Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Viloyat hokimligida O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 13-dekabrdagi "Fuqarolarning murojaatlari to'g'risida" yangi taxrirdagi qonun talablari, amaldagi yo'riqnoma, Respublika Prezidenti Devoni va Vazirlar Mahkamasi ko'rsatmalari asosida fuqarolarning murojaatlari, ariza va shikoyatlarini ko'rib chiqilishini tashkil etish va bajarish uchun mas'ul umumiy bo'lim hisoblanadi.

Viloyat hokimi va uning o'rinbosarlari nomiga kelgan barcha ariza, shikoyat va boshqa murojaatlar qabul qilinadi, ro'yxatdan o'tkaziladi. Ularni hokim va uning birinchi o'rinbosari, zarur holda tegishli o'rinbosarlar tomonidan ko'rib chiqilishi uchun ish qog'ozlari to'ldirib umumiy bo'lim mudiri orqali taqdim qilinadi. Rahbarlar ko'rsatmasiga muvofiq fuqarolarni takliflari, ariza va shikoyatlarini ijrochilarga yetkazilishi ta'minlanadi. Belgilangan tartibga muvofiq yuqori idoralardan va viloyat hokimligiga fuqarolardan kelgan murojaatlar qabul qilib olinadi, mazmuniga qarab viloyat hokimi topshirig'i loyihasini tayyorlanadi va shaxsan viloyat hokimi ko'rib chiqishi uchun taqdim etiladi, hokim o'rinbosarlari nomiga kelgan yozma murojaatlar ham shu tartibda rasmiylashtiriladi, ijrochilar tomonidan o'z vaqtida bajarilishini ta'minlash choralari ko'rilishi nazoratga olinadi.
Viloyat hokimining 2008 yil 25 dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning murojaatlari to'g'risida"gi qonuniga asosan, viloyat fuqarolarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xat, ariza va shikoyatlarni amaldagi qonunlar asosida hal etilishiga e'tiborni kuchaytirish, shuningdek fuqarolarni mutasaddi raxbarlar tomonidan qabul qilinishini qat'iy tartibga solish to'g'risida"gi 180-f-sonli farmoyishi va qabul jadvali ishlab chiqilgan.
Viloyat hokimi farmoyishi bilan tasdiqlangan jadval asosida viloyat hokimi va uning o'rinbosarlari tomonidan har kuni ertalab soat 9.00 dan 13.00 gacha fuqarolar qabuli tashkil qilinadi. Soat 14.00 dan 18.00 gacha bo'lgan davrda fuqarolarni shu kungi mas'ul bo'lgan hokim o'rinbosarlarining tegishli guruh va kotibiyatlari rahbarlari tomonidan qabul qilinadi.
Viloyat hokimi qabuliga yozilgan fuqarolarni ariza, shikoyatlarida qo'yilgan talabni joylarda qanoatlantirilmaganligi sabablari haqida ma'lumotlar to'planib, ro'yxat umimiy bo'lim mudiri orqali viloyat hokimiga taqdim qilinadi.
Fuqarolar qabuli yakunlari bo'yicha fuqarolarning talab va takliflarini qabulni o'tkazgan rahbar tomonidan berilgan aniq topshiriq va ko'rsatmalarini O'zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning murojaatlari to'g'risida"gi qonun hamda, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 29 martdagi "O'zbekiston Respublikasi Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo'yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida"gi 140-sonli qarori asosida rasmiylashtiriladi va nazorat varaqalarida ro'yxatdan o'tkazilib, ijrochilarga yetkaziladi.
Fuqarolarning yozma va og'zaki murojaatlarini har oy yakuni bo'yicha mazmunan va hududiy jihatdan taxlil qilib boriladi, oylik, yarim yillik va yillik hisobotlarni tuziladi. Ariza va shikoyatlarni keltirib chiqarayotgan sabab va omillarni umumlashtirib, o'rganib raxbarlarga taqdim qiladi. Viloyat hokimligida fuqarolarning murojaatlari ko'rib chiqilgandan so'ng, yakuniy hulosa haqida arizachiga yozma ravishda javob xati berib boriladi. Viloyat hokimligining guruh va kotibiyatlarida, shahar va tuman hokimliklarida fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash bo'yicha amaliy uslubiy yordamlar beriladi va ularning faoliyatlarini nazorat qilib boriladi.
O'zbekiston Respublika Prezidenti Devoni va Vazirlar Mahkamasidan kelgan chorakli taxliliy ma'lumotlar va ariza shikoyatlarni ijrosini ta'minlash bo'yicha berilgan ko'rsatmalar, shahar, tuman hokimliklariga va korhona, tashkilot va muassasalarga yuborilib, ijrosi nazoratga olinadi.
 
Interaktiv davlat xizmati reglamenti
 
  Tadbirkorlarning murojaatlari qabul qilish:
 
 
  Urinbaev G'ulom Maxammadjanovich
  Viloyat hokimligining Tadbirkorlik va ishbilarmonlikni rivojlantirish guruhi
  Manzil: Namangan sh., Istiqlol ko'chasi, 57-uy, 716011
  Tel: (0369) 227-31-92

   

Matnni Microsoft Word ko'rinishida yuklab olish (35 KB)

Murojaat yuboring

Click on the image to change it

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech