Tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlanishi.

Tashqi savdo aylanmasi. Viloyatda 2016 yil yakuni bilan 507,6 mln. dollarlik (2015 yil yakuniga nisbatan 150,8%) tashqi savdo amallari bajarilib, shundan eksport 222,2 mln.dollarni (133,4%), import 285,4 mln.dollarni (167,8 %) tashkil etdi.

Jumladan “Namangan momiq sochiqlar” MChJda 5171,4 ming dollar "Aisha home textile" QK 3855,6 ming dollar (283,8%), "Tubo-textile" MChJda 2706,4 ming dollar (315,2%), "Azam teks savdo servis" MChJda 1971,4 ming dollar (282,2%), “Samo tekstil servis” MChJda 1561,2 ming dollar (152,5%), "Iftixor kiyim sanoat" MChJda 1409,2 ming dollar (164,9%), "Istiqlol dizayn markazi" MChJda 1105,6 ming dollar va “Nafis teks group” MChJ 495,7 ming dollar korxonalari tomonidan eksport prognozi ortig‘i bilan bajarilgan.

Viloyatda eksport faoliyatini yurituvchi korxonalarning safi barqaror o‘sib bormoqda. 2015 yil yakuni bilan eksport amallarini bajaruvchi korxonalar soni 108 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yilda ularning soni 32 taga ortib, 140 tani tashkil etgan.

Shuningdek, o‘tgan davrda 80 dan ortiq turdagi tovar va xizmatlar eksporti amalga oshirilib, 41 turdagi yangi mahsulotlar eksporti o‘zlashtirildi.

Yangi turdagi mahsulotlar: qandolatchilik mahsulotlari, tuxum, qog‘oz, dublyonka teri, qovul (kapers), propolis, galstuk, fitosanitar buyumlar, avtoransport vositalari uchun gaz ballonlari, lak-bo‘yoq mahsulotlari (emulsiya bo‘yoq), charm kamarlar, plastmassa buyumlari (ko‘za, kiyim ilgich, chiqindi qutisi, suyuqlik idishi, vanna, chelak), rezinotexnika buyumlari (avtomobil uchun rezina gilamcha), keramik buyumlar (shar va plita), kaolin qumi, gipsokarton list, quruq gips aralashmasi, erkaklar poyabzali, maxsus ish kiyimlari, shpatlevka, shtukaturka, qurilish yelimi, ishchi qo‘lqoplar, dastro‘mol, arqon, milliy ro‘mol (durra), tesma, tirik jonivorlar (maymun), paypoq, rezina poyabzal, meva-sabzavot ko‘chatlari va urug‘lari va boshqalar.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qo‘shma korxonalar faoliyati

Hukumat tomonidan xorijiy investorlarga yaratilgan keng ko‘lamli sharoilar natijasida 2017 yilning 1 yanvar holatiga viloyatdagi xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni 67 tani tashkil etdi. Qo‘shma korxonalarning 26 tasi yengil sanoat mahsulotlari, 9 tasi qurilish materiallari, 11 tasi oziq-ovqat va meva-sabzavot mahsulotlari qayta ishlash, 5 tasi charm-poyabzal mahsulotlari, 5 tasi savdo va xizmat ko‘rsatish, 4 tasi mashinasozlik va 7 tasi boshqa turdagi sohalarda faoliyat ko‘rsatmoqda.

Hisobot davrida viloyatdagi qo‘shma korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar xajmi 554,6 mlrd.so‘mni (o‘sish 113,9 %) tashkil etib, mintaqada ishlab chiqarilgan jami maxsulotdagi ulushi 16,3 foizga yetdi (2015 yilda 15,7foiz).

Hisobot davri yakuni bilan qo‘shma korxonalarning eksport xajmi 45,9 mln.dollarni tashkil etib, 2015 yilning shu davriga nisbatan 144,5 foizga o‘sdi yoki viloyat jami eksportdagi ulushi 20,7 foizga yetdi.

Qo‘shma korxonalarning import hajmi 130,8 mln.dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 marotabaga ortdi. Bunda, asosan Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Uzteks Uchqo‘rg‘on” QK va “Uchqo‘rg‘on tekstil” QKlar tomonidan 110,0 mln.dollardan ziyod mashina va jihozlar korxonaga import qilingan.