Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 19 dekabrdagi qonuniga muvofiq joriy qilingan O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni bu yil mamlakatimizda uchinchi bor nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan viloyat prokuraturasida bayram tadbiri tashkil etildi.

 

 

Yurtimizda aholi va tadbirkorlarning qonuniy huquqlari izchil ta’minlanmoqda. Bugun jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasiga e’tibor har qachongidan kuchaygan. Prokuratura organlari xodimlari xalq bilan bevosita muloqot qilib, ularning muammolarini joyida hal etishmoqda. Bu boradagi ishlar ayniqsa, prokurorlarning o‘zlari biriktirilgan sektorlardagi faoliyatlarida yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Majburiy ijro byurosi xodimlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va qonuniylikni ta’minlash borasidagi faoliyatlari ham samarali bo‘lmoqda.

 

 

Viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Xayrullo Bozarov tadbir ishtirokchilarini prokuratura organlari xodimlari kuni bilan qizg‘in muborakbod etdi. Viloyat prokuraturasi rahbariyati va bir qator tumanlar prokurorlariga bayram sovg‘alarini topshirdi.

 

Shuningdek, bir guruh prokuratura organlari xodimlari viloyat prokuraturasi tomonidan munosib taqdirlandilar.

 

Axborot xizmati.

 


Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech