Chop etish

Viloyat hokimligida Xitoy Xalq Respublikasining Xunan provinsiyasi tadbirkorlar uyushmasi vitse-prezidenti Rui Tang hamda Xunan provinsiyasi savdo-sanoat palatasi vakili Xaykian Nay bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Suhbat davomida ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni, savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi hamkorlikni kengaytirgan holda  Namangan viloyati hamda Xunan provinsiyasi kesimida davom ettirish, jumladan, savdo, investitsiya, turizm sohalarida birgalikda ish olib borish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, Turkiya davlatining “Baktat Group” hamda “Martin Bauer Group” kompaniyalari rahbarlari Ali Baklan va Erdinch Yunten bilan bo‘lgan uchrashuv ham samarali kechdi.

Uchrashuv davomida Turkiya texnologiyasi asosida meva-sabzavot yetishtirish, eksport qilish, baliqchilikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Belgiya davlatining “BVBA” advokatlik idorasi rahbari Jon De Brabander bilan bo‘lgan uchrashuvda esa Evropa ittifoqi, jumladan, Belgiya davlatidan Namanganga sanoat, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika va turizm sohalari bo‘yicha investorlarni jalb qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Axborot xizmati.