Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Namangan shahridagi “Bog‘i eram” tantanalar majmuasida viloyat hokimligi tomonidan 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi. To‘kin dasturxon tevaragida jam bo‘lganlarni viloyat hokimining o‘rinbosari Sanjar Kulmuradov, Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi Ikromxon Najmiddinov tabriklab, Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda  amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar,  ularning samaralari, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarimiz tantanasi  haqida  so‘z yuritdilar.

 

 

Xalqimizda qatorda singan yomon, degan naql bor. Bu atrofdagilarga bepisand bo‘lmaslik, o‘zaro munosabatlarda mehr va oqibatli bo‘lishga chorlov ma’nosidagi hikmat. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ana shu xalqona qadriyatlarning huquqiy asosini ham o‘zida mujassam etgan  mukammal qomusdir.

 

Bosh Qomusimizning 18-moddasida O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va  erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar, deb belgilangan. Yoki 20-moddaga ko‘ra,  fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart.

 

Tadbir ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari taqdim qilindi. Uch nafar yurtdoshlarimizga esa 1- va 2- darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni topshirildi. Xonandayu sozandalarning kuy-qo‘shiqlari ishtirokchilarga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech