Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


2018 yil 6 noyabr kuni viloyat hokimligida Janubiy Koreyaning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yon U rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda viloyatning iqtisodiy salohiyati, investitsiya muhiti, koreyalik hamkorlar bilan birga amalga oshirish mumkin bo‘lgan loyihalar, jumladan, maktabgacha ta’lim, oliy ta’lim, tibbiyot sohalarida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, malakali kadrlar almashinuvi, ishlab chiqarish, Namangan-Koreya o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish kabi ko‘plab yo‘nalishlardagi keng imkoniyatlar haqida ma’lumot almashinib, amaliy takliflar o‘rtaga tashlandi.

 

Tashrif doirasida mehmonlar Namangan shahrida qurilayotgan “Afsonalar bog‘i”, “Orzu” kichik sanoat zonasi va To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Ishoqxon to‘ra Ibrat” majmuasi bilan yaqindan tanishdilar. 

 

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech