Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Namanganda jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi, Markaziy Osiyo hududiy ekologik markazi, viloyat hokimligi hamkorligida Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida ommaviy axborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining suv resurslari va suvdan oqilona foydalanish masalalari bo‘yicha xabardorligini oshirish mavzusida ikki kunlik (05-06.12.2018) seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

 

 

Tadbirda mavzu yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.  Suv resurslaridan foydalanish borasida aholining bilim va tushunchasini, ekologik madaniyatini yanada yuksaltirish zarurligi ta’kidlanib, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada yuqori darajaga ko‘tarish yuzasidan taklif va fikr-mulohazalar bildirildi. 

 

OAV va NNT vakillari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech