2018 yil 14 avgust kuni Xalq deputatlari Uychi tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

 

Uni Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi deputati Fazliddin Muhiddinov olib bordi.        

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Kun tartibidagi masala yuzasidan viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Xayrullo Bozarov so‘zga chiqdi. 2017 yildan Namangan viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Apaqov Muxammadayubxo‘ja Po‘latovich Uychi tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, viloyat hokimining shu haqdagi qarori sessiyada bir ovozdan tasdiqlandi. Muxammadayubxo‘ja Apaqov bildirilgan ishonch uchun  minnatdorchilik bildirib, Uychini viloyatdagi yetakchi tumanlar safiga olib chiqishga va’da berdi.