Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 11 oktyabrdagi “Davlat mulki ob’ektlarini va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tadbirkorlik sub’ektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, endilikda, savdolarga chiqarilgan davlat mulki ob’ektlari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida aniqlangan ko‘chmas mulk ob’ektlari investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda 1 so‘mga teng qiymatdagi boshlang‘ich narxda sotilmoqda.

Shuningdek, boshqa ko‘chmas mulk ob’ektlari bo‘yicha – qayta baholanmasdan, ularni o‘tkazish kunidagi savdolarda shakllangan narxda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga o‘tkaziladi va savdoga chiqariladi.

Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auksion o‘tkazmasdan, investor bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar orqali investitsiyaviy hamda ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda yer uchastkalarini berish va bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk ob’ektlarini belgilagan holda sotib olish imkoniyati ham tug‘ildi.

Unga ko‘ra, tegishli davlat idoralari tomonidan davlat mulki ob’ektlari va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha eksperiment tartibi belgilandi.

Eksperiment tartibi bilan davlat mulki ob’ektlari va er uchastkalari “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida tanlov ishtirokchisining investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlari inobatga olingan holda sotiladi.

“Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auksion savdolariga Respublikaning tuman va shahar xokimliklari tomonidan 4122 ta bo‘sh er uchastkalari, 1 trl.172 mlrd. 721 mln. so‘m investitsiya kiritish, 18943 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 56mlrd. 906 mln.800 mingso‘m miqdordagi mol-mulklar auksion savdolariga chiqarildi.

Bugungi kunga qadar "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida 1733ta bo‘sh er uchastkalari 445 mlrd. 697 mln. so‘m investitsiya kiritish, 6650 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 12mlrd. 760mln. 351 ming so‘mga sotildi.

Hozirda "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida 2389 ta bo‘sh yer uchastkalari 54 mlrd. 211 mln.200 ming so‘m miqdordagi auksion savdolariga chiqarildi.

Birgina, Namangan viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 30 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 329 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 10 mlrd. 125 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilganligi ma’lum bo‘ldi;

Bundan tashqari, bugungi kunda "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida jami 180 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari 2095 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 128 mlrd. 235 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolarida mavjud.

Jumladan Namangan viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 17 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 182 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 5 mlrd. 525 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Tadbirkor va investorlar o‘zlariga ma’qul bo‘lgan er uchastkalarini hamda bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlarini onlayn-auksion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud.

AUKSIONDAGI ISHTIROKINGIZ YURT RAVNAQI HAMDA BIZNESINGIZ TARAQQIYOTIGA ULKAN HISSA QO‘SHADI!

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech