Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


  1. Makroiqtisodiy o‘zgarishlar.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti tomonidan 2017 yil 14 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining yig‘ilishida belgilab berilgan «2017 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yo‘nalishlari» bo‘yicha vazifalarni amalga oshirilishi, shuningdek, Hukumat tomonidan qabul qilingan tarmoq dasturlari va qarorlarida belgilangan parametrlarni viloyatda ijrosini ta’minlanishi hisobiga 2017 yil yakuni bilan iqtisodiyotning barcha sohalarida barqaror o‘sish sur’atlari ta’minlandi.

Xususan, iqtisodiyotni va uning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilashni jadallashtirish va ko‘lamlarini kengaytirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, yo‘l-transport va kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish, faol investitsiya siyosatini amalga oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, zarur ishbilarmonlik muhitini yaratish, aholining hayot darajasi va sifati izchil oshirilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida yalpi hududiy mahsulot hajmining (YAHM) o‘sish sur’ati 4,2 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 7,3 foizga, qishloq xo‘jaligi 1,8 foizga, kapital qo‘yilmalar 3,7 foiz, qurilish ishlari 7,6 foiz, chakana savdo aylanmasi 3,1 foiz va jami xizmatlar hajmi 5,0 foizga o‘sishi ta’minlanadi.

 

  1. Moliyaviy holat.

Inflyasiya sur’atlari. Viloyatda inflyasiyani qisqartirish hamda narx-navoni barqarorlashtirish bo‘yicha 2017 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar Dasturi ishlab chiqilib, ijrosi tizimli monitoring qilib borilmoqda.

Viloyat aholisi uchun markazlashgan tartibda ajratilayotgan un va o‘simlik yog‘ini birja savdolariga o‘z vaqtida qo‘yish va sotib olingan mahsulotlarni savdo korxonalari tomonidan ayniqsa, qishloq va tog‘li hududlarda yashovchi aholiga muntazam etkazib berish yo‘lga qo‘yilgan.

Bundan tashqari tadbirkorlar tomonidan chetdan xarid qilayotgan nooziq va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ist’emol bozorini to‘ldirib kelinmoqda.

Viloyat aholisini arzon, sifatli meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash maqsadida 741,5 ming tonna sabzavot (o‘sish sur’ati 102,7%), 132,2 ming tonna go‘sht (105,8%), 666,8 ming tonna sut (104,6%) va 465,8 ming.dona tuxum (110,1%) ishlab chiqarilib, iste’molga yo‘naltirildi.

Byudjet-soliq siyosati. Hisobot davrida mahalliy byudjet daromadlari 1560,5 mlrd.so‘mni, byudjet xarajatlari 1703,1 mlrd.so‘mni tashkil etdi.

III. Investitsiya siyosati va real sektor tarmoqlari rivojlanishi.

  1. Davlat Investitsiya dasturi.

Viloyatda 2017 yil yanvar-dekabr oylari yakuni bilan barcha manbalar hisobidan 3052,0 mlrd.so‘m miqdorida investitsiyalar o‘zlashtirilib, o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 103,7 foizni tashkil etgan. SHundan 1475,4 mlrd.so‘mi (48,3 foizi) Ishlab chiqarish sohasida, 1576,6 mlrd.so‘m (51,7 foizi) noishlab chiqarish sohasida to‘g‘ri kelgan.

Hisobot davrida o‘zlashtirgan investitsiyalarning 1233,8 mlrd.so‘mi (jamidagi ulushi 40,4 foizni) markazlashtirlgan investitsiyalarni tashkil etib, shundan 115,5 mlrd.so‘mni byudjet mablag‘lari, 119,7 mlrd.so‘mni byudjetdan tashqari fondlar mablag‘lari hamda 998,6 mlrd.so‘mni hukumat kafolati ostidagi xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga to‘g‘ri kelgan. O‘zlashtirilgan investitsiyalarning 1818,1 mlrd.so‘mini (59,6 foizi) markazlashtirilmagan investitsiyalar tashkil etib, ulardan 516,6 mlrd.so‘mi korxonalarning o‘z mablag‘lari, 440,8 mlrd.so‘mi tijorat banklari kreditlari, 89,7 mlrd.so‘mi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar hamda 771,0 mlrd.so‘m aholi mablag‘lari hisobiga o‘zlashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 dekabrdagi PQ-2697-sonli hamda 2017 yil 7 apreldagi PQ-2873-sonli qarorlariga asosan, markazlashgan mablag‘lar hisobidan 27 ta (7 ta rekonstruksiya va 20 ta kapital ta’mirlash) maktabgacha ta’lim muassasalari, 20 ta (1 ta yangi qurilish, 16 ta rekonstruksiya va 3 ta kapital ta’mirlash) umumta’lim maktablari, 1 ta bolalar musiqa va san’at maktabi, 6 ta sog‘liqni saqlash ob’ektlari va 1 ta yopiq suzish havzasi, 9 ta suv inshoatlar va tarmoqlari, 8 ta tik quduq drenaj qurish, 5 ta daryo qirg‘oqlarini mustahkamlash, 3 ta turli soha ob’ektlari jami 80 ta, shuningdek, Mamlakatimiz rahbarining 2017 yil 7-8 iyul kunlari viloyatimizga tashrifi hamda tasdiqlangan yig‘ilish bayonlariga asosan, YAngiqo‘rg‘on tumanining Bo‘ston MFYdagi 21-maktab hududida BO‘SMga qarashli sport majmuasi qurilishi, Uychi va CHortoq tumanlarida qishloq oilaviy poliklinikasi qurilishi, Namangan shaxridagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy amaliy tibbiy kardiologiya markazi Namangan filialining kayta kurish ob’ekti va Namangan viloyat  endekriologiya dispanseri negizida Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy va amaliy tibbiyot markazini kurish ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash hisobiga foydalanishga topshirish hamda ushbu maqsadlar uchun 124,5 mlrd.so‘m mablag‘larni o‘zlashtirish rejalashtirilgan.

2017 yil yanvar-dekabr oylari yakuni bilan markazlashgan mablag‘lar hisobidan 82 ta (19 ta umumta’lim maktablari, 1 ta bolalar musiqa va san’at maktabi, 27 ta maktabgacha ta’lim muassasalari, 7 ta sog‘liqni saqlash, 2 ta bolalar sporti ob’ektlari, 8 ta tik quduq drenaj qurish, 6 ta daryo qirg‘oqlarini mustaxkamlash, 2 ta turli soha, 10 ta suv tarmoqlari va oqava suv tizimi) ob’yektlari foydalanishga topshirildi.

2017 yil yakuni bilan jami markazlashgan ob’ektlar qurilishi uchun 132,6 mlrd.so‘m mablag‘lar o‘zlashtirilib, 128,8 mlrd.so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarilgan.

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tarkibidagi ob’ektlar qurilishi bo‘yicha 21267,9 mln.so‘m kapital mablag‘larni o‘zlashtirish rejalashtirilgan. Shundan, 19640,7 mln.so‘mini qurilish-montaj ishlari tashkil etadi.  Manziliy ro‘yxatga jami 9 ta qurilish ob’ektlari kiritilgan bo‘lib, ularning 4 tasi yildan-yilga o‘tuvchi, 5 tasi yangi boshlanadigan ob’ektlardir. Manziliy ro‘yxatga muvofiq joriy yilda jami 23,522 km uzunlikdagi kanallarni qayta qurish, 1,8 m3/s suv chiqarish qobiliyatiga ega bo‘lgan nasos stansiyasini hamda 0,375 km uzunlikdagi bosimli truboprovodni qayta qurish, shuningdek  2 dona gidrotexnik inshootni  qayta qurib, foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Joriy yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bilan jami 21267,8 mln.so‘m kapital mablag‘lar o‘zlashtirilib, 19640,5 mln.so‘mlik qurilish-montaj ishlari olib borildi. Belgilangan reja 100,0 foizga bajarildi.

2017 yilda 20902 gektar sug‘oriladigan erlarning meliorativ xolatini yaxshilash maqsadida, 17 dona loyihalarda 839,5 km uzunlik-dagi kollektorlarni ta’mirlash-tiklash ishlari rejalashtirilgan. Ushbu ob’yektlarning 1 tasi yildan-yilga o‘tuvchi, 16 tasi yangidan boshlanuvchi ob’ektlardir. 62 dona meliorativ tik quduqlarini, 83 dona quvurli o‘tish joylarini, 10 dona suv o‘lchash inshootlarini, 128 dona kuzatuv quduqlarini ta’mirlash tiklash ishlariga 8,0 mlrd.so‘m mablag‘larni o‘zlashtirish rejalashtirilgan.

Joriy yil yakuni bilan 838,6 km uzunlikdagi 8385,6 mln.so‘mlik ishlar rejalashtirilib, amalda 895,8 km uzunlikda (107,0 foizga) 8385,6 mln.so‘mlik (100,0 foizga) ta’mirlash va tiklash ishlari bajarildi.

SHu bilan birga, muhim strategik ahamiyatga ega bo‘lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirilmoqda. Jumladan, Qamchiq dovoni orqali Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasini qurish hamda Pop-Namangan-Andijon temir yo‘lini elektrlashtirish ob’ektlarida juda katta hajmdagi qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. 2017 yil davomida loyiha bo‘yicha 296,9 mlrd.so‘m miqdorida investitsiya o‘zlashtirilib, 293,4 mlrd.so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi. Ob’ektda o‘zlashtirilgan mablag‘lardan 3,2 mlrd.so‘m byudjet, 19,1 mlrd.so‘m “O‘zbekiston Temir yo‘llari” DAK o‘z mablag‘lari, Davlat kafolati ostidagi xorijiy investitsiyalar 274,7 mlrd.so‘m (56,3 mln. AQSH dollari) hisobiga to‘g‘ri keldi.

To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 450 MVt quvvatidagi 2 ta blok jami 900 MVt quvvatidagi yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilishida 385,7 mlrd.so‘m, shundan “O‘zbekenergo” DAK o‘z mablag‘lari hisobidan 2,8 mlrd.so‘m miqdorida investitsiya hamda hukumat kafolati ostida 382,9 mlrd.so‘m (49,7 mln. AQSH dollari) chet el krediti o‘zlashtirilishi ta’minlandi. Bugungi kunda bosh pudratchi “Sirdaryo IES qurilish” unitar korxonasi tomonidan 1 va 2 kirish avtomobil yo‘llari, 2 ta mashinaga mo‘ljallangan yong‘in xavfsizligi bo‘limi binolarining qurilishi olib borilmoqda.  Ma’muriy bino, tashqi va aloqa tarmog‘ini tortish ishlari va xujalik ehtiyoji uchun toza ichimlik suv tarmog‘i qurilishi ishlari yakunlandi.

SHuningdek, barcha manbalar hisobidan 1078,9 ming kv.m. turar-joylar qurilib, 272,9 km ichimlik suvi va 28,1 km tabiiy gaz tarmoqlari tortilib foydalanishga topshirildi.

I. “Namangan viloyatini 2017-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ning ijrosi to‘g‘risida.

“Namangan viloyatini 2017-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ga asosan 2017 yil davomida 1164,5  mlrd.so‘m miqdorida mablag‘larni o‘zlashtirish hisobiga 1170 ta loyihalarni (sanoat sohasida 326 ta, xizmat ko‘rsatish sohasida 567 ta, qishloq xo‘jaligi sohasida 227 ta) ishga tushirib, 16080 nafar ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.

2017 yil yakuni bilan 1170 ta loyihalar amalga oshirildi. Ushbu maqsadlar uchun 1156,3 mlrd.so‘m (shundan, 498,3 mlrd so‘m bank kreditlari). Natijada 16343 nafar yangi ish o‘rinlari barpo etildi.

I-yo‘nalish: Sanoat sohasida 2017 yilda 326 ta loyihalarni amalga oshirish va bu maqsadlar uchun jami 879,4 mlrd.so‘m investitsiya mablag‘larini o‘zlashtirish hamda 10378 nafar yangi ish o‘rinlari barpo etish belgilangan.

O‘tgan davrda jami 874,0 mlrd.so‘mlik investitsiyalar (shundan, 405,2 mlrd so‘m bank krediti) yo‘naltirilib, 326 ta korxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi va 10378 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi.

SHundan, 27 ta kimyo va neftkimyo, 72 ta qurilish materiallari sanoati,9 ta mashinasozlik va ehtiyot qismlar, 5 ta elektrotexnika, 112 ta tekstil va to‘qimachilik, 7 ta charm-poyabzal, 14 ta mebel va qog‘oz, 6 ta farmatsevtika  va 74 ta oziq-ovqat sanoati korxonalarini tashkil etish va modernizatsiya qilishga alohida e’tibor berildi.

II-yo‘nalish: Xizmat ko‘rsatish va servis sohasida 2017 yil davomida 178,9 mlrd.so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirib, 567 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish hisobiga 3779 nafar yangi ish o‘rinlari yaratish belgilangan.

O‘tgan davr mobaynida 167,0 mlrd so‘m mablag‘lar sarflanib, 567 ta  savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi  tashkil etildi va 3866 nafar yangi ish o‘rinlar yaratildi.

Tashkil etilgan shoxobchalardan, 17 tasi aloqa va axborotlashtirish xizmatlari, 2 tasi moliya xizmatlari, 12 tasi transport xizmatlari, 38 tasi yashash va ovqatlanish xizmatlari, 347 tasi savdo xizmatlari, 25 tasi ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar, 2 tasi ta’lim sohasida xizmatlar, 39 tasi sog‘liqni saqlash sohasida xizmatlar, 11 tasi kompyuterlarni va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmatlari, 58 tasi shaxsiy xizmatlar, 1 tasi me’morchilik, muxandislik izlanishlar, texnik sinovlar va tahlil sohasida xizmatlar va 13 tasi boshqa turdagi xizmatlarga to‘g‘ri keldi.

III-yo‘nalish: Qishloq ho‘jaligi sohasida 2017 yil davomida  277 ta loyihalar amalga oshirish, ushbu maqsadlar uchun 106,1 mlrd.so‘m (shundan 47,4 mlrd so‘mi bank krediti) mablag‘lar sarflanib, 1923 nafar yangi ish o‘rinlari barpo etish belgilangan.

2017 yil yakuni bilan 115,2 mlrd.so‘m mablag‘lar yo‘naltirish hisobiga 227 ta investitsiya loyihasi amalga oshirildi va qariyib 2099 nafar yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

Jumladan, 107 ta qoramolchilik, 16 ta asalarichilik, 26 ta baliqchilik, 24 ta parrandachilik, 37 ta bog‘dorchilik, 20 ta uzumchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklar, 25 ta issiqxonalar, 22 ta muzlatkichli omborlar tashkil etildi.

 II. Sanoat.

Viloyatda 2017 yil yakuni bilan 3677 dan ziyod faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan hisobot davrida 3901,7  mlrd.so‘mlik (107,0%) sanoat mahsulotlari, 2715,5 mlrd.so‘m (106,0%) halq iste’moli mollari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 107,3 foizni va 104,8 foizni tashkil etdi.

Viloyatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida eng avvalo yuqori salmoqqa ega engil sanoat, oziq-ovqat, mashinasozlik va qolgan sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantirish dasturlari bo‘yicha qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, hisobot davrida engil sanoat tarmog‘ida o‘sish sur’ati 106,1 foiz, oziq-ovqat sanoatida 102,0 foizni tashkil etgan holda umumiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi engil sanoat (37,4%) va oziq-ovqat sanoati (31,3%) tarmoqlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

SHu davrda aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari  1458,2 ming so‘m va aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish  1015,0 ming so‘mni tashkil etib, 2016 yilga nisbatan mos holatda 175,2 ming so‘m va 46,2 ming so‘mga ko‘p yoki 113,7 foiz va 104,8  foizga o‘sishiga erishildi.

