Chop etish

Viloyat mahalliy byudjet 2018 yil xarajatlari ijrosi.

Qoʻshimcha aniqlangan manbalar mablagʻlarining sarflanishi.

 

 

Oʻzbekiston Byudjet kodeksiga muvofiq, ochiqlik va oshkoralik mazkur hujjat tamoyillaridan hisoblanadi. Bu esa, davlat byudjetini tayyorlash, koʻrib chiqib va qabul qilish tartiblari, tasdiqlangan byudjet, davlat maqsadli jamgʻarmalari faoliyatiga doir axborotlarni eʼlon qilinishi va ularning jamiyat hamda OAV uchun ochiq va shaffofligini nazarda tutadi.

Shunga koʻra, bugungi kunda, davlat boshqaruvi organlari va fuqarolarning oʻzaro hamkorligi mexanizmlari tubdan oʻzgargan. Yangi munosabatlar davlat boshqaruvi organlari bilan fuqarolar oʻrtasidagi muloqot hukumatga boʻlgan ishonch oshishida muhim vositadir. Yaʼni, fuqarolar bilan muloqotni yoʻlga qoʻyilishi byudjet jarayoni samaradorligini oshiradi, byudjet tizimi, barcha darajalardagi byudjetlar, davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari shakllantirilishi va ijro etilishi toʻgʻrisida keng xabardor qilishni taʼminlaydi.

Namangan viloyati mahalliy byudjetining 2018 yil ijrosi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Namangan viloyati hokimining 2017 yil 31 dekabrdagi 948-sonli “Namangan viloyatining 2018 yilgi mahalliy byudjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorlarida belgilangan koʻrsatkichlar doirasida taʼminlandi.

Shuningdek, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha qabul qilingan Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirish, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini tubdan rivojlantirish boʻyicha olib borilgan chora-tadbirlar natijasida iqtisodiyotni barqaror, muvozanatlashtirilgan holda rivojlantirilishi va iqtisodiy oʻsishning yuqori surʼatlari taʼminlandi.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2017 yil 29 dekabrdagi PQ–3454-son qaroriga asosan daromadlar prognozi belgilangan rejaga nisbatan 271,2 mlrd.soʻm yoki 124,9%ga bajarilishi taʼminlandi.

2018 yil yakunlariga koʻra, mahalliy byudjetlar ixtiyorida 271,2 mlrd.soʻmdan koʻproq qoʻshimcha daromadlar qoldirildi. Holbuki, 2017 yilda ular ixtiyorida 52,3 mlrd.soʻm, 2016 yilda esa atigi 7,1 mlrd.soʻm qolgan edi.

Namangan viloyati mahalliy byudjeti xarajatlari ijrosi 2 602,0 mlrd.soʻm yoki 181,6 mln.soʻm ortigʻi bilan 107,5 foizga bajarilishi taʼminlandi. Ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun viloyat mahalliy byudjeti xarajatlarining 71,1foiz miqdorida mablagʻlar sarflandi.

Shuning bilan birga, hududlarda obodonlashtirish xarajatlariga 93,6 mlrd.soʻm 2017 yilga nisbatan 35,3 mlrd.soʻm yoki 160,5 foiz ortiq mablagʻlar sarflandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi 320-son “Fermer xoʻjaliklarining nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadlariga 6,8 mlrd.soʻm;

Fermer xoʻjaliklarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun zararkunandalarga qarshi kurashish hamda favqulotda vaziyatlarda hosilning saqlanishi boʻyicha xarajatlarga 6,9 mlrd.soʻm;

Davlat boshqaruv organlari saqlash xarajatlariga 64,7 mlrd.soʻm 2017 yilga nisbatan 31,0 mlrd.soʻm yoki 192,1 foiz ortiq mablagʻlar sarflandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” dasturi toʻgʻrisida 2018 yil 29 martdagi PF-5386-son Farmoni hamda “Obod qishloq” dasturini 2018 yilda amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida 2018 yil 29 martdagi PQ-3630-sonli qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Namangan viloyatiga 2018 yil 2-3 may kunlari tashrifida berilgan topshiriqlariga asosan qoʻshimcha 11 ta tumanlarda 22 ta qishloq aholisini turmush sharoitini yaxshilashni amalga oshirish xarajatlariga Respublika byudjetidan 73,1 mlrd.soʻm viloyat mahalliy byudjetining qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan 48,8 mlrd.soʻm jami 121,9 mlrd.soʻm mablagʻlar sarflandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 iyuldagi “Aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3856-sonli qarori ijrosini taʼminlash xarajatlariga 8,1 mlrd.soʻm;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 avgustdagi “Respublika aholi punktlarida ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 700-sonli qarori ijrosini taʼminlash xarajatlariga 21,3 mlrd.soʻmmablagʻlar moliyalashtirib berildi.

Namangan viloyati mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari hisobiga shakllantirilgan mablagʻlar Respublika ishchi guruhlari tomonidan joylardagi haqiqiy holatni oʻrganish hamda nazorat-taxlil faoliyatini amalga oshirish jarayonlarida viloyat byudjeti mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish, hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish borasida hali yechimini kutayotgan masalalar borligiga qaratib, joriy yilda mahalliy byudjet daromadiga 271,2 mlrd.soʻm qoʻshimcha tushgan mablagʻarni aynan shu masalalarni xal etishga yoʻnaltirildi.

Shuni alohida qayd etish lozimki, “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab quvvatlash yili” Davlat dasturini ijro etish maqsadida yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun ham juda katta moliyaviy mablagʻlarni sarflanib, ularning natijadorligi va samaradorligini taʼminlashga jiddiy eʼtibor qaratildi. Xususan:

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosiga;

- Joylardagi ijro hokimiyati organlari va davlat organlarining hududiy boʻlinmalari rahbarlariga xizmat turar joylarini qurish va taʼmirlash xarajatlariga;

- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hududni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish Dasturida belgilangan topshiriqlar ijrosiga;

- Harbiy-maʼmuriy sektor faoliyatini yaxshilash, harbiy qismlarda xizmat uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadlariga;

- Aholini bandligini taʼminlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlariga;

- “Obod qishloq“ va “Obod mahalla” dasturlari doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyalashtirish xarajatlariga;

- Mamlakatimiz aholisini va iqtisodiyot tarmoqlarini joriy etish asosida don, un va non bilan ishonchli taʼminlash chora-tadbirlariga;

- Ijtimoiy soha muassasalarini 2018-2019 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash xarajatlariga;

- Madaniy-sport tadbirlar, festival-lar, umumxalq va milliy bayram tadbirlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarga va boshqa muhim tadbirlarga yoʻnaltirildi.