Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


2018 yil 30 noyabr kuni O‘zbekiston Superliga jamoalari XXVII milliy chempionatining 32-turi doirasida  “Navbahor” o‘z maydonida Toshkentning “Lokomotiv” klubini qabul qildi.

 

O‘yin avvalida san’at ustalari va yosh estrada xonandalari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

Ushbu uchrashuvda “temiryo‘lchilar” oltin, “lochinlar” bronza medali sohibi sifatida to‘p surdilar. Joriy mavsumning so‘nggi bahsida hisob mehmon jamoa foydasiga hal bo‘lgan esa-da, futbolchilarimiz “Navbahor”ning yuksalish yili”da avvalgi yillarga nisbatan yaxshi natija ko‘rsata olishdi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Superliga jamoalari XXVII milliy chempionatining tantanali yopilish va “Navbahor” jamaosining joriy mavsumda 3-o‘rinni egallaganligi munosabati bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 Katta sport bayramiga aylanib ketgan marosimda viloyat hokimi Xayrullo Bozarov “Navbahor” klubi tashkil topganligining 40 yillik yubiley to‘yida 14 yillik tanaffusdan so‘ng sevimli jamoamizni  XXVII milliy chempionatda sovrindorlar safidan joy olib, faxrli 3-o‘rinni egallaganligini ta’kidlab, futbolchilarimizga kelgusi uchrashuvlarda ham omadlar yor bo‘lishini tiladi.

Ta’kidlash joizki, uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, bronza medaliga sazovor bo‘lishimizda jamoada bosh murabbiylik faoliyatini olib borayotgan mashhur futbol ustasi Andrey Kanchelskis, darvozabon – Botirali Ergashev, himoyachilar – Igor Golban, Jahongir Mehmonov, yarim himoyachilar – A’zamjon Aliyev, Mirzohid G‘ofurov, Azizbek Turg‘unboyev kabi tajribali futbolchilar hamda ko‘p ming sonli muxlislarning hissasi katta bo‘ldi.

 

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech