Chop etish

So‘nggi yillarda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va bunyodkorlik salohiyatini qo‘llab-quvvatlash orqali aholiga munosib hayot sharoitlarini yaratish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, bandlikni ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.Qo‘chqorov hamda Respublika Markaziy banki raisi M.Nurmurodovlar rahbarligida Namangan viloyati hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan aholining tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratish hamda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishning har bir bosqichida mutasaddi idoralar tomonidan tizimli amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash;

- tadbirkorlik va daromad keltiradigan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmagan aholiga tadbirkorlik ko‘nikmalarini o‘rgatish va tegishli faoliyat turini tashkil qilishga amaliy yordam ko‘rsatish;

- tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini kengaytirishga amaliy yordam berish orqali qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish;

- kasanachilik va kichik hajmda ishlab chiqaruvchi sub’ektlarni (mikrofirmalarni) tashkil etish uchun moliyaviy yordam berish orqali aholiga qo‘shimcha daromad ishlab topish imkoniyatini yaratish;

- qishloq va mahallalarning ixtisoslashuvini (hunarmandchilik, tikuvchilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ayrim turlarini yetishtirish, ixcham issiqxonalar tashkil qilish va boshqalar) hisobga olgan holda mazkur sohada ijobiy natijalarga erishgan ishbilarmonlik tajribasiga ega tadbirkorlarni mahallalarda yangi biznes faoliyati bilan shug‘ullanishni boshlagan oilalarga biriktirish - mini-klasterlar tashkil etish;

- joylarda oilaviy tadbirkorlikka ko‘rsatiladigan xizmatlar ko‘lamini tubdan kengaytirish, tadbirkor oilalarning ishlab chiqargan mahsulotlari savdosini tashkil qiluvchi bozor infratuzilmasi ob’ektlari, xizmat ko‘rsatish va servis shoxobchalarini barpo etish;

- qishloq va mahallalarda bo‘sh turgan yer maydonlarini yangi tashkil etilayotgan oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga berish orqali aholi uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari va daromad manbalarini yaratish yuzasidan va vaqtinchalik moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan hamda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlab, ular faoliyatini tiklash va qonuniylashtirish yuzasidan aniq
chora-tadbirlarni amalga oshirishga doir hamda har bir oila-tadbirkorligini yanada rivojlantirish bo‘yicha qilinayotgan ishlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Shuningdek, Namangan tumanidigi “Bo‘ston” mahalla fuqorolar yig‘ini hududidagi aholining kasanachilik faoliyati namuna sifatida oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlar bilan suhbatlar o‘tkazildi. Ushbu mahallada 320 ta ayol kasanachilik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, har bir xonadon yoki oila bir kunda o‘rtacha 10 dona junli ro‘mol to‘qishi va bir dona ro‘molning tannarxi 15 ming so‘mni tashkil qiladi, sotish narxi 25 ming so‘m yoki 10 ming so‘m sof daromad olinadi.