SHu bilan birga, sohada faoliyat yuritayotgan yirik korxonalardan 7 tasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oldingi yilga nisbatan 26,6 mlrd.so‘mga pasaygan.

Jumladan, Namangan shahridagi “Nestle O‘zbekiston” MCHJda 4,7 mlrd.so‘mga (94,7%),   “Nam Metal Standart” MCHJda 1,3 mlrd. so‘mga (51,7%) jami shahar bo‘yicha 6,0 mlrd. so‘mga hamda Pop tumanidagi “Uzruberoid” MCHJda 3,4 mlrd. so‘mga (38,3%) mahsulot ishlab chiqarish hajmlari kamaytirib yuborilgan. SHu bilan birga, Mingbuloq, Norin, Pop va CHust tumanlari bo‘yicha asosan hajmlarning 17,2 mlrd. so‘mga ushbu tumanlardagi   paxta tozalash korxonalari hisobiga to‘g‘ri kelgan.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 noyabrdagi
“2016-2019 yillarda Namangan viloyati sanoati saloxiyatini rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2439-sonli qarorining amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

M A ‘ L U M O T

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2016-2019 yillarda Namangan viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida”gi PQ 2439-sonli qaroriga asosan ishlab chiqilgan sanoat sohasini rivojlantirish dasturi jami 5,1 mlrd. dollardan ziyod investitsiya o‘zlashtirishni nazarda tutgan 342 ta loyihalardan iborat.

Dastur doirasida 2016-2017 yillarda quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, qarorning 1-ilovasiga asosan vazirlik va idoralar tomonidan umumiy qiymati 2,9 mlrd.dollar bo‘lgan 26 ta yangi yirik loyihalar ishga tushirilishi hisobiga 6218 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan. Joriy yilda dastur asosida loyiha qiymati 78,4 mln.dollarga teng bo‘lgan 11 ta loyiha ishga tushirilishi xisobiga 1215 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Hozirda, “Art Soft teks" QK MCHJning (loyiha qiymati 30,1 mln.dollar, yaratiladigan ish o‘rinlari 400 ta) Momiq maxsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalarida qurilish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, joriy yilning yanvar-oktyabr oylari yakuni bilan Uchqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Uchkurgan tekstil” QK MCHJning (loyiha qiymati 25,0 mln.dollar) 7,0 ming.tn bo‘yalgan ip ishlab chiqarish hamda “Uzteks Uchkurgan” QK MCHJning (loyiha qiymati 40,0 mln.dollar) yillik ishlab chiqarish quvvati 7,0 ming.tn momiq maxsulotlar va aralash ipni ishlab chiqaruvchi  korxona tashkil etish loyihasi foydalanishga topshirildi. Loyihalar foydalanishga topshirilishi natijasida 1100 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

“Vodiy neftegazovik energo” AJ tomonidan yillik quvvati 10 ming dona bo‘lgan elektr saqlagich qurilmalari (Pin-1, MIN-1, UVEN-83n, KLESH) va gazsignalizatsiyalarini ishlab chiqarishni tashkil etish hamda “Samo plyus ta’mir” MCHJning katta xajmdagi muzlatgichlarni ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalari foydalanishga topshirildi.

Sifatli plita (maishiy texnika vositalarini ishlab chiqarish), Faxriddin gaz servis (kabel maxsulotlari va boshqaruv bloklarini ishlab chiqarishni), Antlant texnika servis (elektr qurilmalarini ishlab chiqarish) MCHJlar tomonidan kiritilgan loyihalarga bank krediti garov ta’minoti qoplanmaganligi hamda “O‘zbekcharmpoyabzali” assotsiatsiyasi uyushmasi tomonidan loyiha qiymati 6,8 mln.dollar bo‘lgan (yaratiladigan ish o‘rnlari 180 nafar) viloyatda zamonaviy teri-poyabzal kompleksini tashkil etish loyihasini amalga oshirish uchun tashabbuskor aniqlanmaganligi sababli loyihalarning belgilangan muddatda bajarilishi muammo bo‘lib qolmoqda.

Qarorning 2-ilovasiga asosan 25 ta korxonalarda 181,3 mln.dollarlik modernizatsiya ishlari hisobiga 2667 ta qo‘shimcha yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan bo‘lib, yil yakuni bilan  “Verigrov Ipagi” QKning shoyi gazlamalar ishlab chiqarish (loyiha qiymati 1,0 mln.dollar, ish o‘rinlari 30 ta), “Namangan sharbati” QK MCHJda meva sharbatlarini ishlab chiqarish va qadoqlashni tashkil etish (loyiha qiymati 2,0 mln.dollar, ish o‘rinlari 75 ta), “To‘raqo‘rg‘on shirinlik agro" MCHJning meva va sabzavotlarni qayta ishlash va qadoqlash liniyasini tashkil etish (loyiha qiymati 3,0 mln.dollar, ish o‘rinlari 75 ta) loyihalari foydalanishga topshirildi.

SHuningdek, “Merrymed farm” QK MCHJning 1-bochqichdagi “Quruq kukun” turida antibiotiklarni ishlab chiqarishni tashkil etish (10,0 mln.dollar va 100 ta ish o‘rni) loyihasi foydalanishga topshirildi. Hozirda korxona tomonidan infuzion eritmalarni ishlab chiqarish sexida qurilish ishlari va o‘rnatilgan uskunalarni sinov ishlari yakunlangan. Loyiha 2018 yil yakuni bilan to‘liq foydalanishga topshiriladi.

- Pop tumanidagi “Pap Fen” MCHJ (2018 yilda foydalanishga topshiriladi) tomonidan yillik quvvati 7,0 ming tonna kalava ip, 5,0 ming tonna bo‘lgan bo‘yalgan ip va 1,0 mln dona choyshab ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish belgilangan bo‘lib, loyihani amalga oshirish uchun er maydoni ajratilgan va er maydonda joylashgan binonolarni narxlash ishlari yakunlangan. Korhona tomonidan bino-inshootlarni sotib olish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda;

- “Do‘stlik-A” MCHJ (2017 yilda foydalanishga topshirilishi belgilangan) tomonidan yillik quvvati 3,5 ming dona bo‘lgan momiq buyumlaridan tayyor komplektlarini ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha ishlab chiqarish binosida qurilish ishlari yakunlangan va uskunalarnalarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Loyihani 2018 yilda foydalanishga topshiriladi.

- “Namangan To‘qimachi” MCHJ (2018 yilda foydalanishga topshiriladi) tomonidan kiritilgan yillik quvvati 2,5 ming tonna paxta tolasi va 10,0 mln.kv.m tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish liniyasini modernizatsiya qilish rejalashtirilgan bo‘lib, korhona ta’sischisi (Rossiya davlatining “Turbo tekstil” korxonasi) tomonidan loyiha qiymati 15,5 mln.dollar bo‘lgan biznes reja ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda korhonaga urnatilishi rejalashtirilgan dastgoxlarni tanlovi amalga oshirilmoqda.

Qarorda bajarilishi rejalashtirilgan Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan kiritilgan loyiha qiymati 14,0 mln.dollarga teng (yaratiladigan yangi ish o‘rnlari 300 ta) “O‘zbekneftegaz” MXK, NTMK DK va “O‘zbekenergo” AK sanoat kooperatsiyasi asosida quvvati 1,1dan 15kVtgacha elektr dvigatel va zadvijkalarni ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida “Namanganmash” AJ ning ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash loyihasi, korhonaning imkoniyati etarli bo‘lmaganligi sababli bekor qilingan.

SHuningdek, qarorning 3-ilovasiga asosan hududiy hokimliklar tomonidan umumiy qiymati 287,0 mln.dollarlik (shundan bank krediti 153,5 mln.dollar) 270 ta (kreditga bo‘lgan talab 226 ta) loyihalarni amalga oshirilishi belgilangan.

