Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


2018 yil 6 noyabr kuni viloyat hokimligida Isroil davlatining “VP Group Isroil kompaniyalari konsorsiumi”ning vitse-prezidenti Eli Benjamin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

 Suhbat davomida Namanganda ilg‘or texnologiyalarga asoslangan zamonaviy issiqxonalar tashkil etish, ularda yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini klaster usulida qayta ishlash va eksportga chiqarish, bog‘ va uzumzorlarni yangilash, intensivlashtirish, chorvachilikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, go‘shtni qayta ishlashning innovatsion loyihalarini amalga oshirish, sohada klaster va logistika tizimini yaratish, bu borada qo‘shma korxonalar, sanoat zonalari barpo qilish masalalari muhokama qilindi. To‘raqo‘rg‘on va Kosonsoy tumanlarida tashkil etilgan “Global tehc” hamda “Super Gold agribusiness” qo‘shma korxonalari bu borada dastlabki qadamlar ekani aytib o‘tildi.

 

Uchrashuvda iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga doir taklif va fikr mulohazalar almashinib, dastlabki tashkiliy chora-tadbirlar yuzasidan kelishib olindi.

   

 

        

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech