Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan aliment bilan bogʻliq sud ijro hujjatlari ijrosini taʼminlashda tizimli chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Xususan, byuroning shahar va tumanlar boʻlimlari tomonidan mahalla fuqarolar yigʻinlarida faollar, ajrashib ketgan oilalar bilan oʻtkazilayotgan tadbirlarda aliment sohasidagi qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirishlar haqida keng tushunchalar berib kelishmoqda. Oʻz oʻrnida keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda oilalarni yarashtirishga ham alohida eʼtibor qaratishmoqda.

 

Kosonsoy tumanidagi Mahdumi Aʼzam mahallasida oʻtkazilgan targʻibot tadbiridan soʻng Qobiljon Allayev va Marhabo Mamajanovalaroilasi yarashishga qaror qildi.

Aniqlanishicha, ushbu oila 2018 yilda turli sabablari bilan ajrashib ketgan edi. Fuqarolik ishlari boʻyicha Yangiqoʻrgʻon tumanlararo sudining 2018 yil 21 may kunidagi ijro hujjati boʻyicha qarzdor Komiljon Allayev undiruvchi Marhabo Mamajanova foydasiga voyaga yetmagan 2 nafar farzandining moddiy taʼminoti aliment undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati tuman boʻlimi ish yurituviga kelib tushgan. Ushbu oilaning yarashtirish orqali boʻlim ijro yurituvidagi ish tamomlandi.

Umuman olganda birgina Kosonsoy tumanida joriy yilning yanvar oyida 9 ta oila tiklanib, aliment undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari ish yurituvidan tugatilgan.

MIB Namangan viloyat boshqarmasi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech