Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


YALPI HUDUDIY MAHSULOT

2018 yil yanvar-mart oylarida ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YaHM) hajmi 2121,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2017 yilning yanvar-martiga nisbatan o‘sish sur’ati 4,0 foizga teng bo‘ldi.

2018 yil yanvar-mart oylarida YaHM deflyator indeksi 117,7 foizni tashkil qildi.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida viloyatning yalpi hududiy mahsulotining o‘sish sur’atiga asosiy ta’siri qurilish (105,6 %), tashish va saqlash, axborot va aloqa xizmatlari (105,5 %) hamda qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi (101,4 %) tarmoqlaridagi yalpi qo‘shilgan qiymat hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

YaHM ishlab chiqarish umumiy hajmining 46,6 foizi kichik tadbirkorlik (biznes) hissasiga to‘g‘ri keldi, bu ko‘rsatkich 2017 yil yanvar-martda 
49,4 foizni tashkil qilgan.

2018 yil yanvar-martda yalpi hududiy mahsulot hajmida xizmatlar ulushi
66,0 foiz (2017 yil yanvar-martda 66,2 foiz)ni tashkil qildi.

 SANOAT

Joriy yilning yanvar-mart oylarida sanoat ishlab-chiqarish hajmi
1006,8 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati
105,6 foizni tashkil etdi.

Hisobot davrida 523,1 mlrd. so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilib, 2017 yil yanvar-mart oylarida ishlab chiqarilgan hajmga nisbatan 102,5 foizni tashkil etdi. Jumladan, 254,1 mlrd. so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari, 7,5 mlrd. so‘mlik aroq-vino mahsulotlari va pivo mahsulotlari, 261,5 mlrd. so‘mlik nooziq-ovqat mollari (2017 yil yanvar-martga nisbatan mos ravishda 102,7 foiz, 98,8 foiz va   102,3 foiz o‘sish sur’atlari bilan) ishlab chiqarildi.

Tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish doirasida tadbirkorlik subyektlari tomonidan 2018 yilning yanvar-mart oylarida           204,1 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

2018 yil yanvar-mart oylarida sanoat mollari ishlab chiqarish hajmi jami                105,6 foizga va shundan, yirik korxonalar 106,3 foizga, kichik korxonalar va mikrofirmalar 105,6 foizga, yordamchi sanoat korxonalari 108,9 foizga o‘sish sur’atlari bilan amalga oshirilgan bo‘lib, yakka tartibdagi mehnat faoliyati va uy xo‘jaligi                 100,2 foizga bajarildi.

2018 yilning yanvar-mart oylarida iste’mol mollari ishlab chiqarish hajmi jami 102,5 foizga va shundan, yirik korxonalar tomonidan 98,5 foizga, kichik korxonalar va mikrofirmalar 104,5 foizga, yordamchi sanoat korxonalari 103,2 foizga, yakka tartibdagi mehnat faoliyati 100,7 foizga o‘sish sur’atlari bilan amalga oshirilgan bo‘lib, uy xo‘jaliklari tomonidan 103,2 foizga bajarildi.

 

QIShLOQ XO‘JALIGI

2018 yilning yanvar-mart oylarida ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan xizmatlar) umumiy hajmi 242,3 mlrd. so‘mni yoki 2017 yilning shu davriga nisbatan  101,4 foizni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va bu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 239,5 mlrd. so‘mni (101,4 foiz), o‘rmonchilik xo‘jaliklarida 1,9 mlrd. so‘mni               (101,7 foiz), baliqchilik xo‘jaliklarida 0,9 mlrd. so‘mni (102,8 foiz) tashkil qildi.

Hosil yig‘imi. 2018 yilning yanvar-mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1897 tonna sabzavot va 86 tonna meva va rezavorlar yetishtirildi.

Chorvachilik. 2018 yilning 1 aprel holatiga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar 101,8 foizga (jami 677,3 ming boshni tashkil qildi), shu jumladan sigirlar 101,7 foizga (216,2 ming bosh), qo‘y va echkilar
101,6 foizga (716,7 ming bosh), otlar 100,5 foizga (6703 bosh), parrandalar
106,1 foizga (4,1 mln. boshga) ko‘paydi.

Barcha hududlarda chorvachilik mahsulotlari (go‘sht, sut, tuxum) ishlab chiqarishning o‘sishi asosan dehqon va fermer xo‘jaliklari hisobiga bo‘lib, go‘sht ishlab chiqarish umumiy hajmida ularning ulushi 98,8 foizni, sut ishlab chiqarishda 99,8  foizni, tuxum ishlab chiqarishda 61,9  foizni tashkil etdi.

Dehqon (aholining shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida yirik shoxli qoramollarning ulushi 96,3 foizni, fermer xo‘jaliklarida esa 3,5 foizni, shu jumladan, sigirlar mos ravishda 95,7 va 3,9 foizni, qo‘y va echkilar 96,0 va 3,7 foizni, otlar 93,4 va 6,1 foizni, parrandalar 42,8 va 38,8 foizni tashkil etdi.

2018 yilning yanvar-mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklarda tirik vazn hisobida 22,9 ming tonna go‘sht (2017 yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 2,1 foizga ko‘p), 100,8 ming tonna sut (0,3 foizga ko‘p), 90,7 mln. dona tuxum  (4,0 foizga ko‘p) ishlab chiqarildi.

Fermer xo‘jaliklari. 2018 yilning yanvar-mart oylarida fermer xo‘jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 16,6 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmida fermer xo‘jaliklarining ulushi 7,0 foizni tashkil etdi.

2018 yilning 1 aprel holatiga fermer xo‘jaliklarida 23,6 ming bosh yirik shoxli qoramol, shu jumladan 8,5 ming bosh sigir, 26,2 ming bosh qo‘y va echkilar, 408  bosh ot, 1570,1 ming bosh parrandalar mavjud. 2017 yilning 1 aprel holatiga nisbatan yirik shoxli qoramollar soni 0,6 foizga , shu jumladan sigirlar 1,6 foizga, qo‘y va echkilar             2,4 foizga, parrandalar soni esa 9,0 foizga ko‘paydi.

 

INVESTITSIYALAR VA QURILISh

2018 yil yanvar-mart oylari davomida viloyatning asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 1018,7 mlrd. so‘mni yoki 2017 yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ti 207.2 foizni tashkil etdi.

Viloyatda 2018 yil yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga kiritilgan markazlashgan investitsiyalar 588,4 mlrd. so‘mni, o‘sish sur’ati, 3,6 marta (jami hajmdagi ulushi                 57,8 foiz)ni tashkil etdi. Markazlashmagan investitsiyalar hajmi 2018 yil yanvar-mart oylarida 430,2 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 130,7 foiz (jami hajmdagi ulushi 42,2 foiz)ni tashkil etdi.

Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning texnologik tarkibining tuzilishi 2017 yil yanvar-mart oylariga nisbatan qurilish-montaj ishlarning ulushi
8,0 foizli punktga ko‘paydi, mashina, uskunalar, transport vositalari, ishlab chiqarish va xo‘jalik jihozlar qiymati ulushi 7,2 foizli punktga kamaygan boshqa harajatlarning ulushi 0,9 foizli punktga kamaygan.

2018 yil yanvar-mart oylarida umumiy maydoni  132,5 ming kv.m. bo‘lgan 1280 ta (2017 yil yanvar-mart oylari yakuniga nisbatan 75,4 foiz), shu jumladan qishloq joylarida 100,2 ming kv.m (76,5 foiz) uy-joy foydalanishga topshirildi. Noishlab chiqarish sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmidan 184,9 mlrd. so‘mi yoki 82,1 foizi uy-joy qurilishida o‘zlashtirildi.

Umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari, musiqa va san’at maktablari qurish va qayta ta’mirlashda 2,8 mlrd. so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirildi. Bu esa noishlab chiqarish sohasiga yo‘naltirilgan jami investitsiyalarning 1,2 foizini tashkil qildi.

Sog‘liqni saqlash obyektlarini qurish va rekonstruksiya ishlarida 7,7 mlrd. so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo‘naltirilgan investitsiyalarning 3,4 foizini tashkil qildi.

Kommunal qurilish sohasida 12,1 km uzunlikdagi ichimlik suvi tarmoqlari ishga tushirildi, bu 2017 yil yanvar-mart oylari yakuniga nisbatan 32,4 foizni tashkil qildi.

Ichimlik suvi tarmoqlari qurilishiga aholi mablag‘lari hisobiga
298,1 mln.so‘m miqdorida investitsiyalar o‘zlashtirildi.

Qurilish faoliyati. 2018 yil yanvar-mart oylarida 309,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,6  foizni tashkil etdi.

Qurilish ishlari umumiy hajmining 63,8 foizi binolar va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari, 16,9 foizi fuqarolik qurilishi obyektlarini qurish bo‘yicha qurilish ishlari va 19,3 foizi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlariga to‘g‘ri keldi.                Shu jumladan bajarilgan umumiy hajmning 71,0 foizi yangi qurilish, rekonstruksiya va kengaytirish hamda texnik jihatdan qayta jihozlashga to‘g‘ri keladi.

 

XIZMATLAR

    2018 yil yanvar-mart oylarida bozor xizmatlari ishlab chiqarishning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha hajmi 1321,8 mlrd. so‘mni tashkil qildi, shu jumladan qishloq joylarida 312,0 mlrd. so‘m yoki umumiy ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining 23,6 foizini tashkil qildi  (2017 yil yanvar-martga nisbatan o‘sish 104,9 foiz).

 “2016-2020 yillarda xizmatlar soxasini rivojlantirish Dasturi”ni amalga oshirish natijasida 2017 yilning yanvar-mart oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmati (o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan) 119,9 foizga oshgan va jami xizmatlar tarkibida                 7,7 foizni tashkil etdi.

Moliyaviy xizmatlar 117,3 foizga oshgan va jami xizmat tarkibida
8,8 foizni tashkil etdi.

Transport va aloqa xizmati  100,0 foizga yetdi va jami xizmat tarkibidagi ulushi   20,1 foizni tashkil etdi.

Savdo xizmati 101,6 foizga oshgan va jami xizmat tarkibidagi ulushi
37,5 foizni tashkil etdi.

Ta’lim sohasidagi xizmatlar 112,2 foizga oshgan va jami xizmat tarkibidagi ulushi 3,4 foizni tashkil etdi.

Boshqa shaxsiy xizmatlar 103,0 foizga oshgan va jami xizmat tarkibidagi ulushi           6,8 foizni tashkil etdi.

Boshqa xizmatlar 107,3 foizga oshgan bo‘lib, jami xizmat tarkibidagi ulushi                    2,6 foizni tashkil etdi.

 

TOVARLAR VA XIZMATLAR BOZORI

Savdo korxonalarining chakana savdo aylanmasi hajmi 2018 yil
yanvar-mart oylarida 1679,8 mlrd. so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 101,9 foizga oshgan.

Yakka tartibdagi tadbirkorlikning jami chakana savdo hajmi joriy yilning yanvar-mart oylarida 1236,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 98,8foizni tashkil etgan.

Jami chakana savdo aylanmasidagi yirik korxonalar ulushi 8,0 foizni, kichik korxona va mikrofirmalar 18,4 foizni, savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jimoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar 73,6 foizni tashkil etidi. 

Umumiy ovqatlanish sohasining tovar aylanmasi 22,5 mlrd. so‘mga yetdi yoki 2017 yil yanvar-mart oylariga nisbatan 102,4 foizga o‘sdi.

Chakana savdo (umumovqatlanish faoliyatini qo‘shgan holda) aholi jon boshiga nisbatan hisoblaganda 0,8 foizga oshdi va 621,2 ming so‘mni tashkil etdi
         2018 yilning yanvar–martida chakana savdo tovar aylanmasi
1679,8 mlrd. so‘mni yoki 2017 yilning shu davriga nisbatan 101,9 foizni tashkil
qildi.Yirik korxonalarning chakana savdo tovar aylanmasi 134,9 mlrd. so‘mni
va umumiy chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 8,0 foizni tashkil qildi.

Kichik korxona va mikrofirmalarning chakana savdo tovar aylanmasi
102,4 foizga ko‘payib, 309,0 mlrd. so‘mga yetdi, umumiy chakana savdo tovar
aylanmasidagi ulushi esa 18,4 foizni tashkil qildi.

Umumiy tovar aylanmasi hajmida 1236,0 mlrd. so‘m yakka tartibdagi tadbirkorlar hisobiga to‘g‘ri keldi va o‘sish sur’ati 2017 yilning shu davriga nisbatan 98,8 foizni tashkil etdi. Jami chakana savdo tovar aylanmasi hajmida ushbu sektor ulushi 73,6 foizni tashkil etdi.

 

TAShQI IQTISODIY FAOLIYAT

2018 yil yanvar-mart oylarida tashqi savdo aylanmasi   178,7 mln. AQSh dollarini, jumladan 46,0 mln. AQSh dollarini - eksport operatsiyalari, 132,7 mln. AQSh dollarini - import operatsiyalari tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi  -86,7 mln. AQSh dollarini tashkil qildi.

Viloyatning yanvar-mart oylarida amalga oshirgan tashqi savdo aylanmasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 175,4 foizga, MDH davlatlari 198,0 foizga, boshqa davlatlar 164,0 foizga o‘sishi kuzatildi.

Jumladan, jami eksport aylanmasi 132,2 foizga va undan MDH davlatlari 119,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, boshqa davlatlarga 169,7 foizni tashkil etdi.

Jami import aylanmasi 197,8 foizga o‘sgan bo‘lib, undan MDH davlatlari 4,4marotabaga va boshqa davlatlar 163,5 foizni qayd etildi.

2018 yilda yanvar-mart oylarida eksport qilingan mahsulotlar va xizmatlar tarkibi bo‘yicha tahlil qilinganda, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar
(2017 yilning tegishli davriga nisbatan) 128,3 foizga ortganligi, mashina va uskunalar 100,0 foizga ko‘paygan bo‘lsa, oziq-ovqat mahsulotlari 93,3 foizga, qora va rangli metallar 100,0 foizga va xizmatlar 181,1 foizga kamaygan.     

 

Асосий иқтисодий кўрсаткичлар 2018 йил январь-март (word 772kb)

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech