Namanganda REMEDY medical center tibbiy-diagnostika markazi foydalanishga topshirildi. Loyihani amalga oshirish uchun 1 mlrd so‘mdan ziyod (110 mln so‘m kredit) mablag‘ yo‘naltirilib, 15 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

 

Shuningdek, Namangan shahrining yuqori qismida yurtdoshlarimizga yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatib kelayotgan Oydin shifo shifoxonasi ishbilarmon, izlanuvchan tadbirkorlarning sa’y-harakatlari bilan uning ikkinchi navbati ham qurib bitkazildi. Buning uchun 8 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi.

Salomatlik maskanida nafaqat imkoniyatlar kengaytirildi, balki davolash o‘rinlari soni ham uch barobar ortdi. Davolashdan tashqari, sog‘lomlashtirishga oid qo‘shimcha xizmatlar ham yo‘lga qo‘yildi.

Bugungi kunda viloyatimizda nodavlat tibbiyot muassasalari soni 321 tadan oshdi. Joriy yilning o‘zida bemorlarni qabul qila boshlagan maskanlar esa 43 taga yetdi. Bu raqam yil oxirigacha yanada o‘sishi kutilmoqda.

Axborot xizmati