SHundan, qaror asosida 2016-2017 yillarda loyiha qiymati 172,7 mln.dollarlik (shundan bank kreditlari 98,9 mln.dollar) 227 ta loyiha ishga tushirilishi va 6070 ta yangi ish o‘rinlari yaratish nazarda tutilgan.

O‘tgan davrda 168 ta loyiha foydalanishga topshirilib (4386 ta yangi ish o‘rinlari), 105,5 mln.dollar mablag‘ o‘zlashtirildi.

SHuningdek, 2016-2017 yillarda Dastur doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 226 ta loyihalarga 153,5 mln.dollarga teng bo‘lgan bank krediti ajratilshi belgilangan bo‘lib, 01.12.2017 yil holatiga tijorat banklari tomonidan 121 ta loyihalarga (2016-2019 yil rejasiga nisbatan 4 %ga) 36,2 mln.dollar (2016-2019 yil rejasiga nisbatan 24 %ga) miqdoridagi bank krediti ajratilgan.

Jumladan, 2017 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan 114 ta loyihalarning 98 tasiga tijorat banklari tomonidan 75,0 mln.dollar miqdoridagi bank krediti ajratilishi zarur bo‘lsada, amalda atiga 42 ta loyihaga 13,9 mln.dollar (yoki rejaga nisbatan 19 foiz) bank kreditlari ajratilgan.

SHu bilan birga, Dasturning 3-ilovasiga asosan mahalliy korxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning 101 tasida muammoli masalalar yuzaga kelgan. Xususan, ushbu loyihalarning:

- Dasturga kiritilgan loyihalarning 23 tasida (Namangan shahar - 4 ta, Kosonsoy tumanida - 6 ta, To‘raqo‘rg‘on va CHust tumanlarida - 3 tadan, Namangan, norin va CHortoq tumanlarida - 1 tadan) tashabbuskorlar tomonidan loyihalarning muddatlariga o‘zgartirish kiritilishi yuzasidan murojaat qilingan;

- 6 tasida (Namangan shahar va Mingbuloq tumanlarida - 2 ta, Pop va To‘raqo‘rg‘on tumanlari - 1 tadan) er hamda 2 tasida (Norin va Uchqo‘rg‘on tumanlari - 1 tadan) bo‘sh turgan bino ajratilmagan;

- 18 tasida (Namangan shahar va Uychi tumanlarida – 3 tadan, Kosonsoy, Namangan, CHust tumanlarida - 2 tadan, To‘raqo‘rg‘on, Uchqo‘rg‘on va chust tumanlarida - 1 tadan) qurilish ishlari, uskuna va jihozlarni olib kelish va o‘rnatish ishlari yakunlanmagan;

- 15 tasida (Namangan shahar - 6ta, Namangan, To‘raqo‘rg‘on va CHortoq tumanlarida - 2 tadan, Kosonsoy, Norin va CHust tumanlarida - 1 tadan) kredit mablag‘lari olish bo‘yicha hujjat tayyorlash va 5 tasiga (Kosonsoy, Uychi va CHortoq tumanlarida - 1 tadan, CHust tumanida - 2 ta) bank krediti ajratish masalasi hal etilmagan.

- 6 tasida (Namangan shahar va Uychi tumanlarida - 2 tadan, Mingbuloq va to‘raqo‘rg‘on tumanlarida - 1 tadan) loyiha bajarilmagan.

- Bundan tashqari dastur doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 25 ta loyiha (Namangan sh - 7 ta, Mingbuloq - 2 ta Kosonsoy - 4 ta Norin, To‘raqo‘rg‘on, Uychi, CHortoq tumanlarida - 3 tadan, Uchqo‘rg‘on tumanida - 1 ta) loyiha tashabbuskorlarning moliyaviy holati etarli bo‘lmaganligi va garov ta’minoti bo‘lmaganligi sababli tuman hokimliklari va tijorat banklari tomonidan istiqbolsiz deb topilgan.

Mahalliylashtirish dasturi ijrosi haqida.

Mahalliylashtirish dasturiga asosan  2017 yil yanvar-dekabr oylari yakuni bilan  9 ta korxonalarning 23 ta loyihasi bo‘yicha 17,4 mlrd.so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi belgilangan bo‘lib, amalga oshirilgan ishlar natijasida 7 ta korxonaning 20 ta loyihasi bo‘yicha 29,7 mlrd.so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan hamda 21,3 mlrd.so‘mlik mahsulotlar ichki bozorlarga sotilgan. Jami iqtisod qilingan valyuta miqdori 1 682,2 ming dollarni tashkil etib, belgilangan prognoz topshiriqlari 123,1 foizga bajarilishi ta’minlangan.

Biroq, 2017 yilga  tasdiqlangan tarmoq jadvaliga ko‘ra 4 ta korxonada mahsulot ishlab chiqarilmagan va 3 ta korxonada belgilangan reja topshiriqlari bajarilmay qolgan. Jumladan:

  1. Namangan shahridagi "Musaffo Polimer" MCHJda joriy yilning yanvar-sentyabr oylariga belgilangan 4900,0 dona dush kabinalari ishlab chiqarish belgilangan bo‘lib, korxonaning ishlab chiqarish sexida yong‘in chiqqanligi sababli belgilangan prognoz bajarilmagan.
  2. Namangan shahridagi "Zamin metal sanoat" MCHJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga ichki bozorlarda extiyoj kam bo‘lganligi sababli vannalar uchun smesitel ishlab chiqarish 21,8 foizga, sharavoy kran 61,1 foizga, gaz kompressorlariga butlovchi buyumlar 62,5 foizga bajarilgan.
  3. Namangan tumanidagi "Namangan briliant silk" MCHJning metanit sim ishlab chiqarish loyihasini korxona Andijon viloyatiga ko‘chirib o‘tilganligi sababli korxonada maxsulot ishlab chiqarilmagan.
  4. YAngiqo‘rg‘on tumanidagi "MARHABO MED FARM" EKG lentalariga buyurtmalar kam bo‘lganligi sababli belgilangan prognoz 44,9 foizga bajarilgan va “nakonechnik dlya dozatora” loyixasida moliyaviy kamchiliklar yuzaga kelganligi sababli ushbu turdagi maxsulotni 2018 yildan ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
  5. Namangan tumanidagi "Nam mator servis" MCHJ tomonidan “vertikalnыy nasos VN” markadagi nasos turiga buyurtmalar bo‘lmaganligi sababli mahsulot ishlab chiqarilmagan.

 III. Xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish.

Hisobot davrida jami xizmatlar hajmi 5072,7 mlrd.so‘mni tashkil etib, 2016 yilning mos davriga nisbatan 105,0 foiz o‘sdi.

Jumladan, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 385,3 mlrd.so‘m (117,7 foiz), moliya xizmati 408,6 mlrd.so‘m (122,1 foiz), transport xizmati 1114,9 mlrd.so‘m (102,7 foiz), yashash va ovqatlanish 96,8 mlrd.so‘m (107,3 foiz), savdo 1831,8 mlrd.so‘m (101,1 foiz), ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlar 163,4 mlrd.so‘m (105,9 foiz), ta’lim xizmati 189,3 mlrd.so‘m (110,0 foiz), sog‘liqni saqlash xizmati 94,4 mlrd.so‘m (110,6 foiz), ijara va prokat xizmati 105,7 mlrd.so‘m (100,9 foiz), kompyuterlarni va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmati 169,1 mlrd.so‘m (103,6 foiz), shaxsiy xizmatlar 348,9 mlrd.so‘m (105,7 foiz), me’morchilik, muxandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar 36,2 mlrd.so‘m (104,8 foiz) va boshqa turdagi xizmatlar 128,4 mlrd.so‘m (105,3 foiz)ni tashkil etdi.

“Namangan viloyatini 2016-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy 2017 yilda umumiy qiymati 167,1 mlrd.so‘mlik 567 ta xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini tashkil etilib, 3866 ta ish o‘rinlari yaratilishiga erishildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2017 yilda 17 ta aloqa, 2 ta moliya, 12 ta transport, 38 ta yashash va ovqatlanish, 347 ta savdo, 25 ta ko‘chmas mulk bilan bog‘liq, 39 ta sog‘liqni saqlash, 2 ta ta’lim, 11 ta kompyuterlarni va maishiy tovarlarni ta’mirlash, 60 ta shaxsiy, 1 ta me’morchilik, muxandislik izlanishlar, texnik sinovlar va tahlil sohasida xizmatlar va 13 ta boshqa turdagi xizmat ko‘rsatish shoxobchalari foydalanishga topshirildi.

Servis sohasida 2017 yilda yaratilgan jami 3369 ta yangi ish o‘rinlari qishloq joylarida tashkil etildi.

       Hisobot davrda chakana savdo aylanmasi viloyat bo‘yicha 6346,3 mlrd.so‘m (103,1%) tashkil etdi.  

       Hududlar bo‘yicha ko‘rilganda, chakana savdo aylanmasi chust tumani (o‘sish sur’ati 107,1%), YAngiqo‘rg‘on (105,8%), Uychi (105,0%) tumanlarida o‘sish sur’atlari yuqori bo‘ldi.

       Aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi 2371,6 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 138,4 foizga ko‘paydi.

 IV. Qishloq xo‘jaligida islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish.

Viloyat aholisini arzon, sifatli meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 yanvardagi 9-sonli qaroriga asosan viloyat hokimining 2017 yil 12 yanvardagi 16-sonli qarori qabul qilinib, nazorat o‘rnatilgan.  

Mazkur qaror asosida “Namangan viloyati tumanlarida 2017 yilda meva-sabzavot, kartoshka, poliz, uzum, go‘sht, sut va tuxum  mahsulotlarini choraklar bo‘yicha ishlab chiqarish va foydalanish bashorat ko‘rsatkichlari” ishlab chiqilib, ijrosi monitoring qilib borilmoqda.

Xususan, 2017 yilda barcha xo‘jaliklarda 261,4 ming tonna kartoshka, 741,5 ming tonna sabzavot, 69,8 ming tonna poliz, 249,6 ming tonna meva,119,9 ming tonna uzum, chorvachilik mahsulotlaridan 132,2 ming tonna go‘sht, 686,8 ming tonna sut, 465,8 ming. dona tuxum etishtirilib, bu turdagi mahsulotlarni 2016 yilga nisbatan 101,1 foizga bajarildi.

Buning hisobiga viloyatda 3673,7 mlrd.so‘mlik yalpi qishloq xo‘jaligi mahsuloti yaratilib, o‘sish sur’ati 104,6 foizga belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 martdagi PQ-2505-sonli qaroriga asosan viloyatda jami 10 ta qiymati 79,7 mln.dollar va  ish o‘rni 894 ta (respublikada 595,9 mln.dollor) ,loyiha rejalashtirilgan bo‘lib, loyihalarning 6 tasi yangi va 4 ta mavjud korxonalarni moderinizatsiya va rekonstruksiya qilish belgilangan.

Bugungi kunga kelib, 4 ta korxona (13,4 mln dollorlik) tomonidan qurilish ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirildi. Jumladan, “Norin Bottlers” MCHJ 2016 yilning 4 noyabr kunidagi №29-sonli, “Namangan sharbati” QK MCHJda 2017 yil 24 aprel kunidagi №4-sonli, “Namangan ulgurjisavdo-invest” MCHJ 2016 yilning 31 oktyabr kunidagi №3-sonli “Abdullaev Abdusattor” X.T 2016 yilning 4 noyabr kunidagi №29 sonli dalolatnomalar rasmiylashtirilib, foydalanishga topshirilgan.

Qolgan 6 ta loyihalar bo‘yicha:

-“Nestle Uzbekistan, LTD” QK MCHJ tomonidan bugungi kunda dastgoh sotib olish bo‘yicha umuman ishlar boshlanmagan hamda kredit olish bo‘yicha hujjatlar taqdim etilmagan.

  -To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Turon agro fresh” MCHJ tomonidan  meva-sabzavot mahsulotlarini “shokli muzlatish” texnologiyasi qo‘llanadigan qayta ishlash va qadoqlash korxonasini tashkil etish zamonaviy muzlatish dastgohlari o‘rnatish belgilangan bo‘lib, bugungi kunda korxona tomonidan texnik iqtisodiy shartlar (TEO), ishlab chiqish, dastgoh sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzish va tijorat bankdan kredit olish uchun hujjatlar to‘plamini tayyorlash ishlari ketmoqda.

  -“Gold Fresh Fruits” MCHJ tomonidan logistika markazi tashkil etish loyihasini amalga oshirish maqsadida To‘raqo‘rg‘on tuman hokiminig 2016 yil 5 apreldagi №175-sonli qarori hamda viloyat hokimining 2016 yil 1 dekabrdagi 432-sonli qarori bilan jami 586 gektar er maydon ajratilib, 2016 yilning bahorida 154 gektar maydonga 179,7 ming dona intensiv gilos, o‘rik, olxo‘ri va nok ko‘chatlari ekildi. Qolgan 432 gektar maydondan 2017 yil bahor oyida 380 gektar er maydoniga gilos, shaftoli, xurmo, bodom ko‘chatlari ekildi.

SHuningdek “SHokli  muzlatish” texnologiyasini qo‘llagan holda, zamonaviy muzlatgich uskuna va transport vositalari bilan ta’minlangan holda meva-sabzovot mahsulotlarini  qadoqlash  va ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida 12 gektar maydonda Italiya va Turkiyadan keltiriladigan sovitish texnologiyalari asosida 14,2 ming tonna sig‘imga ega muzlatkich omborxona qurish uchun shartnomalar imzolangan.

- “To‘raqurg‘on shirinlik agro” MCHJ tomonidan 1 mln 600 ming.dollar O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (FRRU)dan kredit olish maqsadida “O‘zbekoziqovqatxolding” XKga hujjatlar tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.

- 2018-2020 yillarda bolalar uchun ovqat mahsulotlari hamda keng assortimentli tayyor sut maxsulotlarini qadoqlash va  ishlab chiqarishni tashkil etish uchun viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari nomidan loyiha tashabbuskori aniqlash bo‘yicha ko‘rsatma tayyorlangan. Hozirda tashabbuskor aniqlash choralari ko‘rilmoqda.

- YAngiqo‘rg‘on tumanidagi “Natural Djus” MCHJ Toshkent viloyati Yangi yo‘l tumaniga ko‘chirib olib ketganligi sababli o‘rniga “Marvel Juice Co” MCHJ almashtirish maqsadida 2017 yil 25 may kuni “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasiga №02/11-1468-sonli murojaat xat kiritilgan. Hozirgi kunda loyiha tashabbuskori “Marvel Juice Co” MCHJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (FRRU)dan kredit olish maqsadida hujjatlar to‘plami tayyorlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 yanvardagi      “2017-2018 yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va chuqur qayta ishlashni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2716-sonli qarori ijrosi bo‘yicha viloyatda 2017-2018  yillarda jami 26 ta qiymati 16 mln.dollar va    ish o‘rni 275 ta (respublikada 144 mln.dollor), shundan meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha  5 ta (qiymati 2,7 mln.dollar va ish o‘rni 60 ta), muzlatgich omborxonani tashkil etish bo‘yicha 17 ta (qiymati 11,6 mln.dollar va ish o‘rni 192 ta), tara qadoqlash mag‘sulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha 4 ta (qiymati 1,7 mln.dollar va ish o‘rni 23 ta) loyihalarni amalga oshirish belgilangan.

Joriy yil xisobidan 18 ta loyihalar amalga oshirish xisobidan 18 ta 13,4 mln.dollarlik loyihalar amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, 1 oktyabr holatiga 11 ta .loyiha (5,8 mln.dollarlik) foydalanishga topshirilgan.

Jumladan;

 ("Namangan Royal Paynt Treyd" MCHJ, "Lankaver lyuks" MCHJ, "Jaxon javoxiri invest" MCHJ va "Sardoba tomat pastasi" MCHJ"Kushon agro servis" MCHJ, va"Axmadxonxoji" FX, "Kompozit panel serviz" "KTS Namangan appel" MCHJ  XK,Tillaxon XK, "Silver Maks Boss Milk" MCHJ va "Oromgox Ikromi" MCHJ " ).

Jumladan,“Kosonsoy perfekt fruts”  MCHJ tomonidan meva va sabzavotni qayta ishlash uchun  Milliy bank orqali  2 mln.dollar kredit mablag‘lari olish uchun  bankka barcha hujjatlar to‘liq topshirilgan bo‘lsada, biroq hozirgi kunga qadar kredit mablag‘lari ajratilmagan.

“Sofiya sof tekstil”  MCHJ tomonidan yashik tara ishlab chiqarish uchun binolar mavjud bo‘lsada, bugungi kunda kredit olish bo‘yicha hujjatlar to‘plami tayyorlanmagan hamda texnologiya sotib olish bo‘yicha shartnomalar tuzilmagan.

Namangan tumanidagi “Usta komil tex impeks”  XTda yillik quvvati 500,0 tonna muzlatkich omborxona qurish rejalashtirilgan bo‘lib,tuman hokimligi tomonidan 1 gektar er maydoni ajratilib, 200 mln so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.

Uychi tumanidagi "Durbek invest" XK korxonasiga O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (FRRU)dan kredit mablag‘lari olish uchun “O‘zbekoziqovqatxolding” XK qoshidagi ITK tomonidan bayonnoma rasmiylashtirilib berilgan. Loyiha tashabbuskori moliyalashtirishni ochish uchun xulosa olish maqsadida joriy yilning 16 iyul kuni №21-sonli murojaat xat bilan Respublika Investitsiya qo‘mitasiga hujjatlar to‘plami taqdim etilgan bo‘lsada, ammo loyiha tashabbuskori hanuzgacha javob xat olmagan.

YAngiqo‘rg‘on tumanidagi “Yangiqo‘rg‘on Agro invest”  MCHJda zamonaviy texnologiya sotib olish uchun 2016 yil 1 noyabr kuni Xitoy davlatining “Xinjiang alqun impor and export trade  co” LTD korxonasi bilan № 01-11-sonli shartnoma tuzgan. Biroq,  Xalqaro Rivojlantirish Agentligi (MAR) fondidan Milliy bank orqali 1,5 mln.dollar kredit mablag‘lari olish uchun barcha hujjatlar taqdim etilgan bo‘lsada, bugungi kunga qadar kredit ajratilmagan.

“Mo‘jiza agro sanoat servis”  MCHJ tomonidan 2016 yil noyabrda Xalqaro Rivojlantirish Agentligi (MAR) fondidan Asaka bank orqali 960,0 ming.dollar kredit mablag‘lari olingan bo‘lib, Koreya davlatidan texnologiya olib kelinishi rejalashtirilgan.

Bog‘iston Invest Agro”  XK korxonalari tomonidan muzlatkich omborxona qurish uchun, bugungi kunga qadar kredit hujjatlari tijorat bankga taqdim etilmagan, sabab resurs yo‘qligi. Loyixachi o‘z xisobidan 200 mln so‘mlik qurilish ishlarini amalga oshirgan.

Namangan viloyatida “Hududlarni 2016-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ga muvofiq qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida 2017 yil davomida 277 ta loyihalarni amalga oshirish belgilangan bo‘lib, 1923 ta yangi ish o‘rinlarini barpo etish belgilangan. Ushbu maqsadlarga barcha manbaalar hisobidan 129,0 mlr so‘m, shundan 55,9 mlrd.so‘mi tijorat bank kreditlari va 73,0 mlrd so‘mi tashabbuskorlar mablag‘larining investitsiyalari yo‘naltirilishi belgilangan.

2017 yil yakuni bilan umumiy qiymati  138,0 mlrd.so‘mlik 569 ta, shundan 92 ta chorvachilik, 23 ta parrandachilik, 24 ta baliqchilik, 16 ta asalarichilik,31 ta bog‘dorchilik, 17 ta sabzavotchilik va 18 ta uzumchilik loyihalarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

2017 yilning 1 dekabr holatiga 226 ta loyihalar amalga oshirish, ushbu maqsadlar uchun 75,1 mlrd.so‘m (shundan 26,0 mlrd so‘mi bank krediti) mablag‘lar sarflanib,1436 ta yangi ish o‘rinlari barpo etish belgilangan.

Joriy yilning 1 dekabr holatiga 95,9 mlrd so‘m mablag‘lar yo‘naltirish hisobiga 237 ta investitsiya loyihasi amalga oshirildi va qariyib 1446 yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

Jumladan, 86 ta qoramolchilik, 6 ta echkichilik, 16 ta asalarichilik, 24 ta baliqchilik, 23 ta parrandachilik, 31 ta bog‘dorchilik, 18 ta uzumchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklar, 17 ta issiqxonalar, 16 ta muzlatkichli omborlar tashkil etildi.

 IV. Uy-joy va kommunal xo‘jaligida olib borilayotgan islohotlar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi "2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyixalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida"gi PQ-2639 - sonli qaroriga asosan viloyatda 2017 yilda 38 ta massivlarda 1184 ta namunaviy loyihadagi uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan.

Joriy yilda qurilayotgan  1184 ta uy-joylar uchun pudratchilar tomonidan “Qishloq qurilish invest” MCHJ IK Namangan filiali bilan 146 mlrd.so‘mga pudrat shartnomalari tuzilib, hozirgi kunda pudratchilar tomonidan 94,4 foizga kurilish ishlari amalga oshirildi 1184 ta uylardan 42 tasi 2016 yilning yakuni bilan foydalanishga topshirilgan.

2017 yil yakuni bilan 1142 ta uy-joylardan jami 873 ta (76,4 foiz) (Jumladan, Kosonsoy tumanida 80 ta, Mingbuloq tumanida 63 ta, Namangan tumanida 136 ta, Norin tumanida 59 ta, Pop tumanida 12 ta, To‘raqo‘rg‘on tumanida 144 ta, Uychi tumanida 72 ta, Uchqo‘rg‘on tumanida 78 ta, Chortoq tumanida 44 ta, Chust tumanida 113 ta va YAngiqo‘rg‘on tumanida 72 ta) namunaviy uy-joylarda qurilish ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirish dalolatnomalari rasmiylashtirilgan.

(Qolgan 269 ta uylardan 241 tasida pol ishlari, 83 tasida isitish tizimi, 226 tasida ichki va 137 ta uylarda tashqi hovli qurilmalari va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 iyundagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2017-2018 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3079-sonli qarorini ijrosi to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 iyundagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2017-2018 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3079-sonli qarori ijrosini viloyatda bajarilishini ta’minlash maqsadida, sohalar kesimida rejalar belgilanib bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan,

Ko‘mir rejasini bajarilishi bo‘yicha:

Namangan viloyatiga jami 192,3 ming tonna (shundan, briket 133,8 ming tonna) ko‘mir mahsulotlarini etkazib berish belgilangan. Jumladan,

- Byudjet muassasalariga – 67,5 ming tonna (shundan 36,5  ming tonna ko‘mir va  31 ming tonna ko‘mir briketi)  ko‘mir jamg‘arilishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunga kadar 40,9 ming tonna ko‘mir yillik reja 112,1 foiz va ko‘mir briketi byudjet muassasalari tomonidan 21,8 tonna jamg‘arildi  yillik reja  70 foizga bajarilgan. Jami 62,7 tonna ko‘mir va ko‘mir briket jamg‘arilgan yillik reja 92,9 foizga bajarilgan

- Axoliga – 125,0 ming tonna (shundan 97,5 ming tonna  ko‘mir, 27,5 ming tonna ko‘mir briketi) ko‘mir va ko‘mir briketi rejalashtirilgan, xozirgi kunga qadar  viloyat  aholi xonadonlarini  jami 92,9 ming tonna (shundan 90,9 tonna ko‘mir  va 2,0 ming tonna briket) ko‘mir va ko‘mir briketi yoqilg‘isi bilan taminlandi yoki aholi yillik rejasi 74 foizga bajarildi.

Tabiiy gaz bo‘yicha:

Viloyat bo‘yicha 2017 yilda 15,8 km rekonstruksiya qilish ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, 15,9 km qismida rekonstruksiya ishlari bajarilib, 0,2 km gaz tarmoqlari mukammal ta’mirlanib, 100 foizga bajarildi.

Elektr energiyasi bo‘yicha:

2016-2017 yilla kuz-qish mavsumida 946,9  km uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari, 421 ta dona transformator punktlarida mukammal ta’mirlash ishlarini bajarish rejalashtirilib, joriy yilyakuni bilan 946,9 km (100%) eletr tarmoqlari va 421 dona TP larni (100%) ta’mirlash ishlari bajarildi.

Bundan tashqari, 5240,8 km elektr uzatish tarmoqlarini va 1674 dona transformator punktlarini joriy ta’mirlash rejalashtirilib, amalda elektr uzatish tarmoklari 10215,6 km (194,9%) va 4196 dona transformatorlarni (251%) joriy ta’mirlash ishlari yakunlangan. 

Transformator moyini zaxirasini yaratish yillik rejasi 60 tonna bo‘lib, amalda 74 tonna (123,0%) zahira yaratildi.

Iste’molchilarga elektr energiyasi etqazib berishda o‘ta yuklanish bilan ishlagan rejadagi 22 dona transformatorlarni katta quvvatlisiga almashtirish, amalda 22 dona (100%) tarmoq transformatorlarni katta quvvatlisiga almashtirish xisobiga aholi va tadbirkorlik sub’ektlari uchun qo‘shimcha quvvat yaratilib elektr ta’minoti mustahkamlanadi.

26 dona xar xil quvvatdagi tarmoq transformatorlari zahirasini yaratish belgilangan.

Favqulotda yuzaga kelgan avariyalarni o‘z vaqtida bartaraf etish uchun jami 18 dona avariyalarni bartaraf etish brigadalari mavjud bulib, 18 ta avtomashinalar hamda aloqa vositalari bilan ta’minlandi.

Ichimlik suvi bo‘yicha:

2016-2017 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash maqsadida joriy yilda ichimlik suv tarmoqlarining 5,4 km mukammal va 70 km tarmoqlarni joriy ta’mirlash ishlari rejalashtirligan. Joriy yilning 12 oyi  davomida ichimlik suv tarmoqlarida 6,62 km mukammal va 78,8 km joriy ta’mirlash ishlari bajarildi. 

Ko‘p qavatli uy-joylar bo‘yicha:

Dastur doirasida ko‘p qavatli uy-joylarni 2017 yil davomida 324 tasi kapital va joriy ta’mirlash bo‘yicha kiritilgan bo‘lib, xozirda uylarning 116,7 ming kv.m tom qismining 158,5 ming kv.m qismi (135.9%), 153 ta uylarning 152,7 ming kv.m fasad qismining 233,5 kv.m (152.9%), uylarning 930 ta kirish yo‘laklaridan 933 tasi (100.3%), 536 ta temir eshiklardan 562 ta (104.9%) o‘rnatilib, qurish va ta’mirlash ishlari bajarilgan. Ushbu maqsadlarga 11 mlrd. 372 mln.so‘m kredit mablag‘lari ajratish rejalashtirilib, 11 mlrd. 405 mln.so‘m (100,3%) kredit mablag‘lari o‘zlashtirildi.

Dastur bo‘yicha maxalliy byudjet xisobidan 128 ta bolalar maydonchalaridan 93 ta (72,7%), 5003 p/m irrigatsiya tizimlaridan 5909 p/m (118,1%),  33.1 ming kv.m trotuarlarni 29.8 kv.m (89,9%) hamda 459 ta yoritish chiroqlaridan 552 tasi (120,3%) almashtirildi va qurilish ta’mirlash ishlari bajarildi.

Ijtimoiy sohalarga pech yoqilg‘ini ta’minlanishi bo‘yicha:

Kasb xunar kollejlar boshqarmasining viloyatdagi barcha tizimlaridagi qozonlar uchun mavsum davomida 143 tonna pech yoqilg‘isini etkazib berish rejalashtirilgan bo‘lib, xaqiqatda 111 tonna yoki 77,6 foiz ta’minlangan.

V. Tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlanishi.

Tashqi savdo aylanmasi. Viloyatda 2017 yil yakuni bilan508,4 mln.dollarlik tashqi savdo amallari bajarilib, shundan eksport178,1 mln.dollarni, import 330,3 mln.dollarni tashkil etdi.

Hisobot davrida jami 143 ta korxonalar tomonidan eksport amallari bajarilib, shundan 65 ta korxonalar ilk bor eksport faoliyatiga jalb etildi va ular tomonidan 25,5 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilindi.

SHuningdek, 23 ta korxona tomonidan 2,1 mln.dollarlik 22 ta yangi turdagi mahsulotlar eksporti yo‘lga qo‘yildi. Xususan, Uychi tumanidagi “Ekstra primer bat” korxonasi tomonidan 36,5 ming dollarlik akkumulyatorlar, “Element paynt” korxonasi tomonidan 20,6 ming dollarlik lak bo‘yoqlar, Namangan tumanidagi “Zamin Iftixor servis” korxonasi tomonidan 20,6 ming dollarlik keramika buyumlari shular jumlasidandir.

YAngi bozorlarni egallash va eksport geografiyasini kengaytirish bo‘yicha olib borilgan ishlar natijasida o‘tgan 9 oy mobaynida 8 ta yangi davlatlarga mahsulotlarni eksportga chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bular Germaniya (kostyum-shim, quritilgan meva-sabzavot), Malayziya (tuxum, mosh, loviya), Niderlandiya (quritilgan uzum), Kanada (xo‘l qovun), Isroil (trikotaj), Pokiston (mosh, loviya, quritilgan uzum), Keniya (kostyum-shim, pidjak, ko‘ylak) va Janubiya Afrika Respublikalaridir (kostyum-shim, pidjak, ko‘ylak).

 VI. Kichik biznesni rivojlantirish.

Umumiy holat. Viloyatda kichik biznesni rivojlantirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida iqtisodiyotdagi kichik biznes sub’ektlarining o‘rni va ulushini yildan-yilga ortib borishga erishilmoqda. Xususan, 2017 yil yakuni bilan kichik biznes sub’ektlarining viloyat yalpi hududiy mahsulotidagi ulushi 70,6 foizni tashkil etdi.

Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar hajmida kichik biznes subektlarining salmog‘i muttasil oshib bormoqda.

Viloyatda 2018 yil 1 yanvar holatiga jami 16928 ta kichik biznes sub’ektlari (fermer xo‘jaliklarisiz) ruyxatga olingan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2016 yilga nisbatan 102,4 foizga ortdi.

2017 yil yakuni bilan kichik biznes sub’ektlarining viloyat yalpi hududiy mahsulotidagi ulushi 70,6 foizni tashkil etib, shuningdek, sanoat sohasidagi ulushi 68,4%ni, qurilish ishlarida 93,9%, jami xizmatlarda 73,7% hamda eksportda 66,7% tashkil etdi.

 VII. Ijtimoiy sohani rivojlantirish.

Bandlik. Aholini ish bilan ta’minlash dasturlari doirasida joriy yilda 62 217 ta ish o‘rinlari tashkil etish belgilangan. Shundan, yanvar-dekabr oylarida 63 716 ta ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.

2018 yilning 1 yanvar holatiga dasturning barcha yo‘nalishlarida 1316 ta loyihalarda 22 405 ta (100,3%) ish o‘rinlari yaratildi.

Shundan maqsadli dasturga asosan;

- Sanoatda 269 ta loyihada 10 664 ta (96,1%) ish o‘rinlari;

- Xizmat ko‘rsatish sohasida 471 ta loyihada 3 590 ta (113,0%) ish o‘rinlari;

- Qishloq  xo‘jaligida 213 ta loyihada 1 758 ta (104,6%) ish o‘rinlari;

- Qurilishda 363 ta loyihada 6 393 ta (100,0%) ish o‘rinlari;

- Faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalar faoliyatini tiklash, bo‘sh turgan davlat ob’ektlarini ijaraga berish yoki xususiylashtirish orqali 550 ta loyihada 4 325 ta (100,0%) ish o‘rinlari;

- YAkka tartibdagi tadbirkorlik yo‘nalishida 9 538 ta (108,7%) ish o‘rinlari;

- Qishloq xo‘jaligida, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va qurilishdagi mavsumiy va vaqtincha ishlarda 1670 ta loyihada 12 872 ta (100,3%)
ish o‘rinlari;

- Aholini shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaligida o‘z-o‘zini band qilish va oilaviy tadbirkorlikda 316 ta loyihada 27 200 ta (100,6%) ish o‘rinlari yaratilib, aholining bandligi ta’minlandi.

Yaratilgan ish o‘rinlarining 30 611 tasi xotin-qizlarga, 11 193 tasi chet eldan qaytgan migrantlarga, 30 914 tasi yoshlarga, shu jumladan 20 114 tasi kasb-xunar kollejlari bitiruvchilari xissasiga to‘g‘ri keldi.

 Sog‘liqni saqlash.

Aholini sifatli tibbiy yordamga bo‘lgan ehtiyojini qondirish borasida 75 ta qishloq vrachlik punktlari va 12088 bemor o‘rinli 137 (shundan 105 tasi kichik biznesda)ta shifoxonalarda 5236 nafar  vrachlar va 26835 nafar o‘rta tibbiyot xodimlari mehnat qilmoqdalar.

Har 10 ming kishiga to‘g‘ri keladigan vrachlar soni 19.4 nafarni, o‘rta tibbiyot xodimlari soni esa 99,4 nafarni tashkil etmoqda.

-2017 yilda onalar o‘limi 11 tani tashkil etib, 2016 yilga nisbatan 6 taga ortgan.  Namangan shahrida 8 ta, Namangan tuman, Uychi tuman va CHust tumanlari 1 tadan onalar o‘limi sodir bo‘ldi. Har 100 ming  tirik tug‘ilgan bolaga nisbatan onalar o‘limi intensiv ko‘rsatkichi o‘tgan yilga nisbatan 18,3 ga (2016 yil 8,2) ortgan.

-1 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi 885 tani tashkil etib, intensiv ko‘rsatkichi 14,4  ga  teng bo‘ldi. (2016 yilda 617 nafar, intensiv ko‘rsatkichi 10,7). Bolalar o‘limi 2016 yilga  qaraganda 268 nafarga ortgan. Har ming tirik tug‘ilgan bolaga nisbatan intensiv ko‘rsatkich Namangan shahrida (23,4), Namangan tumani (15,8) va Kosonsoy tumanida (15,7), Norin tumanida (15,5) viloyat ko‘rsatkichidan yuqori bo‘ldi.

-5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi 1033 tani tashkil etib, intensiv ko‘rsatkichi 17,2 ga teng bo‘ldi. (2016 yilda 815 nafar, intensiv ko‘rsatkichi 13,4). Bu ko‘rsatkich 2016 yilga nisbatan 218 nafarga ko‘paygan. Kosonsoy (22,1), Namangan shahrida (19,8),  Nori (19,7), To‘raqo‘rg‘on (19,2),  Pop (18,7), Namangan (18,6), Mingbuloq (18,6) tumanlarida viloyat ko‘rsatkichidan yuqori bo‘ldi.

YUqoridagi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida fertil yoshidagi ayollarning sog‘lig‘ini mustahkamlash, bolalarda respirator infeksiyalar va dioreya kasalliklarini oldini olish, sog‘lom turmush tarzi dasturlarini hayotga tadbiq etish choralari ko‘rilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining SH.M.Mirziyoevning 2017 yilning 7-8 iyul kunlari Namangan viloyatiga bo‘lib o‘tgan tashriflari davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan majlis bayonida belgilangan yirik loyihalarni bajarilishi yuzasidan

MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 dekabrdagi 127-sonli yig‘ilish bayoniga asosan 15 ta loyihalarning moliyalashtirish manbaalari hamda foydalanishga topshirish muddatlari o‘zgartirilgan, istiqbolsiz deb topilgan 15 ta loyihalar o‘rniga 22 ta yangi loyihalar takliflari ishlab chiqildi. Buning hisobiga viloyatda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi loyihalar soni 71 tani tashkil etib, ushbu loyihalarni foydalanishga topshirish uchun 1575,0 mlrd.so‘m (shundan, 712,7 mlrd.so‘m bank krediti, 63,0 mln.dollar xorijiy investitsiya) mablag‘larni o‘zlashtirish hisobiga 6233 nafar yangi ish o‘rlari yaratish belgilangan.

         I.Yillar kesimida.

2017 yilda 35 ta loyihalarga 559,0 mlrd.so‘m 2914 nafar ish o‘rni.

2018 yilda 34 ta loyihalarga 846,0 mlrd.so‘m 2919 nafar ish o‘rni.

2019 yilda 1 ta loyihalarga 42,0 mlrd.so‘m 150 nafar ish o‘rni.

2020 yilda 1 ta loyihalarga 128,0 mlrd.so‘m 250 nafar ish o‘rni.

 II.Sohalar kesimida.

- Sanoat yo‘nalishida umumiy qiymati 1030,7 mlrd.so‘m (shundan 569,9 mlrd.so‘m bank krediti, 11,0  mln.dollar xorijiy investitsiya) bo‘lgan 47 ta loyihalarda 5119 nafar yangi ishchi o‘rni yaratish;

Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida umumiy qiymati 522,6 mlrd.so‘m (shundan 129,9 mlrd.so‘m bank krediti, 52,0 mln.dollar xorijiy investitsiya) bo‘lgan 19 ta loyihalarda 969 nafar yangi ishchi o‘rni yaratish;

- Xizmat yo‘nalishida umumiy qiymati 21,6 mlrd.so‘m (shundan 12,8 mlrd.so‘m bank krediti) bo‘lgan 5 ta loyihalarda 145 nafar yangi ishchi o‘rni yaratish belgilangan.

2017 yil yakuni bilan 35 ta loyihalar foydalanishga topshirilib, 577,2 mlrd.so‘m mablag‘lar o‘zlashtirilib, 2850 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi. Xususan, - sanoat yo‘nalishda umumiy qiymati 496,8 mlrd.so‘m (shundan, 246,8 mlrd.so‘m bank krediti, 1000,0  ming.dollar xorijiy investitsiya) bo‘lgan 25 loyiha ishga tushirilib, 2543 nafar;

- qishloq xo‘jaligi yo‘nalishda umumiy qiymati 70,3 mlrd.so‘m (shundan 41,5 mlrd.so‘m bank krediti) bo‘lgan 7 loyiha ishga tushirilib, 284 nafar;

- xizmat yo‘nalishda umumiy qiymati 10,0 mlrd.so‘m (shundan 5,9 mlrd.so‘m bank krediti) bo‘lgan 3 loyiha ishga tushirilib, 23 nafar yangi ish o‘rnilari yaratildi.

2017 yilning yakuni bilan Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari (Microsoft Excel 434 KB)

Microsoft Word ko'rinishida ko'chirib olish (100 KB)

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech