Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Joriy yilning 11 oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlarini va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 5552-son Farmoni qabul qilindi.

 

Farmonga muvofiq, endilikda, savdolarga chiqarilgan davlat mulki obyektlari – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida aniqlangan koʻchmas mulk obyektlari investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda - 1 soʻmga teng qiymatdagi boshlangʻich narxda sotilishi belgilandi.

Shuningdek, boshqa koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha – qayta baholanmasdan, ularni oʻtkazish kunidagi savdolarda shakllangan narxda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga oʻtkaziladi va savdoga chiqariladi.

Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auksion oʻtkazmasdan, investor bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar orqali investitsiyaviy hamda ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda yer uchastkalarini berish va boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini belgilagan holda sotib olish imkoniyati ham tugʻildi.

Unga koʻra, tegishli davlat idoralari tomonidan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha eksperiment tartibi belgilandi.

Eksperiment tartibi bilan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalari “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida tanlov ishtirokchisining investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlari inobatga olingan holda sotiladi.

“Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auksion savdolariga Respublikaning tuman va shahar xokimliklari tomonidan 2964 ta boʻsh yer uchastkalari, 721 mlrd. 933 mln. 105 ming soʻm investitsiya kiritish, 10466 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 8 mlrd. 522 mln.600 ming soʻm miqdordagi mol-mulklar auksion savdolariga chiqarildi.

Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 1071 ta boʻsh yer uchastkalari 312 mlrd. 658 mln. soʻm investitsiya kiritish, 4608 dan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 10 mlrd. 802 mln 200 ming soʻmga sotildi.

Hozirda “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 1893 ta boʻsh yer uchastkalari 6 mlrd. 747 mln. 200 ming soʻm miqdordagi auksion savdolariga chiqarildi.

- Namangan viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 12 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 156 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 4 mlrd. 850 mln. soʻmlik soʻmlik mol-mulklar investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarildi.

Tadbirkor va investorlar oʻzlariga maʼqul boʻlgan yer uchastkalarini hamda boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini onlayn-auksion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud.

AUKSIONDAGI ISHTIROKINGIZ YURT RAVNAQI HAMDA BIZNЕSINGIZ TARAQQIYOTIGA ULKAN HISSA QOʻSHADI

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech