Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Viloyat hokimligida Xitoy Xalq Respublikasining Xenan provinsiyasidagi “Wanbang” kompaniyasi menejeri Chen Guanxun va kompaniya mutaxassisi Li Chao Jian bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligida Xitoy Xalq Respublikasining Xunan provinsiyasi tadbirkorlar uyushmasi vitse-prezidenti Rui Tang hamda Xunan provinsiyasi savdo-sanoat palatasi vakili Xaykian Nay bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligida “SAN INTER” O‘zbekiston-Daniya savdo uyi direktori Sardor Abdukarimxodjayev hamda Ozarbayjonning “GREENTECH” kompaniyasi direktori Nizami Xaybetovlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Viloyat moliya bosh boshqarmasida viloyat prokuraturasi, Davlat soliq hamda g’aznachilik boshqarmalari hamkorligida viloyat mahalliy byudjet daromadlarining 3-chorakda kutilayotgan tushumlar ijrosi hamda “Mahalliy byudjetga qo‘shimcha daromad tushirish zaxiralarini safarbar qilish va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash”  mavzusida kengaytirilgan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Namangan viloyati mahalliy byudjetining 2018 yilgi asosiy ko`rsatkichlarining 8 oylik ijrosi to`g`risidagi ma’lumotlar Namangan viloyati moliya bosh boshqarmasi rasmiy web saytining  “Ochiq ma’lumotlar” sahifasiga “pdf” shaklida joylashtirildi.

Namangan shahridagi 1-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi Mavluda Mahmudova joriy yil 24 avgust-4 sentyabr kunlari Bolgariya davlatining Kranevo shahrida sportning shashka turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 2008-2010 yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida “Blits” va “Rapid” yo‘nalishlarida kumush va oltin medallarini qo‘lga kiritib, ikki karra jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘lib qaytdi.

Milliy raqs san’atimizni dunyoga targ‘ib qilish, mamlakatimizda turizmni yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida Xorazmda tashkil etilgan “Raqs sehri” xalqaro festivalida 17 xorijiy davlatdan, shuningdek, yurtimizning barcha hududlaridan kelgan badiiy raqs jamoalari qatori viloyatimiz vakillari ham munosib ishtirok etib qaytdilar.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech