2018 yil 3 dekabr kuni viloyat hokimligida Xitoy Xalq Respublikasining CCEA Shanghai DunShi industrial Co., LTD kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

 

 

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, qishloq xo‘jaligi, og‘ir sanoat, tibbiyot, investitsiya, transport, turizm, ilm-fan va madaniy aloqalar muhokama qilindi hamda Namangan viloyati va CCEA Shanghai DunShi industrial Co., LTD kompaniyasi o‘rtasida mazkur yo‘nalishlarda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.