

- Viloyatning barcha tumanlarida qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha 911 ta yakka tartibdagi uy-joylar qurilishini joriy yilning avgust oyidafoydalanishga topshirish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hisobot davrida davrida 245,1 mlrd.so‘mlik (100,0%) qurilish ishlari amalga oshirildi.

- Namunaviy loyihalar asosida quriladigan uy-joylarni tashqi elektr ta’minoti uchun 19 km elektr uzatish havo tarmog‘i  va 28 komplekt transformator punkti qurildi. 27-ta massivdagi namunaviy loyiha asosida qurilayotgan  911 ta uy joylardan 18 ta massivdagi 762 xonadonga tabiiy gaz bilan gazlashtirish uchun 30,6 km gaz tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan, bugungi kunda 19,85 km gaz tarmoqlari tortildi.

- Namangan shahri va 11 ta tumanlarda tashkil etilgan” Ayollar maslahat markazlari” faoliyatiga ko‘maklashish maqsadida taqsimotda ko‘zda tutilgan 100,0 mln.so‘mga 12 ta kompyuter jamlamasi (printer bilan), 24 ta kitob jovoni, 48 ta stol, 120 ta stul, 12 ta yumshoq mebel, shuningdek, 12 ta telefon apparatlari, 12 ta televizor, 12 ta gilam va 12 ta stol ish jihozlari olib berildi. Mazkur maqsadda 100,0 mln.so‘m mablag‘ sarflandi.

2016 yil yakunida Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari

Microsoft Word ko'rinishida ko'chirib olish (145 KB)

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech