Chop etish

1. Namangan viloyatida Haj ziyoratiga borish istagini bildirgan fuqarolar avvalo yashab turgan qishloq fuqarolar yig'iniga (tumanlar hududida) yoki mahalla fuqarolar yig'inlarining raislariga (Namangan shahri hududida) «Haj ziyoratiga boruvchi nomzodlar navbat daftari»da navbatga turish uchun ariza bilan murojaat qilishlari lozim. Ariza QFY (MFY) raisi nomiga yozilib, unda fuqaroning pasport nusxasi ilova qilinadi.

Shuningdek, ziyoratchilar qo'yidagi talablarga javob berishlari kerak:

A) salomatligi;
B) to'lov qobiliyati;
V) yoshining mutanosibligi (35 yoshdan 75 yoshgacha)
G) navbati kelganligi;
D) QFY yoki MFYda ziyoratga ma'naviy tayyorgarligi;
E) 46 yoshdan kichik ayollar uchun mahramning borligi.

2. Umra ziyoratiga borish istagini bildirgan fuqarolar viloyat Haj va Umra markaziga ariza bilan murojaat qilishlari lozim.

Viloyat Haj va Umra markazining manzili: Namangan shahri, A.Navoiy ko'chasi, 53-uy.
Telefon: 233-60-21

 Haj ziyoratiga borish uchun topshiriladihan ariza namunasi

 Umra ziyoratiga borish uchun topshiriladihan ariza namunasi

Interaktiv davlat xizmati reglamenti

 Matnni Microsoft Word ko'rinishida yuklab olish (30,5 KB)

Murojaat yuboring
Yuklash uchun faylni tanlang
Size limit for each file is 5.00 MB